Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA FAROVON HAYOTIMIZ VA NURLI KELAJAGIMIZ KAFOLATIDIR'

KONSTITUTSIYA FAROVON HAYOTIMIZ VA NURLI KELAJAGIMIZ KAFOLATIDIR Текст научной статьи по специальности «Право»

155
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA FAROVON HAYOTIMIZ VA NURLI KELAJAGIMIZ KAFOLATIDIR»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

KONSTITUTSIYA FAROVON HAYOTIMIZ VA NURLI KELAJAGIMIZ KAFOLATIDIR

Irisboyeva M.

O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi

Konstitutsiya bu davlat tayanchidir. Har bir yurt mustaqil deb e'lon qilingach, albatta, o'zining qonunlar majmuasini ishlab chiqadi. Bu qonunlar to'plami xalqning manfaatlariga, fuqarolarning haq-huquqlari himoyasiga xizmat qilishi kerak. Konstitutsiyada davlatning har bir bo'g'ini qonun doirasida tahlil etilgan bo'lishi darkor. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham 1992 yil 8 dekabrda birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbuslari va say-harakatlari bilan qabul qilindi. Bu kun o'zbek xalqining asriy orzusi amalga oshgan nurli kun bo'lib tarixda qoldi. Sababi sobiq SSSR davridagi qonunlarning barchasi mansabdor shaxslar manfaatiga xizmat qilgan, shu bilan birgalikda oddiy fuqaroning huquqlari poymol etilgan yoki huquq va erkinliklarning bari faqat qog'ozlarda qolib ketavergan edi. Respublikamiz Kostitutsiyasining 2-moddasida "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldir", deb belgilab qo'yilgan va bugungi kunda prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning "Mansabdor shaxs kresloda o'tirib ish bajarmaydi. U xalq orasiga kirishi, xalqning dardi bilan yashashi darkor" degan so'zlari qonunning amaldagi ifodasidir. Ayniqsa, xalq qabulxonalarining tashkil etilishi xalqimizning farovon hayoti uchun ravon yo'l bo'ldi.

Konstitutsiyamizda har bir sohaga adolat bilan yondashilgan. Konstitutsiyani tuzish jarayonida xalqaro maydondagi rivojlangan davlatlar konstitutsiyalari ham o'rganilgan. Inson huquqlarining to'la-to'kis himoyalanganini biz 36-37-38-moddalar orqali yaqqol ko'rishimiz mumkin. "Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to'lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi."(38-modda).

Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan har bir mutaxassislik bo'yicha majburiy mehnat bekor qilindi. Endi dalalarda o'qituvchilar va o'quvchilar paxta termasdan, ta'lim muassasasida bilim berishmoqda. Shifokorlar dala ishlari bilan mashg'ul bo'lib, qavargan, dag'al qo'llar bilan emas, balki yumshoq qo'llar, shirin so'zlar bilan bemorlarga g'amxo'rlik qilishmoqda. Bu esa" Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega" deb belgilab qo'yilgan konstitutsiyamizning 40-moddasining amaldagi ko'rinishidir.

O'zbekiston jannatmakon yurt, ajoyib go'sha. Haqiqatan ham insonlar diyorimizda jannatda yashagandek umr o'tkazishmoqda. Hattoki, nogiron, boquvchisini yo'qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj kishilar ham davlatimizdan minnatdor. Chunki bizning yurtda hech kim e'tibordan chetda qolmaydi. Aynan bu holat konstitutsiyamizning

December 1

735

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

39-moddasida "Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega" deb yozib qo'yilgan.

