Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za
XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA "FASLLAR" TEXNOLOGIYASIDAN
FOYDALANISH
D. M. Rahmonqulova
CHOTQMBYU Tillar kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD)
Annotatsiya: Ushbu maqolamizda, oliy o'quv yurtlarida zamon talabiga mos malakali kasb egalarini yetishtirishda zamonaviy o'qitish metodlari, ya'ni pedagogik texnologiyalar, innovatsion texnologiyalar muhim va pedagogning mahorati o'quvchi-talabalarni jahon standartlari darajasidagi malakali kasb egalari bo'lib yetishishini ta'minlashlari aytib o4ilgan.
Kalit so'zlar: interfaaol, metod, interaktiv, xorijiy til, zamonaviy, chet til, uslub,o'qitish.
Аннотация: В данной статье современные методы обучения, т. е. педагогические технологии, инновационные технологии имеют важное значение в подготовке квалифицированных специалистов в соответствии с требованиями времени в высших учебных заведениях, а навыки педагога помогут студентам стать квалифицированными специалистами в уровня мировых стандартов.
Ключевые слова: интерактив, метод, интерактив, иностранный язык, современный, иностранный язык, метод, обучение.
Abstract: In this article, modern teaching methods, i.e., pedagogical technologies, innovative technologies are important in training qualified professionals in accordance with the demands of the times in higher educational institutions, and the skills of the pedagogue will help students become qualified professionals at the level of world standards. provisions have been mentioned.
Keywords: interactive, method, interactive, foreign language, modern, foreign language, method, teaching.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik texnologiyalarni qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda, bunday bo'lishiga sabablardan biri shu kungacha ta'limda o'quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalarni o'rgatish esa, ularni mustaqil tanqidiy fikrlashga, kerakli narsalarni izlab topishga, tahlil va xulosa qilishga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda
April 23-24, 2024
1102
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi, ta'lim o'quvchi-talabalarga yo'naltiriladi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'quvchi va talaba faoliyatiga yangilik kiritish bo'lib, uni amalga, oshirishga asosiy interaktiv metodlardan to'liq foydalanish imkoniyati mavjud. Interaktiv metodlar bu talaba bilan talaba, talaba va internet, talaba va o'quvchi o'rtasidagi fikrlash demakdir, ya'ni pedagogik tasir etish usullaridir va ta'lim tizimining asosiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarni qo'llashda pedagogik va o'quvchi-talabalar birgalikda faoliyat ko'rsatishlari kerak bo'ladi. Oliy o'quv yurtlarida zamon talabiga mos malakali kasb egalarini yetishtirishda zamonaviy o'qitish metodlari, ya'ni pedagogik texnologiyalar, innovatsion texnologiyalar muhim va pedagogning mahorati o'quvchi-talabalarni jahon standartlari darajasidagi malakali kasb egalari bo'lib yetishishini ta'minlaydi. Xorijiy tillarni o'rgatishda hozirgi zamon axborot va pedagogik texnologyalarni ahamiyati katta. O'qitishda texnologik yondashishda, avval o'zlashtirilgan va yangi bilimlarning o'zaro bog'liq bo'lishiga katta e'tibor beriladi. K.P.Makvardning ta'kidlashicha, o'zlashtirilayotgan bilimlarning puxtaligi ana shu bog'lanishning mustahkamligi va ko'lamiga bog'liq bo'ladi.Agar bu bog'lanish bo'lmasa, o'rganilayotgan o'quv materialini yodlash ham bilimlarni shakllantirmaydi. Agar yangi va oldingi axborolarning qismlari, shuningdek, ularning o'zlari orasidagi bog'lanishlar qanchalik mustahkam (boy) bo 'lsa, demak, ana shunday mustahkam bilimlarga ega bo'linadi. O'quvchining erishgan har bir yutug'iga o'qituvchi o'z vaqtida e'tibor qilib, rag'batlantirib borishi kerak. O'quvchilarning noto'g'ri o'quv harakatlari jazolanmaydi. Bu holda o'quvchilarni : "Yana bir marta urinib ko'r","Bu bo'limni bashqatdan o'rganib chiqishing lozim", " Sening fikring ham xato emas, lekin bunday aytganingda yanayam yaxshiroq bo'lar edi " deb ilhomlantiruvchi so'zlar bilan ularni ishlashga undash lozim.
Zamonaviy interfaol usullari asosida xorijiy tillarni o'qitish jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:
- talabalar dars jarayonida mavzu yuzasidan munozaraga kirishishadi va unda barcha faol ishtirok etadi;
- o'qitish metodlarini tanlash va uni amalga oshirishda talabalar hamkor sifatida ishtirok etishadi, o'z fíkrlarini bayon qilishadi;
- talabalar egallagan bilimlarini bayon qilish, tushuntira olish, ya'ni boshqalarga ham yetkaza olish masalasi bilan ta'minlanadi;
Albatta, yuqorida keltirilganlarning hammasiga o'quvchilar chet tillarini interfaol metodlari orqali asta-sekinlik bilan bosqichma-bosqich o'rganish jarayoniga erishishlari mumkin.
