Научная статья на тему 'XORIJIY TILLARNI O’QITISHNING RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI'

XORIJIY TILLARNI O’QITISHNING RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektron darsliklar / o’qitish metodikasi / masofaviy ta’lim / video qo’llanmalar / kompyuter texnologiyalari / xorijiy tillar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Parvina Turg’Unboyeva, Hasan Uzairovich Akhmedov

Bugungi globallashuv zamoniga kelib,xorijiy tillarni o’rgatish hamda o’rganishda samarali texnologiyalar ishlab chiqilmoqda.Xorijiy tillarni qulay va sifatli o’rganishda raqamli ta’lim texnologiyalari qo’l keladi.Hozirgi paytda ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o’qitishga bo’lgan talab ortib bormoqda.Ushbu maqolada,yoshlarni ta’limga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish,sifatli ta’lim ko’rsatkichini oshirish,ta’lim va fanda texnologiyalarning rivojlanish ahamiyati,dars samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar bayon qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TILLARNI O’QITISHNING RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

XORIJIY TILLARNI O'QITISHNING RAQAMLI TA'LIM

TEXNOLOGIYALARI

Parvina Turg'unboyeva

Student, Chirchik state pedagogical university parvinaturgunboyeva@gmail .com

Hasan Uzairovich Akhmedov

Scientific supervisor: Chirchik state pedagogical university hasanahmedov110@gmail.com

ANNOTATSIYA

Bugungi globallashuv zamoniga kelib,xorijiy tillarni o'rgatish hamda o'rganishda samarali texnologiyalar ishlab chiqilmoqda.Xorijiy tillarni qulay va sifat-li o'rganishda raqamli ta'lim texnologiyalari qo'l keladi.Hozirgi paytda ta'lim muas-sasalarida xorijiy tillarni o'qitishga bo'lgan talab ortib bormoqda.Ushbu maqola-da,yoshlarni ta'limga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish,sifatli ta'lim ko'rsatkichini oshirish,ta'lim va fanda texnologiyalarning rivojlanish ahamiyati,dars samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar bayon qilin-di.

Kalit so'zlar: elektron darsliklar,o'qitish metodikasi,masofaviy ta'lim,video qo'llanmalar,kompyuter texnologiyalari,xorijiy tillar.

ABSTRACT

In today's era of globalization, effective technologies are being developed for teaching and learning foreign languages. Digital educational technologies are useful for convenient and high-quality learning of foreign languages. The demand is increasing. In this article, there is information about meeting the needs of young people for education, increasing the quality of education, the importance of technology development in education and science, and the importance of digital technologies in improving the effectiveness of lessons.

Keywords: electronic textbooks, teaching methodology, distance education, video guides, computer technologies, foreign languages.

АННОТАТЦИЯ

В современную эпоху глобализации разрабатываются эффективные технологии преподавания и изучения иностранных языков. Цифровые

April 23-24, 2024

462

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

образовательные технологии полезны для удобного и качественного изучения иностранных языков. Спрос увеличивается. В данной статье представлена информация об удовлетворении потребностей молодежи в образовании, повышении качества образования, значении развития технологий в образовании и науке, а также о значении цифровых технологий в повышении эффективности уроков.

Ключевые слова: электронные учебники, методика обучения, дистанционное образование, видеогиды, компьютерные технологии, иностранные языки.

KIRISH

Bugungi kunda ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o'qitishda raqamli texnologiyalarning ko'pligi hamda sifatliligi o'quv jarayonidagi xilma-xillikni ta'minlaydi va foydalilik darajasini oshiradi.Shu bilan bir qatorda ta'lim tizimiga yangi g'oya va loyihalarni tatbiq etishda yordam beradi.Raqamli texnologiyalar o'qitish tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.O'qituvchi hamda professorlar auditoriylarda 50 yoki 150 talabaga emas,balki bir vaqtning o'zida minglab talabalarga dars berish imkonini yaratadi.Yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqish,ularni sifat darajasi-ga ahamiyat qaratish hamda ma'lumotlarning aniqligiga ishonch hosil qilish va uni ta'lim tizimiga tatbiq qilish bugungi kunning ajralmas qismi bo'lib bormoqda.Axborot tizimidagi asosiy muammolarni aniqlagan holda hal etish,ta'limda ko'zlangan maqsadga erishish asosiy yo'nalish etib belgilangan.Zamonamizda har bir soha vakillaridan faoliyat jarayonida chet tillarini bilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Xorijiy tillar dunyoda yaxlit nuqtai nazarni rivojlantirishga,turli madaniyat va xalqlar o'rtasida oson muloqot o'rnatish imkoniyatini yaratib beradi.

Internet-muloqotning o'ziga xos xususiyatli tizim bo'lib,chet tillarini o'rgatishda yuzma-yuz muloqot o'rnini bosa olmasligi mumkin,lekin media vositalari orqali ta'lim tizimini sezilarli darajada o'rnini bosadi.Raqamli resurslar orqali xorijiy tillarni o'rganish talaba-yoshlarda tilga bo'lgan qiziqishni yanada ortira-di,dunyoqarashini kengaytirib,fikrlash doirasini boyitadi.Va buning natijasida tilni samarali o'rganishga yordam beradi.

