Научная статья на тему 'O'ZBEK TILIDAGI SHAXSIY YOZISHMALARDA AYOLLAR YOZMA NUTQINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI'

O'ZBEK TILIDAGI SHAXSIY YOZISHMALARDA AYOLLAR YOZMA NUTQINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

618
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mualliflik ekspertizasi / genderolingvistika / amaliy tilshunoslik / lingvistik ekspertiza / yozma nutq / grammatik tahlil / diagnostika / identifikatsiya qilish / identifikatsion belgilar / tabiiy nutq / spontan nutq

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Guljahon Solijonovna Xotamova

Ushbu maqolada o'zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda matn muallifini aniqlashning grammatik xususiyatlari, shaxsga xos maxsus identifikatsion belgilarni aniqlash usullari, yozma nutqning umumiy va xususiy tomonlarini o'rganish yo‘llari,matn muallifiga xos leksik-semantik, uslubiy va grammatik ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajasini aniqlash me'yorlari haqida so‗z yuritilgan. Shuningdek, maqolada ayollar va erkaklar yozma nutqining farqli jihatlari va nutq vaziyatida bosh miya yarimsharlarlari faoliyatining roli va uning jahon tilshunosligida o‘rganilish darajasi haqida ma‘lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK TILIDAGI SHAXSIY YOZISHMALARDA AYOLLAR YOZMA NUTQINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI»

O'ZBEK TILIDAGI SHAXSIY YOZISHMALARDA AYOLLAR YOZMA NUTQINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Guljahon Solijonovna Xotamova

SamVMI akademik litseyi o'qituvchisi gulj ahonxotamova@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda matn muallifini aniqlashning grammatik xususiyatlari, shaxsga xos maxsus identifikatsion belgilarni aniqlash usullari, yozma nutqning umumiy va xususiy tomonlarini o'rganish yo'llari,matn muallifiga xos leksik-semantik, uslubiy va grammatik ko'nikmalarning rivojlanganlik darajasini aniqlash me'yorlari haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, maqolada ayollar va erkaklar yozma nutqining farqli jihatlari va nutq vaziyatida bosh miya yarimsharlarlari faoliyatining roli va uning jahon tilshunosligida o'rganilish darajasi haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: mualliflik ekspertizasi, genderolingvistika,amaliy tilshunoslik, lingvistik ekspertiza, yozma nutq, grammatik tahlil, diagnostika, identifikatsiya qilish, identifikatsion belgilar, tabiiy nutq, spontan nutq.

KIRISH

Tadqiqotchilar tomonidan muallifning bilim darajasi, gender xosligini aniqlashda sifat va miqdor tahlilidan foydalanishadi.1 Muallif atributlarini aniqlashga qaratilgan lingvistik ekspertizada grammatik xususiyatlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Odatda, quyidagi asosiy belgilar muallifning identifikatsiyasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi: Stereotiplar (muntazam qolip sifatida tez-tez qo'llaniluvchi so'zlar), faol iboralar, nutqiy shtamplar, hujjatlarni yozish uslubi va yozish A. A. Leontyev, A. M. Shaxnarovich, V. I. Batov anonim matnlarda ta'lim va ijtimoiy va gender darajasini aniqlash uchun mualliflikning so'z va iboralarni tanlashi, nutq tuzilishi, muayyan lingvistik birlikning ko'p yoki kam

1Etchell, A., Adhikari, A., Weinberg, L. S., Choo, A. L., Garnett, E. O., Chow, H. M., & Chang, S. -E. (2018) . A systematic literature review of sex differences in childhood language and brain development. Neuropsychologia, 114, 19-31.

March, 2022]

© ©

©

o

©

533

qo'llanilganligiga e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlashadi. Boshqa tadqiqotchilar esa matematik usullardan foydalanishni taklif qilishadi. Matn muallifining ta'lim darajasi va gender xosligini aniqlash uchun quyidagi lingvistik xususiyatlarni tahlil qilish lozimligini ta'kidlashadi:

■ muallif so'z boyligining xilma-xilligi ;

■ matnda ko'p komponentli so'z va birikmalardan foydalanish;

■ kesimlardan foydalanish;

■ nutqning sintaktik murakkabligi;

■ nutqning bog'liqligi;

"5

■ nutqni qismlarga ajratish.