1103
April 23-24, 2024
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Bugungi kunda xorijiy tillarni o'rganish jarayonida interfaol usullarining quyidagi texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda:
1. Interaktiv o'yin usuli.
2. Talabalarni juft holda va guruh ichida faol ishtirok usullari.
3. Aqliy mushohada usuli.
4. Frontal mashg'ulot turi.
5. Akvarium usuli.
6. Broun harakati usuli.
7. Tugallanmagan gap usuli.
8. O'z o'rningni egalla usuli.
9. Munozara va shu kabi boshqa usullar.
Xorijiy tillarni o'rgatishning interfaol metodi yuqorida qayd etilgan zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilgan mashg'ulotlar natijasida talabaning mustaqil fikrlash va nutq yuritish bilim va malakalari mukammal shakllanadi. Mashg'ulot paytida ularning erkinligi yaratiladi, ya'ni talabalar dars maqsadi va vazifalarini o'zlari belgilashadi, tanlangan mavzu bo'yicha bahslashadi, munozara qilishadi va nihoyat o'rganilayotgan mavzu yuzasidan xulosalar chiqarishadi.
Umuman interfaol metodda olib borilgan dars jarayonida talabalar yetakchi vazifani bajarishadi. Bu esa ularning chet tilni mukammal puxta egallashi, mustaqil fikrini bayon qilishi, ya'ni erkin nutq yurita olishi bilan belgilanadi.
XX asr boshlarida amerikalik faylasuf, va psixologik va pedagog Djon Dyui darsda o'qituvchi emas, o'quvchi faol bo'lmog'i lozim deb chiqdi. U kitobdagi bilimlarni quruq yod olish hech narsaga olib bormaydi, aksincha, o'quvchilarni o'qishdan sovutib, tafakkurini zanglatadi deb ta'kidlagan.Dyuining ta'lim tarbiyaga qo'shgan asosiy hissasi bu "aql yuritishning to'liq jarayonidir".
Hozirgi kunda O'zbekistonda oliy o'quv yurtlarida to'g'ri metodning zamonaviy ko'rinishlaridan audiolingual va audiovisual metodlari ko'p tarqalgan. Audiolingual metodning asoschilari amerikalik metodist Ch.K.Fris va R.Lododir. Audiolingual lotincha "audio" eshitaman, tinglayman, "lingua" til ya'ni tilni eshitaman, tinglayman degan ma'nolarni bildiradi.
Audiovisual metod namoyondalari P.Guberena, P.Rivanlar bo'lib, leksik materialni tanlashga alohida e'tibor bergan. Audiovisual lotincha audio, video eshitish hamda ko'rishga oid vosita ta'limda eshitish va ko'rishga mo'ljallangan jihozlar metodi. Audiovisual metodda og'zaki nutq, yozuv va oxirgi navbatda o'qish o'rgatiladi. Masalan: Ko'rgazmalilik metodi. Ma'lumki, ta'limda ko'rgazmalilik asosiy didaktik prinsiplardan hisoblanadi.Ta'lim jarayonida turli ko'rgazmali qurollardan foydalanishga harakat qilamiz. Ko'rgazmali usulning muhimligi
April 23-24, 2024
1104
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchiq^avlat^edagogika^niVBBiiiiH
o'rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok yetishga, ularni kuzatib mushohada qilishga ta'lim oluvchini undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch hosil qilishga, nihoyat nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llay olishga o'rgatishdan iborat. Chet tili darslarida ko'rgazmalilik juda muhim bo'lib, o'qitish jarayonining ishini osonlashtiradi. Zotan, o'qish o'rganish diqqat - e'tiborni talab qiladi va unda o'tkir aql, mustahkam iroda, tiniq tasavvur, kuchli xotira zarur. Ko'rgazmalilik prinsipiga asosan tinglovchilarga bilim konkret vositalar orqali beriladi. Ko'rgazmalilik metodi ta'lim oluvchilarning kuzatuvchanlik qobiliyatini, kuzatilgan predmet, voqea hodisalardan mantiqiy xulosalar chiqara olish qobiliyatlarini o'stirishini ifodalaydi, bu esa amaliyot darslarini samaradorligini oshiradi. Ko'rgazmali qurollar yordamida konkret faktlardan umumlashgan xulosalari chiqariladi, o'rganilayotgan aspektlar, matnlar tez tushuniladi, tez o'zlashtiriladi. Ta'lim oluvchilar rasmlar, kinofilmlar, video filmlardan foydalanishlari natijasida fikrlash, gapirish, mavzulariga oid matnlarni anglashlari muhim ahamiyat kasb etadi, nutq malakalari ham takomillashib, rivojlanib boradi.
