O'ZBEKISTONDA BOSHLANG'ICH TA'LIMNING QONUN HUJJATLARI
Maqolada O'zbekistonda boshlang'ich ta'limning qonun hujjatlari tahlil qilingan va metodik tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: qonun, boshlang'ich, ta'lim, me'yor, xujjat, norma, tashkil etish, o'rganish, o'zlashtirish.
Me'yoriy hujjat - bu muayyan huquqiy va qonuniy jihatdan tartibga solingan hamda tegishli davlat boshqaruvi organi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar majmui hisoblanadi [1]. Shu jihatdan bugungi kunda boshlang'ich ta'limning asosiy me'yoriy hujjatlari mamlakatimizda quyidagilar hisoblanadi:
1) ta'limga oid qonunlar;
2) Milliy malaka ramkasi;
3) davlat ta'lim standartlari va malaka talablari;
4) o'quv reja va dasturlar.
Bu o'rinda e'tiboringizni boshlang'ich ta'limning asosiy me'yoriy hujjati O'zbekiston Respublikasi "Ta 'lim to „g „risida "gi Qonuni tahliliga tortamiz.
Mamlakatimizda amaldagi O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni yangi tahririda 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan va uning asosida ta'lim tizimini tashkil etish hamda boshqarish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Qonun 11 bob va 75 moddadan iborat. Mazkur qonun milliy me'yoriy hujjatlar tajribasi va jahon huquqi an'analariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Shu sababli boshlang'ich ta'limni tashkil etishda ushbu qonunning eng avvalo normalariga e'tibor berish kerak bo'ladi. Norma - bu me'yoriy hujjatlarning asosli mezonlari bo'lib, ular huquqiy va majburiy tusga ega hisoblanadi. Shu jihatdan ta'lim to'g'risidagi milliy Qonunimizning normalarini aniqlab olish va o'rganish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun muhimdir [2]. Qonunda boshlang'ich ta'limga oid quyidagi yo'nalishlarda normalar
Onaxon Mannapovna Jabborova
BTM kafedrasi mudiri, ChDPU
Dinoraxon Turg'unboy qizi Saparbayeva
ChDPU talabasi
ANNOTATSIYA
KIRISH
belgilangan:
September, 2022
a) asosiy tushunchalar izohi;
b) boshlang'ich ta'limni tashkil etish huquqlari va majburiyatlari; v) boshlang'ich ta'lim jarayonini boshqarish asoslari;
g) boshlang'ich ta'lim samaradorligini baholashning huquqiy omillari.
Ushbu normalarga asosan umumiy o'rta ta'lim maktablarida boshlang'ich ta'lim
tashkil etiladi va boshlang'ich sinf o'quvchilarining tarbiyasi yo'lga qo'yiladi [3].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Qonunning 4-moddasiga binoan "o'n bir yillik ta'limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o'rpta ta'limga tayyorlash majburiy" hisoblanadi. Shu jihatdan boshlang'ich ta'limga o'quvchilar 7 yoshga kiradigan yilida qabul qilinadi. Mazkur moddaga asosan bilimlilik, qobiliyatlilik va iste'dod rag'batlantiriladi. Shu sababli boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'lim jarayoniga qabul qilishda ularga bilim berish, qobiliyatini rivojlantirish va iste'dodini ro'yobga chiqarish asosiy maqsad hisoblanadi. Bular bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan chuqur o'zlashtirilishi taqozo etiladi. Chunki bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari ayni ushbu qonun asosida faoliyat yuritishadi [4].
Qonunning 6-moddasiga binoan mamlakatimizda ta'lim tizimini quyidagilar tashkid etadi:
- davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari, o'quv rejalari va o'quv
dasturlari;
- ta'limni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
- ta'lim sifatini amalga oshiruvchi tashkilotlar;
- ilmiy-pedagogik muassasalar;
- ta'lim sohasini boshqarish organlari.
Bu tizim asosida mamlakatimizda ta'lim amalga oshiriladi. Misol uchun, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi maktabgacha ta'limdan boshlab doktorantura ta'limigacha bo'lgan ta'lim jarayonining sifatini monitoring qiladi.Unda sifatli ta'lim berish, maqsadli tarbiyani amalga oshirish va ta'lim oluvchilarning o'quv-tarbiyalanganlik darajasini aniqlash masalalariga asosiy e'tibor qaratiladi. Shu jihatdan mamlakatimizda ta'lim tizimi yagona va uzluksiz hisoblanadi [5].