Ushbu xususiyatlarga asoslanib, mutaxassislar quyidagilarni aniqlaydilar:

■ ta'limning turli darajalariga xos: oliy, o'rta,

■ yosh toifasi: kichik, o'rta, yuqori;

■ gender xosligi: ayol, erkak.

Oliy ma'lumotli ayollar uchun deyarli grammatik, leksik va uslubiy xatolarning mavjud emasligi, shuningdek, oz sonli imloviy va punktuatsion xatolarning qo'llanilishi xarakterli xususiyatlardan sanaladi. Bundan tashqari, ularning matni yuqori darajada semantikaga ega to'liqlik, tarkibiy rasmiyatchilik, adabiy ishlov berish, lug'at boyligi va adabiy so'zlar va iboralar mavjudligi, so'z-terminologik iboralardan foydalanish, chuqur komponentlar orasidagi murakkab iyerarxiya aloqalari bilan tizimlashib ketgan tuzilmalardan iborat ekanligi bilan ajralib turadi. Biz ijtimoiy tarmoqlarda yozishmalarni tahlil qilar ekanmiz, oliy ma'lumotli ayollar profilida tugatgan muassasasi, faoliyat yuritayotgan ish joyi haqida to'liq ma'lumot berilganligining guvohi bo'ldik. Ayni shu guruhdagi ayollar yozishmalari tahlil qilinganda quyidagi grammatik xususiyatlar yaqqol ko'zga tashlanadi:

- Birinchidan, inversiya erkaklarga nisbatan ayollarda ko'p uchraydigan hodisa.

Asosan, kesimdan oldin kelishi lozim bo'lgan gap bo'laklari kesimdan keyinga ko'chiriladi: "... Ozmuncha xalqning uyi buziladimi yo'lni kengaytirish uchun?» "Kim olyapti usha uylani?»".. lekin baliq boshidan sasiydi, kim ruxsat beryapti hammasiga?»

2Леонтьев А. А., Шахнарович А. М., Батов В. И. Речь в криминалистике и судебной психологии М.: Наука, 1977. — 62 с

3 Woods, N. 1989. 'Talking shop: sex and status as determinants of floor apportionment in a working setting. ' in Coates, J. and Cameron, D. (eds. ) 1989. Women in Their Speech

Communities. 141-157. Longman.

March, 2022

Ikkinchidan, ayollarning matnlari uchun xatolarning ko'pligi, neytral sezgirlikning ustunligi, yuqori bo'lgan noyob takliflaming chastotasi, boshlang'ich daгajadagi ma'lumot matnlaгiga ega predikativ biгliklaгning mavjudligi- bularning bari ayollar yozma nutqi uchun xos xususiyatlardir. Ayollar imloviy xatoliklar qilishda erkaklarga nisbatan faol. Ijtimoiy tarmoqlarda bitta munozarali mazvuga bildirilgan kommentlarda ayollar erkin holda dialeketizmlardan foydalanishi, natijada imloviy xatola^a ko'p yo'l qo'yilganligini kuzatdik: "... siгtidayam eгke dib yozilgan buliwi mumkun lekin binga yowligida uydila kop lozim kiydrb kotta qiliwhan erke kishi xayotda erke bolishi kere min ayol kiwidan qanqa gao ewitadi sokiy yoki yomon gap wunga uxwaw gapla bunaqa gapla e^e kiwiga yarawmidi» . (o'zgartirishsiz, aynan olindi. )

- Gapning shakli tasdiq, pragamatik mazmuni inkor munosabatini ifodalovchi gaplaráan foydalaniladi: "Shu qiz shu bolaga e^a tegdiyam deylik. Dalshe-chi?! Baxtli bo'ladi-de! Ketigacha arttiradi!!!» . "... borin, uwa megajin bn yoqalashin, uzizzi zurligizzi isbotlen, eriyizgayam nimaga gaplashvossan, dib har kun janjal kutarb duzaxga aylatiring uyyi. Keyin haaaamma sizga ogromnaya spasiba deb prinsessaga aylanib qolasizi-de, a birpasda?!»

