Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIM DIDAKTIKASI DIAGNOSTIKASI'

BOSHLANG‘ICH TA’LIM DIDAKTIKASI DIAGNOSTIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2400
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / boshlang„ich / didaktika / diagnostika / xususiyat / yondashuv / metod

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Onaxon Mannapovna Jabborova, Dinoraxon Turg‘Unboy Qizi Saparbayeva

Maqolada boshlang'ch ta‟lim didaktikasi diagnostikasi xususiyatlari tо'g'risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIM DIDAKTIKASI DIAGNOSTIKASI»

BOSHLANG'ICH TA'LIM DIDAKTIKASI DIAGNOSTIKASI

Onaxon Mannapovna Jabborova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, (PhD)

Dinoraxon Turg'unboy qizi Saparbayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, talaba

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich ta'lim didaktikasi diagnostikasi xususiyatlari to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, boshlang'ich, didaktika, diagnostika, xususiyat, yondashuv, metod.

KIRISH

O'zbekistonda boshlang'ich ta'lim jarayonini zamonaviy asoslarda rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish hamda o'quvchilarning o'zlashtirganlik darajasini yuksaltirish muhim vazifalardan hisoblanadi [1]. Bu masala boshlang'ich ta'lim didaktikasi diagnostikasi asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Didaktika" - lotincha so'z bo'lib, o'qitish, ta'lim berish va tushuntirish ma'nolarini anglatadi[2]. Ko'p hollarda didaktika atamasi ta'lim nazariyasi sifatida qabul qilinadi. Shu jihatdan boshlang'ich ta'lim didaktikasi diagnostikasi deganda mazkur ta'lim bosqichida o'qitishning asoslari va uning samaradorligini o'rganish hamda baholash tushuniladi. Bunday yondashuv boshlang'ich ta'lim didaktikasida maqsadli diagnostikani amalga oshirish imkonini beradi. Boshlang'ich ta'lim didaktikasi diagnostikasida quyidagilarni o'rganish va baholash muhim ahamiyatga ega:

1. Boshlang'ich ta'lim diagnostikasining o'qitish mohiyati. Boshlang'ich ta'lim jarayonida diagnostik yondashuv asosan o'qitishga tayanadi. Keyingi paytlarda milliy va jahon pedagogikasida o'qitishning ma'no va mazmuni o'zgarayotganligini eslatib o'tish joiz[3]. Unga ko'ra, o'quv materiallarini ixchamlashtirish va imkonqadar yangi ma'lumotlarni taqdim etish jarayoni kechmoqda.

Boshlang'ich ta'lim diagnostikasida o'qitishning quyidagi xususiyatlariga e'tibor qaratiladi:

March, 2023

34

1) o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini tezkor ravishda shakllantirish;

2) maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim bo'g'inini o'zaro aloqadorlikda bog'lash;

3) boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining professional tayyorgarligini muntazam kengaytirib borish.

Aynan mana shunday mezonlarga asosan boshlang'ich ta'limda o'qitish amalga oshiriladi. Jumladan, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini tezkor ravishda shakllantirish o'quv fanlarining hamda to'garaklarning sifati bilan belgilanadi. Shu sababli bu borada diagnostika aynan o'qitish sifatiga baho berishidan amalga oshiriladi. Shuningdek, boshlang'ich ta'lim maktabgacha ta'limni davom ettirishi va ketsyingi ta'lim bosqichiga o'quvchilarni tayyorlashi kerak. Mazkur vazifa juda murakkab bo'lib, u psixologik, pedagogik va fiziologik jihatdan chuqurlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Bunda diagnostika qilishda o'quvchilarning jismoniy, aqliy va rug'iy rivojlanganlik darajasiga ahamiyat beriladi. Ayni paytda, boshlang'ich ta'limning mohiyati o'qituvchilarning professionallik darajasi bilan belgilanadi. Bunda asosiy e'tibor har bir o'qituvchining individual metodga ega bo'lishiga qaratiladi. Shu sababli diagnostika jarayonida o'qituvchilarning malaka darajasi alohida baholanadi. Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, o'qituvchilarning malaka darajasi har besh yilda diagnostika qilinadi, baholanadi va ularning toifa darajasi o'zgartiriladi. Bu maktab ta'limiga tegishli. O'rta maxsus va oliy ta'limda o'qituvchilar faoliyati ularning ilmiy va o'quv samaradorligiga binoan diagnostika qilinadi. Lekin hozirgi tajribaga ko'ra mazkur toifa o'qituvchilarning faoliyati baholanmaydi. Chunki diagnostikaning o'zi ushbu toifa o'qituvchilarning bilim, malaka va kasbiy darajalari to'g'risida to'liq ma'lumot beradi. Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilar o'z faoliyati bo'yicha diagnostika va baholash jarayoni to'g'risida ko'nikmani egallashlari taqozo etiladi.

