Научная статья на тему 'BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING MILLIY TARBIYA KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI'

BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING MILLIY TARBIYA KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

276
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
teacher / nationality / education / skill / methodology / knowledge / qualification

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mashkura Sayliyeva

Maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining milliy tarbiya ko’nikmasini rivojlantirish metodikasi to’g’risida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY FOR DEVELOPING THE NATIONAL EDUCATIONAL SKILLS OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS

The article discusses the methodology of developing the national education skills of future primary school teachers.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING MILLIY TARBIYA KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI»

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING MILLIY TARBIYA KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Mashkura Sayliyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirish metodikasi to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, milliylik, tarbiya, ko'nikma, metodika, bilim, malaka.

METHODOLOGY FOR DEVELOPING THE NATIONAL EDUCATIONAL SKILLS OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS

ABSTRACT

The article discusses the methodology of developing the national education skills of future primary school teachers.

Keywords: teacher, nationality, education, skill, methodology, knowledge, qualification.

KIRISH

"Yangi O'zbekiston strategiyasi"da barcha masalalar qatorida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy jihatdan yetuk mutaxassislar sifatida tarbiyalash vazifasi qo'yilgan. [1] Shu jihatdan oily pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak sinf o'qituvchilarining milliy tarbiya ko'nikmasini talab darajasida rivojlantirish dolzarb bo'lib turibdi. Bu o'rinda e'tiboringizni ana shu masalaning tahliliga tortamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 1. "Milliy tarbiya" tushunchasi mazmuni. Milliy tarbiya- bu milliy g'oya asosida amalga oshiriladigan tarbiya jarayoni bo'lib,uning vositasida shaxsning milliy ongi, milliy ruhi va milliy odobi shakllantiriladi hamda rivojlantiriladi [2]. Shu jihatdan mamlakatimizda milliy g'oyaning asosiy tamoyillarini Ezgulik,Insonparvarlik va Bunyodkorlik tashkil etishi ma'lum. [3] Demak, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari ongida eng avvalo ana shu g'oyalar shakllantiriladi va shundan keyin ularning

March, 2023

390

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 | Issue 3 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

milliy tarbiya ko'nikmasi rivojlantiriladi. Bunday ko'nikmaning asoslarini ta'kidlab o'tilganidek, milliy ong, milliy ruh va milliy odob tashkil etadi. Bundan milliy ong -milliy g'oya asosida shakllangan dunyo qarash majmuidir,milliy ruh,milliy g'oya asosida tarkib topgan ishonchdir va milliy odob esa xalqning urf -odatlari hamda qadriyatlari asosida shakllangan axloqiy fazilatlar majmuidir. Bularning barchasi bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituchilarining milliy tarbiya ko'nikmasi tarkibini tashkil etadi.

Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtish dolzarb bo'lib turibdi. Chunki metodika-bu yangiliklar asosida muntazam rivojlanib boruvchi shakllar va vositalar majmuidir.

2. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirish vositalari.Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirish metodikasida maqbul va qulay vositalarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi.Bunday vositalarning asosiylari quyidagilardan iborat :

a) o'quv fanlarini o'qitish vositasi;

b) amaliy mashg'ulotlar vositasi;

v) to'garaklar vositasi.

O'quv fanlarini o'qitish jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ongida milliy g'oyaning asosiy tamoyillari singdiriladi. Bunda asosiy e'tibor nazariy bilim berishga qaratiladi.Shundan so'ng bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilariga milliy, ong, milliy ruh va milliy odobning nazariy asoslari bo'yicha tushunchalar beriladi. Buning natijasida ularda milliy tarbiyaning nazariy asoslari bo'yicha bilimlar majmui tarkib topadi.

Amaliy mashg'ulotlar jarayonida o'quv fanlari vositasida milliy tarbiya bo'yicha o'zlashtirilgan nazariy bilimlar ko'nikma darajasida mustahkamlanadi.Bunda suhbat, treneng va o'zaro bahslar shakllarida foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Natijada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida milliy ong, milliy ruh va milly odob ko'nikmalasi mustahkamlanadi.