- Morfologik jihatdan ayolto nutqida ko'praq olmosЫaг, sifat va undov so'zlaT ko'p qo'llaniladi. Ingliz tadqiqotchisi Wool fikricha, ayollaг nutqi sifat^ va olmoshlaming ko'pligi bilan ajralib tuгadi. 4 "... Axmoklar, shu betamiz kinoni olishga ketkazgan mablagiga kariyalar uyiga SOVGAsalom olib borsa duoda qolar ed. "Fffuuu!!! Nima kursatuv or-nomus degani qayerda qoldi?! Ulib ketinlar, ifloslar!!!shramadli holatku bu, daxshat, ujas, uyatsiz, bezbet, beti yuq» i»

- ayollarning so'z birikmalarida hissiy jihatdan baholovchi qatlam ko'proq: "ochiq oydin aytib, eshittirib turmush kursa buladi-ku!», "qaysi yuz bilan ayttiz shunaqa gaplani?!», "kimmidiг oliyjanobligi darajasidan kelib chikib kuliga karab kolmasinchiqmagan jondan umid dip sitqidildan harakat qivurw kere» .

- ayollar ko'pincha kompozitsion sintaktik aloqadan foydalanadilar;

- subordinatsiyalangan sintaktik aloqani ishlatganda, odatda, ayollarda subordinatsiya darajalari va imtiyozlar ustunlik qiladi:

«Nima deb o'ylaysiz, men to'g'i ish qildimmi?»

"Inson avvalo uzligini sevishi keгak, shunday emasmi?»

"Bunaqa gaplami aytishga qanday tilingiz borái?!»

4 Wu, C. -Y., Ho, M. -H. R., & Chen, S. -H. A. (2012) . A meta-analysis of fMRI studies

on Chinese orthographic, phonological, and semantic processing. Neurolmage, 63(1), 381-391

® ©

March, 20221

©

®

©

535

- Ayol o'z nutqida bir nechta satrlarni boshqaradi, nutqining tuzilishi ko'p qirrali.

Ayol nutqida undov va so'roq gaplar, shuningdek, o'zgargan so'zlar tartibi ko'proq uchraydi: "O'zidan psixolog yasab olgan chalamulla» nimaga ishora qildiz? Nima hamma psixolog ham dindor bulaveradimi? Yoki dindorlarni yomon ko'rganizga ishora qildingizmi? Bunday deyishga haqqingiz yo'q!

- ko'plab kirish so'zlari, ta'riflari, holatlari, olmosh predmetlari va qo'shimchalari,

shuningdek, turli darajadagi noaniqlik, taxminiylik, noaniqlik darajalarini ifoda etadigan modal tuzilmalar mavjudligi (ehtimol, mening fikrimcha) : "menimcha, masalani boshqa tarafiniyam kurish kere», "menimcha, buni tegida boshqa gap bor», "gde-to uch oyla shunaqa yashaganman, kegin uzgartirdim, bunaqa yashab bumiydi» . "balki, uzida ayb bordir»

- konnotativ neytral so'zlar va iboralar, evfemizmlardan foydalanish (qasam ichish o'rniga qasam ichish; mast o'rniga mast) ;

- odamni ism-sharif bilan chaqirish o'rniga (bu yaramas; bu qashshoq) noodatiy

leksemalar bilan birga baholovchi gaplardan (so'zlar va iboralardan) foydalanish;

- yuqori chastotali, shuningdek, «adverb + adverb» konstruktsiyalaridan foydalanish (juda shafqatsiz; juda yaxshi), sodda va murakkab jumlalar, ikki baravar inkor bilan fikrni ifodalash: o'la o'lgunimcha noroziman, vapshe bulishi mumkinmas!

Ingliz tadqiqotchisi Coates ayollar nutqini tahlil qilar ekan, "minimal response» degan termin bilan ayollar nutqining sintaktik xususiyatlaridan bir jihatini ko'rsatib o'tadi.5 Ushbu xususiyat jumlalarning qisqa tuzilganligi, fikrlarga qarama-qarshiliklardan ko'ra ko'proq ijobiy fikr bildirish ustinligini ifodalaydi. Katta yoshli ayollar fikrning tasdiq liniyasidan borishadi. Inkor etiladigan fikr tasdiqdan so'ng keladi. Ayollar nutqida o'ziga ishonchdan ko'ra ko'proq qo'llab-quvvatlashga xayrixohlik ustunlik qiladi. Murakkab sintaktik konstruksiyalar ishlatilmaydi. Quyida 25 va 46 yoshli ayolning o'zaro muloqotini kuzatdik. Jumlalarning soddaligi, aniqligi va qisqaligi katta yoshdagi ayol nutqiga xos. O'rta yoshli ayolda esa mantiqiy bog'lanishlarda uzilishlar, izchillikning yo'qolishi, murakkab qo'shma gap tiplaridan nisbatan ko'p foydalanishi xarakterli xususiyat sifatida namoyon bo'ladi.

