Научная статья на тему 'BOSHLАNGʼICH TА’LIMDА INSHO VА BАYON IJODIY ISHI'

BOSHLАNGʼICH TА’LIMDА INSHO VА BАYON IJODIY ISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

14836
776
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlangʼich taʼlim / insho / bayon / oʼqish / yozish / savod / bilim / malaka / koʼnikma / nutq / matn / intellekt / qobiliyat / xotira / hissiyot / elementary education / essay / statement / reading / writing / literacy / knowledge / qualification / skills / speech / text / intellect / ability / memory / emotion.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nodira Nazarqulovna Eshmanova

Ushbu maqolada boshlangʼich taʼlimda insho va bayon ijodiy ishi orqali oʼquvchilarning taʼlim – tarbiyasidagi taʼsiri, mazmun – mohiyati va taʼsir etuvchi omillari haqida fikr yutiriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, an essay and statement in primary education will be taken about the impact, content and influencing factors in the education of students through creative work

Текст научной работы на тему «BOSHLАNGʼICH TА’LIMDА INSHO VА BАYON IJODIY ISHI»

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INSHO VA BAYON IJODIY ISHI

Nodira Nazarqulovna Eshmanova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich ta'limda insho va bayon ijodiy ishi orqali o'quvchilarning ta'lim - tarbiyasidagi ta'siri, mazmun - mohiyati va ta'sir etuvchi omillari haqida fikr yutiriladi.

Kalit so'zlar:boshlang'ich ta'lim, insho, bayon, o'qish, yozish, savod, bilim, malaka, ko'nikma, nutq, matn, intellekt,qobiliyat, xotira, hissiyot.

ABSTRACT

In this article, an essay and statement in primary education will be taken about the impact, content and influencing factors in the education of students through creative work.

Keywords: elementary education, essay, statement, reading, writing, literacy, knowledge, qualification, skills, speech, text, intellect,ability, memory, emotion.

KIRISH

O'zbekistonda ilm-fan, iqtisodiyotni rivojlantirish va yosh avlodning kamoloti uchun asos bo'ladigan Uchinchi Renessansni barpo etish jarayoni boshlandi. [1] Mamlakatimizda Birinchi Renessans esa IX-XII asrlarda, Ikkinchi Renessans XIV-XV asrlarda kechganligi va Uchinchi Renessans esa XX asr I choragida jadid matrifatparvarlari tomonidan boshlanganligi ma'lum[2].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yangi O'zbekiston sharoitida Uchinchi Renessansni to'liq barpo etish va bunda boshlang'ich ta'lim ham yuksak talablarga mos bo'lishi talablari qo'yildi. Chunki "boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'limning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy vazifasi 1-4-sinf o'quvchilariga bilim berish, ularni tarbiyalash va ko'nikmalarini shakllantirish masalalarini qamrab oladi hamda unda ta'lim oluvchilarning aqliy, matnaviy hamda jismoniy kamol toptirishning ilk bosqichini" amalga oshiriladi[3]. Bunda boshlang'ich ta'limning quyidagi xususiyatlariga e'tibor berish kerak:

a) umumiy o'rta ta'limning ilk bosqichi- bu o'quvchi shaxsini bilim, ko'nikma va malaka olamiga olib kirishdir. Maktabgacha ta'lim bosqichi bolani maktabga

tayyorlaydi, boshlang'ich ta'lim esa uni bevosita ta'lim va tarbiya jarayoniga olib kiradi;

b) aqliy shakllantirish - bu bilim vositasida bolaning oilada va maktabgacha ta'lim muassasida olgan aqliy ko'nikmasini rivojlantirishdir;

v) matnaviy o'stirish - bu 7-11 o'quvchilarning axloqiy va ruhiy sifatlarini maqsadli tarkib toptirishdir;

g) jismoniy kamol toptirish - bu bola organizmini to'g'ri rivojlantirish va uni chiniqtirishdan iborat.

