Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINI IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARIGA TAYYORLASH VA UNDA LINGVODIDAKTIKANING O‘RNI'

BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINI IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARIGA TAYYORLASH VA UNDA LINGVODIDAKTIKANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'lim / ixtisoslashtirilgan / muassasa / boshlang'ich / o'quvchi / tayyorlash / lingvopedagogika / maqsad / muddao / samara.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zuxra Abduraxmanovna Umarova, Sarvinoz Zokir Qizi Tuychiyeva

Maqolada mamlakatimiz boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalariga tayyorlash va unda Lingvodidaktikaning tutgan o'rni masalasi to'g'risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINI IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARIGA TAYYORLASH VA UNDA LINGVODIDAKTIKANING O‘RNI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARIGA TAYYORLASH VA UNDA LINGVODIDAKTIKANING O'RNI

Zuxra Abduraxmanovna Umarova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti p.f.f.d.(PhD), "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi dotsenti v.b. Email: zuxraumarova1407@ gmail .com.

Sarvinoz Zokir qizi Tuychiyeva

CDPU talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada mamlakatimiz boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalariga tayyorlash va unda Lingvodidaktikaning tutgan o'rni masalasi to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, ixtisoslashtirilgan, muassasa, boshlang'ich, o'quvchi, tayyorlash, lingvopedagogika, maqsad, muddao, samara.

ABSTRACT

The article discusses the issue of preparing primary school students of our country for specialized educational institutions and the role of Lingvodidactics in it

Keywords: education, specialized, institution, primary, student, training, linguistic pedagogy, purpose, scope, effect

"0'zbekiston-2030" strategiyasida mamlakatimizda 2030 yilga qadar boshlang'ich ta'limda tubdan sifat o'zgarishlariga erishish va unda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtirish hamda tayyorgarlik ko'lamini xalqaro tajribalarga mos ravishda tarkib toptirish vazifalari qo'yilib, amalga oshirilmoqda [1]. Shu ma'noda mazkur vazifalar ijrosi doirasida boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash muammosini tadvqiq etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu o'rinda ana shu masalaning umumiy dolzarblik zaruriyatlari va uning lingvodidaktik xususiyatlari tahliliga e'tiboringizni tortamiz.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari xususiyatlari. Mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari davlat ahamiyatiga oid tashkilotlar bo'lib, ular vositasida ta'lim oluvchilarning huquqlari va erkinliklarini to'liq ro'yobga chiqarish ta'minlanib kelmoqda. Shu jihatdan ixtisoslashtirilgan ta'lim - bu shaxsning layoqat

296

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

CMrcMqdavjat^

va ehtiyojlarini maqsadli rivojlantirish, uni kasbiy faoliyatga tayyorlash va intellektual imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga yo'naltirtilgan hamda chuqurlashtirilgan ta'lim jarayonidir [2]. Mazkur ta'lim shaklining ana shu xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizda kuchaytirilgan va yo'naltirilgan ta'lim jarayonini amalga oshirish davlat ta'lim siyosatining eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi.

Ixtisoslashtitirilgan ta'limning quyidagi yo'nalishlari muhim va amaliy faoliyat olib borayotganligini eslatib o'tish joiz:

1) Prezident maktablari;

2) Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari;

3) Tabiiy fanlarga ixtisolashtirilgan ta'lim muassasalari;

4) Gumanitar fanlarga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari;

5) Ijod umumiy o'rta ta'lim maktablari;

6) Ixtisoslashtirilgan san'at ta'limi muassasalari;

7) Alohida ta'limga ehtiyoji mavjud bolalar ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari.

Mazkur ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga asosan boshlang'ich ta'limni bitiruvchi o'quvchilari qabul qilinadi. Misol uchun, bugungi kunda o'qitish metodikasi va tizimi yangicha hamda samaradorlik nuqtai nazaridan e'tirof etilayotgan yangi tipdagi Prezident maktablariga o'quvchilar 5-sinfdan boshlab qabul qilinadji. Shu ma'noda boshlang'ich ta'limni bitiruvchilari bo'lgan o'quvchilarni bunday ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga maxsus tayyorlash muhim pedagogik dolzarb masalalardan biri bo'lib turibdi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash asoslari. Mamlakatimizda boshlang'ich ta'lim milliy ta'lim stanldartlari va xalqaro ta'lim dasturlari asosida amalga oshirilayotganligi bilan o'ziga xos ta'lim bosqichi hamda tizimi hisoblanadi. Shu jihatdan Yangi O'zbekiston taraqqiyoti sharoitida boshlang'ich ta'limning yangi vazifasi - boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi bosqich va turlariga tayyorlash tarkib topdi. Shu ma'noda boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasiga tayyorlashning nazariy, metodologik va texnologik asoslariga tayanish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga ta'limiy, tarbiyaviy va amaliy jihatdan tayyorlash;

297

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashda ularning qiziqishlari va layoqatlari ko'lamiga asoslanish hamda tayanish;

4) boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga faoliyat nuqtai nazaridan tayyorlash.