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning boshlang'ich ta'limga oid normalarini o'rganish. Ushbu qonunning 9-moddasiga binoan mamlakatimizda umumiy o'rta ta'lim o'n bir yillik bo'lib, unda boshlang'ich ta'lim 1-4-sinflarni qamrab oladi. Bunda
September, 2022
287
boshlang'ich ta'limning asosiy vazifasi sifatida quyidagilar belgilangan: "Boshlang'ich ta'lim ta'lim oluvchilarda umumiy o'гta ta'limni davom ettirish uchun zaгuг bo'lgan savodxondlik, bilim, malaka va ko'nikmalar asoslarini shakllantiradi". Bu o'гinda quyidagilaгga e'tibor beгish lozim:
Boshlang'ich ta'lim o'quvchilami bilim olamiga olib kiгadi va o'quvchilami ta'limning keyingi bosqichiga tayyorlaydi. Mazkuг o'гinda ta'kidlash lozimki, boshlang'ich ta'lim o'quvchilami nafapqat umumiy o'rta ta'limga, balki ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga ham tayyoгlaydi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonligini taгkib toptiгadi. Unga ko'ra, 7 yoshli o'quvchilaгda o'qish, yozish va hisobni o'rgatish ularni savodxonlik daгajasini shakllantiгish hisoblanadi. Ayni paytda, yangi O'zbekistonning taraqqiyot stгategiyasida 2026 yilga borib o'quvchilaming savodxonligini tarkib toptiгish maktabgacha ta'lim tashkilotlarining vazifasi sifatida belgilangan. Demak, kelgusida boshlang'ich ta'limning savodxonlikni tarkib toptiгish vazifasi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga o'tkaziladi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari mazkuг normani to'g'гi o'zlashtiгishi taqozo etiladi.
Boshlang'ich ta'limning bilim berish vazifasi shundan iboratki, o'quvchilar dastlabki bosqichda aniq, tabiiy va gumanitar fanlaг bo'yicha dastlabki tushunchalarga ega bo'lishadi. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilaming og'zaki va yozma nutqini tarkib toptirish, ularda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv ko'nikmalarini shakllantiгishga qaгatiladi. Ayni paytda, mazkur vazifasining ijrosi jaгayonida o'quvchilaming layoqati fanlar kesimi asosida aniqlanadi va ulami гivojlantiгishga yo'naltiгiladi.
Boshlang'ich ta'limning navbatdagi vazifasi o'quvchilaTga malaka berishdan iborat. Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan, "malaka-shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajaгishga tayyoгgaгligini ifodalaydigan, ma'lumot to'g'risitdagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahoгat va ko'nikmalar majmuidir". Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarining malakasini tarkib toptirish deganda ularning mahoratlarini rivojlantirish nazarda tutiladi. Aynan mana shunday tushunish boshlang'ich ta'limning malaka berish vazifasini mazmunini tashkil etadi.
Boshlang'ich ta'limning yana bir vazifasi o'quvchilarda ko'nikma asoslarini shakllantirishdan iborat. Ko'nikma - bu muayyan xarakatning tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarishdir. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarida ko'nikma asoslarini tarkib toptirish deganda ularda bilim olish va tarbiyalanish jarayonida aniq va maqsadli xarakatlarni tarkib toptirish nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinf
September, 2022
2SS
o'quvchilarida ko'nikma asoslarini tarkib toptirish ularning keyingi ta'limdagi faoliyati uchun asos hisoblanadi.
E'tibor berilsa ta'lim to'g'risidagi Qonunda boshlang'ich ta'limning vazifalari aniq belgilab qo'yilgan. Eslatib o'tish joizki, mamlakatimizda umumiy o'rta ta'lim boshlang'ich (1-4 sinflar), tayanch o'rta ta'lim (5-9 sinflar) va o'rta ta'lim (10-11 sinflar) bosqichlariga bo'linadi. Bunda asosiy ta'lim va tarbiyaviy vazifa boshlang'ich ta'lim bosqichi zimmasiga tushishiga e'tibor berish kerak. Shu sababli mamlakatimizda boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotli professional o'qituvchilar tayyorlash muhim yo'nalishlardan biri sifatida belgilanadi. Oliy pedagogik ta'lim jarayonida mazkur normalar bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan o'zlashtirilishi taqozo etiladi.