Pedagogik adabiyotlarda boshlang'ich ta'lim diagnostikasining o'qitish mohiyati quyidagicha belgilangan:

- o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishi va ularning tarbiyalanganlik darajasini har tomonlama o'rganish;

- mazkur jarayonni tahlil qilish asosida hulosalar chiqarish va baholash;

- bu jarayonni yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilimlarini o'zlashtirish va ularning tarbiyalanganlik darajasini har tomonlama o'rganishda imkon qadar har bir o'quvchi individual bog'lanishga asoslaniladi. Bunda har tomonlama o'rganish deganda o'quvchilarning bilim,

March, 2023

35

ahloq va amaliy ko'nikma darajalarini o'rganish nazarda tutiladi. Keyingi paytlarda boshlang'ich ta'lim o'quv fanlarining yangilanib borayotganligi o'quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilishda bugungi kun talablari nuqtai nazaridan yondashish taqozo etiladi. Ularning tarbiyalanganlik darajasini o'rganishda esa o'quvchilarda ahloqiy fazilatlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi asosida tarkib topganligiga e'tibor qaratiladi. Chunki jamiyatimizda ahloqiy munosabatlar ham innovatsion talablar asosida yangilanib bormoqda. Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarining amaliy ko'nikma darajalarini aniqlashda ularning ta'limning ketsyingi bosqichlariga tayyorgarlik darajasi o'rganiladi. Bunda umumiy o'rta ta'lim, ixtisoslashtirilgan ta'lim va Prezident makktablari ta'lim hujjatlariga asoslanish taqozo etiladi. Keyingi paytlarda o'quvchilarning bilim, ahloq va amaliy ko'nikma darajalarini diagnostika qilishda inklyuziv ta'lim oluvchilarni ham o'rganish taqozo etilmoqda. Shu jihatdan inklyuziv ta'lim oluvchilarning bilim va amaliy ko'nikma darajalari baholanadi, ularning ahloqiy fazilatlari o'rganilish bilan cheklaniladi. Chunki inklyuziv ta'lim oluvchilar aqliy, jismoniy va ruhiy nuqsanlarga ega bo'ladi. Bu hol ularning ruhiyatiga muayyan darajada o'zgarish sabab bo'ladi. Shu sababli bunday ta'lim oluvchilar maxsus mutaxassislar tomonidan diagnostika qilinadi. Demak, pedagogi oliy ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilariga "Maxsus pedagogika" o'quv fanini kengroq o'qitish dolzarb bo'lib turibdi.

Boshlang'ich ta'lim diagnostikasining o'qitish mohiyatida o'quvchilarning o'zlashtirganlik darajasini tahlil qilish asosida hulosa chiqarish va baholash muhim o'rin tutadi. Hulosa chiqarish va baholashda faqat aniqlangan ma'lumotlarga tayanish metodik jihatdan to'g'ri hisoblanadi. Bunda ta'lim muassasasining muhitiga e'tibor berish birlamchi hisoblanadi. Chunki aynan ta'lim muhiti o'quvchilarning o'zlashtirganlik darajasini baholovchi mezonlardan biri hisoblanadi.

