LINGVOPOETIKANING O'RGANILISHIGA DOIR QARASHLAR
Farruh Muxidillayev
Guliston davlat universiteti magistranti farruh07 @ gmail .com
ANNOTATSIYA
Hozirgi zamon o'zbek adabiyotining ko'zga ko'ringan vakili Halima Xudoyberdiyeva she'riy asarlari tilini lingvopoetik tahlil etish orqali uning individual ijodiy manerasiga xos xususiyatlarni belgilash va shoir poetik asarlari matnida konnotativ vazifa bajarayotgan til elementlarining uslubiy imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Kalit so'zlar: poetika, gap, leksik takror, artikl, olmoshlar, ellipsis, fe'l zamonlari, takror bog'lovchilar, so'roq so'zlar.
Bog'li nutq yaxlit nutqiy asar, matnni o'rganish , ya'ni matnga gap -period -yanada yirikroq parcha - yaxlit butunlik tarzidagi darajalanishda yondashish antik davrdan - Aristotel va uning izdoshlaridan boshlangan. Rus tilshunosligida matn ("tekst") tushunchasining rivoji o'tgan asrning 40-yillariga to'g'ri keladi. 1947-yilda A.I.Belich o'zining tilshunoslik fanlarining tasnifiga bag'ishlangan maqolasida til faktlarining grammatik tavsifida ma'no umumiyligi asosida bog'langan va muayyan sintaktik-semantik yaxlitlik tarzida namoyon bo'ladigan gaplarning bugun zanjiriga alohida o'rin berilishi lozimligiga va bu "matn" tushunchasining yuzaga kelishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga molik ekanligiga e'tiborni qaratgan, ana shunday gaplar zanjiridagi o'zaro munosabat va aloqalarni tilshunoslikning sintaksis bo'limida o'rganishning maqsadga muvofiqligini ta'kidlagan.
ADABYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Gapdan katta birliklar, ya'ni "gaplarning hamkorligi " masalasi nemis tilshunosligida xam deyarli shu yillarda, xususan, 1949-yilda ko'tarilgan. Gaplar o'rtasidagi aloqalarni struktural shakllantiruvchi leksik takror, artikl, olmoshlar, ellipsis, fe'l zamonlari, takror bog'lovchilar, so'roq so'zlar kabi eng muxim vositalarni tadqiq etgan ishida K.Boost shunday yozadi: "Bir gapdan boshqasiga tortilgan iplar shu qadar ko'p va shunday pishiq turni hosil
KIRISH
qiladiki, gaplarning chatishishi, ularning yagona tur sifatida o'rib
July, 2022
to'qilganligi haqida gapirish mumkin, chunki har bir alohida gap boshqalari bilan chambarchas bog'langan"
O'tgan asr 60-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab "matn lingvistikasi" degan yo'nalish sur'at bilan rivojlanish pallasiga kirdi. Yaxlit nutqiy butunlik sifatidagi matn va uning tashkil etuvchi unsurlari, omillari, xususiyatlari turli nuqtai nazarlardan tadqiq etila boshladi. Bu soha atrofida o'ziga xos, aytish mumkin bo'lsa, juda katta "shov-shuv" paydo bo'ldi. Hatto ayrim mutaxassislar matn lingvistikasini tilshunoslikning alohida sohasi emas, balki umuman, tilshunoslikning poydevori, bazasi deb hisobladilar.
G'arbiy Yevropa mamlakatlarida matn lingvistikasi bo'yicha davriy nashrlar va ilmiy to'plamlar nashr etildi, maxsus ilmiy jamoalar tuzildi, monografiyalar bosildi, darsliklar, hatto maktablar uchun darsliklar chiqarildi. Matn nazariyasi, matn lingvistikasining umumiy shakllanishi va rivojida chex (Praga lingvistik to'garagi vakillari), nemis, fransuz, ingliz, amerika, golland, polyak va boshqa tilshunoslik maktablari vakillarining xizmatlari dunyo tilshunosligida e'tirof etilgan va doimiy ravishda ilmiy tadqiqotlarda tilga olinadi.
