INDIVIDUAL YONDASHUV TEXNOLOGIYASI MAZMUNI
Onaxon Jabborova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, (PhD)
ANNOTATSIYA
Maqolada individual yondashuv texnologiyasi mazmuni va uning ahamiyati to'g'risida nazariy-metodik fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: texnologiya, yondashuv, individuallik, mazmun, mohiyat, bilim, ko'nikma, malaka.
KIRISH
O'zbekistonda oliy pedagogik ta'limni turli yondashuvlar asosida tashkil etish masalasiga asosiy e'tibor qaratilmoqda [1]. Bundan maqsad Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida sifatli ta'limga erishishdir. Shu jihatdan individual yondashuv texnologiyasi mana shunday turli yondashuvlarning muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektorining 2023 yil 21 fevraldagi 01-17-son buyrug'i bilan individual yondashuv texnologiyasi universitet ilmiy-tadqiqot ishlarining strategiyasi sifatida belgilanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
1. Individual yondashuv texnologiyasiga yakka tartibda shug'ullanish xususiyati. "Individual" tushunchasi lotincha bo'lib, yakka tartibda yolg'iz va maxsus shug'ullanish ma'nolarini bildiradi [2]. Aynan shu sababli individuallashtirilgan ta'lim shaxsga yo'naltirilgan o'quv va tadqiqot shakli bo'lib, unda har bir ta'liim oluvchi o'quv jarayonida faol ishtirok etadi. Mana shu jihati bilan individual yondashuv muhim ahamiyatga ega. Chunki unda yakka tartibda shug'ullanish ta'lim oluvchilarni faollashtiradi, ta'lim beruvchilarning uslubiy yondashuvini kuchaytiradi va ta'lim oluvchilarning o'quv-biluv malakasi asosiy diqqat markazida bo'ladi.
Individual yondashuv texnologiyasining yolg'iz shug'ullanish xususiyati shundaki, unda bir ta'lim oluvchi bilan shug'ullanishda bir necha ta'lim beruvchi yoki ta'limni amalga oshiruvchi jamoa ishtirok etadi. Mana shu yolg'iz shug'ullanish shakli ta'lim oluvchilarning qiziqishlari, xohish-istaklari va kasb-hunarga bo'lgan munosabatlarini aniqlashda muhim imkoniyatlarni beradi. Shu sababli pedagogika tajribasida mana shunday yolg'iz tartibda shug'ullanish masalasiga alohida e'tibor berib kelinmoqda.
March, 2023
340
Individual yondashuv texnologiyasining yakka tartibda shug'ullanish xususiyatida shuningdek, maxsus yondashuv ham mavjud. Unga ko'ra, har bir ta'lim oluvchiga davlat ta'lim standartlari va malaka talablaridan kelib chiqib maxsus yondashiladi. Buknda asosiy maqsad ta'lim oluvchilarning ta'lim va tarbiyaga doir huquqlarini jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan ro'yobga chiqarishdir.
Diqqat qilinsa, mazkur texnologiyaning mazmunini tashkil etuvchi yakka tartibda shug'ullanish xususiyati markazida ta'lim oluvchi turadi. Bu hol ta'lim oluvchining bilim va ko'nikmalarini kutilgan darajada tarkib toptirish imkoniyatlarini beradi.
2. Individual yondashuv texnoogiyasining o'ziga xoslik xususiyati. Mazkur texnologiyaning o'ziga xoslik xususiyati, ta'lim oluvchi bilan istalgan vaqtda va muddatsiz shug'ullanish bilan belgilanadi. Unda ta'lim oluvchining imkoniyatlaridan kelib chiqilib nazariy, amaliy va metodik mashg'ulotlar tashkil etiladi. Bunda mashg'ulotlarning shakli rang-barang bo'lishiga e'tibor qaratilib, qaysi mashg'ulot shakli amaliy samara bersa, shu mashg'ulot turi tanlanadi [3].
