Научная статья на тему 'XOSIYAT RUSTAMOVA SHE`RLARI KOMPOZITSION-SINTAKTIK TUZILISHIDAGI O‘ZIGA XOSLIKLAR'

XOSIYAT RUSTAMOVA SHE`RLARI KOMPOZITSION-SINTAKTIK TUZILISHIDAGI O‘ZIGA XOSLIKLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlanma / peyzaj / so`roq uzvli boshlanmalar / belgi uzvli boshlanmalar / harakat uzvli boshlanmalar / fikr rivoji / tugallanma.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tursunova Odina, Qozoqova Nozima

Ushbu maqolada Xosiyat Rustamova she`riyati matni lingvopoetik tahlilda uning ijodiga xos bo`lgan so`z qo`llash jihati asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XOSIYAT RUSTAMOVA SHE`RLARI KOMPOZITSION-SINTAKTIK TUZILISHIDAGI O‘ZIGA XOSLIKLAR»

XOSIYAT RUSTAMOVA SHE RLARI KOMPOZITSION-SINTAKTIK TUZILISHIDAGI O'ZIGA XOSLIKLAR

Tursunova Odina Shuhrat qizi

Namangan davlat universiteti bakalavr talabasi otursunova77@gmail.com Ilmiy rahbar: Qozoqova Nozima Abdulboqiyevna Namangan davlat universiteti dotsenti, PhD

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xosiyat Rustamova she'riyati matni lingvopoetik tahlilda uning ijodiga xos bo'lgan so'z qo'llash jihati asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: boshlanma, peyzaj, so'roq uzvli boshlanmalar, belgi uzvli boshlanmalar, harakat uzvli boshlanmalar, fikr rivoji, tugallanma.

Абстракт. В данной статье лингвопоэтический анализ поэзии Хостат Рустамовой основан на аспекте словоупотребления, характерном для ее творчества.

Ключевые слова: начало, пейзаж, вопросительное начало, знаковое начало, начало действия, развитие мысли, завершение.

Abstract. In this article, the linguapoetic analysis of Khosiat Rustamovas poetry is based on the aspect of word usage characteristic of her work.

Key words: beginning, landscape, interrogative beginning, symbolic beginning, beginning of action, development of thought, completion.

Poetik nutqning kompozitsion-sintaktik tuzilishida quyidagi uch asosiy qismning aniq bir ketma-ketlikda tartiblanishi muhim o'rin tutadi:

1. Boshlanma- shakliy jihatdan poetik nutq ning sarlavhasi yoki sarlavhasiz she'rlarda birinchi satrini tashkil etgan gapga teng kelib, nutq mavzusini belgilaydi. Semantik markaz vazifasini bajaradi. Poetik nutqning makon va zamon maydonini ko'rsatadi. Matnda ozidan keyin kelgan barcha sintaktik qurilmalarni semantik jihatdan ham sintaktik jihatdan ham o'ziga tobelantiradi.

2. Fikr rivoji- boshlanuvchi belgilangan mavzu yoki fikr dinamikasini rivojlantiradi. Tasvir nutq tipida boshlanma orqali belgilangan obyekt tasvirini kengaytiradi, izohlaydi. Bir necha gaplar yordamida ifodalanib, fikr-g'oyani rivojlantiruvchi, shu bilan birga boshlanmani izohlovchi, uning mazmunini oydinlashtiruvchi qism.

3. Tugallanma - poetik nutqning so'nggi gapi (satri), bazan she'riy asarning so'nggi bandi. Katta hajmli liro-epik asarlarda xotima va uni ifoda etuvchi lisoniy va nutqiy vositalar tizimi. Fukrni xulosalovchi, yakunlovchi. Ozidan oldingi gaplar, qism-fragmentlar mazmunini konkretlashtiruvchi qism.37

Poetik nutqda boshlanma birinchi gapdan iborat bo'ladi. Nutqning eng muhim qismlaridan biridir. I.Rasulov takidlaganidek, "...nutqning birinchi komponenti ancha mustaqilligi bilan boshqalardan farq qiladi."38 Boshlanma gaplarning kesimlari orqali reallashgan hukm poetik nutqning kompozitsion-sintaktik qurilishi, semantikasi va uslubiy funksiyasiga kuchli tasir etadi. Bu holat boshlanma - gapning poetik nutqdagi roli va funksiyasini yanada oshiradi. Peyzaj tasviri she'rda kitobxonning ruhiyatini ochish bilan birga makon va zamonni ham belgilab beradi.

