KOMPITENTLIK VA MULOQOT KOMPETENSIYASINING UZVIYLIGI
H. Sh. Zayniyeva
Nizomiy nomidagi TDPU, Yevropa tillari kafedrasi dotsenti. E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada xorijiy tillarni o'rgatishda o'quvchilaming o'zaro o'quv faolligini, bilimlarni muloqat jarayonida o'zlashtirilishini ta'minlaydigan mashqlar, usul va vositalar o'rganiladi.
Kalit so'zlar: professionallik, kompetensiya, raqamli texnologiya, malaka, pedagogik texnologiyalar, kommunikativ topshiriqlar
НЕПРЕРЫВНОСТЬ КОМПЕТЕНЦИИ И КОММУНИКАЦИОННАЯ
КОМПЕТЕНТНОСТЬ
Х.Ш. Зайниева
доцент кафедры Европейских языков ТГПУ им. Низами
АННОТАЦИЯ
В этой статье исследуются упражнения, методы и средства, обеспечивающие взаимную учебную деятельность учащихся и усвоение знаний в процессе общения при обучении иностранным языкам.
Ключевые слова: профессионализм, компетентность, цифровые технологии, квалификация, педагогические технологии
CONTINUITY OF COMPETENCE AND COMMUNICATION COMPETENCE
H.Sh. Zainieva
Associate Professor of the Department of European Languages, TSPU named after. Nizami
ABSTRACT
The article discusses the exercises, methods and tools that ensure the mutual learning activity of students and the assimilation of knowledge in the process of communication are studied in the teaching of foreign languages.
Keywords: professionalism, competence, digital technology, qualification, skill.
372
qdaVatpdagog
m
Keyingi yillar metodik adabiyotlarida yangi pedagogik texnologiyalardan, interfaol usullardan foydalanish borasida ko'plab izlanishlar ilgari surilmoqda. Odatda yangi pedagogik texnologiyalar deyilganida ta'lim jarayoniga kirib kelayotgan biror metodik sistemaning lingvo-didaktik va metodik asoslari tushuniladi. Masalan, o'quv jarayonini loyihalab(proekt metodi), muammoli tashkil qilib (problemali ta'lim), programmalashtirib, differensiyalashtirib, individuallashtirib tashkil qilish, o'quv faoliyatni kommunikativ topshiriqlar orqali uyushtirish kabi yangi pedagogik texnologiyalar ham o'quvchilarning o'quv faolligini oshirishni bosh maqsad qilib belgilaydi.
Kompetensiya" so'zi tarjimada "layoqatli", "munosib bo'lmoq" kabi ma'nolarni anglatuvchi lotincha "competere" so'zi asosida hosil bo'lgan. "Kompetensiya" deyilganda, shaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi tushuniladi. Ushbu uslubiy qo'llanmani yozishdan maqsad -talabalarni pedagogik kompetentlikning ilmiy-nazariy asoslari, kompetentlik tushunchasining mazmun-mohiyati va ta'limdagi innovatsion jarayonlar tizimida o'qitish va tarbiyalashda kompetentlikka nisbatan chuqur pedagogik-psixologik tayyorgarlikni shakllantirish dan iborat. Vazifalari esa:
- talabalarga pedagogik kompetentlikka doir manbalardan foydala na olishga o'rgatish va ularda pedagogik kompetentlik haqidagi tasavvurlarni hosil qilish;
- bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy kishilik jamiyati oldida turgan eng muhim muammolardan biri - ta'lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilishga oid istiqbolli yo'nalishi bo'lgan pedagogik kompetentlik yuzasidan nazariy bilimlar bilan tanishtirish;
- pedagogik kompetentlikka qo'yilayotgan zamonaviy talablar bilan qurollantirish;
- ta'lim-tarbiya jarayonini bola ruhiyati, uning neyropsixologik, neyropedagogik imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish uchun zarur bo'lgan bilim ko'nikmalarni egallashlarini ta'minlash; - pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ijodiy va metodik savodxonlikni hamda kompetentlikka nisbatan chuqur pedagogik-psixologik tayyorgarlikni shakllantirishdan iborat. Pedagogik kompetentlik bir qator ya'ni pedagogika nazariyasi va tarixi, pedagogik konfliktologiya, neyropedagogika, pedagogik imidjalogiya, innovasion pedagogik texnologiyalar, yosh davrlar psixologiyasi, ijtimoiy pedagogika, pedagogik aksiologiya, pedagogik psixologiya fanlari bilan o'zaro aloqada shakllanadi. Murakkab, mashaqqatli, kutilmagan holatlarga boy, ammo jamiyatning zaruriy ehtiyoji hisoblangan ta'lim-tarbiya tizimini yangicha ko'rinish va yangicha mazmunda amalga oshirish, dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot
373
qdavatpdagog
■
texnologiyalarni samarali qo'llash orqali ta'lim samaradorligiga erishish davr talabidir. Ta'lim muassasasi bitiruvchisi o'z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh bo'lishini ta'minlashda asosan pedagog kadrlar salohiyati hal qiluvchi omil hisoblanadi. Demak, jamiyatdagi barcha yangilanishlarni uyg'unlashtirish uchun shaxsiy yetuklik bilan birga kasbiy kompetentlik ham muhim ahamiyat kasb etadi.A.G.Bermusning fikriga ko'ra, "Kompetentlik takomillashib borayotgan shaxsning barcha hislatlarini, bilimi, tajribasi, umuman olganda, butun borlig'ini yagona tizimga birlashtiradi"
"Kompetentlik" bu nafaqat shaxsning bilimdon ekanligi, balki o'z bilimlarini uzluksiz ravishda yangilab borishi hamdir, - deydi M.A.Choshanov.