Keyingi paytlarda ijtimoiy murakkab sharoitlar sababli mamlakatimiz ta'lim tizimiga ta'limning masofaviy va onlayn shakllari joriy etiladi boshlandi. Ta'limning bu shakllari aslida individual yondashuv texnologiyasining asoslaridan hisoblanadi. Unga ko'ra, masofaviy ta'lim imkoniyatlaridan kelib chiqib, butun mamlakat miqyosida har bir ta'lim oluvchi bilan individual shug'ullanish imkoniyatlariga ega bo'linadi. Onlayn shakldagi ta'limda esa bevosita kompyuter, TV, radio kabi texnik vositalarning imkoniyatlariga tayangan holda ta'lim oluvchilar bilan vertual ta'limda shug'ullaniladi. Ta'limning bu shakllari qiziqarliligi va demokratik qadriyatlarga asoslanishi bilan muhim ahamiyatga ega.
Individual yondashuv texnologiyasining o'ziga xoslik xususiyatida shuningdek, ta'lim beruvchilarning faol bo'lishi ham taqozo etiladi. Chunki ta'lim beruvchilar o'quv materiallarini avqvaldan va yangi ma'lumotlar asosida tayyorlashi, ularni ta'lim oluvchilarga o'z vaqtidav yetkazishi hamda maxsus testlar vositasida ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasini nazorat qilib borishi muhim hisoblanadi. Shu sababli keyingi paytlarda darsliklarning elektron shakllariga va ularning imkoniyatlariga asosiy e'tibor qaratilmoqda.
E'tibor berilsa, individual yondashuv texnologiyasining o'ziga xoslik xususiyatlarida ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchilarning teng faol bo'lishi diqqat markazida bo'ladi. Bu hol pedagogik tajribalarda muhim omillardan biri sifatida hisobga olib kelinmoqda.
3. Individual yondashuv texnologiyasining amaliylik xususiyati. Individual yondashuv texngologiyasining amaliylik
March, 2023
341
xususiyati unda pedagogik va psixologik metodlarning keng hamda uyg'un qo'llanishi bilan belgilanadi. Pedagogik metodlarning tushuntirish, izohlash, sharhlash va yo'naltirish kabi xusuisy metodlari individual yondashuv texnologiyasining amaliylik jihatlarini belgilaydi. Psixologik metodlarning ishontirish, ruhiy ko'niktirish, murakkab holatlardan chiqib ketishga yo'naltirish kabi xususiy metodlari individual yondashuv texnologiyasining amaliy omillaridan hisoblanadi. Shu sababli individual yondashuv texnologiyasida amaliylik xususiyati mavjudligi mazkur texnologiyaning negizlaridan birini tashkil etadi [4].
Individual yondashuv texnologiyasining amaliylik xususiyatida ta'lim jarayonini pedagogik tashkil etish va boshqarish omillari ham mavjud. Bunda ta'lim va tarbiya jarayoni pedagogik qonuniyatlar asosida tashkil etiladi va bu jarayon ta'limga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida boshqarib boriladi. Shu jihatdan individual yondashuv texnologiyasida amaliylik muhim ahamiyatga ega bo'ladi.
E'tibor berilsa, individual yondashuv texnologiyasining amaliylik xususiyatlari mazkur ta'lim shaklining pedagogik tajribalarda muhim o'rin tutishini belgilaydi.
