Научная статья на тему 'ONA TILI METODIKASI MASHG‘ULOTLARIDA NUTQIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA SINOV-TEST TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH'

ONA TILI METODIKASI MASHG‘ULOTLARIDA NUTQIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA SINOV-TEST TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

3384
222
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / tafakkur / ravon / talaffuz / malaka / yozma nutq / og„zaki nutq / matn / topshiriq.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Nargiza Oripovna Xusenova

Mazkur maqolada ona tili metodikasida nutqiy ko„nikmalarni o„stirishda testsinovlari, topshiriqlar va ta'limiy o„yinlarning samarasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI METODIKASI MASHG‘ULOTLARIDA NUTQIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA SINOV-TEST TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH»

ONA TILI METODIKASI MASHG'ULOTLARIDA NUTQIY KO'NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA SINOV-TEST TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH

Nargiza Oripovna Xusenova

Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti, magistranti

Mazkur maqolada ona tili metodikasida nutqiy ko'nikmalarni o'stirishda test-sinovlari, topshiriqlar va ta'limiy o'yinlarning samarasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kalit so'zlar: nutq, tafakkur, ravon, talaffuz, malaka, yozma nutq, og'zaki nutq, matn, topshiriq.

Ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o'zgalar fikrini tinglashi, o'z fikrlarini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon eta olishi, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la oladigan ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o'rinda ona tili ta'limiga o'quv fani emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi.

Nutq-kishi faoliyatining turi, til vositalari (so'z, so'z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar, o'z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi.

Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Nutq o'stirish nima? Agar o'quvchi va uning tilidan bajargan ishlari ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda tilni har tomonlama faol amaliy o'zlashtirish tushuniladi. Agar o'qituvchi ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda, o'quvchilarning tilning talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishi va bog'lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo'llash tushuniladi.

ANNOTATSIYA

KIRISH

February, 2022

Nutq o'stirishda uch yo'nalish aniq ajratiladi: 1) so'z ustida ishlash; 2) so'z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog'lanishli nutq ustida ishlash.

Ko'rsatilgan uch yo'nalish parallel olib boriladi: lug'at ishi gap uchun material beradi; so'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash bog'lanishli nutqqa tayyorlaydi. O'z navbatida bog'lanishli nutq hikoya va insho lug'atini boyitish vositasi bo'lib xizmat qiladi.

Yozma nutqni rivojlantirish og'zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon sanaladi. Chunki u o'quvchilardan grammatik va mazmun jihatidan to'g'ri jumla qurishni, har bir so'zni o'z o'rnida to'g'ri qo'llashni,fíkrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar sosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu nutqning murakkab tabiati yana shundaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog'liq. So'zni to'g'ri yozish, tinish belgilarini o'rinli qo'llash, fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish o'quvchidan katta mas'uliyatni talab etadi. Shu sababli nutqning bu turi ancha sekin va murakkab kechadi.

Yozma nutqning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri uni tekshirish, tuzatish, takomillashtirish mumkinligidir. Bu jihatdan u og'zaki nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O'quvchi yozma nutqdagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarida bu xato va kamchiliklarga yo'l qo'ymaslikka intiladi.

Ona tili darslarida o'qituvchi shuni ham unutmaslik lozimki, ko'pincha o'quvchilar yozma ishlarda imlo va tinish belgilariga katta e'tibor berib, matnning mazmuni ustida yetarli ish olib bormaydilar. Matnlarda ko'pincha mavzuga aloqasi bo'lmagan fikrlar ustunlik qilib, asosiy fikr e'tibordan chetda qoladi. Shuning uchun ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilar diqqati faqat imlo va tinish belgilariga emas, balki bayon qilinayotgan fikrning asosli dalillarga ega bo'lishi, materialning to'g'ri joylashtirilishi, fikrning nutq sharoitiga mos holda to'g'ri bayon qilinishiga ham qaratilishi lozim.

