Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI'

BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik e`tiqod / pedagogik mahorat / pedagogik etika / kasbiyishlab chiqarish fazilatlari / o`quv-tarbiya ishlari uslubi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sojida Baxramovna Ashirova

Mazkur maqola bo’lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash va ularga kasbiy ta’lim berish muammosining G’arb davlatlari olimlarining asarlarida va fikrlarida o’rganilishi haqida yoritilgan bo’lib kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish bo’yicha oliy ta’lim tizimida olib borilishi kerak bo’lgan vazifalar haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

BO'LAJAK MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH

MUAMMOLARI

Sojida Baxramovna Ashirova

Shahrisabz davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi E-mail: soj idaashirova@gmail. uz

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash va ularga kasbiy ta'lim berish muammosining G'arb davlatlari olimlarining asarlarida va fikrlarida o'rganilishi haqida yoritilgan bo'lib kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish bo'yicha oliy ta'lim tizimida olib borilishi kerak bo'lgan vazifalar haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik e'tiqod, pedagogik mahorat, pedagogik etika, kasbiy-ishlab chiqarish fazilatlari, oquv-tarbiya ishlari uslubi.

ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ

ПЕДАГОГОВ БУДУЩЕЙ ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ

ОРГАНИЗАЦИИ

АННОТАЦИЯ

Содержание данной статьи охватывает исследование проблемы подготовки будущих специалистов к профессиональной деятельности и обеспечения их профессионального образования в трудах и мнениях ученых западных стран, которое должно осуществляться в системе высшего образования для развития профессионального образования. обучение.задачи обсуждаются.

Ключевые слова: педагогическая вера, педагогическое мастерство, педагогическая этика, профессионально-производственные качества, воспитательный стиль работы.

PROBLEMS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL TRAINING OF TEACHERS OF A FUTURE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION

ABSTRACT

The content of this article covers the study of the problem of preparing future specialists for professional activities and providing them with professional education in the works and opinions of scientists of Western countries, which should be carried out in

482

the higher education system for the development of professional training. tasks are discussed.

Keywords: pedagogical belief, pedagogical skill, pedagogical ethics, professional-production qualities, educational work style.

Kirish

Kasbiy ta'lim berish, kasb-hunar sirlarini o'rganish juda qadim zamonlardan insoniyatni qiziqtirib kelgan asosiy muammolardan biridir. Kasbiy malaka bevosita mehnat faoliyati jarayonida paydo bo'lishi mumkinligi haqida insoniyat juda boy tajibaga ega desak asl haqiqat bo'ladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, hunarmandchilikning ixtisoslashib borishi, mehnat malakasi va ko'nikmalarining murakkablashuvi to'plangan mehnat tajribasi, jumladan, tizimlashgan bilim, malakalarini ma'lum bir tarzda avloddan avlodga o'tkazish zaruriyatini tug'dirdi. Bu ehtiyoj dastlab ustoz-shogird yo'li bilan tartibsiz, ya'ni xaotik tarzda amalga oshirilgan. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan turli darajadagi va sohadagi kasb-hunar o'quv yurtlari paydo bo'ldi. Kasb-hunar ta'lim tizimi mustaqil tarmoq sifatida dastlab Еvropada, so'ng Amerikada shakllandi.

Asosiy qism

Gummanistika tarafdorlari T. Mor va T. Kompanellalarning asarlarida yoshlar ta'limini ishlab chiqarish mehnati bilan bog'lash (qo'shib olib borish) g'oyalari ilgari surildi. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, fan-texnika taraqqiyoti kasb bo'lgan qiziqishni kuchaytira bordi. Eng avvalo, bolalarni mehnatga jalb etishning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlariga alohida ahamiyat berildi.

Ingliz iqtisodchisi va pedagogi D. Bellersning ''Ishlab chiqarish muassasalarida hamkorlik haqida tavsiyalar'' asari dastlabki kasbiy ta'limga oid ishlardan biri sanaladi. Unda ijtimoiy pedagogik masala sifatida kambag'alchilikdan qutilish yo'llaridan biri yoshlarni kasb-hunar sir-sinoatlarini o'zlashtirishga o'rgatish, ta'limni ishlab chiqarish mehnati bilan bog'lash g'oyasi ilgari surilgan edi.