Individual yondashuv texnologiyasi bo'yicha milliy pedagogikamiz tarixida har bir ta'lim oluvchi bilan maxsus shug'ullanish va ta'lim oluvchilarning sonini 5 nafardan oshirmaslik an'anasi asrlar davomida mavjud bo'lib kelgan [4]. Misol uchun, Abu Ali Ibn Sinoga (XI asr) boshlang'ich va o'rta maxsus ta'limni enagasi bergan. Ibn Sinoning eslashicha, u 14 yoshlarida enagasiga deydi: "negadir yoshligimda ko'zimga osmon chizich-chiziq holatda ko'rinar edi". Enagasi deydiki, "Siz 3-4 yoshlaringiz vaqtida uxlaganingizda yuzingizni tor bilan to'sib qo'yar edim" Demak, Ibn Sino 3-4 yoshliklaridagi holatni eslashi bilan kuchli xotiraga ega ekanligini namoyon qilmoqda. Bu hol uning enagasining individual ta'lim-tarbiyasi hosilasi edi. Shu jihatdan milliy pedagogikamiz tarixida individual yondashuv vositasida ta'lim oluvchilarning xotirasi, tafakkuri va mustaqil fikrlash ko'nikmalarini kutilgan jadajada shakllantirishga erishilgan. Masalan, Mahmudxo'ja Behbudiy (XX asr) o'g'li Mas'udga 6 xorijiy tilni o'rgatgan va u "Katta jug'rofiya kitobi" asarida yozishicha, o'g'li Mas'ud bilan shug'ullanish jarayonida miliy pedagogikamizning xususiy metodlarini tajribadan o'tkazgan. Shu sababli jadid pedagogi yangi tashkil etilgan jadid maktablarining har bir sinfida o'quvchilarning 12 nafardan oshmasligini tavsiya qilgan.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Ma'lum bo'ladiki, oliy pedagogik ta'lim jarayonida individual yondashuv texnologiyasini joriy etish vositasida talabalarning kurslar kesimida miqdorini maqbullashtirib borish
March, 2023
342
imkoniyatlari mavjud. Buning uchun oliy ta'lim muassasalarining imkoniyatlari yetarli ekanligini eslatib o'tish joiz.
Individual yondashuv texnologiyasi bo'yicha xorijiy mamlakatlarning ham o'ziga xos tajribasi mavjud [5]. Bunday tajribalar har bir mamlakatning ta'lim ehtiyojidan kelib chiqib shakllantirilgan. Misol uchun, Finlandiyada har bir o'qituvchi ko'pi bilan 12 nafar ta'lim oluvchi bilan shug'ullanadi va bu hol har bir ta'lim oluvchi bilan maxsus shug'ullanish imkoniyatini beradi. Germaniyada individual ta'lim pulli asosda amalga oshiriladi va unda ta'lim oluvchiningsh imkoniyatlaridan kelib chiqib ta'limning pullik miqdori belgilanadi. Fransiyada har bir professor-o'qituvchining maxsus kurslari vositasida individual ta'lim amalga oshiriladi. Amerika Qo'shma Shtatlarida ta'lim oluvchilarning takliflariga asosan individual ta'lim amalga oshiriladi va ta'lim oluvchilar muayyan ta'lim bosqichida xoxlagan muddatgacha o'qishi mumkin. Bularning barchasi har bir mamlakatda individual ta'lim bo'yicha o'zining tajribasi mavjudligini ko'rsatadi.
Individual yondashuv texnologiyasi ta'lim va tarbiya muammolarini ilmiy tadqiq etib borish bilan ham o'ziga xos xususiyatga ega hisoblanadi. Bunda ta'lim va tarbiyaning tezkor asosda hal etilishi mumkin bo'lgan muammolari bo'yicha qisqa muddatli ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Shu jihatdan ta'lim muassasasi o'rta maxsus yoki oliy pedagogik ta'lim muassasalariga muayyan muammoni hal etishning nazariy va metodik asoslari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish taklifini bildirishi mumkin. Chunki eng asosiy va amaliy muammolar ta'limning quyi bosqichlarida tarkib topadi.
Boshlang'ich ta'lim menejerlarini tayyorlash nazariyasida individual yondashuv texnologiyasining o'ziga xos tarkiblarini belgilab olish taqozo etiladi. Chunki mazkur masala umumiy individual yondashuv texnologiyasining xususiyatlaridan farqli o'laroq boshlang'ich ta'lim vazifalaridan kelib chiqishi va aynan mana shu mezonga asosan individual yondashuv texnologiyasining bo'lajak menejerlarni tayyorlashdagi mezonlari aniqlanadi. Chunki bunday mezonlar boshlang'ich ta'lim jarayonini boshqarishda menejerlarni tayyorlashning muhim tayanchlaridan hisoblanadi. Shu jihatdan ushbu mezonlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
a) shaxsiy individual yondashuv mezoni;
b) guruhli individual yondashuv mezoni;
v) jamoaviy individual yondashuv mezoni.