Xorijiy tillarni o'rgatishda o'quvchilarning o'zaro o'quv faolligini, bilimlarni muloqat jarayonida o'zlashtirilishini ta'minlaydigan mashqlar, usul va vositalar juda ahamiyatlidir. Bugungi kunda kommunikativ ta'lim aynan ana shu maqsad va vazifalarga javob bera oladigan metodik sistema sifatida tan olinib kelinayapti. Shu nuqtai nazardan o'quv jarayonini rolli o'yinlar, bahs munozara shaklida uyushtirish, aniq vaziyat taxlili (keys stadi), trening, aqliy hujum kabi interfaol usullar o'quvchilarning o'zaro faolligini muloqat jarayonida shakllantirishni ko'zda tutayotgan bo'lsa-da, shakllangan nutq malakalarni amalda sinab ko'rishni mashq qilishni nazarda tutadi. Kommunikativ yondashuvda aynan ana shu nutq qo'nikmalari va malakalarini shakllantirish va mustahkamlash bosh maqsad qilib belgilanadi.
Talabalarning o'zaro muloqotga kirishuv faolligini shakllantirish masalasi metodikada o'quvchilarning bilishga qiziqishlarini shakllantirish, o'qitish jarayonini motivlashtirish (9.- s.15), juft bo'lib ishlash (3.-s.34), guruh bo'lib ishlash orqali o'quvchilarning o'quv faoliyatini tashkil qilish (1-s.50,4-s.58), yangi materialni o'zlashtirishda o'quvchilarning o'quv hamkorligini tashkil qilish (7 -s.4 ), proektlab o'qitish (8 - s.3) singari ko'plab metod va usullarda ishlab chiqilgani ma'lum. Ammo bu boradagi ko'p yillik amaliy tajriba va eksperimentlar kutilgan natijalarga olib kelmaganligi, o'quvchilar hamon horijiy tillarda gaplasha olmayotganligi ma'lum bo'lyapti.
Og'zaki metod atamasi H. Palmer nomi bilan bog'liq. Og'zaki nutqi egallash uchun H. Palmer quyidagilarni tavsiya etgan:
1. Til qiyinchiliklarini tasnif etish (talaffuz, imloviy etimologik, semantik, sintaktik qiyinchiliklar).
2. Og'zaki nutqni ikki yo'nalishda o'rgatish: tinglab tushunish va gapirish.
374
m
3. Passiv til boyligini shakllantirish, so'ngra uni reproduktiv nutqda faol qo'llash.
4. So'zlarning ma'nosini ochishda ko'rgazmalilik, tarjima, chet tilda izohlash matn mazmuni (konteksti)dan foydalanish.
5. Nutqiy parchalarni yodlab o'zlashtirish.
6. So'zlarni muayyan mezonlarga binoan tanlash.
7. Mavzularga oid matnlarni tanlash, lug'at-minunimum tuzish va o'qish turlarini aniqlash.
Til o'rgatish uchun oddiy adabiy nasr va so'zlashuv nutqini tavsiya qiladi. Jonli so'zlashuv nutqidan boshlab, keyin o'qishga o'tiladi.