Ona tili mashg'ulotlarida shunday holatni vujudga keltirish lozimki, o'quvchi yaratgan matnidan qoniqish hosil qilsin. Bu uni o'z nutqini takomillashtirib borishga ilhomlantiradi.

O'quvchilar mustaqil ravishda ijodiy fikrlasalar fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarda to'g'ri, ravon ifodalay olsalar, demak, ona tili mashg'ulotlari samarali o'tgan bo'ladi.

Ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilar nutqining rivojlanishini qiyinlashtirayotgan omillardan yana biri o'quvchilarning uyda, ko'chada yoki sinfdan tashqari paytlarda

tojik, turkman, qirg'iz yoki boshqa (sheva) tilda so'zlashib, maktabda o'zbek tilida o'qishidir. Etnografik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, jumhuriyatimiz hududida juda ko'p tojiklar, turkmanlar, qirg'izlar, qozoqlar yashaydi. Ularning ko'pchiligi uyda tojik, qirg'iz va hokazo tilda so'zlashib, maktabda o'zbek tilida o'qishdi. Bu hol, shubhasiz, o'quvchilarda tilning boy imkoniyatlaridan foydalangan holda o'z fikrini erkin bayon qilish imkoniyatini chegaralaydi.

Yuqorida sanab o'tilgan salbiy omillardan tashqari ona tilimizdan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning mundarija va mazmun jihatdan bo'shligi, yagona nutq rejimiga hamisha ham rioya qilmaslik, ota-onalarning bola nutqi ustida yetarli ishlamasligi kabi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirishga salbiy ta'sir qiladi.

Tilni amalda o'zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush -bo'g'in - ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni to'g'ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.

Ohang, tembr, pauza, urg'ulashning turli xillari tovush ifodaliligining muhim vositalari hisoblanadi.

O'quvchiga intonatsiyadan to'g'ri foydalanishni, bildirilayotgan fikrning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o'rgatish juda muhim. SHu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda, talaffuz tempi, past-balandligini to'g'ri qo'llash, tovushlar, so'zlar, iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllantirish ishlari ham olib borilishi lozim.

O'quvchilarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e'tiboг qaratishni tartiyato ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o'ziga xos bo'lgan sifati) va vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgusida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta'siï ko'rsatadi.

Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalarning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda, ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matnga mantiqiy va emotsional urg'u berish orqali o'z munosabatini bildirishni o'rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli topshiriqlardan ko'proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyatlar o'quvchiga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi ravon fikrlarni tuzish - hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza

yuritish uchun zarur bo'ladi.

February, 2022

Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga fikrlarning predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos kelishini hisobga olishni o'rgatishi lozim.

Nutqning past-balandligi o'rinli bo'lishi, tezligi esa atrofdagi muhitga va fikrning maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to'g'ri nutqning muhim ko'rsatkichi bo'lib uning ravonligi hisoblanadi.

Artikulyasion va intonatsion qobiliyatlarning uzviy bog'liqligi keng ma'nodagi tinglash va artikulyasion-talaffuz ko'nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Ish jarayonida o'qituvchi bolalarga so'zning tovush tarkibini, so'zdagi urg'u o'rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vaznni his qilish tuyg'usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so'zlar, iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanishi zarur.

Bu murakkab nutqiy ko'nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishda o'tkazishni talab qiladi.

Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo'nalishlarini ajratar ekanmiz, ularning barchasi o'zaro bog'liqlikda va yaqin o'zaro hamkorlikda ishtirok etishini ta'kidlash lozim.

Ravon nutqni o'stirish va rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan (so'zlar, gaplar, matn qismlari o'rtasida) foydalanish, turli toifadagi matnlar - tasvirlash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish qobiliyatini o'rgatish yotadi.