Yana bir misol: "Mind map" metodi. "mind map" bu inglizcha so'z bo'lib, "mind"-es, yod, "map"- reja, rejalashtirmoq(esda olib qolishni rejalashtirish) ya'ni, umumlashtirgan holda esga olib qolish ma'nosini anglatadi. Bu metodga ko'ra bir misol keltiraylik. Masalan: Tili o'rganilayotgan mamlakat haqida o'quvchilarga tushuncha berish kerak. Darslar o'tish jarayonida o'quvchilarga avval Germaniyaning chegaradosh o'lkalari tushuntiriladi. Keyin mazkur mamlakatning an'ana va udumlari, urf-odatlari, mashhur kishilari kabi mavzulari tushuntiriladi. Ular umumlashtirilib, o'quvchining esda olib qolishini hisobga olgan holda sxema tuzish mumkin . Sxema bo'yicha o'rtada Germaniya ya'ni "Deutschland" doiraga olingan holda yoziladi. Doiraning chetlaridan chiziqlar tortilib Germaniyaning o'lkalari, an'ana va udumlari, mashhur kishilari kabi yozuvlar yoziladi va har biriga alohida to'xtalib o'tiladi. Bu metod orqali Germaniya deganda o'quvchi ko'z oldida bir butun mamlakat o'zining har taraflama tomonlari bilan namoyon bo'ladi, gavdalanadi. Bunda o'qituvchi berilgan vaqt davomida guruhlarning ishlashini kuzatib boradi.Vaqt tugashi bilan o'qituvchi guruhlarni tinchlantirib ulardan tayyor bo'lgan ma'lumotlarni guruhdan tanlangan vakil orqali navbatma-navbat doskaga chaqirib eshitadi. Ma'lumotni eshitgach, bir-biridan farqlarini aytib baholaydi va so'ngra qolib ketgan kamchiliklarni to'ldirib ko'proq ma'lumot berib o'tadi. Bu metodning maqsadi o'tilgan mavzuni mustahkamlash, tarqatilgan materiallar orqali tarqatma materialdan matn qay darajada o'zlashtirilganini nazorat qilish, o'quvchilarning bilimini baholashdir. Dars jarayonida turli xil metodlarni qo'llash o'qituvchi uchun ham, o'quvchi-talaba uchun ham katta ahamiyatga ega. O'qituvchi o'tilgan mavzuni qisqa
April 23-24, 2024
1105
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
içhirchiaâaviaLBSdâgogika-anivsrsSei^—^^^^ai^i^^ioioi^is^akiikääiäg^^iämsss^^
vaqt ichida barcha talabalar tomonidan o'zlashtirilishiga erishadi.Talabalar faoliyatini oshiradi, ularda darsga nisbatan qiziqish uyg'otadi, bir vaqtda ko'pchilik talabalarni baholaydi, o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishadi. Talaba esa yangi bilimlarni egallaydi, yakka va guruh bilan ishlashga o'rganadi, nutqi rivojlanadi, eslab qolish qobiliyati kuchayadi, o'z-o'zini nazorat qilishni o'rganadi, qisqa vaqt ichida bir qancha ma'lumotlarga ega bo'ladi. Nemis tili darslarini o'tishda turli didaktik o'yinlardan foydalanish ham til o'rganishda yaxshi samara beradi. Mashg'ulotga turli boshqotirmalar, o'yinlar, o'quvchini o'qishga, o'ylashga, fikrlashga undovchi rebuslar o'rin olsa shu tilni o'rganishga qiziqish yanada oshadi.
Biz pedagoglar ham nemis tilida harbiy terminlarni o'rgatishda turli xil interfaol usullardan foydalanishimiz kerak. Masalan quyida berilgan harbiy terminlarni kursantlar xotirasida yaxshi qolishi va u terminlarni tezda yodlab olishlari uchun "Fasllar" texnologiyasidan foydalanish juda yaxshi samara beradi va darsda yangi so'zlar bilan ishlashni oson va qiziqarli tus oldiradi. Bu esa kursantlar harbiy terminlarni o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otadi. Bunda dars jarayonida kursantlarga Der Dienstgrad (unvonlar) mavzusida Fasllar texnologiyasini qo'llanilib, bu texnologiyada 4 ta metoddan foydalanish imkonini beradi, faslllar texnologiyasida kursantlarni 4 guruhga ajratib, ularni fasllarga bo'linadi va undan so'ng har bir fasldagi kursantlar o'zlarini bekatlariga qo'yilgan topshiriqni bajarishadi. Har bir faslda bittadan metod ishlatilib, har bir fasldagi o'tirgan guruhlar fasllar nomi bilan nomlanib, ular "rartner finden" (juftini topish) degan metod bilan yangi so'zlar bilan ishlashadi[33]. Shunda ularga nemis va o'zbek tillarida unvonlar yozilgan kartochkalar qo'yilgan bo'ladi, har bir jamoadagi kursanlar jamoasi bu yerda nemischada yozilgan unvon turlarini o'zbekcha tarjimasini topib, birlashtirib terib chiqishlari kerak (1-ilovaga qarang).