Og'zaki nutqni o'stirish uchun Let' Speak English va Dialogues sarlavhalar i ostida mikrodialoglar, mashqlar, mustaqil ish uchun turli «ishbilarmonlik o'yinlari»dan foydalanish mumkin. O'qituvchi tomonidan bunday ishlarga katta ahamiyat berilgan. CHunki bunday vazifalar talabaning Og'zaki nutqini o'stirish uchun muhim omil hisoblanadi. Interfaol metodlarning yana bir foydali tomonlaridan biri bu ingliz tilidagi ashulalarni musiqa bilan aytishdir. Ular o'quvchilarga yaxshi kayfiyat bag'ishlab charchoqni yo'qotadi va yangi materialni qabul qilish faoliyatini tezlashtiradi. Metodlardan yana biri «Additional Texts fog Reading» bo'limini qo'llash yaxshi hisoblanadi. Unga fanning turli sohalariga taalluqli-ilmiy ommabop matnlar kiradi. Matnlar asosan unchalik qiyin emas va talabalar ularni mustaqil bajara oladilar. So'ngra darsni oxirida noto'g'ri fe'llar ro'yxati va inglizcha-o'zbekcha lug'at ilova tarzida berilgan. Fanning mashqlarni bajarayotganda o'qituvchi talabaning u yoki bu ingliz tovushini to'g'ri talaffuz etishiga va uni ona tili bilan qiyoslashga o'rgatadi. Qoidaga muvofiq tovushlarni dars paytida hamma birgalikda jo'r bo'lib qaytarish bilan mustahkamlaydilar. O'qituvchi talaba bilan yakkama-yakka ishlash jarayonida uning xatolarini ko'rsatadi va talaffuzini to'g'rilashga yordam beradi, keyingi darsda xam xuddi shu tovushlarni q aytaradilar. O'qituvchidan keyin talabalar birgalikda jo'r bo'lib mashqni qaytaradilar, o'qituvchining ingliz tovushlarini talaffuz etish jarayoni haqidagi savollariga javob beradilar. Matn va dialogga oid mashqlar o'qituvchi raxbarligida bajariladi. Talaffuzni bilib olish jarayonida alohida so'zlar talaffuzini o'zlashtirish, kichik-kichik jumlalarni qo'shib o'qishini bilish hamda gapning ayrim bo'laklarini ifodali o'qish uchun rangli, oxangga rioya qilish kerak bo'ladi. Talabalar jumlalarni birgalikda jo'r bo'lib ravon tallaffuz etishlari uchun o'qituvchi stolni bir maromda urib turadi va o'zbek tilida uchramaydigan asta-sekin pasayuvchi ovoz ohangini ko'rsatadi. Nazorat qilishga mo'ljallangan matnlarni, dialoglarni va mashqlarni talabalar bo'laklarga bo'lib javob berishlari mumkin. Auditoriyadagi vaqtni tejash
375
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^^vlat^edagogjka^niviBiiiBii^^^^^^^ZlSlllV
uchun ayrim grammatik qoida va mashqlarni talabalar darsdan tashqari vaqtda mustaqil o'rganadilar va yozma ravishda bajarib, o'qituvchilarga tekshirish uchun topshiradilar. Ko'pincha talabalar so'zlarning to'g'ri transkripsiyasini lug'atdan o'zlari topib yozadilar va yodlaydilar. Grammatik qoidalarni o'qituvchi tushuntiradi. CHet tili asosiy mutaxassisligi bo'lmagan fakultetlarning dasturi bo'yicha har darsda bir yoki ikkita mavzu o'tiladi. Qoidani tushuntirish jarayonidan so'ng grammatik ko'nikmalarni umulashtirishga asoslangan turli mashqlar beriladi. Mashqlarni boshqalardan avvalroq bajarib bo'lgan talabalar matnga berilgan so'zlar ustida ishlashlari mumkin. YAngi so'zlar bir necha bor jo'r bo'lib takrorlangandan so'ng matn ustida ishlash boshlanadi. Matnlar ta'lim nazariyasining osondan qiyinga o'tish va leksikani takrorlash qoidasi asosida tuzilgan. Matndan keyingi leksik mashqlarda xam grammatik qoida mustahkamlanadi va ular bilimni puxta uzlashtirish prinsipi asosida tuzilgan.