Belgi uzvli boshlanmalar - shaxs, predmet, voqea-hodisaning belgi xususiyati haqida tasdiq yoki inkor qilish yo'li bilan xabar beradi. Bu boshlanma gaplarning kesimi ot-kesim bo'lishi bilan xarakterlanadi. Boshlanma subyektning biror belgisi haqida xabar beradi:

Bir kuni sog', bir kuni esa xastadirman,

Bir kuni bog', bir kun cho'l-u dashtdadirman.

Men Sizlarni bilmadim-u, ammo ozim-

Bir kuni tog', bir kun yerdan pastdadirman.

Boshlanma poetik nutqning tasvir tipi uchun shaxs, predmet yoki voqea-hodisaning belgi-xususiyatlarini sanab ko'rsatish uchun qo'llanadi.

So'roq uzvli boshlanmalar- ritorik so'roq gap shaklidan iborat bo'ladi. Muallif boshlanma orqali o'ziga yoki kitobxonga ritorik so'roq bilan murojaat qiladi. Poetik

37Абдупаттоев М. Т. "Узбек тилининг поэтик синтаксиси" / монография./ "Classic''/Фаргона - 2021 й. 54-бет. 38 Расулов И.Р.Мураккаб синтактик бутунлик "Узбек тили ва адабиёти" журнали. 1983 й. 1-сон. 24-бет.

nutqning keyingi qismlari - nisbiy mustaqil gaplar orqali unga javob olinadi. Xosiyat Rustamovaning she'ri bilan isbotlasak, Vaqt orqada qolar kimdan -Qayda, nima o'lchanar? O'tib borar eshigimdan Chang ko'targan ko'chalar. Anglab bo'lmas biror so'zin, Yo'llar yig'lab cheksa g'am. Daraxt qushga urib o'zin -Peshonasin yorsa ham. Shamol mendan ketar nari Ko'rinmasdan ko'zimga. Ko'ylagining etaklari-Uriladi yuzimga.

She'rning boshida savol bilan murojaat qilib, keyingi satrlarida bu savolga o'zi javob beradi. Boshlanmada berilgan so'roq hissiy-tasiriy bo'yoqdorlikka ega bo'lgan javobni keltirib chiqargan.

Harakat uzvli boshlanma- kesimi aniq konkret fizik harakat bildiruvchi fe'l bilan boshlanadi. Boshlanmaning kesimi qaysi zamon formasida va qaysi so'roqqa javob bo'lsa, keyingi gaplarning kesimlari ham shu zamon shaklida bo'ladi va xuddi shunday so'roqni talab etadi. Misol uchun: Dunyo ulkan kemaday suzar, Tog' yonboshda tovlanar yal-yal. Joy talashib qolar yulduzlar-Oy osmonda to'lishgan mahal. Yo'l izmiga tushar yo'llarning, Yulduzlarga to'lar yer shari, Qo'rqib ketgan o'ychan gullarning, Uchib ketar kapalaklari.

Yuqoridagi she'riy parchada ko'rinib turganidek, boshlanma kesimida ifodalangan harakat - "suzar" poetik nutqning keyingi qismlarida "tovlanar", "joy talashib qolar" tarzida rivojlanib borgan. Poetik nutq tarkibidagi boshlanmalarning yuqorida sanab o4ilgan turlari ularning katta imkoniyatli, keng funksiyali gap ekanligini ko'rsatadi. Shuningdek, poetik nutqning kompozitsion-sintaktik jihatdan mukammal shakllanishida eng muhim qism ekanligidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Расулов И.Р.Мураккаб синтактик бутунлик "Узбек тили ва адабиёти" журнали. 1983 й. 1-сон.

2. Абдупаттоев М. Т. "Узбек тилининг поэтик синтаксиси" / монография./ "Classic"/Фаргона - 2021 й.

3. Rustamova X. Devor.-Toshkent, 2006. - B.160

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.