Aynan mana shu yondashuvlar va asoslar boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashning nazariy, didaktik va metodik tayanchlarini tashkil qiladi. Buning uchun mazkur masalaga maqsadli va dasturli yondashish maqsadga muvofiq bo'ladi [3].

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashda lingvodidaktikaning o'rni. Mamlakatimizda boshlang'ich ta'lim bosqichidan boshlab Ona tili va xorijiy tillarni chuqurlashtirilgan tarzda o'qitish konsepsiyasi amal qilmoqda. Buning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'ziga xos zamonaviy til maldaniyatiga ega bo'lishi amalga oshirilmoqda. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashda lingvodidaktikaning quyidagi imkoniyatlaridan foydalanish taqoza etiladi:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ona tilida o'z fikrini yozma va og'zaki ravon hamda talab darajasida ifodalash ko'nikmasini shakllantirish bilan ularni ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarini xorijiy til, jumladan, Ingliz tili va Rus tillarida erkin so'zlash, fikrini bayon qilish va yozuv ko'nikmasini kutilgan darajada shakllantirish bilan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashda mamlakatimizda ta'lim amalga oshirilayotgan o'zbek, rus, ingliz, qozoq, tojik kabi tillarning imkoniyatlariga tayanish va bunda o'quvchilarni ko'ptillik ko'nikmasi bilan qurollantirish;

4) boshlang'ich sinf o'quvchilarini til va layoqat egasi bo'lgan shaxs sifatida ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga yo'naltirish.

Mazkur asoslar boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashning muhim didaktik ta'minoti hisoblanadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash mexanizmlari. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashda qulay va samarali mexanizmlarga tayanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu jihatdan bunday mexanizmlarning quyidagi muhim shakllariga tayanish kutilgan samarani berishini ta'kidlab o'tish kerak:

298

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiiniVlilllill

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarini 3-4-sinflarda ularning qiziqishi va layoqatlariga asoslangan holda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash ishini amalga oshirish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarini aniq, tabiiy va gumanitar fanlar turkumlariga bo'lib, ular yo'naltiriladigan ixtisoslashtiriladigan ta'lim muassasalariga tayyorlash va bunda chuqurlashtirilgan mashg'ulotlarni amalga oshirishga tayyorlash;

3) 3-4-sinf o'quvchilari uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o'quv dasturlari asosida faoliyat yuritadigan to'garaklar vositasida tayyorlash;

4) ixtisoslashtirilan ta'lim muassasalariga yo'naltirilgan boshlang'ich sinf o'quvchilarini til savodxonligi va madaniyati nuqtai nazaridan ko'nikmali shaklda tayyorlash;

5) boshlang'ich sinf o'quvchilarini ular yo'naltirilgan ixtisoslashtirilgan ta'limning atamalari bilan keng tanishtirish va bu boradagi ularning ko'nikmalarini tarkib toptirish vositasida tayyorlash.

Ushbu mexanizmlarga asoslanish boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga maqsadli va tizimli tayyorlash imkoniyatlarini beradi. Chunki ixtisoslashtirilgan ta'lim o'quvchilarni nafaqat ta'limiy-tarbiyaviy jihatdan, balki kasb-hunar nuqtai nazaridan ham kutilgan darajada voyaga yetkazuvchi muhim pedagogik va ijtimoiy omildir.

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash masalasi hozirgi zamon Pedagogika fanining muhim vazifalaridan biridir. Mazkur masalaning oliy pedagogik ta'li m jarayonida nazariy, metodik va lingvodidaktik asoslarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab o'tish lozim. Shu jihatdan bu masalada ilmiy-metodik ishlanmalarni amalga oshirish dolzarb bo'lib turibdi.

REFERENCES:

1. "0'zbekiston-2030" strategiyasi. // www.ziyonet.uz.

2. Djurayev R. va boshq. Pedagogika izohli lug'ati. - Toshkent, 2008

3. Umarova Z., Muminova N.Y. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash xususiyatlari. "BOSHLANG'ICH TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI: TA'LIM VA TARBIYA INTEGRATSIYASI" II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Jizzax shahri, 2022 yil 27 aprel

299

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.