Hozirgi zamon kommunikativ yondashuv metodikasi tarafdorlarining fikricha har qanday usul yoki metod mashg'ulot jarayonidagi kommunikativ vaziyatga, aniq bir maqsadga, o'quvchilarning hayotiy qiziqish va ehtiyojlariga mos kelmas ekan, ular hech qanday ijobiy natijaga olib kelmaydi (5 - s.9, 6). YUqorida sanab o'tilgan interfaol usullar kommunikativ usul sifatida tan olinsa-da, kommunikativlik prinsiplariga tayanishni ko'zda tutmaydi. Kommunikativlikka o'rgatishni boshqa ta'lim usullaridan farqlab turuvchi to'rtta muhim belgisi bor. Bular:
1. Muloqatga o'rgatishni, ko'nikma va malakalarni shakllantirishni o'quvchilar juftliklari (guruhlari) orasida o'zaro fikr almashuvga yo'naltirilgan kommunikativ topshiriqni bajartirish jarayonida uyushtirilishi;
2. Topshiriqni o'quvchilarning kommunikativ ehtiyojlariga mos keladigan nutq vaziyatlari asosida tashkil qilinishi;
3. Kommunikativ topshiriqni tushuntirishda, bajarish jarayonida o'quvchilarning barcha sezgilariga faol ta'sir qiluvchi audio-vizual va emotsional ta'sir, paralingvistik tayanch vositalaridan va ko'p martalik takror usulidan foydalanishning zarurligi;
4. Har bir kommunikativ topshiriq aniq bir nutqiy harakatni o'zlashtirishga yo'naltirilnagligi.
Interfaol usullar deya talqin qilinayotgan har qanday rolli o'yinlar, trening va bahs munozarali darslarda o'quv materiali tushuntirilmaydi, nutqiy harakatlarga o'rgatilmaydi, balki shakllantirilgan kommunikativ ko'nikma va malakalarni kommunikativ vaziyatlarda amalda sinab ko'rish yoki kommunikativ salohiyatni baholash vositasi sifatida foydalaniladi.
376
qdaVatpdagog
m
Kommunikativ yondashuvda muloqat ko'nikma va malakalarini shakllantirishda har bir o'quvchining individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olinadi. Muloqot jarayonining funksionalligini ta'minlash hisobiga topshiriqning mazmun-ma'nosini tarjimasiz, ongli o'zlashtirilishiga erishiladi. Aynan mana shu jarayonda o'quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi, ya'ni muloqatga kirisha olish salohiyati shakllantiriladi va rivojlantiriladi.
Kommunikativ topshiriqlar orqali o'quvchilarning o'quv faolligini uyushtirish boshqa metod va usullardan farqli ularoq o'quv materialining talaffuzini, yangi leksikasini, grammatik materialini, eshitib va o'qib tushuniladigan matnlarini, fikrni yozma bayon qilish usullarini aynan muloqot jarayonida kompleks o'zlashtirishni ko'zda tutadi. YA'ni, o'quvchi kommunikativ topshiriqni bajarishni mashq qilayotgan jarayonidayoq undagi leksik birliklarning talaffuzini, anglatgan ma'nosini, grammatik-sintaktik tuzilishini, jumla tuzilishidagi o'ziga xosliklarni egallab oladi. Topshiriq nutq darajasida o'zlashtirilganidan keyingina dasturda belgilangan matnni o'qib tushinishga, o'rganilgan axborot haqida fikrini yozma bayon qilishga va nihoyat dasturdaggi fonetik-grammatik qoidalarni o'rganishga kirishiladi.
Fonetik, leksik, grammatik qoidalarning eng oxirida o'rgatilishi -o'zlashtirilgan nutq materialini mustahkamlovchi vosita vazifasini bajaradi.
YUqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda kommunikatsiyaga (muloqatga) o'rgatishni maqsad qilib uyushtiriladigan darsning qo'yidagi metodik ishlanmasini taklif qilish mumkin:
1. Mavzu bo'yicha ko'p martalik takrorga asoslangan kommunikativ topshiriqlar tayyorlash.Uni o'quvchilarga tarjimasiz tushunilishini ta'minlaydigan audio-vizual (rasmlar, predmetlar, kollajlar, rasmlar seriyasi, jadvallar, texnik vositalar, sinonim, antonim, qo'shimchalar orqali tushuntirish vositalari), paralingvistik (mimika, jest, harakat, pantomima), emotsional ta'sir qiluvchi (yumor, latifa, hazil, musiqa) tayanch vositalarni tayyorlash. Topshiriqni bajaruvchi o'quvchilar juftliklari yoki guruh a'zolarini belgilash.
