Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Baä
BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING LINGVODIDAKTIK KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA XORIJIY TILLARNI O'RGANISH MASALASI
Shukurullo Qo'ldoshevich Mardonov
Pedagogika fanlari doktori, professor Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Sevinch Elyor qizi Baxtiyorova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyot ta'lim yo'nalishi 3 -bosqich talabasi
ANNOTATSIYA:
Maqolada oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning lingvodidaktik ko'nikmalarini shakllantirishda xorijiy tillarni o'rganish masalasini kengaytirish va takomillashtirish asoslari to'g'risida fikr yuritilgan, mazkur masalalar bo'yicha mualliflarning yondashuvlari taqdim qilingan.
Kalit so'zlar: ta'lim, lingvodidaktika, o'qituvchi, xorij, til, o'rganish, BMT, o'zlashtirish, ko'nikma, kompetensiya.
АННОТАЦИЯ:
В статье рассматриваются основы расширения и совершенствования вопроса изучения иностранных языков в формировании лингводидактических умений будущих учителей в процессе высшего педагогического образования, представлены авторские подходы к этим вопросам.
Ключевые слова: образование, лингводидактика, учитель, иностранный, язык, обучение, ООН, овладение, умение, компетентность.
ABSTRACT:
The article discusses the basics of expanding and improving the issue of learning foreign languages in the formation of linguistic and didactic skills of future teachers in the process of higher pedagogical education, the authors' approaches to these issues are presented.
Keywords: education, linguodidactics, teacher, foreign, language, learning, UN, mastering, skill, competence.
"0'zbekiston-2030" strategiyasining yakunlarida mamlakatimizda ta'lim sifatining zamonaviy ko'rsatkichlariga erishish va bunda uning muhim komponenti
April 23-24, 2024
149
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim
bo'lgan o'qituvchilarning lingvodidaktik ko'nikmalarini tarkib toptirish vazifalari muhim o'rin tutadi[1]. Shu jihatdan bu o'rinda bo'lajak o'qituvchilarning lingvodidaktik ko'nikmalarmi shakllantirishda xorijiy tillarni o'rganish masalasi tahliliga va unga doir individual yondashuvga e'tiboringizni tortamiz.
Yangi O'zbekiston ta'limi sharoitida xorijiy tillarni o'rganishning ahamiyati. Yangi O'zbekiston ta'limi sharoitida barcha masalalar qatorida xorijiy tillarni o'rganish masalasiga ham innovatsion yondashuvlarni tadbiq etish dolzarb bo'lib turibdi. Shu jihatdan bugungi kunda malmakatimiz oliy pedagogik ta'lim muassasalarida bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni o'rganish ta'lim jarayonini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bugungi kunda mamlakaktimiz oliy ta'lim muassasalarida ingliz, fransuz va rus xorijiy tillarini o'rganish bo'yicha o'ziga xos tajriba mavjudligini alohida ta'kidlash lozim. Mazkur tajribalardan kelib chiqib Yangi O'zbekiston ta'limi sharoitida bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni o'rganishini yanada takomillashtirish uchun quyidagilarga tayanish maqsadga muvofiq bo'ladi:
1) Birlashgan Millatlar Tashkilotining ish tillari bo'lgan ingliz, fransuz, rus, arab, ispan va portugal tillarini oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning o'rganishini yo'lga qo'yish bilan ularning xorijiy tillar bo'yicha kompetensiyalarini kengaytirish;
2) BMTning ish tillari asosida kasbiy bilim, ko'nikma va malaka bilan qurollantirish vositasida Yangi O'zbekiston ta'limining zamonaviy xorijiy til o'qituvchilarini tayyorlash;
3) Mazkur tizim asosida mamlakatimiz ta'lim muassasalarida BMTning ish tillarini o'qitish vositasida ta'lim oluvchilarning xorijiy tillarni bilishi va til madaniyatiga egalik ko'nikmalarini zamonaviylashtirishga erishish.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ish tillarini ta'lim muassasalarida o'qitish bilan ta'lim oluvchilar va ta'lim beruvchilarning xorijiy tillarni o'rganish kompetensiyalari kengayadi. Chunki bugungi kunda yoshlar xorijiy mamlakatlarning ta'lim muassasalarida o'qish imkoniyatlariga ega bo'lmoqda. Shu jihatdan Yangi O'zbekistonning innovatsion rivojlanish sharoitida BMTning ish tillari bo'yicha yoshlarni qurollantirish ularning nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarida o'qishi va o'qituvchilarning xalqaro ta'lim dasturlari sertifikatlariga ega bo'lishi imkoniyatlarini kengaytiradi[2].