Rus tilshunosligida ham matn nazariyasi va lingvistikasi muammolari V. V.Odinsov, I.R.Galperin, O.I.Moskalskaya, L.M.Loseva, Yu.M.Lotman, Z.Ya.Turayeva, N.D.Zarubina, Ye.V.Sidorov, O.L.Kamenskaya, A.I.Gorshkov, N.S.Valgina kabi ko'plab tilshunoslar tomonidan o'rganib kelinadi.
Tilshunoslikdagi bu yo'nalishdagi tadqiqototlarni atroflicha tahlil qilgan O.I.Moskalskaya o'tgan asrning 60- 70-yillariga kelib matnni lingvistik o'rganishga bo'lgan qiziqish benihoya ortganligini, dunyo tilshunosligida matn lingvistikasi bo'yicha misli ko'rilmagan miqdorda tadqiqotlar yuzaga kelganligini va matn lingvistikasi mustaqil tilshunoslik fani sifatida to'la e'tirof etilganligini ta'kidlar ekan, tadqiqotlardagi bu e'tirofga tamal bo'lgan asosiy qoidalarni quyidagicha guruhlarga bo'lib umumlashtiradi:
1.Nutqning tugallangan fikr bildiradigan asosiy birligi gap emas, balki matndir; gap-fikr esa faqat xususiy holat, matnning alohida turidir. Matn sintaktik sathning oliy birligi hisoblanadi.
2.Konkret nutqiy asarlar - matnlarning asosida matn tuzishning umumiy tamoyillari yotadi; bu tamoyillar nutq sohasiga emas, balki til sistemasiga yoki til vakolatiga daxldordir. Bu jihatlar hisobga olinsa, shulardan kelib chiqilsa, matnni faqat nutq birligigina emas, balki ayni paytda til birligi deb ham hisoblash kerak.
3. Boshqa til birliklari kabi matn lisoniy belgilar
sistemasining qismidir.
July, 2022
4. Matnni alohida sathning nutqiy va lisoniy birligi sifatida har tomonlama o'rganish tilshunoslik doirasidagi maxsus fan - matn lingvistikasini yaratishni taqozo etadi.
O.M.Moskalskaya mazkur qoidalar, ayniqsa, birinchi banddagi qoidalar turli shakllarda o'sha davrdagi tadqiqotlarda takrorlanib, "yangi lingvistik yo'nalishning jangovar shiori sifatida jaranglagani"ga e'tiborni qaratadi va G'arb olimlarining ana shunday fikrlaridan namunalar keltiradi: "Biz odatda alohida so'zlar bilan emas, gaplar va matnlar bilan gapiramiz" (X. Vaynrix). "Agar biz gapirsak, faqat matnlar bilan gapiramiz" (P. Xartman). "Til faqat matnlar shaklida va matn tuzish vazifasida kishilar o'rtasidagi aloqa vositasidir" (P.Xartman). "Biz tildan foydalanganimizda asosiy birlik so'z yoki gap emas, balki matndir" (A.K.Xellidey). "Bizning kunlarimizda tilning oliy va eng mustaqil birligi gap emas, balki matn ekanligi umume'tirofiga sazovor bo'lib bormokda" (V. Dressler).