Individual yondashuv texnologiyasida shaxsiy yondashuv mezoni boshlang'ich ta'lim menejerlik asoslarining muhim negizlaridan biri hisoblanadi. Unga ko'ra, bo'lajak boshlang'ich
March, 2023
343
ta'lim menejerlari boshqaruv asoslari bo'yicha o'zlarining shaxsiy individual yondashuviga ega bo'lishi kerak. Misol uchun, boshlang'ich ta'limga oid biror muammoni hal etishda boshlang'ich ta'lim menejerining o'z fikriga ega bo'lishi, bu fikrni himoya qila olishi va aynan ana shunday mas'uliyatni his qilgan holda muammoni hal qilish ko'nikmasiga ega bo'lishi kerak. "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" davlat dasturida o'quvchilarning ota-onalarini ta'lim va tarbiya jarayonidagi faolligini oshirish vazifasi qo'yilgan. Chunki ko'pgina ota-onalar o'z farzandlarining ta'lim va tarbiya jarayonida duch keladigan muammolarini o'qituvchilar yoki maktab jamoasi zimmasiga yuklashga intiladi. Bunday holatlarda boshlang'ich ta'lim menejeri o'zining shaxsiy yondashuviga asosan ota-onalar, o'qituvchilar va maktab jamoasi o'rtasida muammoning yechimini hal qilishi taqozo etiladi. Negaki boshlang'ich ta'lim menejeri ayni paytda yakkaboshchilik asosida boshqaruvni amalga oshiruvchi shaxs sifatida o'z shaxsiy yondashuvlarini himoya qilish huqukqiga ega. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich ta'lim menejerlari ana shu shaxsiy individual yondashuv mezonlari bilan qurollanishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Individual yondashuv texnologiyasida boshqaruv jarayonida guruhli yondashuvning ham ahamiyati muhimdir. Bunda menejerlar guruhi, ya'ni umumiy o'rta ta'litm maktablari boshlang'ich ta'lim bosqichi menejerlari hududlar kesimida boshlang'ich ta'lim boshqaruviga oid jarayonni baholashda guruhli yondashuv mezoniga amal qiladi. Bunday yondashuvda boshlang'ich ta'lim xususiyatlari, uning ta'lim bosqichlarida tutgan o'rni va o'quvchilarning savodxonlik darajasi ko'rsatkichlariga ko'ra baholash amalga oshiriladi. Buning natijasida muayyan hududlardagi boshlang'ich ta'lim tajribasi aniqlanadi yoki o'zga bir hududdagi boshlang'ich ta'limga oid muammolar to'g'risida ma'lumot to'planadi. Shu sababli boshlang'ich ta'lim menejerlik asoslarida guruhli yondashuv mezoni mazkur ta'lim bosqichi boshqaruvining istiqbolli tayanchlaridan biri sifatida qabul qilinadi. Misol uchun, kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda mamlakatimizning eng chekka hududlaridagi umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich ta'limida o'ziga xos tajribalar tarkib topgan va bu tajribalar boshlang'ich sinf o'qituvchilarining faoliyati hosilasi hisoblanadi. Shu jihatdan boshlang'ich ta'lim boshqaruvini guruhli yondashuv asosida baholanganida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining faoliyati va ularning ko'rsatkich samaradorliklari asos sifatida olinadi. Natijada muayyan boshlang'ich ta'limda yuzaga kelgan tajribalar tabiiy asoslarga ko'ra o'zlashtiriladi. Bu hol boshlang'ich ta'lim menejerligida direktiv, ya'ni ko'rsatma tarzidagi boshqaruv turiga nisbatan aniqligi va tabiiyligi bilan ajralib turadi.