Boshlang'ich ta'limning bu xususiyatlari uning o'quvchi shaxsining hayotidagi ahamiyatini belgilaydi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi yangi Qonunida (2020 yil 23 sentyabr) boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: "ta'lim oluvchilarda umumiy o'rta ta'limni davom ettirish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko'nikmalar asoslarini shakllantirish" (9-modda). Bu vazifalarning mazmuni quyidagichadir:

l.Savodxon qilish. Odatda "savodxonlik" deganda o'quvchini o'qish, yozish va va hisobga o'rgatish tushiniladi[4]. Bu masalaning bir tomoni . Masalaning ikkinchi tomoni shundaki, hozirgi zamon O'zbekiston pedagogikasida savodxonlik tushunchasining matnosi keng tushinilmoqda. Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-sonli "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim, tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonida "o'quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash" vazifasi qo'yildi[5]. Bu vazifa boshlang'ich sinf o'quvchilarning savodxonlik asoslarini shakllantirish tushunchasida ularni "hayotga tayyorlash"ni ham nazarda tutishni taqazo etadi. Bunday yondashuv "Savodxonlik" tushunchasini quyidagicha idrok etishni ko'rsatadi:boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qish, yozish, hisobga o'rgatish va ularni hayotga tayyorlash.

2. Bilim o'rgatish. "Ta'lim to'g'risida"gi yangi Qonunimizga binoan, boshlang'ich sinf o'quvchilari umumiy o'rta ta'limni davom ettirish uchun zarur bo'lgan bilim asoslarini egallash kerak. "Bilim"- bu o'quvchilarning tabiat, jamiyat va fan-texnika yutuqlari haqida hosil qilgan matlumotlari va ularga taqdim etiladigan nazariy matlumotlar majmuidir. Shu sababli boshlang'ich sinflarda aniq, tabiiy va gumanitar fanlarning dastlabki asoslari turli o'quv fanlari vositasida o'qitilmoqda. Bu o'ziga xos yondashuvdir.

Ayni paytda, boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan o'quv fanlari asossiz ravishda ko'payib ketmasligi kerak. Shu sababli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2020 yil 6 iyundagi 422-sonli "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida "Tarbiya" fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori bilan 2020-2021 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston boshlang'ich ta'lim tizimiga "Odobnoma" va "Vatan tuyg'usi" o'quv fanlari o'rniga yangi "Tarbiya" fani kiritildi. Shuningdek, yuqorida eslatib o'tilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6108-sonli Farmoniga ko'ra, ta'lim tizimi uchun yagona "Milliy o'quv dasturi" ishlab chiqilmoqda va unda "o'zaro uzviy bog'liq fanlarni birlashtirish hisobiga ularning sonini optimallashtirish" vazifasi qo'yilgan.

3. Malakani shakllantirish. Mazkur Qonunga binoan, boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri 7-11 yoshli o'quvchilarda bilish va tushunish malaka asoslarini shakllantirishdir. " Malaka"- bu o'quvchilarda muayyan o'quv materialini chuqur o'zlashtirish natijasida hosil bo'ladigan avtomatlashgan mahoratdir[6]. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarining malaka asosini qiziqish, tushunish va harakat tashkil qiladi. Unga ko'ra, boshlang'ich sinf o'quvchilarida bilim olishga qiziqish, o'qigan va yozganlarini tushunish hamda ularni egallashga harakat qilish tuyg'ulari rivojlantiriladi.

4. Ko'nikma tarkib toptirish. Ushbu Qonunga ko'ra, boshlang'ich ta'lim o'quvchilarda ko'nikma asoslarini tarkib toptirish kerak. "Ko'nikma" - bu o'quvchining o'zlashtirgan bilimlari asosida muayyan amaliy xarakatni bajara olish faoliyatidir. Bunda "amaliy xarakat" deganda boshlang'ich sinf o'quvchilarining intilish, munosabat va faolligi nazarda tutiladi. Unga ko'ra, o'quvchi olgan bilim va malakasiga tayanib amaliy faoliyatga intilish, voqelik va xodisalarga munosabat bildirish hamda samarali faollik ko'rsatishi kerak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zero, e'tibor berilsa, O'zbekiston ta'lim tizimida boshlang'ich ta'lim vazifalari va xususiyatlari me'yoriy hujjatlarda aniq belgilab qo'yilgan. Ayni paytda, Boshlang'ich ta'lim pedagogikasida boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishning quyidagi talablari belgilab qo'yilganligini eslatib o'tish joiz:

- boshlang'ich ta'lim davlat standartlariga qat'iy amal qilish;

- 7-11 yoshli o'quvchilarning yosh, aqliy , ruhiy, mabnaviy va jismoniy xususiyatlarini hisobga olish;

- bola huquqlariga rioya etish;

- ta'lim va tarbiyaning samarasini baholab borish.