Konstitutsiyamizda fuqarolar huquqlari har tomonlama himoya qilingan bo'lsa, burchlari ham yaqqol ko'rsatib o'tilgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov "Biz nafaqat o'z huquqlarimizni jadal turib himoya qilishimiz, balki burchlarimizni ham to'la-to'kis bajarishga harakat qilishimiz darkor" deb bejiz aytmaganlar. Huquq va burch bu qushning ikki qanotiga o'xshaydi. Agar inson huquqlari poymol etilib, burchlari ustun bo'lsa davlat qulchilik tuzumiga aylanib boradi. Agar burchlarni bajarmay huquqlarimizni har sohada ro'kach qilaversak, davlat oxir-oqibat parokandalikka yuz tutadi. Qush ham qanotlar muvozanatini yo'qotar ekan, qulab tushadi. Konstitutsiyamizning 47-48-49-moddalarida fuqarolarning burchlari ko'rsatib o'tilgan. Ayniqsa, 50-moddada "Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar." deb belgilanishi bugungi kundagi ekologik muammolar, ularni oldini olish, tabiatni asrash kabi xalqaro fikrlarga hamohangdir.

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya bu bizning farovon hayotimiz va nurli kelajagimiz kafolatidir. Uni asrab avaylash va hayotga tatbiq qilish bugungi kun yoshlarining ham qarzi, ham farzidir. Huquqingni bil-u, burchingni bajar, Vatan uchun aylagil joningni fido. Oila, mahalla yorqin aks etgan, Olamda yagona Konstitutsiya.

Aziz vatandoshim, zukko tengdoshim, Kelajak ishonib berilgan bizga. O'qib izlanaylik adolat yo'lin, Namoyon etgaydir Konstitutsiya. (M.Irisboyeva)

1. OTaMyparoB, C. (2022). ^HTKHAHAETrAH Y3EEKHCTOH^A THBBHÊT O^HHrO^^ÀPH TA^AEA Êm^APH^A MH^^HH FYPYP BA HOTHXPPHH mAKH^AHTHPHm OMKH-HAPH. Academic research in educational sciences, (Conference), 156-160.

2. OTaMypoTOB, C. (2006). rnoôannarnyB ^apaëHHHHHr mh.MHH MatHaBH^rra TatCHpn/rnoôannamyB ^apaëHHga ®:aMHtfraH geMOKparaarnTHpHfflHHHr CHëCHH, ^anca^HH-xyKyKHH

REFERENCES

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

масалалари мавзуидаги Республика илмий-назарий анжуман. Тошкент: Фалсафаваууцуц.

3. Отамуратов, С. (2004). Национальное самосознание-критерий духовной ценности. Национальная идеология и духовные ценности.

4. Otamuratov, S. (2008). Globalization and nation (political and philosophical analysis). T.:" New Generation, 39.

5. Rasulev, K. G., & Atamuradov, S. (1986). Internationalizatsiia Natsional'nykh Kultur. Tashkent: Uzbekistan.

6. Otamurodov, S., & Husanov, S. (2001). Fundamentals of spirituality.

7. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

8. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

9. Отамуротов, С., Мамашокиров, С., & Холбеков, А. (2001). Марказий Осиё: гоявий жараёнлар ва мафкуравий тахдидлар. Т.:«Янги аср авлоди.

10. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

11. Otamuratov, S., & Sultonov, A. (2020). Democratic paradoxes of civil processes and necessary of new national idea in Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1521-1526.

12. Otamurodov, S. (2004). O 'zbekning "men" i yohud o 'zlikni anglash mashaqqati. Fidokor, Toshkent, (35), 656.

13. Atamuratov, S. (1992). Nacional'naya kul'tura i nacional'noe samosoznanie v processe obnovleniya obshchestva. Social'no-filosofskiy aspekt. Avtoreferat dissertacii. Tashkent.

14. Отамуратов, С. (2005). Миллий ривожланиш фалсафаси. Т.: Академия.

15. Otamurodov, S. (2018). Globalization: responsibility to protect the nation.

16. Отамуротов, С. (2003). Узбекистонда маънавий-рухий тикланиш. Т.: Янги аср авлоди, 263.

17. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 76(2), 57-61.

18. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

Guarantee of Our Free and Prosperous Life farovon hayotimiz kafolati

19. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.

December 1

Republican Scientific and Practical Conference

738

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.