2. Kommunikativ topshiriqni tushuntirish va bajarishga o'rgatish. Topshiriqni tushuntirishda undagi yangi so'zlarga, ularning talaffuzidagi o'ziga xosliklariga, jumla talaffuzidagi ohangga, jumla talaffuzida qanday tayanch vositalarga tayanilishi va qanday nutqiy harakatlar qilish yo'llari tushintirilib, ko'rsatiladi.
3. Har bir kommunikativ topshiriq tushuntirilib ko'rsatilgach, uni mustahkamlash bir necha bosqichli mashqlar seriyasini bajarish orqali tashkil qilinadi.
Dastlabki bosqichda o'qituvchidan eshitilgan jumlaning ohangiga, so'z tartibiga, tayanch vositalardan foydalanish tartibiga rioya qilingan holda taqlidiy
377
takrorlash mashqlari bajariladi. Bunda birinchi o'quvchi gapirgan jumlaga ikkinchi o'quvchi tomonidan tasdiq formada javob berish uyushtiriladi. Mashq o'zlashtirilgan nutq birligini ikkinchi o'quvchi tomonidan inkor va so'roq formalarda ifodalashni o'zlashtirganicha davom ettiriladi. Mashqni bajarish jarayonidagi ko'p martalik takror nafaqat eshitilgan jumlaga ongli javob berishni, balki jumlaning ohangini, undagi leksik, grammatik belgilarni ham aniq tushunilishiga va o'zlashtirilishiga olib keladi.
Ikkinchi bosqich mashqlar o'zlashtirilgan jumladagi so'z tartibini o'zgartirib (transformatsion mashqlar) gapirish ( ko'chirma gapni o'zlashtirma gapga aylantirish,otlar o'rniga olmoshlar, ko'rsatilgan so'zlar o'rniga sinonimlar, antonimlar qo'yib gapirish) asosida tashkil qilinadi.
Uchinchi bosqich mashqlarida suhbatdosh replikasiga avval o'rganilgan so'z va iboralardan foydalanib javob berish (reproduktiv mashqlar) mashq qilinadi.
Har bir bosqichdagi mashqlarni bajarishda suhbatdosh replikasiga inkor, so'roq formalarda fikr bildirish orqali ko'p martali takror tashkil qilinadi va oxir oqibat kommunikativ topshiriqning to'lig'icha o'zlashtirilishiga erishiladi.
Bunday mashqlar metodik adabiyotlarda shartli nutq mashqlari deb atalib, suhbatdosh replikasiga fikr bildirish jarayonida dastlabki kommunikativ ko'nikmalar shakllantiriladi.
4. Kommunikativ topshiriqlarni o'quv laboratoriyasida mustaqil ish sifatida mustahkamlashni tashkil qilish. O'quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida o'quv laboratoriyasiga borishib, dars jarayonida o'zlashtirilgan kommunikativ topshiriqlarning barchasini pauzali mashqlar orqali yana bir bor bajarib, shakllangan ko'nikmalarni mustahkamlaydilar. Bunday mustahkamlovchi mashqlarni magneta fon yoki kompyuter, videomagnetafon orqali tayyorlash mumkin.
Magnetafon orqali tashkil qilinadigan pauzali mashqlarda dastlab o'qituvchining ko'satmasi eshitiladi. Masalan, «Jumlani eshitib, qoldirilgan pauzada jumladagi so'z tartibiga, ohangiga taqlid qilib tasdiq (inkor, so'roq) formada javob ber» va hakoza. O'quvchi javob berish uchun qoldirilgan pauzada eshitilgan replikaga javob berishga ulgurishi, ulgurmasa, mashqni qayta-qayta eshitib bajarishi lozim. Ishning bunday tashkil qilinishi naushniklar orqali tashkil qilinsa, bir yo'la bir necha o'quvchining mustaqil ishini tashkil qilish mumkin. O'quv laboratoriyasida bunday mashqlarni bajarish laborant tomonidan hisobga olib boriladi va mustaqil ishni bajarishga kelgan har bir o'quvchining daftarchasiga bu haqda qayd qilib, imzolab boradi. Bu daftarcha orqali o'qituvchi mustaqil ishlarni bajarilishini nazorat qilib boradi.
378
m
Kompyutr orqali tashkil qilinadigan mustaqil ishlar ovozli va ovozsiz shaklda uyushtirilishi mumkin. Ovozli uyushtiriladigan mustaqqil ishda o'zlashtirilgan kommunikativ topshiriqlarning birinchi o'quvchi tomonidan ifodalangan ovozli video tasviri ko'rsatiladi. Kommunikativ topshiriqlar yozilgan bunday video roliklarni uyali telefon videokameralari orqali yozib olish va videomagnetafonga, yoki kompyuterga ko'chirish mumkin. Mustaqil ishni bajarishga kelgan o'quvchi «o'z suhbatdoshi»ni bu safar monitor orqali ko'radi, uning gaplarini eshitib, pauzalarda o'z javobini ifodalashni mashq qiladi.
