Научная статья на тему 'KASBGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDAGI QIYINCHILIKLAR VA QO‘LLANILADIGAN SAMARALI USULLAR'

KASBGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDAGI QIYINCHILIKLAR VA QO‘LLANILADIGAN SAMARALI USULLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

22
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik / psixologik / nolingvistik / motivatsiya / yangi so„zlar / gapirish ko'nikmasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Svetlana Jontoshevna Samadova

Ushbu tezisda oliy harbiy ta'lim kursantlari ingliz tili o'rganishi jarayonida duch keliniladigan qiyinchiliklar haqida so'z yuritiladi hamda mashg'ulotlarda qo'llash uchun samarali bo'lgan bir necha usul va o'yin texnologiyalari haqida ma'lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KASBGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDAGI QIYINCHILIKLAR VA QO‘LLANILADIGAN SAMARALI USULLAR»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

KASBGA YO'NALTIRILGAN TA'LIMDA INGLIZ TILINI O'QITISHDAGI QIYINCHILIKLAR VA QO'LLANILADIGAN SAMARALI USULLAR

Svetlana Jontoshevna Samadova

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi ingliz tili o'qituvchisi Chirchiq davlat pedagogika universiteti erkin izlanuvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu tezisda oliy harbiy ta'lim kursantlari ingliz tili o'rganishi jarayonida duch keliniladigan qiyinchiliklar haqida so„z yuritiladi hamda mashg'ulotlarda qo'llash uchun samarali bo'lgan bir necha usul va o'yin texnologiyalari haqida ma'lumot beriladi.

Tayanch so'z va iboralar: pedagogik, psixologik, nolingvistik, motivatsiya, yangi so'zlar, gapirish ko'nikmasi.

XX asrning oxirgi yillarida ta'lim tizimiga bo'lgan talab va e'tibor butun dunyoda keskin o'zgardi. Chet tilini o'qitishdagi izlanishlar yangi ilmiy yo'nalishning ochilishiga sabab bo'ldi, ya'ni buning asoschisi hisoblangan T.S. Serova kasbiy yo'naltirilgan universitetlarda chet tilini o'qitishni o'rgatishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi. Shundan so'ng ko'pgina olimlar o'z tadqiqot ishlarini nolingvistik oliy o'quv yurtlarida chet tilini o'qitish masalariga bag'ishladilar. Ularga M.G. Bondaryov, N.V. Vaskina, M.A. Dubrovina, O.Yu. Ivanova, T.A. Kovalyova, N.M. Lojkina, M.L. Mosina, V.M. Poxabova, L.P. Raskopina, N.V. Ulyanova va boshqalar misol bo'ladi. Pedagogik fanlarning rivojlanishi esa chet tilini nofilologik oliy o'quv yurtlarida o'qitishning yangi istiqbolli yo'nalishlarini va tendensiyalarini izlashga olib keldi. Olimlardan I.L. Bim, I.A. Zimnaya, A.A. Leontyev, E.I. Passov, V.L. Salkinlar aynan shu sohada tadqiqot ishlarini olib borganlar. Kognitiv muammolarni hal qilishdagi qiyinchiliklar, ta'limdagi muammolar, o'quv fanining murakkabligi kabi masalalar G.A. Ball, B.C. Sitlinlarning ishlarida ko'rib chiqilgan bo'lib, ularning tavsiyalari harbiy oliygohlarda ingliz tilini o'qitishda muhim hisoblangan. [1;5]

Tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan izlanishlarda amaliy mashg'ulotlarning deyarli 80% ida o'qituvchi monologi ustunlik qilishi aniqlangan. Natijada o'quv vaqtining 2/3 qismini talaba emas, o'qituvchi faoliyati band qiladi. Ma'lumki, insonning faqat mustaqil mehnat orqali erishgan bilimi o'zida qoladi. So'nggi yillarda mutaxassislar e'tiborini faol o'qitish usullari jalb qilmoqda: inson bajargan ishlari

April 23-24, 2024

877

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

uning xotirasida 90% gacha, ko'rgan narsalari 50% gacha, eshitgan ma'lumotlari esa 10% gacha muhrlanib qoladi.