Bunday yondashuv boshlang'ich ta'limning vazifalarini aniq bajarish, uning sifat va samaradorligiga kutilgan darajada erishish imkonini beradi. Shu sababli

bu masalalar idrok etilishi kerak va boshlang'ich ta'limni amalga oshirish asoslari tushunilishi lozim bo'ladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalashning vositalari ko'p. Shu jihatdan boshlang'ich ta'limning vazifalarini amalga oshirish va uning samaradorligiga erishish vositalari ko'p. Ana shunday muhim vositalardan biri 1-4 sinf "Ona tili" darslarida yoziladigan insho va bayondir.

Insho - bu mavzuni o'quvchi mustaqil yoritadigan yozma ish turlaridan biridir. Pedagog olimlarning fikricha insho-shaxsni shakllantirishda foydali o'quv vositasi bo'lib, u o'quvchida his-hayajon uyg'otadi va uni aqliy mustaqillikka yo'naltiradi, fikrlashiga, ko'rgan-kechirganlari hamda o'zlashtirganlarini baholashga, voqea-hodisalar o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishini topishga, ularni qiyoslashga va xulosa chiqarishga o'rgatadi. Shu jihatdan insho so'zi arabcha bo'lib, "yaratish", "bino qilish" va "boshlash" mabnolarini anglatadi. Insho aniq reja asosida yoziladi va u quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

- o'quvchining his-hayojon tuyg'usini (emotsiyani) o'stirish;

- o'quvchining aqlini (intelektni) rivojlantirish;

- o'quvchini mustaqil fikrlashga o'rgatish;

- o'quvchining voqealik va hodisalarni baholash ko'nikmasini shakllantirish.

Shu ma'noda insho yozish mazmuni boshlang'ich sinf o'quvchilarining his-hayajon va aqliy tuyg'ularini o'stirish, ularni mustaqil fikrlash va baholashga o'rgatish bilan belgilanadi. Inshoning asosiy xususiyati uning ijodiy ishligidir.

Bayon - bu matnni o'qib yoki aytib berilganlar asosida yozib chiqiladigan yozma ish turlaridan biri bo'lib, u o'quvchilarning fikrlashlarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Mazkur so'z ham arabcha bo'lib, "ifodalash", "yoritish" va "bildirish" mabnolarini anglatadi hamda 2-sinfdan boshlab o'quvchilar bayon yozishga o'rgatiladi. Pedagog olimlarning fikricha, bayon yozishdan maqsad o'qilgan matnni butun detallari va bog'lanishlari bilan o'quvchilar yodida mustahkamlash, namunaviy matnning mazmuni va tilini o'zlashtirish ko'nikmasini shakllantirishdan iborat. Shu ma'noda bayon yozma ishi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

- o'quvchining muayyan matnni tushuntirish ko 'nikmasini shakllantirish;

- o'quvchini tahlilga o 'rgatish;

- o'quvchining xotirasini mustahkamlash;

- o'quvchining yozma nutqini tarkib toptirish.

Zero, bayon yozish mazmunini boshlang'ich sinf o'quvchilarning muayyan matnni tushuntirish, xotirasini mustahkamlash, Tahlil qilish va yozma

nutqini tarkib toptirish bilan belgilanadi. Bayon yozish ham ijodiy ish turlaridan biridir.