Coates, J. 1989. 'Gossip revisited: language in all-female groups. ' in Cameron, D. and Coates, J. (eds. ) 1989. Women in Their Speech Communities. 94-122. Longman.

® ©

March, 2022]

©

o

©

536

A: Mandayam bola-chaqa bor, manam uyim joyim diyman, birolani quliga qarab qomiy diyman. Odamlaga uxshab tagimga kaptiva nomimga uy oberib quy divotganim yuq. Prosta hich kimni aralashuvisz narmalni yashashni istiyman. B: To'ri lekin, Siz vaziyatingizda bu qiyin, sizziyam tushunish kere. Nima istawvotti uzi sizdan?

A: bor yiqqan terganimni akalariga berarmushmiz. Nimaymush, bula aka-ukaymush, ajratmashmuman. Kechririb qo'yasiz, maniyam uy-joyim yuq bulib xoru xor bulib yurganimda it suramagan qattan olasan pulni, ma man yiqqanimni o, san kvartirama-kvartira sarson yurmagin dib. B: Etmadizmi ushani?

A: Ulani bilaman xotinini bir chizig'idan chiqmiydi, etganini qiladi, kere busa, ota-ona nima bupti, aka ukasidanam voz kechtirvoradi ilon. Gapi-gap. Issusovu qivoganmi qaynonamlayam ushani diydi faqat, bizani uylamayidi. Bilasmi, eng alam qiladigani, usha xotini ittan man ertlabagacha jovob kutganamn, arzimagan pul surab. Berdimi? Yuq uzimiz uy omoqchimiz. Boshingda uying tegingda moshining bor, ulib qomasding, nomard. Manam quziqorinmasman. Anoyisini topibdi, bir tin bermiman. Bilsin u nokur, qanqa bulishni

B: Sabrli bulishingiz kere. Hayot hali oldinda. Ko'rdingizmi, charxpalak dunyo bu.

Hali sizgayam qaytadi\

A: U iplosdan qaytmiydi yaxshilik

B: Undan qaytmasligi, bir xudoga ayon, buyog'iga bir narsa deyomiymn-u, lekin Sizniyam, balki xudo shu yo'l bilan sinayotgandir, undan qaytmasa, xudodan qaytadi//

Ayollarda nutqiy vaziyatlarning hosil qilinishida miya faoliyatining rolini tadqiq etgan olimlar erkaklarnikidan farqlio'laroq har ikkala yarimsharda joylashgan maydonlarning ma'lum bir qismi javob berishini isbotlashgan. Ayollarda nutq uchun chap yarim sharning frontal qismida joylashgan maxsus maydon, miyaning o'ng yarim sharida esa biroz kichikroq maydon javob beradi.

Bir vaqtning o'zida ikkita yarim sharda nutq sohalari mavjudligi ayollarga nutqni yaxshiroq o'zlashtirishga imkon beradi.

Sintaktik xatolar. Sintaksis buzilishi atayin tinish belgilaridagi xatolar bilan bir xil chastotada sodir bo'ladi. Shunisi e'tiborga loyiqki, u jumla ichidagi so'zlarning tartibini buzishdan, ba'zan esa matnni jumlalarga ajratishdan, qisqalikdan iborat.

1. Murakkab sintaktik konstruktsiyalar o'rniga oddiylardan foydalanish mumkin. Iboralar va ergash gaplar bilan ifodalangan holatlar kamdan kam qo'llaniladi.

March, 2022

537

2. Taqdimot uslubini soddalashtirish. Uslubni soddalashtirish uchun, qoida tariqasida, ular so'zlashuv, kundalik uslubning til vositalaridan, masalan, xalq tilidan foydalanadilar.

3. Uslubni maskalash uchun stereotipik iboralar, oldingi jumlaning so'nggi so'zining har bir jumlasidagi takrorlashlar, jumla boshlanishining bir xil turi va boshqa uslubiy xatolardan foydalanish mumkin.