Yangi avlod tomonidan ingliz tili hamda boshqa chet tillarini o'rganishda katta ishtiyoq borligi ma'lum.Afsuski,o'quv darsliklarida raqamli texnologiyalarga hali yetarlicha e'tibor qaratilgani yo'q.O'quv jarayonida shunday yoshlarni ta'lim tizimiga jalb qilish uchun o'quv metodikasi tubdaan yangilanib,ishlab chiqilishi ker-ak.

Elektron o'quv jarayonida ta'lim texnologiyalarini amalga oshirish metodikasi

April 23-24, 2024

463

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

ikkita.Birinchisi:sinxron o'qitish vositalari hisoblanadi.Bunga misol qilib:suhbat au-ditoriyalari,zamonaviy doskalar,videokonferensiyalarni keltirish mumkin.Ikkinchisi esa:asinxron metodikasi.Elektron pochta,forumlar,ijtimoiy tarmoqlar,video hamda audio eshittirishlar yaqqol misol bo'la oladi.

Tarmoq aloqalari orqali asinxron metodikasi foydalanuvchilariga vaqt va joy-dan qat'iy nazar,o'zlariga qulay paytda forum,dialog hamda konferensiyalarda qat-nashish imkonini yaratadi.Lekin bu metodikalarda ma'lumotlarni uzatishda ijobiy taraflari bilan bir qatorda salbiy taraflari ham mavjud.

Rivojlangan mamlakatlarning ta'lim muassasalarida zamonaviy axborot texnologiyalari,multimedialar,zamonaviy darslik hamda o'quv qo'llanmalar,audio va video materiallar,zamonaviy doskalar bilan ta'minlanganligini ko'rishimiz mum-kin.Bu orqali fanga,xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni oshiradi.

Ta'limdagi texnologiyalarning o'ziga xos jihati shundaki,ta'lim tizimini ishlab chiqib,amalga oshiradi.Hamda tizimdagi maqsadlarga erishish imkoniyatini yarata-di.Ta'lim tizimining maqsad va vazifalari shunday amalga oshirilishi kerak-ki,jamiyatdagi o'quv dasturlari bilan birgalikda o'quv jarayonidagi maqsad va vazifa-larga uzviy bog'liq bo'lishi lozim.

O'quv jarayonida xorijiy tillarni o'qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo'llash masofaviy ta'limning yordami bilan chet tillarini o'qitishdagi kompyuter texnologiyalari,o'rganuvchilarning individual yoki guruh bilan bajarilgan ishlarini tashkil qilishga hamda kompyuter nazoratini o'rnatishga yordam beradi.

Zamonaviy elektron darslar mutlaqo o'rganuvchini o'ziga jalb qilishi ker-ak.O'qituvchi tizim hamda zamon bilan hamnafas bo'lishi darkor.Iloji bo'lsa,zamondan bir qadam oldinda bo'lishi talab etiladi.Ushbu talablarni amalga os-hirishda ta'lim tizimida zamonaviy raqamli texnologiyalar talab etiladi.

Murakkab o'quv jarayonida talabalarni ongiga yangi o'quv materiallarni joylashda,ta'lim tizimi samaradorligini oshirishda ta'lim texnologiyalaridan foydala-nish muhim.Bu orqali ularda keng fikr yurita olish qobiliyatini kengaytirish mumkin.

Xulosa

Kompyuter texnologiyalari orqali xorijiy tillarni o'rganish yanada samarali bo'lishi mumkin.Video va audio qo'llanmalar orqali ularda o'qish,gapirish,yozish hamda tinglash ko'nikmlarini rivojlantirish mumkin.Xorijiy tilni masofaviy muhitda turli onlayn platformalarda o'rganishga mo'ljallangan materiallar oson topilib,tezda o'rganishga yordam berishi mumkin.Materiallarning xususiyatlarini tushuntiruvchi uslubiy ko'rsatmalar o'rganuvchi uchun juda muhim hisoblanadi.Bu ko'rsatmalar matn va o'quv material orasidagi bog'liqlikni ta'minlaydi.

464

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

REFERENCES

1.Absalamova G.Sh. "Xorijiy tillarni o'qitishda raqamli texnologiyalaming aha-miyati".2023.

2.Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyoti.56-bet

3.Cabi,E. (2018). The impact of the flipped classroom model on students' academic achievement.

4.Farberman B.L. Ilg'or pedagogic texnologiyalar. T.: 2001y. 5.Ochilov M. Yangi pedagogic texnologiyalar. "Nasaf' nashriyoti. 1999y. 6.Sayidaxmedov N. Yangi pedagogic texnologiyalar.-T.: "Moliya",2003y. 7.Sayidaxmedov N. Yangi pedagogic texnologiyaning mohiyati. Xalq ta'limi, 1999y.

465

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.