Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANGʻICH SINF O‘QITUVCHILARINI MUSTAQIL TA’LIM VOSITASIDA KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK STRATEGIYASI'

BO‘LAJAK BOSHLANGʻICH SINF O‘QITUVCHILARINI MUSTAQIL TA’LIM VOSITASIDA KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK STRATEGIYASI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
10
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Jabborova Onaxon Mannapovna, Saparbayeva Dinoraxon Turg‘unboy Qizi

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishga doir belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda oliy pedagogik ta’lim jarayoninini bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini yangicha asoslarda shakllantirish masalalari muhim o‘rin tutadi[1,4-b.]. Bunda ilg‘or xorijiy tajribalarga mos milliy pedagogik strategiyalarning imkoniyatlaridan ham foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Shu ma’noda bu o‘rinda e’tiboringizni ana shu masalaning tahliliga tortamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANGʻICH SINF O‘QITUVCHILARINI MUSTAQIL TA’LIM VOSITASIDA KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK STRATEGIYASI»

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI MUSTAQIL TA'LIM VOSITASIDA KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING

PEDAGOGIK STRATEGIYASI Jabborova Onaxon Mannapovna, 2Saparbayeva Dinoraxon Turg'unboy qizi

1Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent 2Boshlang'ich ta'lim yo'nalish 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.1080172 7 "0'zbekiston-2030" strategiyasida boshlang'ich ta'limni rivojlantirishga doir belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlashda oliy pedagogik ta'lim jarayoninini bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini yangicha asoslarda shakllantirish masalalari muhim o'rin tutadi[1,4-b.]. Bunda ilg'or xorijiy tajribalarga mos milliy pedagogik strategiyalarning imkoniyatlaridan ham foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Shu ma'noda bu o'rinda e'tiboringizni ana shu masalaning tahliliga tortamiz.

Milliy pedagogik strategiya shakllari. Mamlakatimiz oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda turli shakllardagi milliy pedagogik strategiyalardan foydalanilayotganligini ta'kidlab o'tish lozim [2, 12-29 b.]. Bunday milliy pedagogik strategiyalar shakllarida mustaqil ta'lim, qo'shma ta'lim, klaster ta'limi kabilar muhim o'rin tutadi. Misol uchun, mustaqil ta'lim pedagogik strategiyasi bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda quyidagilarga tayanishi bilan amaliy ahamiyatga ega:

a) bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda milliy va xorijiy tajribalardan uyg'un foydalangan holda talabalarning qiziqishi hamda layoqatiga tayangan mustaqil ta'limni amalga oshirish;

b) mustaqil ta'limni amalga oshirishda majburiy va tanlov mutaxassislik o'quv fanlarining o'quv reja va o'quv dasturlarini mustaqil ta'lim oluvchilarning imkoniyatlariga mos ravishda an'anaviy, onlayn va masofaviy shakllarda tashkil qilish bilan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirib borish;

v) mustaqil ta'lim vositasida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda mamlakatimizda amalda bo'lgan haftalik va pedagogik amaliyot tizimining imkoniyatlaridan foydalangan holda samaradorlikka erishish;

g) mustaqil ta'lim shakli bugungi kun milliy pedagogik strategiyamizda professor-o'qituvchilar va bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining klaster tizimiga asoslangan hamkorligining amaliy imkoniyatlaridan keng foydalanish kutilgan samarani bermoqda [3, 24-b.]. Demak, mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarida tarkib topgan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning milliy pedagogik strategiyasi shakllaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Mustaqil ta'lim shaklining milliy pedagogik strategiyadagi vositalari. Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar va milliy an'analarni uyg'unlashtirgan holda mustaqil ta'lim shaklining vositalaridan oqilona foydalanish ko'lami kengayib borayotganligini eslatib o'tish joiz. Bunday vositalarning asosiylarini quyidagilar tashkil etishini ta'kidlash lozim:

a) bevosita oliy pedagogik ta'lim muasssasalari o'quv adabiyotlari, o'quv materiallari va axborot-resurs markazlarining imkoniyatlaridan foydalangan holda mustaqil ta'lim vositasiga tayanib bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish;

b) oliy pedagogik ta'lim muassasalarining tajribali professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterli dastur vositasida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini istalgan vaqtda rivojlantirib borish;

v) oliy pedagogik ta'lim muassasalarining klaster tizimi vositasida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini hamkorlik asosida kutilgan darajada takomillashtirib borish;

g) mustaqil ta'lim oluvchilarning takliflari asosida majburiy va tanlov mutaxassislik fanlarining mustaqil ta'lim bo'limi vositasida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari kasbiy kompetensiyasini amaliy kengaytirib borish.

