Научная статья на тему 'BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH'

BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

24
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvistika / polikod / matbuot / radio / televidenie / internet / milliy mentalitet / ijtimoiy madaniyat / ta’lim vositasi / tamoyil / mazmun / dolzarb masalalar / aloqa / korporativ.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Orasta Alisher Qizi Hamraqulova

Maqolada bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining sotsiolingvistik kompetentligini shakllantirishda ingliz tilidagi mediamatnlarning didaktik imkoniyatlari, shart-sharoitlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

BO'LAJAK INGLIZ TILI O'QITUVCHILARINING KOMPETENTLIGINI

SHAKLLANTIRISH

Orasta Alisher qizi Hamraqulova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada bo'lajak ingliz tili mutaxassislarining sotsiolingvistik kompetentligini shakllantirishda ingliz tilidagi mediamatnlarning didaktik imkoniyatlari, shart-sharoitlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: lingvistika, polikod, matbuot, radio, televidenie, internet, milliy mentalitet, ijtimoiy madaniyat, ta'lim vositasi, tamoyil, mazmun, dolzarb masalalar, aloqa, korporativ.

Oliy ta'lim muassasalarida chet tillarini o'qitish metodikasida ommaviy mediamatnlardan foydalanish muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi PQ-1875 qarorida ham ayni vaqtda chet tillarini o'rganish tizimida» ilg'or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish» talab darajasida emasligini inobatga olib bu masalaga alohida e'tibor berish zarur ekanligi qayd etilgan. Shu bois bo'lajak ingliz tili mutaxassislari sotsiolingvistik kompetensiyasini shakllantirishda media-texnologiyalardan foydalanish dolzarb didaktik muammo hisoblanadi.

T.G.Dobrosklonskaya fikricha, ommaviy axborot vositasi bilan ommaviy kommunikatsiyani tenglashtirish noto'g'ri bo'ladi, chunki ommaviy axborot vositasi - ma'lumotning ommaviy tarqatilishida ishtirok etadigan texnik vositalar, jamoat tashkilotlari va inson resurslarining jamlanmasidar. Ushbu ta'riflar ichida mediamatnlarning ommaviy auditoriyaga nisbatan yo'nalganligini alohida e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. A.N.Bogomolovning fikricha, muloqotning ommaviy xususiyati uning yirik o'lcham va auditoriyaning elementar kayfiyati, to'g'ridan-to'g'ri ikki tomonlama aloqaning yo'qligi va muloqotning bir tomonlama xususiyatlari bilan xarakterlanadi.

Shunday qilib, auditoriyaning ommaviyligi mediamatnlarning tarkibi va ularning til xususiyatlariga sezilarli ta'sir o'tkazadi. Ommaviy muloqot sharoitida aloqa qator texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Mediamatnlar matbuot, radio, televidenie va Internet orqali uzatilishiga ko'ra tasnif etiladi.

616

^ZS-IVZÜ^ International Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bo'lajak ingliz tili mutaxassislari sotsiolingvistik kompetentligini shakllantirishda medianutqning «televizion mediamatnlari» muhim ta'limiy va tarbiyaviy ta'sir kuchiga egadir. «Televizion mediamatn» deganda, so'zlar, video va ovozdan iborat, ketma-ketlikda va bir vaqtning o'zida uch xil darajada (verbal, ovoz va video) yaxlit bir butun murakkab ob'ekt sifatida omma auditoriyasiga televidenie orqali uzatiladigan polikod matn tushuniladi.

Shu boisdan ham u, birinchidan, ommaviy muloqot hamda tilning asosiy vazifalari bo'lgan ma'lumot tarqatish vazifalarini bajaradi. Bo'lajak mutaxassis mamlakatimiz va boshqa davlatlarda sodir bo'layotgan, sodir bo'lgan va rejalashtirilgan, hayotning barcha sohalariga oid, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy (ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, sport, aholini ijtimoiy himoyalash, bo'sh vaqtni maroqli o'tkazish uchun ko'ngil ochar materiallar, kasb-hunarga oid materiallar, xalqaro yangiliklar) sohalaridagi yangilik va voqealar orqali sotsiolingvistik bilim, malaka va ko'nikmalarni egallab boradi.

Ikkinchidan, mazkur xarakterdagi mediamatnlar aniq rasmiy qolip asosida har kuni bir vaqtning o'zida beriladi, bir xil andoza asosida o'quvchiga yetkaziladi. Bu esa o'quvchida yangiliklarni sabrsizlik bilan kutishga refleksiya hosil qiladi. Yangi axborot matni orqali o'z nuqtai nazarlarini tengdoshlari hamda o'qituvchi oldida ingliz tilida to'g'ri, mazmunli, ifodali taqdimot qilish ehtiyojini hosil qiladi. Shunday qilib, bo'lajak ingliz tili mutaxassisida eshitish, ko'rish, gapirish va yozish ko'nikmalari shakllanib boradi.

Uchinchidan, yangilik matnlarining quyidagi xususiyatlari asosida bo'lajak ingliz tili mutaxassislarining kasbiy kompetentligi komponentlari takomillashib boradi:

- so'zlar va so'z birikmalarining grammatik qonun-qoidalarga rioya qilgan holda qisqa, aniq tuzilishi;

- yangilik matnining mazmundorligi, chegaralangan vaqt ichida ko'p ma'lumot qamrash imkoniyatiga ega bo'lish;

- ma'lumotlar, faktlarning haqqoniyligi va aniqligi;

- ma'lumotlar yetkazilishining ta'sirchanlagi, verbal va noverbal hissiyotni namoyon etish mahorati;

- nutq qoidalariga rioya etish mahorati;

- sharhlarning mamlakat va dunyo miqyosidagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalar bo'yicha tez va mukammal o'zlashtirilishi, ommabopligi.

Shunday qilib, mediamatnlar xorijiy tilni va tili o'rganilayotgan mamlakat xalqi madaniyatining professional darajada o'rganilishida muhim metodik vosita bo'lib xizmat qiladi. Natijada mazkur g'oya bo'lajak ingliz tili mutaxassislarida ingliz

617

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^MrcMq^aviat^edagogika^niViBiiiBH

tilidan kommunikativ hamda sotsiolingvistik kompetentlikni shakllantirish jarayonida eksperimental tarzda tadqiqotimizning eksperimental qismida o'z ifodasini topdi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ1875 qarori. // «Xalq so'zi» gazetasi, 11.12.2012 y., 240 (5660)-son.

618

^ZS-IVZÖ^ International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.