Boshlang'ich ta'lim diagnostikasida o'qitish mohiyatini baholash nisbatan murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki olingan va tahlil qilingan ma'lumotlar asosida ta'lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi kerak. Bu borada bizning yondashuvimizga ko'ra, tavsiyalarni shakllantirishda ta'lim muassasasi muhiti va o'qituvchilarning malaka darajasini hisobga olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shunda ishlab chiqilgan tavsiyalar asosli va amaliy hususiyat kasb etadi.

2. Boshlang'ich ta'lim o'qitish samaradorligini diagnostika qilish.

Boshlang'ich ta'limda o'qitish samaradorligi keyingi paytlarda ta'lim tizimining asosiy muammosi hisoblanadi. Chunki boshlang'ich ta'limning sifat samaradorligi butun ta'lim tizimiga

March, 2023

З6

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

baho berishda asos hisoblanadi. Shu jihatdan boshlang'ich ta'limda o'qitish samaradorligini diagnostika qilishda o'quv fanlarining o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishiga asosiy e'tibor qaratiladi. Mamlakatimiz tajribasi shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich ta'limda o'quvchilar ko'p hollarda aniq va tabiiy fanlarni o'zlashtirish bo'yicha yuqori ko'rsatkichga ega. Bu holni fan olimpiadalari misolida ham ko'rish mumkin. Shu jihatdan gumanitar fanlarni o'qitish sifati diagnostika qilinishi va muntazam ravishda uning natijalari asosida rivojlantirish yo'nalishlari belgilab borilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Misol uchun, bu borada ART texnologiyasidan foydalanish kutilgan samarani beradi. O'zbekiston Rsepublikasi "Insonga e'tibor va ta'lim sifati yili" Davlat dasturida Ona tili, Adabiyot, Tasviriy san'at, Musiqa madaniyati kabi gumanitar fanlarning o'qitilish sifatini takomillashtirish vazifalari belgilangan. Shu jihatdan bu boradagi diagnostika tadbirida quyidagilarga e'tibor qaratiladi:

1) o'quv fanlarining o'quvchilar tomonidan tanlanishi;

2) o'quv fanlari bo'yicha bir necha o'qituvchilarning saboq berishi;

3) o'quv fanlari bo'yicha mintaqaviy monitoringning amalga oshirilishi.

O'quv fanlarining o'quvchilar tomonidan tanlanishi deganda qo'shimcha mashg'ulotlarning tashkil etilishi va ularning sifat darajasini baholab borish nazarda tutiladi. O'quv fanlari bo'yicha bir nechta o'qituvchilarning saboq berishi tajribali o'qituvchilar imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida yo'lga qo'yilmoqda. O'quv fanlari bo'yicha mintaqaviy monitoring tumanlar va viloyatlar kesimida amalga oshiriladi hamda ularning natijadorligi baholanadi. Bularning barchasi diagnostika qilishda o'quv fani+o'quvchi+o'qituvchi=o'zlashtirish tizimiga amal qilishni taqozo etadi.

Boshlang'ich ta'limda o'qitish samaradorligini diagnostika qilish davriy amalga oshiriladi. Bunda choraklik va bir o'quv yili davomida amalga oshirilgan diagnostika natijalariga o'quv fanlari bo'yicha qo'shimcha mashg'ulotlar, amaliy to'garaklar va o'qituvchilarning individual maxsus kurslarini tashkil etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta'lim sifati deportamenti har besh yilda o'quv fanlarini tanlash, o'qitish, o'quv adabiyotlarini yangilash va o'quvchilarning o'zlashtirish jarayonini baholaydi hamda maxsus diagnostika asosida ularni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi. Bunda ta'lim tizimining tajribali o'qituvchilari ishtirok etadi. Shu sababli boshlang'ich ta'limda o'qitish samaradorligini diagnostika qilish amaliy xarakterga ega bo'ladi. Oliy pedagogik ta'lim

jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari haftalik

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

amaliyot davrida ana shunday diagnostika tadbirlari bilan tanishishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Boshlang'ich ta'lim o'qitish samaradorligini diagnostika qilishda quyidagilarga e'tibor berish kutilgan samarani beradi:

- boshlang' ich sinf o' qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik daraj asi;

- boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mahorat darajasi;

- boshlang'ich sinf o'qituvchilarining faoliyat samaradorlik darajasi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasini diagnostika

qilishda ularning bilimi, ko'nikmasi va malakasi o'rganiladi. Chunki boshlang'ich sinf o'qituvchisi muntazam ravishda o'zi ustida ishlashi, o'qitishning turli shakllari va vositalarini bilishi kerak. Eng murakkab sharoitlarda boshlang'ich sinf o'qituvchisi xolis yechim topa olishi zaruriyat hisoblanadi. Bularning barchasi boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik tarkibini tashkil qiladi va uni diagnostika qilishda ana shu asoslarga tayaniladi.

Bugungi kunda boshlang'ich sinf o'qituvchilariga nisbatan juda ko'p talablar qo'yilgan. Shu jihatdan ularni mahorat darajasini diagnostika qilish ham muhim vazifalardlan biri hisoblanadi. Bunda o'qituvchilarning darsliklar, ma'lumotlar hamda axborotlar bilan ishlash ko'nikmasi o'rganiladi hamda baholanadi. Chunki hozirgi jamiyatimizning rivojlanish sharoitida boshlang'ich sinf o'quvchilariga nisbatan keng ma'lumotlar berish taqozo etilmoqda, bu hol boshlang'ich sinf o'qituvchilarining muntazam ravishda mahorat darajasini o'rganib borishni taqozo etadi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining faoliyat samaradorlik darajasi har bir o'quv yilining yakunida o'rganiladi va baholanadi. Aynan mana shu diagnostika tavsiyalariga binoan boshlang'ich sinf o'qituvchilarining malakasini oshirish yoki ularni qayta tayyorlash tadbirlari belgilanadi. Shu jihatdan o'qituvchilarning ta'til jarayoni imkoniyatlaridan oqilona foydalangan holda, ular bilan masofaviy ta'lim vositasida muntazam ishlash kutilgan samarani beradi.

3. Boshlang'ich ta'limda o'qitish jarayoni diagnostikasini rivojlantirish. Diagnostika - bu tekshirish emas, aksincha o'rganish va baholashdir. Shu sababli boshlang'ich ta'lim o'qitish jarayonini diagnostika qilish ishlarini rivojlantirib borish boshlang'ich ta'limning sifat samaradorligiga erishish bilan bog'liq masaladir. Buning uchun quyidigilarga e'tibor berish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) boshlang'ich sinf o'qituvchilari bilan ishlash;

2) bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini diagnostik faoliyatga tayyorlash;

3) boshlang'ich ta'limning o'qitish jarayonini diagnostika

qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.

March, 2023

Boshlang'ich sinf o'qituvchilari bilan ishlash deganda ularni diagnostika asoslari bilan tanishtirish nazarda tutiladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, maktabga tashrif buyurgan har bir mutaxassisni o'qituvchilar tekshiruvchi sifatida qabul qilishadi. Shu jihatdan diagnostika ishi bilan shug'ullanuvchi mutaxassis o'qituvchi bilan hamkor ravishda faoliyat yuritishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shunda boshlang'ich ta'limda o'qitish jarayonini diagnostika qilish amaliy natijalarni beradi. Chunki diagnostika asoslaridan xabardor o'qituvchi mazkur ishda faol ishtirok etadi. Shuningdek, oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari diagnostik faoliyatga tayyorlanishi kerak. Bunda ular diagnostika jarayonida amalga oshiriladigan ishlar, turli savolnomalar, testlar, xujjatlar bilan ishlash va adabiyotlardan foydalanish ko'nikmasini egallashi maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki ta'kidlash lozimki, diagnostika va baholash o'qitish sifatining eng muhim asosidir. Bundan tashqari boshlang'ich ta'limda o'qitish jarayonini diagnostika qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish ham dolzarb bo'lib turibdi. Bu borada bizningcha, xorijiy mamlakatlarning tajribalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasida boshlang'ich ta'limning o'qitish jarayonini diagnostika qilish maxsus mutaxassislar tomonidan bir o'quv yili davomida amlaga oshiriladi va unda maktab jamoasi faol ishtirok etadi. Bu texnologiyada asosiy e'tibor boshlang'ich ta'lim muammolarini aniqlashga qaratiladi. Buning natijasida o'qituvchilar va o'quvchilarning faolligi, tashabbuskorligi hamda o'qitishning samaradorligiga erishish mumkin bo'ladi. Shu ma'noda zamonaviy texnik uskunalar va texnologiya loyihalardan foydalangan holda qulay, oson va tez samara beradigan diagnostika texnologiyalarini ishlab chiqish muhim yechimlardan biridir.