Ingliz tilini o'rgatish muammosini ko'rib chiqish, til o'rganuvchilar ya'ni kursantlarning ta'lim jarayonida bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishlarini ko'rsatdi. Bularning asosiylari esa quyidagilar:

- o'rganishda vaqtni to'g'ri taqsimlamaslik, til o'rganuvchilar 80-90 % vaqtni tilni nazariyani o'rganishga, amaliyotga esa 10-20% vaqtni sarflaydilar.

- ingliz tili nutqini eshitganda tushunmaslik, bu - eng ko'p tarqalgan muammolardan bo'lib, buning sababi kursantlarda tinglab tushunish qobiliyatining pastligidir. Yana boshqa sabab esa kursantlarning ingliz tilidagi leksik birliklarni yakka holda eshitishga odatlanganliklaridir. Muammoni hal qilish uchun ko'proq ingliz tilida audio va video materiallar tinglash va ko'rishlari lozim bo'ladi.

- yodlangan so'zlarni tezda unutilib ketilishi;

- ingliz tilidagi zamon guruhlarini tushunmaslik;

- ingliz tilida gap strukturasini tuza olmaslik;

Kursantlarning til o'rganishidagi muammolarini faqat pedagogik jihatdan emas balki psixologik tomondan ham ko'rib chiqish muhim ahamiyatga ega. Sobiq maktab o'quvchisi uchun oliy harbiy ta'lim muassasasida o'qishi ularning hayotida va shaxsini shakllanishida yangi bir pog'ona bo'lib hisoblanadi. Ko'pgina birinchi bosqich kursantlari uchun bu maskanda tahsil olish va o'qish shakliga ko'nikish katta psixologik yuk deb tavsiflanadi. A. A. Kamishev fikricha kasbiy moslashuv o'rganish ko'nikmalarini egallashni o'z ichiga oladi va birinchi bosqichda bu yetakchi hisoblanadi. Kursant shaxsidagi o'zgarishlar aynan shu ko'nikmalarning muvaffaqiyatiga bog'liq. Bu bosqichda moslashish bir qator harbiy fanlarni o'rganish bilan birga xizmat majburiyatlarini bajarish shartini qo'yadi. [3] Biz kursantlar orasida savolnoma o'tkizganimizda, quyidagilar aniqlanganini guvohi bo'ldik.

- kursantlarning ko'plari kelajakda harbiy kasb doirasida ingliz tilini bilish zarurligini anglamaydilar;

- ta'lim faoliyatini harbiy vazifalarni bajarish bilan birga olib borish charchoq, asabiylashish va stressli vaziyatlarga olib keladi;

- birinchi bosqich kursantlarini harbiy tayyorgarlikka moslashishlari qiyin kechadi;

- o'z-o'zini nazorat qilishning yetishmasligi va mustaqil tayyorgarlik jarayonida ingliz tilini o'rganish uchun vaqt ajrata olmaslik;

- ingliz tilini o'rganish mobaynida duch kelinadigan qiyinchiliklarini bartaraf etish uchun psixologik jihatdan kuchsizlik;

878

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Yana shu aniqlandiki, ichki motivatsiyaga ega kursantlarda yuqorida aytib o'tilgan muammolar katta ahamiyatga ega bo'lmaydi va ular kuchlarini ichki qarama -qarshiliklarni yengishga sarflamaydilar. Ammo ichki motivatsiyasi kuchsiz kursant uchun tashqi tomondan qo'llab quvvatlanish, rag'batlanish juda katta ahamiyatga ega. Ta'limdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun o'quv vazifalarini amalga oshirishni ta'minlaydigan quyidagicha motivatsion tamoyillar ishlab chiqildi:

- ta'limni rivojlantirish tamoyili ya'ni maqsadlarga erishilgunga qadar to'xtamaslik.