Demak, mustaqil ta'lim shaklining milliy pedagogik strategiyamizdagi bu vositalaridan amaliy foydalanish kutilgan samarani beradi. Chunki bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari bu vositalar asosida o'zlari qiziqqan bilimlar manbai, ko'nikmalar asoslari va axborotlar majmui bilan erkin tanishib borish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Shu ma'noda milliy pedagogik strategiyamizning mazkur mustaqil ta'lim shaklidan oqilona foydalanish uchun bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining tashabbuskorlik harakatlarini tarkib toptirish ham taqozo etiladi. Bunda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'z tashabbuslari asosida mustaqil ta'limning maqbul vositalarini tanlaydi. Natijada bu borada keng amaliy imkoniyatlarga ega bo'linadi.

Milliy pedagogikamiz strategiyasining mustaqil ta'lim shaklini rivojlantirib borish.

Mamlakatimiz milliy pedagogik strategiyasida mustaqil ta'lim shaklining imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun uni rivojlantirib borish dolzarb bo'lib turibdi. Bizningcha, bu borada quyidagilarga tayanish kutilgan samarani beradi:

a) oliy pedagogik ta'lim muassasalarida mustaqil ta'lim shaklining asoslari, vositalari va imkoniyatlari bo'yicha yangi avlod pedagogik ilmiy-tadqiqotlarini yaratish;

b) bunday ilmiy-tadqiqotlarda ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarni tayanch pedagogik oliy ta'lim muassasalarida tajriba-sinovdan o'tkazib, uni amaliyotga joriy etish;

v) xorijiy mamlakatlarning mustaqil ta'lim bo'yicha tajribalarini o'rganish va ulardan foydalanish yangi metodikalarini yaratib borish;

g) mustaqil ta'lim vositasida nazariy bilim, kasbiy ko'nikma va malakalari rivojlangan hamda individual kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining 3-4 kurslardan boshlab tajribalarini ommalashtirib borish.

Bunday yondashuv milliy pedagogikamiz strategiyasining mustaqil ta'lim shaklini zamonaviy talablar asosida rivojlantirib borish imkoniyatlarini beradi. Demak, bevosita talabalarni yo'naltirgan holda mazkur masalalar bo'yicha yangi avlod nazariy-metodik ishlanmalarini yaratish maqsadga muvofiq bo'ladi[4. 12-19 b.].

E'tibor berilsa, milliy pedagogik strategiyamizda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo'yicha o'ziga xos shakllar mavjud. Bunday shakllardan biri bo'lgan mustaqil ta'lim shaklining amaliy imkoniyatlaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Bizning kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, oliy pedagogik ta'lim muassasalarining 3-4 kurs bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari mustaqil ta'limning imkoniyatlaridan erkin foydalanish tajribasiga ega bo'lmoqda. Bunda ularning mustaqil intilishlari, professor-o'qituvchilarning yo'naltirishlari va kasbiy topshiriqlarni mustaqil bajarishga bo'lgan xatti-xarakatlar muhim o'rin tutmoqda. Shu ma'noda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mazkur tajribalarini kengaytirish maqsadida ularning amaliy faoliyatdagi tajribali boshlang'ich

sinf o'qituvchilari bilan doimiy hamkorligini yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bunday toifa boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'zlarining tajribalari asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda amaliy jihatdan keng imkoniyatlarga ega ekanligini eslatib o'tish joiz.

Shunday qilib bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kompetensiyalarini rivojlantirishda milliy pedagogik strategiyalarimizdan oqilona foydalanish dolzarb bo'lib turibdi. Bu masala bo'yicha zamonaviy va texnik vositalarga asoslangan texnologiyalarni ishlab chiqish zaruriyat bo'lib turganligini eslatib qolamiz.

REFERENCES

1. "O'zbekiston-2030" strategiyasi. // www.ziyonet.uz

2. Jabborova O. Boshlang'ich ta'limda innovasion texnologiyalar. - Toshkent, 2023

3. Jabborova O., Saparbayeva D. Boshlang'ich ta'limda mustaqil ta'limni tashkil etish metodikasi. - Toshkent, 2023

4. Bakiyeva X. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida mustaqil ta'lim orqali nutq va tafakkurni rivojlantirish metodikasi. - Toshkent, 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.