Lug'atni rivojlantirishda so'zning mazmuni ustidagi ishlar dastlabki o'ringa chiqadi, chunki aynan so'zlarni matnga muvofiq holda semantik tanlab olish (ko'p ma'noli so'zlar mazmunini ochib berish, sinonimik va antonimik taqqoslashlar) til va nutq hodisalarini anglab etishni shakllantiradi.

Nutqning grammatik tuzumini o'zlashtirish ustidagi ishlar jarayonida nutqning turli qismlarida so'z hosil qilish usullarini o'rganish, til umumlashmalarini shakllantirish, shuningdek sintaktik tuzilmalar qurish (oddiy va qo'shma gaplar) vazifalari bosh vazifa sifatida namoyon bo'ladi.

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda intonatsion ifodalilik, temp, talaffuz va fikrni bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga ko'proq ahamiyat berish darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi ushbu ko'nikmalarga asoslanadi.

Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog'lashni o'rgatishi zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama-qarshi qo'yiladi (Kuchli shamol

esardi. Quyon iniga yashirinib oldi). O'quvchilarga ravon matnlar tuzishni o'rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so'zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo'yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida еЧ^г qaгatish zaгuг.

Ravon fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o'ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonatsiyasidan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini shakllantirish umuman matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi. O'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi so'z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. O'qituvchi odam yo'naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berish, o'yin vaziyatlarini yaratish orqali o'quvchi tashabbusini qo'llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so'z shaklini aytib qo'yishi birgalikdagi so'z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.

Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko'ra fikr bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: tasvirlash, bayon qilish mulohaza, fikrlarida kontaminatsiyalangan (aralash) ko'гinishda uchгashi mumkin, ya'ni ularda tasviгlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo'shilib ketadi (va aksincha).

Har xil turdagi matnlar tuzishni o'qitishni ishlarning suhbat, o'zining va begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tuzish va u bo'yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli xil mashqlardan foydalanish kabi shakllarda amalga oshirish tavsiya etiladi.

O'quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo'lib, unga monelik qilayotgan omillar ham faqat ta'lim mazmuni yoki o'qituvchigagina bog'liq emas. Barcha imkoniyatlar to'laligicha ishga solinsagina fikrni og'zaki va yozma ravishda to'g'ri, ravon ifodalashga o'rgatish jarayoni oson kechadi. O'quvchi nutqini rivojlantirishga keng yo'l ochadi.

Bizga ma'lumki, o'quvchilar bir xillikdan zerikadi. Shuning uchun ularni nutqini o'stirishda doimo har xil metod va o'yinlardan, qiziqarli usullardan foydalanish lozim. Quyida shulardan ba'zilarini misol tariqasida keltiramiz.

O'qituvchi yozuv taxtasiga bir nechta so'z yozib qo'yadi. Masalan: Nafisa, soat, yomg'ir, kitob kabi. O'quvchi mustaqil ravishda shu so'z^ shtirokida gap tuzadilar "O'zara bog'liqlik"

O'quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Ular kartochkalar bilan tanishib chiqqach, o'quvchi rasmdagi predmet haqida gapirib beradi.

Masalan: "Bu olma. Olma bog'da o'sadi va mevalarga

"Zanjir"

kiradi. Uni o'quvchilar juda yaxshi ko'rishadi" Keyin ikkinchi

February, 2022

bola ham o'zidagi predmet haqida gapiradi va o'zidagi predmet bilan birinchi o'quvchidagi predmetni o'zara bog'liqligini aytishi kerak.

Masalan: "Bu quyosh. Quyosh chiqsa havo isiydi. Uni o'quvchila- yaxshi ko'rishadi. Quyosh isitib tosa, olma va boshqa mevalar pishadi" Keyin uchinchi o'quvchi o'zidagi predmet haqida gapiradi va ikkinchi boladagi predmet bilan o'zidagi predmet orasidagi bog'liqlikni topishi kerak. O'yin shu tartibda davom etadi.

