Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI- JAMIYAT KO ZGUSI
S. Soliqulova -
Milliy g'oya, manaviyat asoslari va huquq talimi yo'nalishi 2-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Sh.B.Jumayeva
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng ko'pgina sohalar qatori ommaviy axborot vositalariga ham e'tibor kuchaydi. "Mamlakatdagi ijtimoiy - siyosiy barqarorlik, jamoatchilik fikrini yetarli darajada shakllantirishda-ommaviy axborot vositalariga muhim o'rin beriladi",- deb ta'kidlagan edi birinchi prezidentimiz I. A. Karimov. Chindan ham ommaviy axborot vositalari har bir insonning dunyoqarashi, fikrlashiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham ommaviy axborot vositalari jamiyat bilan bog'liq va ular bilan birga rivojlanadi. U davlat tomonidan qo'llab quvvatlangan, yetarli huquqiy asoslari bilan ta'minlangandagina o'zining vazifasini to'la-to'kis bajarishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining huquqiy bazasini yaratishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy manba hisoblanadi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida "Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to'g'riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo'l qo'yilmaydi" deb belgilab qo'yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi.
Agar biz bu moddani tahlil qiladigan bo'lsak, hozirda bu qonunning hayot haqiqati bilan chambarchas bo'g'liqligini va ijtimoiy hayotimizda buning tadbiq etilganini kuzatishimiz mumkin.
Ommaviy axborot vositalari erkin faoliyat yuritishi, ularga tazyiq o'tkazmaslik ommaviy axborot vositalari ishining muvaffaqiyatli bo'lishini ta'minlaydi. Ommaviy axborot vositalari erkinligi, eng avvalo, ularning xodimlari, ya'ni jurnalistlarning erkinligiga bog'liq. Chunki axborot ommaviy axborot vositalarida jurnalistlar tomonidan tarqatiladi. Yana shuni aytib o'tishni joiz deb bilamanki, jurnalistlar erkin bo'lishining o'zi yetarli emas nazarimda, ular ma'lum darajada bilim va malakaga ega bo'lishi ham kerak. Negaki yaxshi yozish qobiliyati bilan birga yaxshi fikrlash qobiliyatiga ega jurnalist matbuotni boyitadi. Shuning uchun mamlakatimizda jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tayyorlashga alohida e'tibor bermoqda. Jumladan, jurnalistlar tayyorlash maskanlarining qayta tashkil qilinishi va ularning zamonaviy jihozlar bilan jihozlanishi, bundan tashqari bu yil Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tashkil etilishi bunga yorqin misol bo'la oladi.
Konstitutsiyamizning 67-moddasiga asosan ommaviy axborot vositalari bergan axborotlarining to'g'riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Bu bilan ommaviy axborot vositalariga o'zi e'lon qilayotgan, tarqatayotgan ma'lumotlarning to'g'ri ekanligiga
December 1
695
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
javob berish mas'uliyati ham yuklangan. Shunday ekan ommaviy axborot vositalari hech qachon va hech qanday hollarda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi, sha'ni va qadr-qimmatiga dog' tushiruvchi yoki tuhmat ko'rinishdagi ma'lumotlarni bermasligi kerak. Aks holda ommaviy axborot vositalari va ma'lumotni tayyorlagan jurnalist qonuniy javobgarlikka tortiladi.
Bundan tashqari, konstitutsiyaning aynan shu moddasida "Senzuraga yo'l qo'yilmaydi" deb ham belgilab qo'yilgan. Bu ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlovchi yana bir vosita deb aytishimiz mumkin. Chunki bunda ommaviy axborot vositalari tomonidan e'lon qilinayotgan axborot davlat siriga, konstitutsiyaviy tuzilmalarga zid bo'lmasa, ularni o'zgartirish, qo'shimchalar kiritish yoki ayrim joylarini olib tashlashga yo'l qo'yilmasligi nazarda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, ommaviy axborot vositalari aholida tegishli fikrlarni shakllantiradi; fuqarolarning huquq va erkinligini himoya qiladi; bo'layotgan voqea haqida ma'lumot beradi va hakazo. Mustaqillik tufayli yaratilgan keng sharoitlar natijasida yurtimizda ommaviy axborot vositalarining soni yildan-yilga oshib bormoqda. Jumladan, 1991 - yilda 395 tani tashkil qilgan bo'lsa, 2016- yilda bu raqam 1461 taga yetgan. Hozirgi kunda bu ko'rsatkich 1500 dan ziyodroq. O'ylaymanki, yurtimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlarga munosib tarzda vatanimiz taraqqiyotiga o'z hissalarini qo'shadilar.
1.
2.
3.
4.
5.
REFERENCES
Umarova Dilafruz Razzakberdiyevna. (2023). THE MAIN CHARACTERISTICS OF ENGLISH PRAGMATICS IN LINGUISTICS. Proceedings of International Educators Conference, 2(1), 639-643.
XUSOMIDDINOVA, C., & Razzakberdiyevna, U. D. (2022). CULTURAL, SOCIAL AND PERSONAL PRINCIPLES OF THE GAME. Journal of new century innovations, 18(4), 36-38.
Razzakberdiyevna, U. D. (2022). PHRASAL VERBS IN MODERN ENGLISH: TERMINOLOGY, FEATURES, CLASSIFICATION. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(06), 51-54.
Umarova, D. R. (2022). INVESTIGATING PROBLEMS OF ENGLISH LITERATURE TEACHING TO EFL HIGH SCHOOL STUDENTS. Academic research in educational sciences, 3(12), 473-476.
Razzakberdiyevna, D. U. (2022). CRITICAL THINKING IN EDUCATION: DISCUSSION AND PROBLEMSOLVING
TECHNIQUE. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 185-190.
December 1
696
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
6. Matnazarov, X., Ikramov, B., & Azimov, Z. (2022). INNOVATIVE METHODOLOGY OF TRAINING OF KAYAKERS 10-11 YEARS. Academic research in educational sciences, 3(11), 83-89.
7. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.
8. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 57-61.
9. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.
10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.
11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3), 568-583.
12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУХИЙ БОРЛИЕИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1),
13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G ' OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.
14. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.
15. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).
81-95.
December 1