Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
MAKTABGACHA TA'LIM YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADIRYATLAR RUHIDA TARBIYLASH
T. Xurvaliyeva - .
"Pedagogika va psixologiya"kafedrasi dotsenti, p.f.n.
D. Ismoilova
Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan moddiy madaniy yodgorliklar bilan bir qatorda nomoddiy madaniy merosni asrash, rivojlantirish, yoshlar kamolotiga xizmat qildirishga alohida e'tibor berildi. Xalq og'zaki badiiy ijodi, xalq musiqasi va raqslari, milliy xalq o'yinlari, urf-odatlar, rasm-rusumlar milliy qadriyatlarimiz omili sifatida doimiy diqqat-e'tiborda,bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti aytganlaridek, "...bolalarimizni milliy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, biz kimlarning, qanday buyuk zotlarning vorislari ekanligimizni farzandlarimizga yetkazish, ularni ajdodlarimiz qoldirgan ulug' va betakror merosning munosib davomchilari etib tarbiyalash biz uchun ham qarz, ham farzdir." Shuning uchun ham nomoddiy madaniy merosimizni asrab, uni kelajak avlodga yetkazish bizning oliy vazifamiz hisoblanadi. Ushbu vazifani amalga oshirish yuzasidan yurtimizda bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Yurtboshimizning "2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturi" oldimizga ulkan vazifalarni qo'ydi. Nomoddiy madaniy merosimizning eng sara namunalaridan biri xalq og'zaki ijodidagi epik janr -cho'pchak, ya'ni ertaklardir.
Ertaklarni tarixiy-tipologik va tarixiy-qiyosiy jihatdan o'rganish hamisha jahon folklorshunosligining eng muhim nazariy yo'nalishlaridan biri bo'lib kelgan. Har bir xalq ertaklarining yaratilishi va badiiy rivoji boshqa xalqlar tarixi, og'zaki ijodi, urf-odatlari bilan chambarchas bog'langandir. Xalqlar o'rtasida iqtisodiy, madaniy, savdo-sotiq, hududiy munosabatlar o'rnatilishi jarayonida ham folklor an'analari o'zaro aloqaga kirishadi. Masalan, O'rta Osiyoning arablar tomonidan fath etilishi, Buyuk Ipak yo'li bo'ylab savdo karvonlarining Sharq mamlakatlariga borib kelishi, adabiy, ilmiy, axloqiy, diniy asarlarning tarjima qilinishi natijasida arab, fors, hind ertaklarining ko'pgina mavzulari o'zbek folkloriga o'zlashib ketgan. O'rta Osiyo arablaridan yozib olingan folklor materiallari (masalan, Buxoro arablaridan yozib olingan ertaklar)ning guvohlik berishicha, keying I-II asr davomida arab ertakchilarining epik repertuari keskin o'zgarishga uchragan. Bu narsa asosan arab xalq ertaklari majmuasi "Alf layla valayla"ning turkiy tilga tarjima qilinishi bilan aloqadordir. Sharqshunos P.A.Falev "XV-XVI asrlarda "Ming bir kecha" turkumiga kiradigan ayrim ertaklar, shuningdek, "Yusuf va Zulayho" qissasi arab tilidan qrim-tatar tiliga tarjima
December 1
678
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
qilinganligini, bu arab novellistik ertaklari turkiy epik an'anaga tezda singib, ertak badiiy shakli vositasida xalq orasida tarqalib ketganligini qayd qilgan edi. Farzand hayotimiz guli. Ular-bizning kelajagimiz. Shu bois kelajagimizning porloq bo'lishi dilbandlarimizning qanday ta'lim-tarbiya olayotganiga hamda ana shu jarayon ta'sirida qanday inson bo'lib voyaga yetishlariga bevosita bog'liqdir. Hamma davrlarda ham ta'lim-tarbiya ishi bilan shug'ullanuvchi pedagog, tarbiyachi, muallim kelajak oldida katta mas'uliyat sezib yashaydi, bu - tabiiy, albatta. Bolalar kuniga 910 soat davomida maktabgacha ta'lim muassasasida bo'ladilar. Demak, ular kunning asosiy qismini shu yerda o'tkazadilar. Tarbiyachi esa o'zining har bir xatti-harakati, so'zi, ishi, fikri bilan bolaga bevosita va bilvosita ta'sir etadi. Kichkintoyning shaxs sifatida rivojlanishida uning oila a'zolari: ota-onasi, buva-buvisi, opa-akalari qanchalik muhim o'rin tutsa, tarbiyachi ham shunchalik ahamiyatga molik kishidir. Ota-ona va bolaning yaqinlari uni tarbiyalashda ko'proq his-tuyg'uga, hayotiy tajribalariga tayansalar, tarbiyachi pedagogik ta'lim-tarbiya asoslarini o'rganib, ilg'or pedtexnologiyalarni egallagan holda ish olib boradi. Tarbiyachilar maktabgacha ta'lim muassasasidagi faoliyatlari bilan chegaralanmay, ota-onalar bilan ham bog'lanib, bolalarga ijobiy ta'sir o'tkazishga intiladilar. Bola shaxsini rivojlantirish, sog'lomlashtirish, ijodiy faoliyatga undash oila bilan hamkorlikda olib borilmas ekan, kutilgan natijaga erishib bo'lmaydi. Shunday holatlar ham bo'ladiki, e'tibor berilmagan boladagi muayyan qobiliyatni tarbiyachi yoki ota-ona sezib, uni yuzaga chiqarishga harakat qiladi. Bayram dasturlariga ota-onalarni jalb qilgan holda, farzandlari uchun biror bir ertakni tanlab, undagi qahramonlarni sahnada jonlantirib berishlari maqsadga muvofiq. Chunki ota-ona va