4. Oddiy til vositalaridan foydalanish. Odatda, ilmiy yoki rasmiy-ishbilarmonlik uslubi bilan ishlaydigan shaxslar ba'zan maskalanish maqsadida oddiy, so'zlashuv yoki epistolyar uslubga xos vositalarga murojaat qilishadi. Bunday holatlarda hukmlarning o'rtacha davomiyligi qisqartiriladi. Shu bilan birga, matnni xatboshilarga bo'lish qobiliyatlari an'anaviy ravishda saqlanib qoladi, maskalanish maqsadida ma'lum bir odam tomonidan kamdan-kam ishlatiladigan maqollar qo'llashga harakat qilinadi.

5. Matnning arxitekturasi, ya'ni uning umumiy tuzilishi ba'zan o'zgarishlarga uchraydi.

Mutaxassis amaliyoti shuni ko'rsatadiki, yozma nutqni yashirish uchun ko'pincha imlo va leksik xususiyatlar o'zgarishga uchraydi. Biroq, lingvistik me'yorlarning buzilishini anglatuvchi belgilar nafaqat oddiy yozuvda, balki boshqa belgilar ataylab o'zgartirilganda ham barqarorligini saqlaydi.

Yozma nutqni buzish belgilarining mavjudligini yoki yo'qligini aniqlash uchun nafaqat har bir belgini tahlil qilish, balki

March, 2022

538

uni qo'lyozmada aks etgan boshqa belgilar bilan taqqoslash talab etiladi. Bunday taqqoslash qarama-qarshiliklarni aniqlashga va ularning o'zgarishini ko'rsatadigan belgilarni aniqlashga yordam beradi:

- jumlalarni to'g'ri sintaktik tuzilishi bilan ko'plab imlo normalarini buzilishi yoki aksincha, sintaktik va tinish belgilarining ko'p sonli buzilishi bilan imloga qat'iy rioya qilish;

-nisbatan sodda holatlarda imlo qoidalarini qo'pol ravishda buzilishi, murakkab imloga ega so'zlarning beg'ubor yozilishi bilan;

- sintaksis qoidalariga rioya qilish va turli xil tinish belgilaridan to'g'ri foydalanish paytida uslubiy xatolarning ko'pligi, argotizmlar, lug'at aralashuvi;

- lug'at va murakkab funktsional nutq uslublarini yaxshi biladigan odamlarga xos bo'lgan so'zlar va iboralarni taqdim etish;

-to'g'ri yozilgan so'zlarni tuzatish;

- qo'lyozma oxirida, masalan, matn boshida yozilgan bir xil so'zlar xatolar bilan to'g'ri yozilganda, imlo xatolarining sonini kamaytirish. Bu yozma tilni ataylab o'zgartirishga qaratilgan xatning oxiriga bo'lgan e'tibor va sa'y-harakatlarning zaiflashishi bilan bog'liq.

Biz yuqorida tahlil uchun olgan matnlar va tahlilga kiritgan lingvistik xususiyatlar lingvistik ekspertiza uchun umumiy tayanish lozim bo'lgan manba bo'lib xizmat qiladi. Katta yoshli ayollarda murakkab sintaktik konstruksiyalarning qo'llanmasligi, qisqa savol shakllaridan foydalanish, ritorik so'roq gaplarning faol qo'llanilishi, so'z birikmalari tuzishda ekspressiv bo'yoqdor so'zlardan foydalanishning ustunligi, yirik hajmli matnlarda esa izchillikning yo'qolishi singarilar xarakterli xususiyat sanaladi. Ana shu xususiyatga asoslanib, anonim xatda gender xosligini aniqlash bilan bir qatorda taxminiy yoshini ham baholash mumkin bo'ladi. Demak, muallif atributlariga asoslangan lingvistik ekspertizalarda ayollar nuitqining xarakterli xususiyatlarini aniqlashda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

Biz yuqorida o'zbek tilida yaratilgan yozma matnlarni ayni shu yo'nalishda tadqiq etdik va tahlilga tortdik.