- kommunikativ yo'nalish tamoyili: har kuni 5-10 ta so'z yodlash;

- birga ta'lim oluvchi kursantlardan yordam so'rash va o'z-o'zini rag'batlantirishni shakllantirish;

- ona tiliga tayangan holda o'qitish;

- yangi ma'lumotlarni o'rganish uchun mustaqil ravishda harakat qilish;

- qiyinchiliklarni yenga olish tamoyili: kundalik tartibda ingliz tilini o'rganish uchun 20-30 daqiqa ajratish;

- mustahkamlash tamoyili; yangi bilimlarni nutq amaliyotida mustahkamlash, kunduz o'rganilganlarni kechqurunda bir bor eslash.

Ushbu tamoyillarni samarali amalga oshirish uchun quyidagilarga e'tibor qaratilishi lozim:

- darsni tayyorlashda o'qituvchilarning yuqori kasbiy mahorati;

- muammoli ta'lim usullaridan foydalanish, darsning barcha bosqichlarida aqliy faoliyatni faollashtirish;

- mashg'ulotlarda individual va guruhlarda ishlash;

- kursantlarning yosh psixologik xususiyatlarini hisobga olish;

- integratsiyalashgan ta'lim texnologiyasini qo'llagan holda o'qituvchi tegishli uslublar, shakllar va vositalarni to'g'ri tanlashi.

Amaliyotdan ko'rishimiz mumkinki, kursantlarga ko'proq musobaqali o'yinlar, faol o'yinlar, konkurs va viktorinalar foydali hamda qiziqarli. Shundan kelib chiqib bir necha o'yinlarni mashg'ulotlarda qo'llash yaxhsi samara berishini aniqladik. Darslarda ko'p hollarda kursantlar bilan "true/false" (to'g'ri-notog'ri) o'yini o'tkaziladi. Bu o'yin universal bo'lib, turli maqsadlarga o'zgartirilishi mumkin. Masalan, eshitib tushunishda, ko'pgina mavzularni leksik ma'lumotlarini o'zlashtirganligini tekshirishda qo'llash mumkin. Bu o'yinda barcha guruh a'zolari qatnashadilar. Kursantlarga bir tarafi qizil, boshqa tarafi esa ko'k kartochka tarqatiladi. O'qituvchi o'yin boshlashdan oldin, ranglar ma'nosini tushuntiradi. Ishtirokchilar ma'lum bir mavzu bo'yicha bir qator gaplarni tinglaydilar. Agar aytilgan gap to'gri bo'lsa, ishtirokchi ko'k kartochkani, xato bo'lsa, qizil tomonini

April 23-24, 2024

879

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH

ko'rsatadi. O'qituvchi to'g'ri javobni so'rasa, tog'ri variantini ayta olgan kursant yuqori ballni qo'lga kiritadi.

1. Our military school is founded on the 16th of November, 1918. False

2. There twelve faculties in our military school. False

3. The military school cadets study for four years. True

O'yin oxirida eng ko'p ball to'plagan ishtirokchi aniqlanadi. Ushbu vazifaning samaradorligi quyidagicha:

- Ozgina vaqt ichida o'qituvchi butun guruhni mavzuni tushunganligini tekshirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

- Eng ko'p xato qilingan savolni aniqlashi va o'sha bo'yicha takroriy muhokama qilishi yoki tushuntirishi mumkin.

- Bu o'yinning talabi tezda javob berish va bu tezkorlik harbiylik kasbi uchun muhim sifatlardan biridir.

- Shuni aytib o'tish joizki, bu o'yin muammoli xarakterga ham ega bo'lib, kursantlar xatoni topish uchun ma'lumotni tahlil qilishlari, o'z bilimlarini ishlatib kerakli javobni ayta olishlari kerak bo'ladi.