"Umumiylikni izlash"

O'quvchilar aylana qurib o'tiradilar. Olib boruvchi o'quvchila^n biriga to'pni otayotib, bir-biri bilan bog'lanmagan ikkita so'zni aytadi. Masalan: maktab va o'quvchi, kitob va javon, quyosh va gul... To'pni tutib olgan o'quvchi so'z juftligi orasidan umumiy belgini aytib to'pni qaytaradi.

"Safar"

O'quvchilarga maktabdan yoki uylaridan ma'lum bir joygacha bo'lgan yo'lini tasvirlash topshirig'i beriladi. O'quvchi bir necha kun davomida "obyekt"ni mustaqil kuzatadilar va uni og'zaki tasvirlab beradilar. Sinchkovlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, atrof-muhitga diqqat-e'tibor talab etiladigan bu o'yin vositasida Vatanni sevish, tabiatga muhabbat, chor-atrofga e'tiborli bo'lish hislarini tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, mazkrn- o'yinlardan foydalanganda o'quvchilaming nutqi rivojlanadi, lug'at boyligi yanada ortadi, mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi.

Yuqorida keltiгilgan ta'limiy o'yinlar o'quvchilaming darsda faolligini oshiгish bilan birga bilimlami o'zlashtiгish jarayonini yengillashtirish va mustahkamlash, nutq o'stirishga yo'naltirilgan har bir mashg'ulotni qiziqarii tashkil etishga xizmat qiladi.

Jamiyatimizni erkinlashtirish g'oyasi bevosita ta'lim jarayonida o'z ifodasini topib, uni yangidan tashkil qilish va mazmunini o'zgartirish, yanada insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish va demokratlashtirish asosida ta'minlanadi.

«U kim? Bu nima?»

Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo'yiladi. 0'qituvchi shu predmetlaróan biгoгtasini ta'гiflaydi, о'quvchilaг shu belgito asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.

Bu o'yinning afzallik tomoni shundaki, undan dars davomida o^uvchito diqqatini jamlash, qo'llariga dam berish maqsadida yoki yangi tovushlar bilan tanishtirish, ona tili darslarida yangi mavzuni bayon qilish jarayonida ham foydalanish mumkin.

Bu o'yin o'quvchilarda ziyraklik, sinchikovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirishga imkon beradi. Bun-

dan tashqari, bu oDyindan dam olish daqiqalarida ham unumli foydalanish mumkin.

Masalan: U shar shaklida. Uni katta-katta sportchilarimiz ham stadionlarda oDynaydilar. Yosh bolalar ham uni sevib oDynaydilar.

(Javob: «Koptok»)

Masalan" U barcha o'quvchilar o'rtog'idir. Onalarimiz ham, otalarimiz ham uni juda yaxshi ko'radilar.

(Javob: «Kitob»)

Masalan:U shunday narsaki, bizga vitaminlarga boy mevalar beradi. Xohlasak stol yoki stul ham bo'lishi mumkin.

(Javob: «Daraxt»)

«Topag'on»

O'qituvchi biror belgi asosida savol beradi. O'quvchilar shu belgini o'ziga jam qilgan predmetlar nomlarini yozadilar, eng ko'p to'g'ri javob topgan o'quvchilar g'olib sanaladi.

Bu topshiriqni o'tkazish o'quvchilarga so'z turkumlari haqidagi dastlabki ma'lumotlar berish jarayonini yengilashtiriradi. Bundan tashqari ulaming soDz boyligi ortib, ularda hozirjavoblik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlar shakllanadi, nutqi rivojlanadi.

Masalan: Savol: Nima oq rangda?

Javob: QogDoz, daftar, surp, bulut, parda, buvumning sochlari, qor.

Savol: Nima yumshoq?

Javob: Non, xamir, yostiq, koDrpa, paxta.

Savol: Nigora nima qilayapti?