Bu yondashuv quyidagicha idrok etiladi:

1. His-tuyg'uni o'stirish. "Hissiyot"-bu shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o'z-o'ziga munosabatlaridan kelib chiqadigan kechinmalaridir.Shu jihatdan Hissiyot (emotsiya) 7-11 yoshli o'quvchilar uchun muhim element bo'lib, uni to'g'ri o'stirish bilan ularga voqelik, odamlar, va o'z -o'ziga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirishga erishish mumkin. Insho va bayon o'quvchi shaxsidagi matn shu elementni o'stirishga ko'maklashuvchi muhim vositalardan biri hisoblanadi.

2. Aqliy rivojlantirish(intellekt). "Aql"-inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqelikka bo'lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati. Shu sababli 7-11 yoshli o'quvchilarning aqliy rivojlantirish va ularda aqliy qobiliyatni o'stirishda insho va bayon yozma shu turining ahamiyati kattadir. Bu ishni bajarish jarayoni o'quvchilar voqelikni tasavvur qiladi va unga bo'lgan munosabatini boshqarishni o'rganadi.

3. Mustaqil fikrlashga o'rgatish . "Fikrlash"- bu muayyan voqea-hodisa haqida mablum bir xulosaga kelish uchun mulohaza yuritish va o'ylashdir. Shu mabnoda insho va bayon o'qitish vositalari 7-11 yoshli o'quvchilarga mustaqil fikrlash ko'nikmasini talab darajasida shakllantirish imkonini beradi. Bunda " Mustaqil"sifati o'quvchilarning chuqur mulohaza yuritish va o'ylash vositasida voqelik ( hodisa ) to'g'risida to'g'ri xulosaga kelish ko'nikmasini anglatadi.

4. Matnni tushunishga o'rgatish. "Matn"- yozilgan asar, insho, nutq va darslikdagi o'quv materiallaridir. Shu jihatdan 7-11 yoshli o'quvchilarni aytib bergan biror matn yoki biror mavzuda insho va bayon yozish bilan ularning mazmun-mohiyatini qanday tushunganliklarini namoyon qiladi. "O'qish" va "Ona tili" fanlarining darslari vositasida matnni yoki mavzuni tushunish ko'nikmasini egallaydi.

5. Xotirani mustahkamlash. " Xotira"-o'quvchining avval esda qoldiradigan voqea va hodisalarni takror idrok qilish orqali esga tushirish qobilyati. Shu mabnoda Insho va Bayon yozma ishlarni voqea-hodisalarni idroklash va ularni eslash vositalaridan biridir. Bu bilan o'quvchilarda idrok va eslash orqali xotira mustahkamlanadi. Xotiraning shakllanishi bolada bilim, ko'nikma va malakaning tarkib topganligidan dalolat beradi.

6. Tahlilga o'rgatish. "Tahlil"- muaayyan obbekt yoki voqea- hodisani har tomonlama o'rganish va chuqur tekshirishdir. Umumta'lim o'rta maktablarning 7-11

yoshli o'quvchilari biror matn yoki mavzuni o'rganish va tekshirish vositasi bilan Insho va Bayon yoziladi. Bu bilan ularda tahlil ko'nikmasi shakllanadi.

7. Yozma nutqni tarkib topdirish. " Yozma nutq"- bu fikrni yozma, matn vositasida bayon qilishdir. Shu jihatdan 7-11 yoshli o'quvchilar insho va Bayon yozish vositasida fikrni yozish orqali ifodalashni o'rganadi. Bu ko'nikma g'oyatda muhim bo'lib, yozma nutq shaxsning butun xayoti davomida muhim o'rin tutadi.

8. Baholashga o'rgatish. " Baholash"- o'quvchining obbekt, voqelik va hodisani bilim, ko'nikma hamda malaka asosida aniqlashdir. Insho va Bayon 7-11 yoshli o'quvchilarning baholash ko'nikmasini shakllantirishdagi muhim vositalardan biridir. Bunda sifat o'zgarish asosiy malaka hisoblanadi.

XULOSA

Zero hissiyot, aqliy qobiliyat, mustaqil fikr, matnni tushunish, xotira, tahlil, yozma nutq va baholash ko'nikmalarni boshlang'ich sinf o'quvchilarida shakllantirishda Insho va Bayon o'ziga xos vosita hisoblanadi. Bu kontseptual yondashuv tadqiqotimiz negizini tashkil qiladi.