Keyingi qiziqarli metodimiz bu - "Scaffolding" metodi bo'lib, uni birinchi bor psixolog Lev Vigotskiy tanishtirgan [2], ammo aynan shu nom bilan fanga olib kirgan va mashhur bo'lishiga sababchi bo'lgan olim Amerika psixologi va ta'lim nazariyotchisi Jerome Brunodir. Bu metodni tushunish uchun sement quyishda ishlatiladigan yordamchi tutib turuvchi materialni tasavvur qilib ko'raylik, u quyilgan sement qotib, o'z shakliga ega bo'lguncha massani ushlab turadi, keyin ular olib tashlanadi. Yoki endi yurayotgan bola mustaqil qadam tashlashni o'rganguncha turli yordamchi vositalar bilan qo'llab turiladi, o'zi yura boshlagach, bu vositalar to'xtatiladi. Gapirish ko'nikmasini o'rgatishda bu metod juda qulay hisoblanadi. Matn yangi so'zlari o'rganib chiqiladi va o'qiladi. Endi gapirish ko'nikmasi rivojlantirish uchun matndan kursantlar esida qoladigan, tanish kalit so'zlar doskaga yoziladi. Kalit so'zlar shunday tanlanishi kerakki, ular matn mazmunini ochib bersin. Bunda albatta o'qituvchining yordami kerak bo'ladi. Tanlangan so'zlardan gap tuziladi va asta-sekin matn so'zlab berish yo'lga qo'yiladi.

Yangi so'zlar o'tilganda, ko'p hollarda kursantlar yodlash uchun vaqtlari yetishmasligini aytadilar. "Eng kuchli xotira" o'yini kursantlar uchun juda qo'l keladi. O'qituvchi doskaga mashg'ulotda o'tilgan qiyin hisoblangan so'zlarni yozadi (ularning soni 10-12 bo'lgani ma'qul). Bir daqiqa vaqt beriladi va kursantlar diqqat bilan o'qiydilar. So'ng o'qituvchi ularga ko'zlarini yumib turishlarini so'raydi va shu vaqtda 3-4 so'zni o'chirib tashlaydi. Kursantlar xohishiy tarzda doskadagi so'zlarni o'qib beradilar va albatta o'chirilganlari bilan birgalikda. Bu holat uch marta

April 23-24, 2024

880

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Я

takrañanadi va doskada birarta ham so'z qolmaydi. So'zlami bexato, tushiгib qoldiïmasdan to'liq o'qigan kuгsant ballni qo'lga kiгitadi. Bu usul so'z yodlash uchun juda qulay bo'lib, ko'rish xotiгasini mustahkamlaydi.

Kasbga yo'naltiгilgan ingliz tilini o^gatishning o'ziga xos pedagogik va psixologik qiyinchiliklari boг. Bu^ o'qituvchining mahoгati va til o^ganuvchi xohishining uyg'unligi bilan baгtaгaf qilinishi mumkin. Albatta bunda o'qituvchi ta'lim oluvchining yosh xususiyatlaгini, kasbiy bilimlarini, ingliz tili bilim darajasini hisobga olmasdan iloji yo„q.

REFERENCES

1. Бaлл, r.A. Теория учебных зaдaч: психолого-педaгогический aспект. - M.: Педaгогикa, 1990. - 184 с.

2. Выготский Л.С. Психология рaзвития человек. M.: Изд-во Смысл; Изд-во Эксмо, 2005. С. 6-7.

3. ^мышев A.A. Современные проблемы aдaптaции кyрсaнтов к обучению в высшем военном учебном зaведении.

4. Шеляга В.В., Глоточкита A.Д., Плaтоновa К.К. Военнaя психология M.: Военное изд-во, 1987. С. 330.

5. Цетлин, В.С. Доступность и трудность в обучении. - M.: Знaние, 1984. - 80 с.

881

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.