Ingliz faylasufi va pedagogi D. Bellers kasb-hunarga o'rgatishga alohida e'tibor berdi. Uning "Ishchilar maktabi haqida" bitiklarida davlat ishchilar maktabini tashkil etish g'oyasini ilgari surgan. Fransiyalik ijtimoiy arbob K. A. Korbonning "Kasb ta'limi haqida" asarida ilk bor ustoz-shogird tizimi holati tahlil etilib, erkin kasb tanlashning shaxs va jamiyat uchun muhimligi ko'rsatildi, shuningdek, umumiy va kasbiy tayyorgarlik, kasbiy maktab tuzish, umumiy kasbiy ta'limni uyg'unlashtirish, aqliy va jismoniy mehnatni o'zaro aloqadorligi kabilarga ham alohida to'xtalib o'tilgan.

K. Marks ham o'z davrida kasbiy ta'lim zarurligini asosladi va ta'limni ishlab chiqarish mehnati bilan qo'shib olib borish masalasini ilgari surdi. Shunday qilib, kasb-hunar ta'limi metodikasi nisbatan yangi va rivojlanuvchi fan sifatida dunyoga keldi. U

483

kasb-hunar ta'limi tizimining takomillashuvi jarayonida umumiy pedagogikadan maxsus soha sifatida ajralib chiqdi. Uning fikricha zamonaviy kasb-hunar ta'limining asosiy xususiyati - uning integratsiya bo'lishi hisoblanib, bu holat ichki va tashqi bo'lishi mumkin. Agar tashqi integratsiya umumjahon ta'lim makonini qurish bilan bog'liq, ya'ni turli mamlakatlarda to'plangan tajribalardan foydalanishni ko'zda tutgan bo'lsa, ichki integratsiya predmetlararo yondashuv asosida integrativ kurslar tuzishni ko'zda tutadi [1].

G'arb hayotining dastlabki paytlarida bolalarni mehnatga tayyorlash bevosita mehnat faoliyati jarayonida amalga oshirilganligini ko'rish mumkin. Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning paydo bo'lishi yoshlarni hayot faoliyatiga maxsus tayyorlash zarurligini muhim masala sifatida kun tartibiga qo'ydi. Shunday qilib, aqliy va jismoniy mehnat bir-biridan ajraldi.

Yan Amos Komenskiy ta'lim oluvchilarni kasbiy faoliyatiga moslashish vositasi bo'lgan, bilim beruvchi o'qituvchilik kasbini nihoyatda muhim deb hisoblar edi. U «yuksak faoliyatli, bilimli, axloqiy kishigina o'qituvchi bo'lishi mumkin», deb yozgan edi. Ta'limning muvaffaqiyati, eng avvalo, o'qituvchining faoliyatiga, uslubiy yo'llarini bilishiga, ishdagi g'ayratiga, bolalarga bo'lgan muhabbatiga bog'liq deb hisoblar edi: «Hech kim o'zida bo'lmagan narsani boshqa birovga berishi, o'zi rivojlanmagan, tarbiyali, bilimli bo'lmagani holda, boshqani rivojlantira olishi, tarbiyalashi, bilimli qilishi mumkin emas. U o'z tarbiyasi va bilimi ustida ijodiy ishlagan taqdirdagina tarbiyalashga qodir bo'ladi» deb yozadi ko'pgina asarlarida.

Ushinskiy O'quvchining kasbiy faoliyatga moslashuviga katta ahamiyat berar ekan, u «ko'p narsa o'quv yurtidagi muhitga bog'liq, biroq eng asosiysi hamma vaqt tarbiyalanuvchi bilan yuzma-yuz qoluvchi tarbiyachining shaxsiga bog'liq bo'ladi: Tarbiyachi shaxsining yosh qalbga ta' sirini darsliklar bilan ham, axloqiy pand-nasihatlar bilan ham, jazolash va rag'batlantirish tizimi bilan ham almashtirib bo'maydi. ...Har bir ustozda... faqat o'qitish mavqeyigina emas, balki xarakter, izchillik va ishontirish xuysusiyatlarining bo'lishi muhimdir..., tarbiyada hamma narsa tarbiyachi shaxsiga asoslanishi kerak»-deb uqtiradi [2].