Kompyuter orqali ovozsiz tashkil qilinadigan mustaqil ish monitorda test topshirig'i va uning javob variantlarini ko'rsatish orqali tashkil qilinadi. Bunday mustaqil ish odatda o'quvchilar o'z -o'zlarini tekshirish maqsadida uyushtiriladi
5. O'zlashtirilgan kommunikativ topshiriqni amalda sinab ko'rish. Darsning bu bosqichi nutq materialini yana bir bor mustahkamlash yoki topshiriqlarni bajarish jarayonida shakllantirilgan ko'nikma va malakalarni tekshirish va baholash maqsadida uyushtiriladi. Mashg'ulotning bu bosqichi uch shaklda tashkil qilinishi mumkin:
1. Kommunikativ topshiriqlarni avvaldan belgilangan o'quvchilar juftliklariga bajartirish va baholash yoki yangi o'quvchilar juftligi tuzib bajartirish va baholash. Bu usulning kamchiligi: darsning juda ko'p vaqtni olishi va barcha o'quvchilarni tekshirish va baholash imkoniyatini bermasligidir.
2. O'quvchilarni o'quv guruhlariga bo'lib, tekshirish va baholashni guruhlararo tashkil qilish.
3. Kommunikativ topshiriqlarni magnetafonga yozilgan pauzali mashqlar orqali tekshirish va baholash. Bunda o'qituvchi vaqtni tejash maqsadida har bir guruhdan bir o'quvchini tekshirishi va bahoni butun guruh uchun qo'yishi mumkin.
4. Kommunikativ topshiriqlarni kompyutrga kiritilgan testlar orqali tekshirish va baholash. Bu usul sinfdagi barcha o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini birvarakayiga tekshirish va baholash imkoniyatini bersa-da, asosiy kamchiligi - jonli muloqatning yo'qligi, o'quvchilar tomonidan to'g'ri javoblarni taxminan topish ehtimoli mavjudligidir.Bu usuldan oraliq, yakuniy nazoratlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
5. Tekshirish va baholashni rolli o'yinlar, bahs-munozara, trening, aqliy hujum, tafakkur sinovi kabi usullarda ham tashkil qilish mumkin. Ammo buning uchun tanlangan usul o'rganilgan mavzuga, o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, kommunikativ vaziyatlarga mos kelishligini ta'minlash zarur. Kommunikativ malakalar tegishli darajada shakllanmagan guruhlarda bu usullar kutilgan natijalarni bermasligi mumkin.
379
REFERENCES
1. Арефьева Г.И. Групповая форма работы на уроках английского языкаЛ\Иностранные языки в школе. Москва, 1988, №3,с. 50.
2. Укув жараёнига интерактив усулларни тадбик этиш буйича кулланма. Тузувчилар: А.Холбеков ва бошкалар. Тошкент, 2007. 35 б.
3. Вишневский Е.И. Опыт построения упражнений в парах. \\ Журнал «Иностранные языки в школе». Москва, 1985, №3, с.34.
4. Куклина С.С. Коллективная учебная деятельность в группе на этапе совершенствования навыков иноязычного общения. \\ Журнал «Иностранные языки в школе», Москва.2000,- №1. с.58.
5. Мильруд Р.П., Максимова И.Р. Современные концептуальные принципы коммуникативного обучения иностранным языкам. \\ Журнал «Иностранные языки в школе». Москва, 2000, №4, с.9-15; №5 с.17-22.
6. Пассов Е.И. Коммуникативный метод обучения иноязычному говорению. М.: Просвещение,1991. 223 с.
7. Полат Е.С. Обучение в сотрудничестве. \\ Журнал «Иностранные языки в школе». Москва, 2000, №1, с.4-11.
8. Полат Е.С. Метод проектов на уроках иностранного языка. \\ Журнал «Иностранные языки в школе». Москва, 2000. №2, с.3-10; №3.- с.3-9.
9. Саланович Н.А. Проблема мотивации и роль упражнений при обучении французскому языку в старшищ классах. \\ Журнал «Иностранные языки в школе». Москва, 1998. №1, с.15-17.
380