March, 2023
344
Boshlang'ich ta'lim menejerligi asoslarida individual yondashuvning jamoaviy mezonlari ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko'ra, boshlang'ich ta'lim jarayoni va uning boshqaruvi maktab jamoasi tomonidan jamoaviylik mezonlariga asosan kuzatib boriladi. Bu o'rinda maktab Pedagogik kengashining ahamiyatini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Chunki maktab pedagogik kengashi nafaqat boshlang'ich ta'lim boshqaruv jarayonini, balki menejerlik faoliyatini ham kuzatib borish huquqiga ega hisoblanadi. Bu o'rinda kuzatuv tushunchasiga alohida e'tibor berish kerak va unda nazorat tushunchasidan farqli o'laroq jamoa ishtirokida jarayonni o'rganib borishga diqqat qilinadi. Shu jihatdan boshlang'ich ta'lim menejeri ham o'z faoliyatining jamoaviy mezon asosida baholab borilishini idrok etadi va buning natijasida o'z faoliyatida jamoaning fikri bilan ham munosabatga kirishish qiodasiga amal qilishi tarkib topadi. Menejer yakka boshchilik asosida faoiyat yuritadi, lekin u jamoaviy individual yondashuv mezonlariga asosan Pedagogik kengash jamoasiga hisobot berishi meyoriy-huquqmy hujjatlarda belgilab qo'yilgan. Aynan bu hol boshlang'ich ta'lim menejerining o'z faoliyatida yakkaboshchilik va jamoaviy uyg'unligiga amal qilish ko'nikmasini taqozo etadi. Bularning barchasi oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan chuqur o'zlashtirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Individual yondashuv texnologiyasining boshqaruvdagi tadbiqi o'ziga xos xusiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Bunda boshqaruv asoslarining tamoyillariga tayangan holda individual yondashuv xususiyatlari tarkib toptiriladi. Shu jihatdan individual yondashuv texnologiyasining boshqaruvdagi xususiyatlarida quyidagi tamoyillar muhim o'rin tutadi:
a) yakkaboshchilik;
b) ilmiylik;
v) amaliylik [6].
Individual yondashuv texnologiyasining boshqaruvidagi asosiy tamoyili bu -yakkaboshchilikdir. Unga ko'ra, boshqaruv yakka shaxs tomonidan individual asosda amalga oshiriladi va buda boshqaruvchi o'zining faoliyati bo'yicha yakka tartibda hisobdor hisoblanadi. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, menejment xususiyatlaridan farqli o'laroq menejerlik asoslarida boshqaruvda yakkaboshchilik tamoyiliga asoslanish ustuvor darajada aks etgan. Misol uchun, menejment muayyan boshqaruv qarorini qabul qilishda ko'p hollarda jamoaning fikrlariga asoslanadi, menejer esa boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o'zining individual yondashuviga tayanadi. Shu jihatdan menejmentga nisbatan menejerning mas'uliyati yuqori hisoblanadi. Chunki qabul qilinayotgan qaror muammoning yechimini to'g'ri aks ettirishi, boshqariliuvchi jamoaning
March, 2023
345
ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 j Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
manfaatlarini ifodalanishi va asoslarga ega bo'lishi kerak. Ayni paytda, menejerlikning mas'uliyati uning faoliyati uchun yo'naltiruvchi vazifasini bajaradi. Negaki menejer yakkaboshchilik asosida qaror qabul qilsa-da, biroq boshqaruv faoliyatining samarasi uchun barcha mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi. Shu sababli keyingi paytlarda menejmentlar bilan bir qatorda menejer mutaxassislarini tayyorlash ishiga e'tibor berilmoqda. Shu jihatdan bu o'rinda bizning yondashuvimizga ko'ra, yakkaboshchilik va mas'uliyat tamoyillariga asosan faoliyat yurituvchi menejer boshqaruvichlarni ta'lim boshqaruvi jarayoniga jalb etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki ta'lim va tarbiya jarayonining muntazam yangilanib borishi vaziyatida boshqaruvchi mas'uliyatni to'liq o'z zimmasiga olishi kerak.