Yangi O'zbekiston ta'limi sharoitida bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni o'rganishi shakllari. Mamlakatimizda bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni, jumladan, BMTning ish tillarini chuqur o'zlashtirishi bo'yicha ta'lim va o'qitishning turli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda
April 23-24, 2024
150
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogika^mverSijeii^^^^^
lingvodidaktikaning muhim imkoniyatlaridan foydalangan holda quyidagi o'rganish shakllaridan foydalanishni yo'lga qo'yish kutilgan samarani beradi:
1) xorijiy tillarni keng o'rganishga mo'ljallangan individual va xususiy ta'lim shakllarini joriy etish hamda ularning bitiruvchilariga taqdim etiladigan hujjatlarni e'tirof etish;
2) xorijiy tillarni o'rganishga mo'ljallangan qo'shma ta'lim shakllaridan foydalanish va unda xorijlik til egalarining o'qitish mexanizmlarini keng yo'lga qo'yish;
3) ta'lim tizimida xorijiy tillarni o'rganishning muntazam faoliyat yuritadigan "Til kurslari"ni tashkil etish va mazkur mexanizm asosida ta'lim oluvchilarning mustaqil xorijiy tillarni o'rganish ishlarini amaliyotga joriy etish.
Xorijiy tillarni o'rganishning bu shakllari ta'lim oluvchilar va bo'lajak o'qituvchilar uchun keng imkoniyatlarni beradi. Bunda ayniqsa, bo'lajak o'qituvchilarning til bilish kompetensiyalarini alohida tarkib toptirishga e'tibor berish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Yangi O'zbekiston ta'limi sharoitida bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni o'rganish amaliyoti. Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni o'rganish amaliyotini aniq belgilab olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki amaliyot aynan bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni grammatik, yozma va og'zaki hamda ilmiy-tarjimonlik ko'nikmalari asosida o'zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu ma'noda mazkur masalada quyidagi amaliyot tizimlariga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:
1) oliy pedagogik ta'lim muassasalarida haftaning muayyan kunlarini xorijiy tillarda so'zlashish kuni sifatida belgilab, uning vositasida bo'lajak o'qituvchilarning til bilish kompetensiyasini amaliy tarkib toptirish;
2) oliy pedagogik ta'lim jarayonida pedagogik qoidalar, metodlar va innovatsiyalarning atamalarini davlat tili (o'zbek tili) va xorijiy tillardagi muqobillari bilan bo'lajak o'qituvchilarni qurollantirish;
3) bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni bilish kompetensiyalarini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy mamlakatlar talabalari bilan onlayn shakldagi amaliyot mexanizmlarini yo'lga qo'yish;
4) xorijiy mamlakatlarning til bilishga oid kompetensiyalarini rivojlantirish va baholashga yo'naltirilgan tanlovlar hamda tadqiqotlarda bo'lajak o'qituvchilarning faol ishtirok etishini ta'minlash.
Xorijiy tillarni o'rganishning ushbu innovatsion amaliy shakllari bo'lajak o'qituvchilarning til kompetensiyalarini amaliyot bilan bog'lovchi va ularning kasbiy malakasini kutilgan darajada mustahkamlovchi mexanizmlar hisoblanadi. Bu
April 23-24, 2024
151
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
amaliyot shakllaridan foydalanish uchun oliy pedagogik ta'lim muassasalarida zamonaviy imkoniyatlarning mavjudligini eslatib o'tish joiz.
E'tibor berilsa, bunday yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni o'rganishda lingvodidaktikaning muhim shakllaridan foydalanish taqozo etiladi[3]. Shu sababli bu borada ayniqsa, innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi[4].
Shunday qilib oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni o'rganishda lingvopedagogik ko'nikmalarini shakllantirish hamda unda Yangi O'zbekiston ta'lim sharoitining imkoniyatlari va amaliyot tizimidan foydalanish kutilgan samarani beradi. Buning uchun oliy pedagogik ta'lim muassasalarida bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni o'rganish jarayoni tashkiliy va metodik jihatdan yangicha yondashuvlar asosida yo'lga qo'yilishi taqozo etiladi. Shu ma'noda oliy pedagogik ta'lim muassasalarida bo'lajak o'qituvchilarning xorijiy tillarni bilish kompetensiyasini to'liq shakllantirishga erishish muhim ahamiyatga egadir.
REFERENCES:
1. "0'zbekiston-2030" strategiyasi. // www.ziyonet.uz
2. O'zbekiston Respublikasi umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2023-2024 o'quv yili bazaviy o'quv Rejasi. // "Ma'rifat" gazetasi 2023 yil 1 sentyabr soni
3. Коллектив авторов. Основы лингвопедагогики.- Санкт-Петербург, 2015
4. Jabborova O. Boshlang'ich ta'limda innovatsion texnologiyalar. - Toshkent, 2023
152
April 23-24, 2024