Shu munosabat kursantlarning unvon turlarini yaxshi eslab qolishi uchun 2-faslda ya'ni yoz faslida "Wenn die Bilder spricht" (agar rasmlar gapirganda) metodi bilan ishlaymiz bunda kursantlar yuqorida keltirilgan unvon turlarinib pag'onlarni yelkaga taqilgan shaklda ya'ni forma kiygan ofitsiyerlar suratlari bilan ishlashadi, bu faslda ishlayotganlar rasmlarni bir donadan qo'llariga olishadi va bir birlariga suratni ko'rsatishib savol bilan murojat qilishadi. (Men kimman? yoki Meni qanday? nima deb savol berishadi). Bu faslda ishlayotgan kursantlar so'zlar bilan ishlashmaydi, ular faqat suratlar bilan ishlashadi. Wer bin ich? yoki Was ist mein Dientsgrad? Kabi savollarni bir birlariga berishadi (2-ilova).
3-fasl bu kuz faslidir bunda kursantlar tinglab yoz metodi bilan ishlaydilar bu metodni afzalligi shundaki kursantlarga yuqoridagi unvonlar nemis tilida eshitish moslamasi orqali tinglashadi va eshitishgan unvonlarini berilgan kartochkalarga
April 23-24, 2024
1106
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
to'g'ri yozib berishlari kerak bo'ladi va albatta tarjimasi bilan. Bu faslda kursantlar o'zlarining yozish va eshitish ko'nikmalarini rivojlantiradilar.
4-faslimiz bu qishdir. Qish faslida biz ijodiy ish metodidan foydalandik bunda vazifani qanday qo'yish bu o'qituvchiga bog'liq. Men kursantlarga bu faslda qog'oz va markerdan foydalangan holda qog'ozli prezentatsiya qilishlarini vazifa qilib beraman. Kursantlar bu faslda nemis va o'zbek armiyalarida mavjud bo'lgan unvon turlarini marker bilan qog'ozda tasvirlab ularni bir biridan farqini tushintirib beradilar. Bu kichik prezentatsiyani rasm yoki so'zlar bilan tasvirlashlari mumkin bo'ladi va ular bu kichik prezentatsiyani nemis tilida qilishlari talab etiladi. Natijada kursantlar o'tayotgan mavzuyimizni shu to'rtta faslda ishlab,xotirada saqlab qolishlari yaxshi samara ko'rsatdi. Shu to'rt faslga bo'lingan kursantlar har bir faslda ketma-ket ishlaydilar va har bir faslni vazifasini bajaradilar. O'qituvchi har bir faslda ishlayotgan kursatnlarni kuzatib baholab boraveradi. Nemis tilida terminlarni shu fasllar texnologiyasida o'rganib boriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xorijiy tillarni o'qitishda turli uslublardan foydalanish katta samara beradi. Darslarni qay darajada qiziqarli o'tkazish, o'quvchilarni tilga qiziqtirish o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liq zamonaviy pedagogik yondashuvlar ta'lim jarayonining markazida o'quvchining o'quv faoliyatining qo'yilganligi, ta'lim jarayoning yaxlitligi kabilarga qaratilgan bo'lishi lozim. O'quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko'rsatkichi uni o'quv faoliyatini o'zi tashkil etishi, iroda va faoliyatning o'quvchi ongining predmetiga aylanishidir. Bunday faoliyat ta'limning ilg'or texnologiyalari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Jalolov J."Chet tili o'qitish metodikasi", Toshkent "O'qituvchi nashriyoti" 1996.
2. MarnaeB O. ^Hra negarorHK TexHonoraanap. T. 2000
3. Zaripova R.A. "Chet tillar o'qitish metodikasidan qo'llanma", Toshkent "O'qituvchi" 1986 y.
4. Rahmatova D. "Istiqlol va til ilmiy amaliy anjuman materiallari" Toshkent 2007 y. 3-qism 209-211 betlar.
5. Eshmuhammedov R.J. "Innovatsion texnologiya yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari" Toshkent 2004 y.
1107
April 23-24, 2024