Научная статья на тему 'OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA DEMOKRATIYA'

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA DEMOKRATIYA Текст научной статьи по специальности «Право»

402
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA DEMOKRATIYA»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA DEMOKRATIYA

D.Abdullayev -

Milliy g'oya: manaviyat asoslari va huquq talimi yo'nalishi 2-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Sh.B.Jumayeva

Barchamizga malumki, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy faoliyat va jarayonlarda ishtirok etish, aniq maqsad hamda yo'nalishlarga ega bo'lishni axborotsiz yoki ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. OAV orqali avvalo insonlar siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotda hamda dunyo hamjamiyati, davlatlararo munosabatlarda sodir bo'layotgan o'zgarishlardan xabardor bo'ladi. Uni idrok etadi. Munosabat bildiradi, qabul qilishi hamda siyosiy jarayonlarning ishtirokchisiga aylanishi yoki aksincha, xolisona turishi ham mumkin. Lekin, nima bo'lganda ham bugungi hayotimizni OAVsiz tasavvur etolmaymiz. ''Axborotlashgan jamiyat" to'g'risidagi qarashlarning negizi ham dunyoda axborot ko'lamining ortib ketganligi bilan bog'liq. Axborot mamlakatlar va dunyo xalqlarida bo'layotgan voqea va hodisalar to'g'risida xabarni yetkazish bilan xarakterlanadi. Ommaviy axborot esa uning ko'lamini va keng jamoatchilikka yo'naltirilganligini, qamrovini bildiradi. Dunyoda barcha mamlakatlarda ommaviy axborot vositalari yetakchi o'rin tutadi. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida yetakchi rol o'ynaganligi uchun ham ularga to'rtinchi hokimyat tusini berish ommalashgan. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinimg 67-moddasida: "Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to'g'riligi uchun belgilangan tartibda javobgardir. Senzuraga yo'l qo'yilmaydi." deyiladi. Hozirgi kunda davlatimizda ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat qilayotgan ijodkorlarning erkin, keng qamrovli, oshkora faoliyat ko'rsatishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Oliy Majlis tomonidan bir qator qonunlar qabul qilindiki, ular har bir ommaviy axborot vositasi va har bir jurnalist uchun dasturilamaldir, o'ziga xos huquq va burch vositasidir.

Biz yashayotgan davr-axborot asri ekanligi va O'zbekistonning xalqaro miqyosda o'zining munosib o'rni borligini inobatga olinib, yurtimizda malakali jurnalistlarni yetishtirib chiqarish, jahon tajribasini o'rgangan holda xalqaro maydonda oz so'zini ayta oladigan muxbir kadrlarni tayyorlash maqsadida, "Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universiteti"ning tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega.

Barchamizga ma lumki, ommaviy axborot vositalari insonlarni mamlakat ijtimoiy siyosiy hayoti bilan uzviy bog'laydi hamda ularning bu jarayonlarga ishtirok etishiga turtki beradi. Axborotning "xolis", "ishonchli" va "aniq" bo'lishi muhim. Noxolis dalillar yoki yolg'on axborotlar inson hayotiga, shuningdek, uning ko'lami, axborot qamrovi darajasiga qarab xalqlar, davlatlar o'rtasidagi munosabatlarga salbiy ta'sir

December 1

706

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

ko'rsatadi. Ommaviy axborot vositalarini haqiqiy "to'rtinchi hokimyat"ga aylantirish jarayoni hamma joyda ham ancha murakkab kechayotganligi kuzatilmoqda. Xususan, axborot tahlilida eskicha fikr yuritish o'z ta'sirini saqlab turibdi. Eski sarqitlardan judo bo'lish esa dunyoqarash, psixologiya, turli davrlar o'rtasidagi ko'zga ko'rinmaydigan kurashlar bilan birga bormoqda.

Insonlar ega bo'layotgan axborotning xarakteri va tarqatish usullari tashviqot ko'rinishlariga ham ta'sir etadi va uni belgilab beradi. Axborotning kundalik bo'layotgan voqea va hodisalar bilan mos kelishi siyosiy munosabatlarda shaxs faolligini oshiradi. Fuqarolarning mustaqilligini, erkin fikrini yanada mustahkamlaydi. Hozirgi zamonda axborot tarqatish texnikalari qisqa muddatda keng auditoriyani qamrab olish imkoniyatiga ega. U ko'proq chegara bilmaydigan omilga aylanib qoldi. Bugun insonlar dunyo axboroti maydoni bilan birga yashayapti. Siyosat, siyosiy jarayonlar va munosabatlarning axborot bilan bog'liqligi esa oshib bormoqda. Bu uni xisobga olishni taqozo etadi . Bu vaziyatda milliy demokratik qadriyatlardan chetlashishga olib kelishi mumkinligini hech kim inkor etolmaydi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, ommaviy axborot vositalari "to'rtinchi hokimyat" sifatida insonlar ongi, qalbi , dunyoqarashiga, xohish- irodasiga ta'sir etishning muhim omilidir. U mamlakatlar, xalqlar hayotida mavjud siyosiy jarayonlarning shakllanishi va qaror topishida, kishilar irodasini yo'naltirishga o'ziga xos hokimyatga, ta'sir ko'rsatish quvvatiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. OAV insonlarning hokimyatga nisbatan munosabatini shakllantiradi, ularni siyosiy jarayonlarni amalga oshirishning muhim sub'yektiga aylanishiga xizmat qiladi

1. Umarova Dilafruz Razzakberdiyevna. (2023). THE MAIN CHARACTERISTICS OF ENGLISH PRAGMATICS IN LINGUISTICS. Proceedings of International Educators Conference, 2(1), 639-643.

2. XUSOMIDDINOVA, C., & Razzakberdiyevna, U. D. (2022). CULTURAL, SOCIAL AND PERSONAL PRINCIPLES OF THE GAME. Journal of new century innovations, 18(4), 36-38.

3. Razzakberdiyevna, U. D. (2022). PHRASAL VERBS IN MODERN ENGLISH: TERMINOLOGY, FEATURES, CLASSIFICATION. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(06), 51-54.

4. Umarova, D. R. (2022). INVESTIGATING PROBLEMS OF ENGLISH LITERATURE TEACHING TO EFL HIGH SCHOOL

STUDENTS. Academic research in educational

REFERENCES

sciences, 3(12), 473-476.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

5. Razzakberdiyevna, D. U. (2022). CRITICAL THINKING IN EDUCATION: DISCUSSION AND PROBLEMSOLVING TECHNIQUE. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 185-190.

6. Matnazarov, X., Ikramov, B., & Azimov, Z. (2022). INNOVATIVE METHODOLOGY OF TRAINING OF KAYAKERS 10-11 YEARS. Academic research in educational sciences, 3(11), 83-89.

7. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.

8. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 57-61.

9. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.

10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.

11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3), 568-583.

12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУХИЙ БОРЛИЕИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1),

13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G ' OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.

14. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

15. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

81-95.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.