A. V. Barabanshikovning kasbiy faoliyatga moslashuv muammosiga qarashlari e'tiborlidir. U ushbu muammoni quyidagicha talqin qiladi: «pedagogik e'tiqod va mahorat, pedagogik etika va kasbiy-ishlab chiqarish fazilatlari o'quv-tarbiya ishlari uslubi va o'quvchining o'z ishiga, o'ziga munosabati sintezidir». Faoliyatning integrativ funksiyasini qayd etib va uning butun jamiyatni rivojlantirishdagi ahamyatini belgilab, quyidagi fikrni ilgari suradi: «Umumiy faoliyat uning kasb mahoratining asosi bo'lib xizmat qiladi. Ular o'rtasidagi aloqa shunchalik bevositaki, to'liq asos bilan: kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuv pedagogic jarayon sharoitida umumiy faoliyatning o'ziga mos tarzda namoyon bo'lishidir deyish mumkin».

484

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagOgikainiViiliÎiÎi^^^^^^^BaÏÏl

Shaxsning kasbiy faoliyatiga moslashuvini shakllantirish bilan bog'liq muammolarni Garb va Sharqning xorijiy pedagog olimlari asarlarida ham uchratamiz. Shu munosabat bilan S. Shmidtning quyidagi fikrlariga qo shilmaslik mumkin emas: «Shuni aytishim kerakki, yillar o'tgan sari har qanday mutaxassis o'qituvchi bolavermaydi, degan fikrga kelmoqdaman. Oqituvchilik hammaga ham nasib etavermaydigan noyob xislatdir. Kop narsani bilish, oquvchilar bilan muomala qila olish, oqitishning turli usullarini egallab olish mumkin, hatto tashqaridan qaraganda oz ishining ustasi bo'lish mumkin, biroq o'quvchilarga nisbatan doimiy jonli qiziqish bo lmasa, ularning fikrlashlari bilan qiziqmasang, ular bilan munosabatda bo lishga ehtiyoj, intilish sezmasang, qalban oquvchilardan yiroq bo'lsang, sen-pedagog emassan». S. Shmitning g'oyalari amerikalik olimlarning ushbu muammoga qarashlariga hamohangdir. Amerikalik tadqiqotchilar madaniy merosni uzatish, otmish va bugungi kun qadriyatlarini saqlab qolish, faoliyatga oshno qilish, shaxsni yuksaltirishni talimning ananaviy maqsadi deb hisoblaydilar [3].

AQSHda talim oldiga qoyiladigan maqsadlardan kelib chiqib, amerikalik olimlar oqituvchi shaxsiga qoyiladigan bir qancha talablarni qayd etishadi. Dyuining fikricha, oqituvchi oz vazixasini «...talabaning faoliyatini xayrixohlik bilan, majbur qilmasdan boshqarishi zarur». Oqituvchining o quvchilar bilan to g ri munosabatda bo'la olishi, uning odobi va shaxsiy fazilatlarini kasbiy faoliyatga moslashuvning asosiy komponentlaridan biri»-deb tan oladi. Oqituvchining manaviy boyligi, uning axloqiy sofligi insonparvarlikning garovi bo lib xizmat qiladi. Chunki o'qituvchining ziyoliligi - bu, eng avvalo, uning kasbiy faoliyatga moslashuviga bo'lgan munosabatidir. U birinchi navbatda talim darajasi, ish turi, kasb-hunar tayyorgarligi bilan emas, balki shaxsning nechog'liki qadriyatlarga yo'nalganligi bilan belgilanadi.

