Научная статья на тему 'TALABALARDA AMALIY KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA TARIXIY BILIMLARNING O‘RNI'

TALABALARDA AMALIY KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA TARIXIY BILIMLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ko‘nikma / bilim / talaba / pedagogik texnologiya / interfaol usul / faollik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ixtiyor Suyundikovich Joldasov

Hozirgi kunda mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, o'sib kelayotgan yoshlarga zamonaviy ta‘lim berish hamda makalarini shakllantirish borasida ijobiy natijalarga erishib kelmoqda. O'zbekistonda joriy qilingan uzluksiz ta‘lim tizimi iqtidorli yoshlarning ko'payishiga zamin yaratdi. Ular o'zlarining qiziqish va qobiliyatiga qarab, ta‘lim olishmoqda. Yoshlarimizning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o'zini o'zi rivojlantirishlari uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar davlatimiz tomonidan yaratib berilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA AMALIY KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA TARIXIY BILIMLARNING O‘RNI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

TALABALARDA AMALIY KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA

TARIXIY BILIMLARNING O'RNI

Ixtiyor Suyundikovich Joldasov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Umimiy tarix va ta'lim metodikasi"

kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, o'sib kelayotgan yoshlarga zamonaviy ta'lim berish hamda makalarini shakllantirish borasida ijobiy natijalarga erishib kelmoqda. O'zbekistonda joriy qilingan uzluksiz ta'lim tizimi iqtidorli yoshlarning ko'payishiga zamin yaratdi. Ular o'zlarining qiziqish va qobiliyatiga qarab, ta'lim olishmoqda. Yoshlarimizning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o'zini o'zi rivojlantirishlari uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar davlatimiz tomonidan yaratib berilmoqda.

Kalit so'zlar:ko'nikma,bilim, talaba, pedagogik texnologiya, interfaol usul,faollik.

РОЛЬ ИСТОРИЧЕСКИХ ЗНАНИЙ В ФОРМИРОВАНИИ У УЧАЩИХСЯ ПРАКТИЧЕСКИХ УМЕНИЙ И НАВЫКОВ

АННОТАЦИЯ

В настоящее время в нашей стране достигнуты положительные результаты в вопросах воспитания гармонично развитого поколения, современного образования подрастающей молодежи и формирования маки. Внедренная в Узбекистане система непрерывного образования создала почву для роста талантливой молодежи. Они получают образование в соответствии со своими интересами и способностями. Наше государство создает все условия и возможности для того, чтобы наша молодежь получала образование, приобретала профессию, развивала себя.

Ключевые слова: умение,знания, студент, педагогическая технология, интерактивный метод,активность.

THE ROLE OF HISTORICAL KNOWLEDGE IN THE FORMATION OF

PRACTICAL SKILLS IN STUDENTS

1113

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

ABSTRACT

Currently, in our Country, positive results are achieved in terms of raising a harmonious generation, providing modern education to growing youth and the formation of their space. The continuing education system introduced in Uzbekistan has set the stage for the growth of talented youth. They are learning based on their interest and ability. All conditions and opportunities for learning, professional development, self-development of our youth are created by our state.

Keywords: Skills,knowledge, student, pedagogical technology, interactive method,activity.

O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarilib borayotgan ekan ta'lim-tarbiya sohasida ham zamon talablaridan kelib chiqqan holda ish tutishni dawning o'zi taqazo qilmoqda. Ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash dasturining qabul qilinishi shular jumlasidandir.Unda ta'kidlanishicha "Barkamol avlod jamiyat taraqqiyotining poydevoridif'Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash esa ta'lim jarayonini tubdan isloh etishni talab etadi. Respublikamiz hukumati tomonidan xalq ta'limi sohasi bo'yicha o'rtaga qo'yilayotgan vazifalarni bajarish ko'p jihatdan o'qituvchiga bog'liq.Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida talim-tarbiyadan ko'zda tutilayotgan maqsadga erishish, o'quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib o'stirish o'qituvchi zimmasiga yuklatilgan.Xalqimizning kelajagi, O'zbekistonning istiqboli ko'p jihatdan o'qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi hukumati xalq talimini taraqqiy ettirishga, maktablar, o'qituvchilar va talabalarning moddiy va ma'naviy ahvolini yaxshilashga alohida e'tibor bermoqda. Shunday ekan kadrlar tayyorlashda katta e'tibor berish ularni dars jarayonlarini yangi pedagogik texnalogiyalar, interfaol usullar orqali tashkillashtirish yosh kadrlarning kelajakdagi faoliyatlarida albatta o'z samarasini beradi.Ya'ni hozirgi zamonaviy interfaol usullar dan foydalanish orqali ta'lim-tarbiya olgan talabalar ulardan foydalana olishlari zarur.Masalan Talabalarda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishda tarixiy bilimlarning o'rnini aytadigan bo'lsak, Vatanimizning, o'zbek xalqining boy, serko'lam, betakror tarixi, uning o'ziga xos va mos tarixiy taraqqiyot davri mavjud bo'lib, uni tarixnavis olimlarimiz fikriga ko'ra quyidagi davrlarga bo'lish joizdir.Buni dars jarayonida davrlarga bo'lib har darsda, yani hozirgi zamonaviy interfaol usullardan foydalanib va bir