Qonunning 9-moddasiga binoan umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining sinflarida ta'lim oluvchilar soni 35 nafardan oshmasligi kerak. Demak, boshlang'ich sinflarda 35 nafar o'quvchi bitta guruh hisoblanadi va shu sabali umumiy o'rta ta'lim maktablarida boshlang'ich sinflarning guruhlari ko'p bo'lib, asosiy e'tibor guruhlar kesimida sifatli boshlang'ich ta'lim berishga qaratiladi. Buning ma'nosi shuki, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari sinflardagi guruhlar vositasida sifatli ta'lim berish malakasini egallashi kerak [6].
Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, boshlang'ich ta'limning vazifalari aniq belgilangani holda, uning muhim tarkibiy qismi tarbiya masalasiga doir vazifalar belgilangan emas. Shu jihatdan boshlang'ich ta'limda tarbiya asoslari mazkur qonunning 4-moddasiga binoan shakllantiriladi. Unga ko'ra, o'quvchilar huquqlarining ustuvorligi, demokratik fazilatlarning tarkib toptirilishi va dunyoviy faoliyatga tayyorlanishi masalalari boshlang'ich ta'limda amalga oshiriladigan tarbiya asoslarini tashkil etadi. Shu sababli huquqiylik, demokratlik va dunyoviylik tamoyillari boshlang'ich sinflarda amalga oshiriladigan tarbiya jarayonining tayanchlari hisoblanadi.
Bugungi kunda boshlang'ich ta'limning muhim bosqich ekanligi hisobga olinib, mazkur ta'lim yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotli professional o'qituvchilar tayyorlash jarayoni amalga oshirilmoqda. Misol uchun ushbu qonunning 11-moddasiga binoan "fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni olish huquqiga ega". Shu jihatdan nopedagog oliy ma'lumotli shaxslar ham ikkinchi oliy ta'limni olish vositasida boshlang'ich sinf o'qituvchisi kvalifikasiyasiga ega bo'lish mumkin. Bu hol boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotli o'qituvchilar tayyorlash ko'lamini
kengaytiradi.
September, 2022
Diqqat qilinsa, ta'lim to'g'risidagi Qonunimizda boshlang'ich ta'limni tashkil etish asoslari huquqiy jihatdan tartibga solingan.
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning boshlang'ich ta'limga oid sharhlarini o'zlashtirish. Ushbu qonunning boshlang'ich ta'limga oid normalarini o'rganish oliy pedagogik ta'lim jarayonida muhim hisoblanadi. Buning uchun bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari quyidagilarga e'tibor berishi maqsadga muvofiq bo'ladi:
1) qonuning umumiy tuzilishi va mazmunidan xabardor bo'lish;
2) qonunning boshlang'ich ta'limga oid normalarini chuqurlashtirilgan tarzda o'zlashtirish;
3) boshlang'ich ta'limga oid normalar bo'yicha huquq, vazifa va maj buriyatlarni o' rganish.
Qonunning umumiy tuzilishi va mazmuni mamlakatimizning ta'lim tizimi to'g'risida to'liq tushuncha beradi. Shu sababli bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uning mazmuni bo'yicha umumiy ma'lumotlarga ega bo'lishi taqozo etiladi. Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, Respublikamizda maktabgacha ta'lim bosqichi O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni bilan ham tartibga solinadi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ta'limga oid yagona va tipik bo'lgan me'yoriy hujjat Ta'lim Kodeksini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu Kodeksning mazmuniga ko'ra ta'lim tizimining har bir bosqichi, jumladan, boshlang'ich ta'lim bosqichining huquqlari, vazifalari va majburiyatlari aniq belgilab qo'yiladi.
Ushbu Qonunning boshlang'ich ta'limga oid normalarini chuqurlashtirilgan tarzda o'zlashtirish ularning ma'no-mazmuniga e'tibor berish bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, har bir modda bir-birini to'ldirib kelishi mantig'iga diqqat qilish kerak. Unga ko'ra, bitta moddada aks etgan huquq va majburiyatlar navbatdagi moddalarda aniqlashtirib taqdim etiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ushbu qonunni individual tarzda o'zlashtirishi kutilgan samarani beradi.