Kasbiy faoliyatga moslashuvini shakllantirishning asosiy sharti, bizning fikrimizcha, unda kasbiy faoliyatga moslashuvga bo'gan ehtiyojni shakllantirishgina emas, balki uning o'z «meni»dan iborat kasbiy faoliyatga moslashuvini idrok etishga tayyorligi ham hisoblanadi. Nemis pedagoglari kasbiy faoliyatga moslashuvni ilmiy-ijodiy faoiiyat sifatida belgilaydi. Ilmiy-ijodkorlik muammoni mustaqil hal etish malaka va ko nikmalarini tarkib topdiradi, ilmiy mehnat uchun zarur bo'gan shaxs sifatlarini shakllantiradi, oquvchilarda ijtimoiy hayotga tayyorgarlikni rivojlantiradi.

O quvchi ijodiyoti muammolarini tadqiq etuvchi Drager kasbiy faoliyatga moslashuvning quyidagi prinsiplarini ko'rsatadi:

-ijodiy tafakkur va harakat birligi;

-ijodiy faoliyatda individuallik va ijtimoiylikning birligi;

-onglilik va intellektuallik birligi

Bo'lajak mutaxassislarning ta'lim olish bilan birga amalga oshirib borayotgan kasbiy tayyorgarlikning asosiy mezoni sifatida ajratib ko'rsatilayogan malakaviy

485

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^^dagOgika^niliiliiiii^^^^^^^ZlSllliS

amaliyotlar yosh kadrlarning ishlab chiqarish jarayonlariga kirishib ketishning ijtimoiy jihatlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

-kasbiy faoliyatiga moslashish-kirishib ketish vositalari: o'quvchi bilimi, ko'nikma va malakasi, qat'iy psixologik jihatlari, kasbiy mahorati, kasbiy fazilatlari mutaxassisning jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, ishlab chiqarish sohalaridagi ijobiy o'zgartirishlami nazarda tutuvchi va ta'minlovchi ma'naviy sohalardagi fikrlarining mavjudligi;

-kasbiy faoliyatga moslashuv-kirishib ketish prinsirlari: ijodiy tafakkur va harakat birligi, ijodiy faoliyatda individuallik va ijtimoiylikning birligi, onglilik va intellektuallikning mavjudligi; [3].

Oliy ta'lim talabalari uchun tashkil etilayotgan malakaviy amaliyotlar yuqorida keltilgan manbalar mazmuniga ko'ra bo'lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatga adaptatsiya hosil qilishini ta'minlaydi. Bu tushunchaga adabiyotlarga quydagicha izoh beriladi.

Xulosa

Xulosa bo'lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kabiy tayyorgarligini rivojlantirishda malakaviy amaliyotlar asosiy vosita hisoblanadi. Malakaviy amaliyot talabani mehnat faoliyatiga ijtimoiy, psixologik, madaniy, tashkiliy, maishiy moslashtiradi. Kasbiy faoliyatga ijtimoiy moslashish orqali kasbiy tayyorgarlik rivojlanadi bu jarayonda talabaning jinsi, yoshi, tarbiyalanganlik darajasi va psixologik holati ham muhim sanalanadi.

REFERENCES

1. A. Xodjaboyev, I. Husanov "Kasbiy ta'lim metodologiyasi" o'quv qo'llanma "Fan va texnologiya" T.: 2007-yil '92 bet.

2. B. M. Umarov «Psixologiya» darslik «Voris-nahriyoti» T.: 20'2-yil

3. I. M. Sirojiddinova "Kasbiy ta'lim metodikasi" o'quv qo'llanma "Noshirlik" Andijon 202'-yil 220 bet.

4. M. M. Axmetjanov, U. A. Urinov, Sh. S. Sharipova "Kasbiy ta'lim metodikasi" darslik "Durdona" Buxoro 2020-yil 496 bet.

5. M. Maxmudova «Muloqot psixologiyasi» o'quv qo'llanma «Turon-iqbol» T.: 2006-yil

6. U. I. Inoyatov, N. A. Muslimov, M. Usmonboyeva, D. Inog'omova «Pedagogika» metodik qo'llanma T.: 20'2-yil.

486

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.