Individual yondashuv texnologiyasining boshqaruv xususiyatlaridagi yana bir tamoyili bu - ilmiylikdir. Bu tamoyilga ko'ra, menejerlar har bir faoliyat bo'yicha ilmiy asoslangan ma'lumotlar, manbalar va axborotlar majmuiga asoslanadi. Buning natijasida ularning boshqaruv faoliyatida xolislik tarkib topadi. Chunki yakkaboshchilik asosida boshqaruvni amalga oshirish ilmiy asosga ega bo'lmasa, qabul qilinayotgan qarorlarning ijtimoiy ahamiyati pasayadi. Shu sababli eng avvalo menejerlar o'zlarining individuakl yondashuvlari asosida boshqaruvning ilmiy asoslarini chuqur o'zlashtirishi taqozo etiladi. Bunda ma'lumotlar va axborotlarning haqqoniy bo'lishi, tanlanayotgan faoliyatning aniq tamoyillarga asoslanishi va qabul qilinayotgan qarorlarning sharoitlarga mos bo'lishi masalalari muhim o'rin tutadi. Buning natijasida menejerlarning faoliyatida ilmiylikka asoslanish tarkib topadi va bu hol pedagogik boshqaruv uchun eng muhim tayanchlardan biridir. Shu sababli ta'lim va tarbiya jarayoni boshqaruvida ilmiylik tamoyiliga asosan faoliyat yuritadigan menejerlar boshqaruvini tadbiq etish bugungi kunda dolzarb bo'lib turibdi.
Ta'lim jarayonini boshqarish boshqa sohalarga nisbatan murakkab hisoblanadi. Chunki ta'lim va tarbiya jarayoni muntazam dinamik rivojlanib boruvchi xususiyatlarga ega. Bu hol mazkur sohani boshqarishda amaliylik tamoyiliga qat'iy e'tibor berishni taqozo etadi. Bu tamoyilga ko'ra, yakkaboshchilik va ilmiylik tamoyillariga asosan boshiaruvni amalga oshirish natijasida asosiy maqsad amaliylikka erishishdan iborat bo'ladi. Bunda boshqaruvning samaradorligi, asosligi va istiqbolni belgilovchi ko'rsatkichlarga e'tibor qaratiladi. Natijada amaliy samaradorlik, asosiylik va istiqbollilik natijalariga ko'ra menejerlar faoliyatini baholash uchun asos hisoblanadi. Mazkur masala ayniqsa, ta'lim jarayonini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Chunki ta'lim jarayonini boshqarishning so'nggi natijasi amaliy samaradorlik bilan baholanadi.
March, 2023
XULOSA
E'tibor berilsa, individual yondashuv texnologiyasi asosida ta'lim jarayoni boshqaruvida menejerlarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Chunki menejerlar yakkaboshchilik, ilmiylik va amaliylik tamoyillariga asosan boshqaruvni amalga oshirishi bilan ta'lim va tarbiya jarayonini rivojlanishi uchun muhim omillarni yuzaga keltiradi.
Individual yondashuv texnologiyasi asosida menejerlik faoliyatini yo'lga qo'yishda mazkur boshqaruv faoliyatining vositalari ham muhim o'rin tutadi. Bunday vositalarning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
a) an'anaviylik;
b) zamonaviylik;
v) uyg'unlik.