March, 2022

539

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Demak, qo'lyozma matnlarda harf shakllarining qo'llanilishi ham turli yosh kategoriyalariga muvofiq ayollar yozishmalarida farqlanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, lingvistik ekspertizada yozma nutq muallifini aniqlashning leksik-semantik, grammatik va uslubiy xususiyatlarini tahlil qilishga doirtadqiqotlarni lingvistik ekspertizaning asosiy bo'lagi deb qarash, uni amaliyotga joriy etish va bu orqali o'zbek tilshunosligida uning nazariy asoslarini mukammal ishlab chiqish amaliy tilshunoslik oldida turgan asosiy masalalardan biri ekanligini ta'kidlash lozim. Asl mohiyat ,eng avvalo, mukammal bilim va ko'nikma amaliy tajribalar asosida yuzaga keladi. Amaliy tadqiqotlarda aniqlangan dalillar nazariy tilshunoslik (fan) yadrosiga kiritilmagan. Zero, amaliy va nazariy sohalarning har xilligiga qaramasdan, ular bir-biri bilan uzviy bog'liq. Amaliy tilshunoslikning bir bo'lagi hisoblangan lingvistik ekspertizada grafologik tadqiqotlarning rivojlanishi va uning sud-huquq tizimida samarali natija berishi o'rganilayotgan shaxsning nafaqat psixologik portretini, balki uning yozma nutqiga xos lingvostilistik: grammatik, lingvistik-semantik,dialektologik va uslubiy xususiyatlarini aniqlash orqali ushbu shaxs haqida to'liq ma'lumot berish imkonini yaratadi .

REFERENCES

1. Бобовкин М.В. Почерковедение и почерковедческая экспертиза: курслекций. -Волгоград, 2002.-С.81

2. Вул С.М. Особенности оценки следователем и судом заключения идентификационной судебно-автороведческой экспертизы//Криминалистика и судебнаяэкспертиза.Республиканскиймежведомственныйнаучно-методическийсборник.-Киев:"Лыбидь"Д982.-Вып.24-С.81-84

3. Потапов В.В. Язык женщин и мужчин: фонетическая дифференциация // Известия А Н. Серия литературы и языка ,1997. -Том 56, №3-С.52-62.

4. Искандарова Ш. Узбек нутк одатининг мулокот шакллари. Филол. фан. номз. ...дисс. - Самарканд, 1993. -118

5. Леонтьев А. А., Шахнарович А. М., Батов В. И. Речь в криминалистике и судебной психологии М.: Наука, 1977. — 62 с

6. Манцветова,А. И. Теоретические основы судебногопочерковедения/А.И.Манцветова,В.Ф.Орлова,И.А. Славуцкая//ТрудыЦНИИСЭ.-Вып. 1.- М.,1967.-444 -b

XULOSA

March, 2022

7. Мирхамидов М.,С.Х,асанов. Юридик тил ва хукукшунос нутки. - Тошкент: Университет, 2004.

8. Ощепкова Е. С.Идентификация пола автора по письменному тексту (лексико-грамматический аспект): дисс. ... канд. филол. наук. М., 2003

9. Шахобиддинова Ш.Х,. Татбикий тилшунослик тезислари. - Андижон давлат университети. Илмий хабарнома, - 2016. №3

10. Шахабитдинова, Д. Рустамов, Д. Попов, Д. Рустамова, Б.Абдуллаев, Ш.Миралимова. Оммавий лисоний маданият - Андижон: Step by step print: 2020. - 150 б.

11. Etchell, A., Adhikari, A., Weinberg, L. S., Choo, A. L., Garnett, E. O., Chow, H. M., & Chang, S. -E. (2018) . A systematic literature review of sex differences in childhood language and brain development. Neuropsychologia, 114, 19-31.

12. Coates, J. 1989. 'Gossip revisited: language in all-female groups. ' in Cameron, D. and oates, J. (eds. ) 1989. Women in Their Speech Communities. 94-122. Longman.

13. Musulmonova K. Ozbek tili yozma matnlarini lingvistik ekspertizadan o'tkazish jarayoni, bosqichlari, metodlari".

14. Sanford F. H.Speech and Personality // Psychol. Bull. 1942.

15. Wu, C. -Y., Ho, M. -H. R., & Chen, S. -H. A. (2012) . A meta-analysis of fMRI studies on Chinese orthographic, phonological, and semantic processing. Neurolmage, 63(1), 381-391

16. Woods, N. 1989. 'Talking shop: sex and status as determinants of floor apportionment in a working setting. ' in Coates, J. and Cameron, D. (eds. ) 1989. Women in Their SpeechCommunities. 141-157. Longman.

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.