To'garaklar vositasida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarinimg milliy tarbiya bo'yicha ko'nikmalari ko'lami kengaytiriladi.Unda talabalarga milliy g'oya asoslari hamda milliy ong, milliy ruh va milliy odob negizlari bo'yicha mustaqil topshiriqlar beriladi.Bajarilgan topshiriqlar to'garaklar mashg'ulotlar talabalar tomonidan muhokama qilinadi va topshiriqlarning bajarilishi

o'qituvchi tomonidan baholanadi. Buning natijasida bo'lajak

March, 2023

boshlang'ich sinf o'qitivchilarida milliy tarbiya ko'nikmasi asoslari kutilgan darajada rivojlanadi [3].

3. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirish shakllari. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilaring milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirishning shakllari keng ko'lamli ekanligini eslatib o'tish joiz. Shu jihatdan bunday shakllarning asosiylari quyidagilardan iborat:

a) labaratoriya ishlari shakli;

b) mustaqil ishlanmalar yaratish shakli;

v) tashabbuslar shakli.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilaring ilmiy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirishning labaratoriya shakli muhim metodik xususiyatlarga ega.Unga ko'ra, talabalar maxsus jihozlangan auditoriyalarda guruhlarga bo'linib,milliy ong,milliy ruh va milliy odob asoslari bo'yicha labaratoriya tadqiqotlarini o'tkazishadi.O'tkazilgan taqdiqotlar talabalar ishtirokida muhokama qilinadi va ularning eng yaxshilari baholanadi. Shu jihatdan labaratoriya ishlari bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilaring bir-biridan o'rganish imkoniyatlarini beradi.Bu hol ularda milliy tarbiya ko'nikmasining amaliy shakllanish jarayonini taqdim etadi.

Mustaqil ishlanmalar shakli bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirishdagi muhim metodik omillarida biridir. Unga ko'ra,talabalar milliy g'oya asoslari hamda milliy ong, milliy ruh va milliy odob tarkiblari bo'yicha turli tasviriy, jihozli va multimediali ishlanmalarni mustaqil bajarishadi. Bunday ishlanmalar ularning ongida ta'kidlangan ishlarning qanday darajada tarkib topganligini namoyon qiladi. Shu sababli mustaqil ishlanmalar shakli har bir bo'lajak boshlang'ich sing o'qituvchisining milliy tarbiya ko'nikmasi qanday ko'rsatkicha ega ekanligini ko'rsatadi.

XULOSA

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirishda tashabbuslar shakli muhim amaliy ahamiyatga ega.Bunda talabalar o'z tashabbuskari asosida milliy g'oya tamoyillari hamda milliy ong, milliy ruh va milliy odob negizlarini ifoda etuvchi turli texnologik va rabototexnika ishlanmalarini yaratadi. Ularning tashabbuslari va yaratgan ishlanmalariga asosan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilariga milliy tabriya ko'nikmasining rivojlanganlik darajasi aniqlanadi va baholanadi.

E'tibor berilsa, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituchilarining milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirish metodikasi nazariy va amali xususiyatlarga egaligi hamda keng imkoniyalarni berishi

March, 2023

392

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 I Issue 3 I 2G23

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

bilan diqqatni tortadi.Bunday metodikadan oqilona foydalangan holda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilaring milliy tarbiya ko'nikmasini izchil rivojlantirib borish taqazo etiladi.Chunki milliy tarbiya ko'nikmasiga ega o'qituvchi boshlang'ich sinf o'quvchilarini shunday ruhda tarbiyalaydi.

Shunday qilib bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirish metodikasini izchil joriy qilib borish dolzar bo'lib turibdi.Bu masala oily pedagogik ta'lim jarayoning uzviy qismi bo'lishi taqazo etadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot stategiyasi.-Toshkent, 2022.

2. Xasanboyev J.va boshq.Pedagogika fanidan izohli lug'at.-Toshkent, 2009.

3. Jabborova O.,Umarova Z. Boshlang'ich ta'lim diagnostikasi.-Toshkent,2023.

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.