Matn lingvistikasi shu tarzda shakllanib, rivojlanib bormoqda. Ammo rus tilshunosligida matn lingvistikasi o'zining o'rganish doirasiga keragidan ortiq, ko'p masalalarni qamraganligi, boshka fan sohalarining muammolariga aralashayotganligi, gap tushunchasini guyoki inkor etayotganligi kabi da'volar bilan aytilgan tanqidiy fikrlar ham yo'q emas. Masalan, taniqli rus filologi R.A.Budagov dunyoning bir qator mutaxassislari tomonidan matn lingvistikasi bo'yicha yaratilgan tadkiqotlar jamlangan to'plamning nashr etilishi munosabati bilan yozgan "Matn lingvistikasi" qay darajada lingvistikadir?" deb nomlangan maqolasida matn lingvistikasi insonning matnni yaratish, tuzish, tushunish , tarkiblash , kompozisio n yaxlitligini idrok etish kabi qobiliyatlarni o'rganmoqchi bo'ladi, holbuki, bu boshqa fanlarning vazifalarini o'z zimmasiga olish bo'ladi qabilida e'tiroz bildiradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Matnning hajmini chegaralash masalasida ham bu yo'nalishning yo'li to'g'ri emasligini aytadi. U shunday yozadi: "Matn lingvistikasi" yaratuvchilarining ilk niyatlari juda ham ezgu edi. Ilmiy - texnik tarakqiyotga, axborot asri talablariga javob berish.Tilda faqat kichik birliklargina emas, yirik birliklar ham mavjud ekanligini ko'rsatish. Matn oqimida gaplarning qo'shilish shakllari va vositalarini tadqiq etish. Bularning bari dikqatga sazovor va ularni qo'llab-quvvatlash kerak. Boshqa narsa - har jihatdan an'anaviy (deyiladigan ) tilshunoslikka o'xshamaslikka intilish - prinsipial e'tiroz tug'diradi... Yanada qaltis, zaif joyi tilning yirik va kichik birliklarini bir -biriga qarama-qarshi qo'yishdir. Ayni paytda gapning, so'z yoki so'z birikmasining strukturasini nafaqat tadqiq etmasdan, balki hatto u bilan qiziqib ko'rmasdan
July, 2022
317
turib, gaplarning qo'shilish tamoyillarini o'rganish mumkin emas".
Bunday e'tirozlarga qo'shilib bo'lmaydi, chunki matn lingvistikasi matnni asosiy birlik deb hisoblar ekan, gaplar yoki so'z birikmalarining mavjudligini, ularning o'ziga xosliklarini, matn tarkibidagi o'rnini, umuman, an'anaviy tilshunoslik yutuqlari sifatida tan olingan qoidalarni aslo inkor etmaydi. Bu e'tiroz va tanqidiy fikrlarni mavjud muammolarga yanada sinchkovlik va hushyorlik bilan yondashish zaruriyatini unutmaslikka da' vat tarzida tushunish maqsadga muvofiq.
Tilshunoslikda keyingi yillarda lingvopoetika sohasi rivojlanib, bir qator yirik tadqiqotlar yuzaga keldi. Bu borada so'nggi yillarda olib borilgan ishlar sifatida V.Ya.Zadornova hamda A.A.Lipgartning keng ko'lamli faoliyatlarini e'tirof etish mumkin.
Lingvopoetika masalari yuzasidan muhim fikrlarni o'rtaga tashlab, ushbu yangi sohaning keng ildiz otishiga o'zining ko'plab asarlari bilan hissa qo'shgan V.Ya.Zadornovaning ilmiy izlanishlarida lingvopoetika sohasining aniq predmeti, maqsadi va muammolari ochib beriladi. Tilshunos "Matnning lingvopoetik jihatdan o'rganilishi tilning u yoki bu birligini shunchaki aniqlashga qaratilgan emas, balki badiiy asar ko'rsatadigan estetik ta'sirni so'z yordamida izohlashga yo'naltirilgandir" deb ta'kidlaydi.
"Lingvopoetika asoslari" nomli kitobi orqali ushbu sohaning muammolarini bir qadar ochib bergan A.A.Lipgart faoliyatida ham lingvopoetika masalalari chuqur tadqiq etilganini kuzatish mumkin. Uning fikricha, "lingvopoetika - bu filologiyaning bir bo'limi bo'lib, lingvopoetika masalalari doirasida badiiy matnda uslubiy markerlangan birliklar qo'llanilishi, matnda ular estetik effekt berishga yynaltirilgan bo'lishi hamda shu maqsadda badiiy matn mazmuniy strukturasida qo'llanilishi" mumkin.
XULOSA
Turkiyshunoslikda matn masalasi birinchi o'laroq o'tgan asr 70-yillarining boshida taniqli tatar tilshunosi M.Zakiyev tomonidan qo'yilgan. Dastlab u bog'li nutqni mustaqil gaplar o'rtasidagi aloqani o'rganmasdan tadqiq etib bo'lmasligini, chunki bog'li nutq hamisha turli usullar bilan o'zaro bog'langan gaplar zanjiridan iborat bo'lishini, shunga ko'ra, bog'li nutqda gapdan yirik va murakkab bo'lgan "murakkab sintaktik butunlik" deb ataladigan birliklar ajratilishini (ular abzasning qismi, abzas, yaxlit bob, ba'zan hatto yaxlit asar va sh .k.ga teng bo'lishini) ta'kidlaydi va yozadi: " Bog'li nutqda murakkab sintaktik butunlikni ajratish sof
July, 2022
318
metodik maqsadni nazarda tutadi, u nutqning asosiy birligi bo'la olmaydi va boz ustiga gapga qarama -qarshi qo'yilishi mumkin emas".