Boshlang'ich ta'limda o'qitish jarayoni diagnostikasini rivojlantirish muhim masalalardan biri bo'lib turibdi. Buning uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi:

- oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini diagnostika asoslari bilan qurollantirish;

- o'qituvchilarning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida diagnostika asoslari bo'yicha mahorat saboqlarini o'tkazish;

- tajribali boshlang'ich sinf o'qituvchilarining diagnostika bo'yicha individual ko'nikmalarini ommalashtirib borish.

Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini diagnostika asoslari bilan qurollantirishda pedagogik turkumdagi fanlarning ahamiyati katta . Buning uchun pedagogik turkumdagi o'quv fanlari diagnostika asoslari mavzulari va o'quv materiallari

March, 2023

39

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

bilan boyitilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Mazkur ish diagnostika bo'yicha mutaxassislikka ega o'qituvchilar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi kutilgan samarani beradi.

O'rganishlar jarayoni shuni ko'rsatdiki, keyingi paytlarda o'qituvchilarning malaka oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslarida fanlar ko'lamining kengayganligi ko'zga tashlanadi. Biroq bunday kengayish ijtimoiy fanlar hisobiga amalga oshirilmoqda. Shu ma'noda mazkur kurslar mashg'ulotlarida pedagogik mahorat bo'yicha eng muhim asoslardan biri bo'lgan diagnostika metodikasi va nazariyasi bo'yicha saboq berish ham maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki amaliy faoliyatdagi boshlang'ich sinf o'qituvchilari diagnostika jarayoniga tayyor bo'lishlari kerak.

Mamlakatimizda diagnostika asoslari bo'yicha tajribali o'qituvchilar mavjud. Bunday o'qituvchilar ayniqsa, ta'ltim tizimida yillar davosmida faoliyat ko'rsatib kelayotgan o'qituvchilar guruhiga kiradi. Shu sababli tumanlar va viloyatlar kesimida diagnostika asoslari bo'yicha tajriba va malakaga ega o'qituvchilar bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bunday o'qituvchilar diagnostikaning maqsakd va muddaolarini juda yaxshi bilishadi.

E'tibor berilsa, boshlang'ich ta'lim didaktikasi diagnostikasi bir qator muhim asoslarga tayanadi. Shu sababli mazkur asoslar oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajaku boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan chuqur o'zloashtirilishi tavsiya etiladi[4].

Shunday qilib boshlang'ich ta'lim didaktikasining diagnostikasi mazkur ta'lim bosqichining sifat samaradorligini ta'minlovchi omillardan hisoblanadi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari oliy pedagogik ta'lim jarayonida mazkur masalalar bo'yicha aniq ko'nikmalarga ega bo'lishi taqozo etiladi. Buning uchun haftalik amaliyot davrida faol bo'lish maqsadga muvofiq bo'ladi. E'tibor bering:

XULOSA

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

1-rasm. Boshlang'ich ta'lim didaktikasi diagnostikasining asoslari

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - T.: "O'zbekiston". 2022

2. Djurayev R. va boshq. Pedagogik atamalar lug'ati. - T.: "Fan". 2008.

3. Jabborova O.M. Boshlang'ich ta'lim metodikasining yangi nazariy masalalari. -T.: "Zebo print", 2022

4. Ximmataliyev D. Kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi. - T.: "O'zbekiston". 2018. 117-bet.

March, 2023

41

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.