Ta'lim jarayoni boshqaruvida individual yondashuv texnologiyasining an'anaviy vositasida menejment tajribalariga asoslanish, sinovdan o'tgan vositalarni qo'llash va eng ilg'or yondashuvlarga tayanish amalga oshiriladi. Chunki an'anaviylik vositasi ta'lim boshqaruvining tajribalarini hisobga olish, bu boradagi asrlar davomida sinovdan o'tgan metodlarni qo'llash va menejerlarning boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirib borishga asoslanadi. An'anaviylik vositasi muqimlashgan shakl sifatida xorijiy mamlakatlarning ta'lim menejerlari yo'nalishlarida keng qo'llaniladi. Shu sababli bu vositada boshqaruvda vorisiylik an'anasiga asoslaniladi. Pedagog olimlarning fikricha, boshqaruvdagi anx'anaviylik vositasi ta'lim va tarbiya jarayonini milliy rivojlantirish imkoniyatlarini beruvchi muhim omillardan biridir. Demak, menejerlar faoliyatida aynan pedagogik boshqaruv faoliyatida an'anaviylik vositasiga tayanish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Individual yondashuv texnologiyasi asosida ta'lim jarayonida menejerlik faoliyatini tashkil etishda zamonaviylik vositasi ham muhim o'rin tutadi. Unga ko'ra, ta'lim jarayonini boshqarishda bugungi kun talablari, ta'lim va tarbiyaning qat'iy qoidalari hamda jamiyatning extiyojlariga asoslaniladi. Shu jihatdan ta'lim menejeri faoliyatini zamonaviylik vositasi aynan bugungi kun muammolarini hal etish, ta'lim va tarbiya jarayonidagi istalmagan muammolarni oldini olish, tajribali o'qituvchilar va ta'lim beruvchilar bilan birgalikda maslahatlar uyushtirish omillariga tayanadi. Zamonaviylik menejerlar faoliyatining bugungi kun talablarini amalga oshirishdagi eng muhiy yondashuvlardan biri sanaladi. Chunki bu vosita yangi g'oyalarni, yangi metodikalarni va yangi texnologiyalarni ta'lim boshqaruviga tadbiq etishi bilan muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan menejerlik faoliyatida zamonaviyliy vositasi asosida uning pedagogik va amaliy samaradorligi baholanadi.
March, 2023
347
ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 j Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
Ta'lim va tarbiya jarayoni boshqaruvida individual yondashuv texnologiyasining navbatdagi vositasi bu - uyg'unlikdir. Bu vositaga ko'ra, boshqaruv rejalari va tadbirlari, muammolarni hal etish yondashuvlari va istiqbolli mo'ljallar uyg'unlashgan bo'lishi kerak. Aks holda, ta'lim jarayoni boshqaruviga menejerlar faoliyatining amaliy samaradorligini xolis baholash murakkab kechadi. Shu jihatdan uyg'unlik vositasi ta'lim menejerlarining boshqaruv tajribasi, texnologiyasi va kompetensiyalarini rivojlantirib boruvchi muhim imkoniyatlarni beradi. Tajriba, qulay tenologiya hamda malakali kompetensiyalarga ega bo'lish menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi birlamchi vositalardan hisoblanadi [7].
Diqqat qilinsa, individual yondashuv texnologiyasi asosida ta'lim jarayonini boshqarish vositalari mohiyat-e'tibori bilan menejerlar faoliyatining asoslarini belgilaydi. Shu sababli mazkur masala nazariy va metodik jihatdan tadqiq etish dolzarb bo'lib turibdi. Bularning barchasi oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan o'zlashtirilishi taqozo etiladi.
Shunday qilib individual yondashuv texnologiyasi o'ziga xos mazmunga egaligi bilan muhim ahamiyatga ega. Bizni bu o'rinda individal yondashuv texnologiyasi asosida boshlang'ich ta'lim menejerlarini tayyorlash metodikasi muammosi qiziqtirishini eslatib o'tamiz.
REFERENCES
1. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - Toshkent, 2022
2. Mardonov SH. Pedagogika fanidan o'qitishning elektron-modulli didaktik ta'minotini ishlab chiqish. - Chirchiq, 2021
3. Jabborova O., Ochilov F. Bolalar pedagogikasi. - Toshkent, 2022
4. Hasanboyev J. Va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug'at. - Toshkent, 2009
5. O'zbek pedagogik antologiyasi. Mualliflar jamoasi. - Toshkent, 1993.
6. Bordovskaya N., Rean A. Pedagogika. Sankt-Peterburg. 2001
7. Raximova D. Menejment asoslari. - Toshkent, 2021.
March, 2023