April 23-24, 2024

1114

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

nechta metodlar asosida va innovatsiyon texnologiya asosida o'tsak,shu fan bo'yicha talabalarda amaliy ko'nikma shakllanadi.Bu bilan birga har qanday pedagogik va innovatsion texnologiya ta'limni rivojlantiruvchi yangi tamoyillarga asoslangan bo'lib, u o'quvchi-talaba shaxsini shakllantirishga yo'naltirilmog'i kerak. Yangi pedagogik texnologiya markazida ta'lim jarayonining rahbari hamda shu jarayonning sub'ekti va ob'ekti bo'lgan o'qituvchi va talaba turadi. Buning uchun ta'lim jarayoni, o'qituvchi va ta'lim-tarbiya jarayoni oldiga qo'yilgan talablar, ta'limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari hamda yo'llari talabani aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish usullari, u bilan hamkorlik qilish, uni o'qish va o'rganishga yo'naltirish,talaba shaxsiy faoliyatini to'g'ri tashkil etish, ular bilan muloqotga kirishish, muammo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish, auditoriyada ijodiy, ishchanlik muhitini vujudga keltirish,talaba faoliyatini aniq va to'g'ri baxolash metodlari bilan qurollangan bo'lishi lozim". [1] Bu bilan birga dars o'tish jarayonida talabalarning o'ziga xos xususiyatlarini, qobiliyati, qiziqishlarini hisobga olish lozim.Bu ularda kasbga bo'lgan motivatsiyani kuchaytirish imkonini beradi.Yoshlarda kasbiy bilim olishga motivatsiyani shakllantirish uning kelgusidagi kasbiy faoliyati haqidagi tasavvurlari bilan uzviy bog'liq bo'ladi.Bo'lajak mutaxassislarni kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishi-bu uning mutaxassis sifatida ongli ravishda o'zini-o'zi maqsadga yo'naltirilgan holda kasbiy rivojlantirish jarayonidir. Bu jarayon kasbiy faoliyat samaradorligini ta'minlovchi bilim, ko'nikma va malakalarni, shaxsiy va kasbiy sifatlarini mustaqil takomillashtirishni o'z ichiga qamrab oladi va quyidagi tashkil etuvchilardan iboratdir: shaxsiy sifatlarni kamol toptirish;

-intelektual rivojlanish; -kasbiy rivojlanish; -jismoniy komillik.

Yoshlarimiz o'zini-o'zi kasbiy rivojlantirishi uchun qator zarur sifatlarga ega bo'lishi kerak. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

-kasbiy va amaliy masalalarni yechishga ichki motivatsiyani shakllantirish; -kasbiy va amliy masalalarni yechish jarayonida yuqori natijalarga erishishga intilish;

-kasbiy va amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishning mazmunini tushunish va metodik asoslarini bilish. [2]

Masalan: talabaga mavzu yuzasidan berilgan topshiriqni bajarish ketma-ketligini aytib o'tadigan bo'lsak,bunda talabalarning amaliy ko'nikmalarini shakllantirishda,

—o'qituvchi nazorati ostida talbalar tomonidan o'quv harakatining dastlabki

April 23-24, 2024

1115

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversi^

bajarilishi;

—zarur ko'nikma va malakalar shakllangunicha o'quv harakatlarning ko'p bora takrorlanishi.