Javob: Kitob oDqiyapti, kir yuvayapti, qoshiq artayapti.

«Noto DgDri jumla»

Bu topshiriq suratlar asosida oDtkaziladi. ODqituvchini suratni tasvir- lab berishi asnosida suratlarga tegishli bo'lmagan jumlalarni ham ishlatadi. O'quvchilar ziyraklik bilan shu jumlalarni topishlari lozim.

O'quvchilardan bu usul davomida ziyraklik, sinchkovlik, ku- zatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatib turib oDqituvchining hikoyasini ham diqqat bilan tinglab tu- radilar. Har bir noto DgDri jumlani topa bilish ularning oDziga boDlgan ishonchini va darsga qiziqishini orttiradi.

February, 2022

"Matn ustida ishlash"

Amir Temur va me'mor

Bir kuni Amir Temur tez muddatta dunyo qoyil qoladigan madrasa qurub bitirishni niyat qilibdi. Mohir me'morni chaqirib, o'sha kuniyoq ish boshlatmoqchi bo'libdi.

Me'mor bunday binoni shoshilich qurib bo'lmasligini qancha aytsa ham, Amir Temir ko'nmapti. Noiloj qolgan me'mor madrasaning joyini tayyorlab, poydevorini qo'ydirib,bir kechada g'oyib bo'libdi. Yer-u ko'kni qidirib topisholmabdi. Oradan ikki yil o'tkach haligi usta yana paydo bo'libdi-da, darg'azab Amirga :

- Siz istagan muddatda bu binoni qurib bitkazishim mumkin edi, ammo ming go'zal bo'lgani bilan uning umri uzoqqa bormasdi. O'ylanmay qilingan ishning oxiri voy. Siz aytgan binoni qurish uchun o'ylashga fursat kerak edi. Men ikki yil ko'rinmay ketgan davrimda shu haqda o'yladim. Qancha-qancha yurtlardagi qasri oliylarni ko'rib keldim. Ham boqiy, ham go'zal bo'lishi rejalarini tuzdim. Men bir bino yaratmoqchimanki, uning tepasida faqat osmon bo'ladi. Osmon xalaqit bermasa, uni yana ham balandroq ko'tarishim mumkin bo'lardi, -deb javob qilgan ekan.

1) Javoblarning mosini toping.

1) Boqiy A) makonni tashkil qiluvchi

2) me'mor B) imorat va inshootlaning ost qismi

3) madrasa C)mangu

4)poydevor D)oliy o'quv dargohi

2) Binoni qurib bitkazishim.Ushbu so'z birikmasi qaysi kelishik qo'shimchasi orqali bog'langan va bogTanish usulini toping

A)jo'nalish kelishigi

B)moslashuv usulida S) tushum kelishigi

D)boshqaruv usulida

E)bitishuv usulida.

3) Berilgan fikrlarni matn asosida to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini tegishli ustunda ko'rsating va yuqoridagi tegishli

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

® о

©

О

112

doiralarni bo 'yang.

To'g'ri (A) Noto'g'ri(B)

1. Mohir me'morni chaqirib, o'sha kuniyoq ish boshlatmoqchi bo'libdi.

2. Usta bunday binoni shoshilinch qilib bo'lmasligini aytibdi

3. Yer-u ko'kni qidirib topisholmabdi.

4. Ham boqiy,ham go'zal bo'lishi rejalarini tuzdim.

5. Men bir bino yaratmoqchi edim, tepasida faqat osmon bo'lsin.

4.Matnda qaysi so'zlar imlosida xatolik uchraydi.(Avval so'zning xatosi yozilgan variantini, so'ng shu so'zning to'g'ri yozilishini ko'rsating. Matnda 6 ta so'z imloviy xatolikka uchragan. Bu qo'shma so'zlar imlosiga tegishli emas.