tarbiyachi hamkorlikda bamaslahat ish olib borsa, ta'lim-tarbiya samaradorligi yanada ortadi. Tarbiyachi o'z faoliyatida ana shu jihatlarni ham e'tibordan chetda qoldirmasligi lozim". Zero, bugungi kunda ota-ona ham ma'lum darajada pedagogikadan xabardor bo'lishini davr taqozo qiladi. MTMda yaratilgan shart-sharoitlar tabiat burchagi, ekologiya burchagi, bolalar qo'l mehnati bilan yaratilgan asarlar bilan bezatilgan xonalarda kichkintoylar turli mashg'ulotlar va qiziqarli o'yinlar bilan mashg'ul bo'ladilar. Tarbiyachilar bolalarning tez taqlid qilish odatlarini e'tiborda tutgani holda ingliz tili, rasm chizish, matematika, raqs kabi mashg'ulotlarga mas'uliyat va jonkuyarlik bilan yondashadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar kelajakda Vatanimiz rivojiga o'z hissasini qo'shadigan yurtning munosib farzandlari bo'lib kamol topadilar. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga milliy g'oyani singdirish Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaganidek, "...bamisoli yosh niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog'bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yo'l bilan amalga oshirish lozim". Buning uchun, birinchi navbatda, bolalarni odobli, axloqli qilib tarbiyalamog imiz zarur. Odob-axloq, dastavval, oilada beriladi. Oiladagi tarbiyaga qo'shimcha tarzda bolalar bog'chasida tarbiyachilar ham insoniy fazilatlarni kichkintoylarga o'rgatib borishlari lozim. O'yin bolalarning eng sevimli faoliyati. Aynan
December 1
679
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati
o'yinlar orqali murg'ak qalblarga osonroq yo'l topa olamiz. Birgalikda rasmlarga qarab hikoya qilish, tabiat qo'yniga sayohat, ertak aytish, she'r va hikoyachalar o'qish, musiqa tinglash bolalar ko'nglida olamjahon taassurotlar paydo qiladi, ularda tabiat hamda atrof-muhitdan zavqlana olish hissi uyg'onadi. Masalan, bir yoshli bolani olaylik. U o'z ota-onasini ko'pchilik orasidan darrov ajratib oladi. Jajji qo'lchalari bilan ular tomon talpinadi, ayniqsa, onasini hech kimga almashmaydi; onasining bag'riga otilib, bo'ynidan mahkam quchoqlab oladi. Qarang-a, bu murg'akkina qalbda qancha his-hayajon! Demakki, bu jajji qalblarda ham Vatanni sevish, ezgulikka intilish, kattalarni e'zozlash, tabiat, butun jonzot va hayotga muruvvat, izzat-hurmat hissini uyg'otish mumkin. Bu esa biz kattalardan nihoyatda ziyraklik, zukkolik va teranlikni talab qiladi. Mashg'ulotlarda Vatan muqaddas ekani, har birimizning kindik qonimiz shu Vatan tuprog'iga to'kilgani, shu tuproqda ota-bobolarimiz yashab o'tgani, Vatanimizning gullab-yashnashi uchun har bir inson qo'lidan kelgan ishni qilishi kerakligi to'g'risida takror va takror aytilsa, jajji qalblarda asta-sekin yurtga boTgan mehr shakllanib boradi. Mazkur jarayonda Vatanimiz mustaqilligi va tinchligini asrashda kattalar bilan bir qatorda bolalarning ham alohida hissasi borligini ta'kidlash joiz.
1. Umarova Dilafruz Razzakberdiyevna. (2023). THE MAIN CHARACTERISTICS OF ENGLISH PRAGMATICS IN LINGUISTICS. Proceedings of International Educators Conference, 2(1), 639-643.
2. XUSOMIDDINOVA, C., & Razzakberdiyevna, U. D. (2022). CULTURAL, SOCIAL AND PERSONAL PRINCIPLES OF THE GAME. Journal of new century innovations, 18(4), 36-38.
3. Razzakberdiyevna, U. D. (2022). PHRASAL VERBS IN MODERN ENGLISH: TERMINOLOGY, FEATURES, CLASSIFICATION. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(06), 51-54.
4. Umarova, D. R. (2022). INVESTIGATING PROBLEMS OF ENGLISH LITERATURE TEACHING TO EFL HIGH SCHOOL STUDENTS. Academic research in educational sciences, 3(12), 473-476.
5. Razzakberdiyevna, D. U. (2022). CRITICAL THINKING IN EDUCATION: DISCUSSION AND PROBLEMSOLVING TECHNIQUE. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 185-190.
6. Matnazarov, X., Ikramov, B., & Azimov, Z. (2022). INNOVATIVE METHODOLOGY OF TRAINING OF KAYAKERS 10-11
REFERENCES
YEARS. Academic research in educational sciences, 3(11),
S3-S9.
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
7. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.
8. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 57-61.
9. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.
10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.
11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3), 568-583.
12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУХДЙ БОРЛИЕИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1),
13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G ' OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.
14. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.
15. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).
81-95.
December 1