Ayrim holatlarda talabalar mustaqil ta'limga berilgan vazifalarni amaliy tarzda tayorlab kelsa,bajariladigan harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko'nikma va malakalarni egallashga imkon beradi.Hozirgi kunda,Oliy o'quv yurti professor o'qituvchilarini maktab umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirishga jalb qilish,kelajakda jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy yo'nalishlarida mutaxassislar tayyorlashga yo'naltirilgan fanlarni chuqur o'rganish bo'yicha yangi, innovatsion va integratsion o'quv rejalari va dasturlarini yaratish imkonini beradi. Oliy ta'lim professor-o'qituvchilar va maktab o'qituvchilari sa'yi harakatlari bilan ta'limning yuqori bosqichida alohida fanlar bo'yicha chuqurlashtirilgan o'quv mashg'ulotlarida birlashadi. Bunga tarix fanining qo'shadigan qissasi,jamiyat taraqqiyotining barcha tomonini, xususan iqtisodiy tarixini, ijtimoiy-siyosiy tuzilishini-tarixini, davlat qurilishi tarixini, ichki va tashqi hamda xalqaro miqyosdagi siyosatini, milliy va millatlararo munosabatlarni, madaniyatini ilmiy tadqiqotlar asosida o'rganadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarni umumlashtirib, shunday xulosaga kelish mumkinki, ilmiy tadqiqot bilan asoslari predmetini chuqur o'rganish o'rganish amalda fan yo'liga ilk qadamdan boshlab tarixiy muammolar yechimidagi dolzarblikni belgilaydi. Chunki har qanday tarixga oid ilmiy tadqiqot o'z oldiga dolzarb muammolar yechimini qo'yadi va uning yechimida sa'y harakat qiladi.

Aslida talabalar o'qish jarayonida bilim ko'nikma va malakalarni egallaydilar.Bilimlarda obyektiv dunyo umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Bilimlarni o'zlashtirish,daliliar,tushunchalar va qonuniyatlarni organishni nazarda tutadi.O'rganilgan bilimning ta'sirchanligi,o'qiganlarini bemalol egallab,ulardan turli sharoitlarda, jumladan, yangi bilimlarni egallash uchun foydalana bilish bilimlarning to 'laligi va chuqurligining muhim ko'rsatkichidir.

Ko'nikma-kishining ma'lum bir xatti-harakatlarni ongli ravishda bajarish qobiliyatidir. Bu qobiliyat bilimlar va eng oddiy tajriba asosida hosil qilinadi. Bilimlar bajarilayotgan harakatning nazariy asosi hisoblanadi. Bilimlar tufayli xatti-harakatlarning ayrim bosqichlari va ularning ketma-ketligi tushuntiriladi. Ko'nikmalar bu amaldagi bilimlardir.

Malaka-mashq qilish yo'li bilan hosil bo'ladigan ish-harakatdir.Mashq qilish natijasida o'qish,yozish,og'zaki,xilma-xil mehnat jarayonlarini bajarish malakalari hosil qilinadi.Talaba xatti-harakatni bajarishning muayyan usullarini egallab oladi va bu ishni avtomatik ravishda bajaradi.[3]

1116

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversi^

Ta'lim jarayonida talabalar dastlab sodda boshlang'ich ko'nikmalarni egallaydi, mehnat harakatlarini nomukammal, sekin bajaradi, har bir harakatni ongli ravishda kuzatib, nazorat qilib boradi. Yoshlarda kasbiy ko'nikma va malaklarni amalga oshirishda ular tegishli bo'lgan mehnat faoliyati bilan bog'liq holda turli darajadagi murakkablikka ega bo'lgan mehnat usuli va jarayonini o'rganib boradilar. Bunda ko'pchilik holatlarda mehnat usulini qo'llash ko'nikmasi to'la avtomatlashishi va malakaga aylanishi mumkin.

Shunday qilib, ko'nikma va malaka ijtimoiy-tarixiy tushuncha bo'lib, muayyan vositalarni qo'llagan holda, ma'lum sharoitlarda va aniq tezlikda rivojlanadi. Talabalar uchun ijtimoiy amaliy faoliyat taqozo etuvchi, maqsadga muvofiq harakatlar tizimi sifatida mavjud bo'ladi.

References / Foydalanilgan adaboyotlar

1. A.Harris, Teaching and Learning in the Effective School. Aldershot: Ashgate, 1999.- P.401.

2. Abdiyeva Dilfuza Kurbanovna. Oriental Renaissance: Innovative,educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784.Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2021: 5.423

3. Q.Olimoy,O.Abduqudusov,"Kasb ta'limi uslubiyati"o'quv qo'llanma.Iqtisod.2006.

4. Doniyev, S. I., Ibrakhimov, F. A., & Joldasov, I. S. (2020). Trends int the development of primary education (an example of the finnish system of primary education). Journal of innovatsions in pedagogy and psychology, 2, 387-393.

5. Joldasov,L(2023)."Kasb-hunar maktablarida kasbga yo'naltirishning pedagogik asoslari". Talqin va tadqiqotlar, 1(14).

1117

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.