Shunday qilib Insho va Bayon yozish mazmuni pedagogik hamda psixologik ko'nikmalarni shakllantirish vositasi ekanligi bilan ahamyatga ega. Bu masala xar tomonlama innovatsion tarzda tadqiq etib borish taqoza etiladi.

REFERENCES

1. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.

2. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.

3. Кораев, с. Б., & Жолдасов, И. С. (2021). Касб-хунар мактаблари фаолиятини амалий машгулотлар самарадорлигини ошириш оркали такомиллаштириш масалалари. Academic research in educational sciences, 2(2).

4. Adbujalilova, S. A., & Koraev, S. B. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic research in educational sciences, (4).

5. Korayev, S. B. (2018). Recommendations on Effective Organizing Training and Production Complexes at Secondary Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal, (2).

6. Караев, С. Б. (2018). Современные пути совершенствования учебно-производственных комплексов, специализированных на профессиональной подготовке учащихся. In Психология и педагогика на современном этапе (pp. 30-36).

7. Ernazarova, G. (2016). Development of training professional activity of vocational college students. Наука и Мир, 2(11), 100-102.

8. Эрназаровой, Г. О. (2017). Подготовка учащихся к профессиональной деятельности на основе акмеологического подхода. Традиционная и инновационная наука: история, современное состояние, перспективы: сборник статей, 115.

9. Burkhonov, A., Avlaev, O., Abdujalilova, S., & Otaev, A. (2021). Responsibility as a criterion for determining personal maturity. In E3S Web of Conferences (Vol. 244, p. 11059). EDP Sciences.

10. Avlaev, O. U., Burkhanov, A. A., Ismoilova, D. M., & Norkuzieva, M. A. (2020). Factors Affecting the Intellectual Dynamics of the Individual. Test Engineering & Management, 83, 693-702.

11. Musurmonov, R., Burkhonov, A., & Musurmonova, M. (2021). Innovative activity-a factor of educational efficiency. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 8(3), 1238-1241.

12. Мусурмонов, Р., & Мусурмонова, М. (2020). Таълимда инновацион фаолият давр талаби. Science and Education, 1(Special Issue 4).

13. Мусурмонов, Р., & Расулов, А. (2021). Мактаб менежменти-таълимни янги боскичга кутариш омили. Academic research in educational sciences, 2(2).

14. Эшманова, Н. Н., & Матьякубова, М. Б. (2019). Тарбиячиларнинг касбий компетенцияларини ривожлантириш. Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида замонавий кластер тизими: муаммолар, ёндашувлар ва истщболлар, 1, 33-34.

15. Рахмонов, А. Р. (2019). Инновацион таълим кластери укув фаолиятига самарали усул сифатида.«. Баркарор ривожланишда узлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар» халкаро илмий-амалий анжуман, 2, 46.

16. Raxmonov, A. R., & Luxmanov, D. B. (2020). МаЙаЫаМа ta'limning ijtimoiy sheriklik modelini yaratishda klaster yondashuv. Academic research in educational sciences, (4).

17. Элмурзаева, Н. Х. (2020). Ихтисослаштирилган давлат таълим муассасаларида таълим жараёнини ташкил этишга куйиладиган педагогик талаблар. Academic research in educational sciences, (4).

18. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan so'zlagan Murojaat nutqi. //"Xalq so'zi" gazetasi 2020 yil 1 oktyabr soni.

19. Pedagogika atamalar lug'ati . Tuzuvchilar R.Djo'rayev, R. Safarova va boshqa -T.: "Fan" 2008.

20. Abdullayeva Q. , Nazarov K. , Yo'ldasheva Sh, Savod o'rgatish darslari -T"O'qituvchi" 1996.

21. Savod o'rgatish metodikasi -T "O'qituvchi" 1996.

22. Burkhonov, A., Avlaev, O., Abdujalilova, S., & Otaev, A. (2021). Responsibility as a criterion for determining personal maturity. In E3S Web of Conferences (Vol. 244, p. 11059). EDP Sciences.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.