5.Matnda muallif berilgan fakt(dalil)ni yozing.(20-25 so'z)

"MATNLI TEST-SINOV TOPSHIRIG'I"

SIRKALI KOKTEYL

I. Sirkaning ajoyib davolash hususiyati ham borligini bilasizmi?

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

113

Men mana bunday kokteyl tayyorlab ko'rishingizni maslahat beraman: uy haroratida turgan bir stakan suvga 1 oshqoshiqda sirka va bir choyqoshiqda asal qo'shib, aralashtirib, sekin-sekin iching. Sirkali kokteyl moddalar almashinuvini, qon aylanishini yaxshilaydi oshqozon faoliyatini yaxshilaydi va kasal qo'zg'atuvchi mikroblarni o'ldiradi.

Shuningdek, tushki va kechki ovqatlanish oldidan ikki oshqoshiq sirka qo'shilgan bir stakan suv ichib yuborish foydalidir. Bu sizga hech qanday parxezsiz ozishga yordam beradi, chunki suvda erigan sirka organizmdagi ortiqcha yog'larni osonlikcha eritib yuboradi va ishtahani susaytiradi.

II. Tomog' og'rig'i va yo'talni to'xtatishda ham sirkadan foydalansa bo'ladi. Bir stakan iliq suvga 3 oshqoshiq sirka va 2 oshqoshiq asal solib eriting. Bu aralashmadan kuniga 3 martadan tomoqni chaying.Har chayganingizda suv yangitdan tayyorlangan bo'lishi kerak. Boshqacha usuli ham bor: iliq suv va sirkani teng miqdorda aralashtirib, hosil bo'lgan suyuqlikdan 10 daqiqa davomida og'iz bilan nafas oling.

III.Shahar chekkasiga chiqayotgan paytingizda suv bilan sirkani bir xil miqdorda qo'shib, hosil bo'lgan suyiqlik bilan badaningizni ochiq joylarini artib chiqing - sizga hech qanaqa hashorat yaqinlashmaydi. (Gazetadan)

Birinchi savol: Birinchi ustunda matnda berilgan sozlar berilgan.Ikkinchi ustundan shu shu so'zlarga sinonim,antonim,omonim,paronim bolib kela oladigan birliklarni aniqlang.

1)asal A)sirka

2)foyda B)bol

3)sirka C)daVo

4)davo D)suyuq

E)zarar

1234-

Ikkinchi savol:

Shuningdek,tushki va kechki ovqatlanish oldidan ikki oshqoshiq sirka qo'shilgan bir stakan suv ichib yuborish foydalidir. Bu sizga hech qanday parxezsiz ozishga yordam beradi, chunki suvda erigan sirka organizmdagi ortiqcha yog'larni osonlikcha eritib yuboradi va ishtahani susaytiradi.

Ushbu matnda qaysi bog'lovchi turi ishtirok etgan?(ikkita javob to^ri)

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

114

A)zidlov bog'lovchi

B)biriktiruv boglovchi

C)bog'lovchi ishtirok etmagan

D)ergashtiruvchi bog'lovchi

E)ayiruv bog'lovchi

Uchinchi savol.Berilgan fikrlarni matn asosida to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini tegishli ustunda ko'rsating.

T/r Tushunchalar To'g'ri Noto'g'ri

1 Sirkali kokteyl oshqozon faoliyatini yaxshilaydi.

2 Sirka qoshilgan bir stakan suv ozishga yordam bermaydi.

3 Ikki oshqoshiq sirka qo'shilgan bir stakan suv ichish ishtahani ochib yuboradi

4 Tomog' og'rig'i va yo'talni davolashda ham sirkadan foydalaniladi.

5 Sirkaning yana bir xususiyati: kasal qo'zg'atuvchi mikroblarni chaqiradi

To'rtinchi savol:Matnda qaysi so'zlar imlosida xatolik bor?(Avval so'zning matnda xato yozilgan variantini,so'ng shu so'zning to'g'ri yozilishini korsating.Matnda 5 ta imloviy jihatdan xato yozilgan so'zlar berilgan)