Qonunimizda boshlang'ich ta'limga oid huquq, vazifa va majburiyatlar aniq belgilab qo'yilgan. Bunda boshlang'ich sinf o'quvchilarining huquqlari ustuvor bo'lishi va o'qituvchilarning ta'lim berish texnologiyalarini erkin tanlash huqukqiga egaligi masalalariga e'tibor berish kerak. Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarining asosiy vazifasi sifatida ta'lim olish, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining vazifalari esa o'quvchilarga sifatli ta'lim berish, jamiyat extiyojlariga mos ravishda ularni tarbiyalash va o'quvchilarni keyingi ta'lim bosqichlariga yuksak darajada
September, 2022
290
tayyorlashdan iborat. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining majburiyatlari maktab me'yoriy hujjatlariga va tartiblariga qat'iy rioya qilish, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining asosiy majburiyati davlat ta'lim standartlari hamda malaka talablarini bajarishdan iborat. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'quvchilar va pedagoglarning huquq, vazifa hamda majburiyatlarini aniq holda o'zlashtirishi taqozo etiladi.
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning boshlang'ich ta'limga oid sharhlarini o'zlashtirish. Mazkur qonunimizning boshlang'ich ta'limga oid normalarini sharhlar vositasida o'rganish muhim hisoblanadi. Bunday sharhlar quyidagi ko'rinishlarda taqdim etiladi:
1) bevosita Qonunning o'ziga berilgan sharhlar;
2) qonunning boshlang'ich ta'limga oid normalariga maxsus berilgan sharhlar;
3) o'quv adabiyotlarida berilgan sharhlar.
Ta'lim to'g'risidagi qonunga muayyan o'zgarishlar yokiqo'shimchalar bo'lganida uning yangi nashrida bevosita bu holatlar aks ettiriladi. Shu sababli qonunni o'rganishda imkonqadar uning eng so'nggi nashriga tayanish tavsiya etiladi. Buning uchun rasmiy portallarda e'lon qilingan nashrga e'tibor berish maqsadga muvofqi bo'ladi. Shuningdek, qonunning boshlang'ich ta'limga oid normalari huquqshunos, siyosatshunos va tajribali pedagoglar tomonidan maxsus sharhlanadi. Bunday sharhlar mamlakatimizda "O'zbekiston Respublikasi Qonunlari" majmuasida e'lon qilinadi va bunday majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan muntazam ravishda nashr etib boriladi. Shu sababli bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida mazkur manbadan foydalanish tavsiya etiladi. Ayni paytda, qonunning boshlang'ich ta'limga oid normalari darsliklar, o'quv qo'llanmalar kabi o'quv adabiyotlarida ham sharhlab o'tiladi. Bunda asosiy e'tibor boshlang'ich ta'limga oid vazifalarning bo'lajak o'qituvchilar tomonidan o'zlashtirilishiga qaratiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jarayonida o'quv adabiyotlarida berilgan sharhlar vositasida ham Qonunni o'zlashtirish muhim ahamiyatga ega.
E'tibor berilsa, mamlakatimizda ta'lim to'g'risidagi Qonun umumiy ta'lim tizimi va boshlang'ich ta'lim bosqichining xususiyatlari to'g'risida aniq ko'nikma beradi. Kezi kelganda ta'kidlab o'tish lozimki, Qonunning normalari va uning sharhlarini belgilashda milliy qonunchiligimiz tajribasi hamda
XULOSA
halqaro ta'lim to'g'risidagi me'yoriy hujjatlarga asoslaniladi. Shu
September, 2022
sababli mazkur qonunimiz ekspertlar tomonidan yuqori baholangan.
Shunday qilib boshlang'ich ta'limning qonun hujjatlari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularni chuqur o'zlashtirish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiga kiradi.
REFERENCES
1. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug'at. - Toshkent, 2009.
2. Ahliddinov R. Maktab boshqaruvida ichki nazorat. - Toshkent, 1996.
3. Ahmedov R. O'zbekiston Respublikasida maktab ta'limi tizimini boshqarishning me'yoriy xususiyatlari. - Toshkent, 1997.
4. Mirqosimov M. Maktab boshqaruvining nazariy va pedagogik asoslari. -Toshkent, 1997.
5. Karimjonov A. Ta'lim tizimini boshqarish asoslari. - Toshkent, 2012 va h.k.
6. Jabborova O., Umarova Z. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovasiya va integrasiya. - Toshkent: 2021.
September, 2022