1974-yilda nashr etilgan darsligida esa murakkab sintaktik butunliklarni "sintaktik butunliklar" deb nomlaydi va quyidagilarni yozadi: "Sintaktik butunliklar, ya'ni mustaqil jumlalarning bog'lanishini o'rganish turkiy tillarda hali to'la yo'lga qo'yilgani yo'q. Holbuki, bu masala til ilmi uchungina emas, balki adabiyot ilmi uchun ham juda ahamiyatlidir. Chunki mustaqil jumlalarning bog'lanishini bilmasdan turib, matnni, asarni, uning ayrim bo'laklarini, abzaslarini tugal uyushgan bir butun qilib tuzish juda qiyin ".
1984-yilda bosilgan o'quv qo'llanmasida olim endi matn lingvistikasi muammolarini atroflicha yoritgan va matnning yaxlit birlik ekanligini e'tirof etgan. Kitobga " Matn sintaksisi " nomi bilan maxsus bo'lim kiritgan va unda matn turlari, matnning mazmuniy, kommunikativ, struktur, grammatik butunligi, matn kompozitsiyasi, matn sintaksisi va lingvistik kategoriyalar kabi masalalar buyicha fikrlar bayon qilingan. Ozarbayjon tilshunosligida matn sintaksisi va uning o'ziga xosliklari masalasi K.M. Abdullaev tomonidan anchayin atroflicha monografik planda tadqiq etilgan. Ozarbayjon tilidagi matn, uning kommunikativ, struktursemantik xususiyatlari, matn birliklari mavjud qarashlar va original kuzatishlar asosida tahlil etilgan.
REFERENCES
1. Abdullaev K.M. Teoreticheskie problemi sintaksisa azerbaydjanskogo yazika: Avtoref. dis. ...d-ra filol. nauk. - Baku, 1984. S. 33-43.
2. Belich A.I. K voprosu o raspredelenii grammaticheskogo materiala po glavnim grammaticheskim dissiplinam / / Vestnik MGU, 1947, N 7. S. 22.
3. Budagov R A Filologiya i kultura. - M. MGU, 1980. S. 78-80.
4. Gorshkov A.I. Russkaya stilistika. -M.: Astrel -ACT, 2001. S. 53 258.
5. Kamenskaya O.L. Tekst i kommunikatsiya. -M.: Visshaya shkola, 1990.
6. Lipgart A.A. Osnovi lingvopoetiki. - M.: URSS, 2016. -168 b.
7. Moskalskaya O.I. Grammatika teksta. - M.: Visshaya shkola, 1981. S. 5-6; Lingvistika teksta. - M.: Progress, 1978. S. 5-39. 33
8. Odinsov V.V. Stilistika teksta. - M.: Nauka, 1980.
9. Sidorov Ye.V. Problemi rechevoy sistemnosti. -M.: Nauka, 1987.
10. Turaeva Z.Ya. Lingvistika teksta. - M.: Prosveщenie, 1986.
11. Valgina N.S. Teoriya teksta. -M.: Logos, 2004 va boshk,.
July, 2022
12. Zadornova V.Ya. Slovesno-xudojestvennoe proizvedenie na raznix yazikax kak predmet lingvopoeticheskogo issledovaniya: Diss... d-ra filol. nauk. -Moskva, 1992. -S.59-60.
13. Zakiev M. Zakiev M.Z. Xazerge tatar adabi tele (Sintaksis). - Kazan, 1974. 257bit.
14. Zakiev M.Z. Xazerge tatar adabi tele sintaksisi xam punktuatsiyase. - Kazan: Tatarstan kitap nashriyati, 1984, 199. -226- bitlar.
15. Zarubina N.D. Tekst: lingvisticheskiy i metodicheskiy aspekti. - M.: Russkiy yazik, 1981.
July, 2022