Sozning matndagi xato yozilgan shakli Shu so'zning imloviy to'g'ri yozilishi

Beshinchi savol:Matnda muallifi berilgan fakt(dalil)ni yozing.(20-25 ta so'z)

® ©

©

o1

115

"Payrovlar" o'yini. Ushbu o'yin orqali o'quvchilarning nutqiga oz-ozidan ibora, maqollar sekin-asta kirib boradi. Ibora, maqol kabi xalq og'zaki ijodi na'munalari nutqimiz ta'sirchanligini oshiradi. Bu o'yinni o'tkazish uchun kichik guruhga oldindan tanlangan ibora yoki maqollar dars boshida beriladi. Bu o'yinni qo'llashda o'quvchilarga shior qilib Adabiyotshunos olim Rozmin Keldiyorovning "Ehtiyot bo'ling qalb bor" degan da'vatini qo'llash juda o'rinli bo'ladi.

Masalan:

1. Burnidan baland gapirib bo'lmaydi.

2. Tish bergan rizq ham beradi.

3. Tishga bosgulik nima bor?

4. Tishining kovagida saqlab yurgan.

"G'oyalar gilami" metodi ham yozma nutq savodxonlik darajasini oshirish omillaridan biridir.O'qituvchi tomonidan tayyorlab qo'yilgan so'zlar shajarasidan o'quvchilar yangi so'zlar hosil qilishadi yoki bo'lmasa "Kapalak"usulida qo'shimchalar orqali yangi so'zlar hosil qilinib,o'sha so'zning xatosiz yozilishi ta'minlanadi.Masalan: kitob,kitobxon, kitobsevar,kitoblar,kitobda,kitobdan...

O'quvchi umumlashgan tushunchalar orqali o'z fikrini izchil va xatosiz yozib boradi,talaffuzi va imlosida farqlanishi bor so'zlar tushuntiriladi.

XULOSA

Ta'limning shunday muhitini yaratish kerakki,unda o'quvchi o'zini shaxs deb sezsin,unga bo'lgan e'tiborini tuysin.Agar o'qituvchi dars davomida"muvaffaqiyat muhitini"tashkil etib,o'quvchida o'qishda muvaffaqiyat qozonishiga yordam bersa,uning o'z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirib borsa takomillashgan o'quv jarayoni ham o'z-ozidan yuzaga keladi. Oshkoralik,ishtirokchilarning o'zaro hamkorligi,ular keltirgan dalillarning tengligi,hamkorlikdagi bilimlar banki,o'zaro baholash va nazorat imkoniyati bilan belgilanadigan ta'limiy muloqot manbai yaratiladi. Demakki, o'qituvchining o'zi ham doimiy ravishda o'z ustida ishlashi, pedagogik mahoratini

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

116

uzluksiz oshirib borishi, jahon va milliy pedagogik meros hamda ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalangan holda ta'lim jarayonini takomillashtirib borishi lozim.

REFERENCES

1. "O'zbek tilining imlo lug'ati", Toshkent-1995-yil, "O'qituvchi" nashriyoti.

2. N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo'raboyeva. "Ona tili", 5-sinf darsligi. Toshkent-2012-yil, "Ma'naviyat" nashriyoti.

3. N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva. "Ona tili", 6-sinf darsligi. Toshkent-2013-yil, "Tasvir" nashriyoti.

4. "O'quvchi shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim". Umumta'lim maktablari o'qituvchilari uchun o'quv modullari, 1-modul, Toshkent-2013-yil.

5. Abdullayeva Q. Nutq o'stirish. - T.:O'qituvchi, 1980.66-bet

6. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. -T.:Sharq, 2000. 110-bet

7. Muhiddinov A.G'. O'quv jarayonida nutq faoliyati. - T.: O'qituvchi, 1995. 78-bet

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.