Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH TA’LIM METODIKASINI INNOVASION TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK STRATEGIYASI'

BOSHLANGʻICH TA’LIM METODIKASINI INNOVASION TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK STRATEGIYASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
24
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jabborova Onaxon Mannapovna

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida ta’lim tizimining mazmuni, o‘qitish vositalari va o‘zlashtirish jarayonini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish vazifasi qo‘yilgan [1, 4-b]. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim metodikasini innovasion takomillashtirishda xorijiy tajribalardan foydalanishning pedagogik strategiyasini belgilab olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur o‘rinda ana shu masalaning tahliliga e’tiboringizni tortamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH TA’LIM METODIKASINI INNOVASION TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK STRATEGIYASI»

BOSHLANG'ICH TA'LIM METODIKASINI INNOVASION TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING

PEDAGOGIK STRATEGIYASI Jabborova Onaxon Mannapovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10800174

"0'zbekiston-2030" strategiyasida ta'lim tizimining mazmuni, o'qitish vositalari va o'zlashtirish jarayonini ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish vazifasi qo'yilgan [1, 4-b]. Shu jihatdan boshlang'ich ta'lim metodikasini innovasion takomillashtirishda xorijiy tajribalardan foydalanishning pedagogik strategiyasini belgilab olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Mazkur o'rinda ana shu masalaning tahliliga e'tiboringizni tortamiz.

Pedagogik strategiya mazmuni. "Pedagogik strategiya" bu muayyan milliy ta'lim asoslarini istiqbolli rivojlantirish maqsadida tajribadan o'tgan tajribalarni o'zlashtirishning majmui hisoblanadi [2, 421-b.]. Shu jihatdan pedagogik strategiyalarning asoslarini o'rganish va ulardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi. Bunda boshlang'ich ta'lim metodikasini innovasion takomillashtirishda xorijiy tajribalardan foydalanishning pedagogik strategiyasini quyidagicha idrok etish maqsadga muvofiq bo'ladi:

a) xorijiy tajribalarning o'qitish asoslari bo'yicha strategiyalarini o'rganish;

b) xorijiy tajribalarning bilim va ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha strategiyalarini o'rganish;

v) xorijiy tajribalarning tarbiya amaliyotidagi strategiyalarini o'rganish;

g) xorijiy tajribalar pedagogik strategiyalarini qiyosiy o'rganib borish.

Shu jihatdan Yevropa mamlakatlari, AQSH va Osiyoning Xitoy, Indoneziya, Singapur kabi mamlakatlarida o'qitish asoslari bo'yicha muhim strategiyalar amalda bo'lib kelmoqda. Misol uchun, bu borada Germaniya Federativ Respublikasida o'qitishning amaliyotdan nazariyaga pedagogik strategiyasiga amal qilinadi [3, 5-16 b.].

Shu ma'noda asosan AQSH va Braziliya xorijiy mamlakatlarida bilim va ko'nikmalarni shakllantirishning individual strategiyalari amaliyotda keng qo'llanmoqda. Bunda har bir ta'lim beruvchining bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga doir individual strategiyalariga erkinlik tamoyili asosida munosabatda bo'linadi.

Osiyo mamlakatlarida, masalan, Xitoyda tarbiya amaliyotining muhim strategiyasi amal qilmoqda. Unga ko'ra, ta'lim oluvchilarda tarbiya ko'nikmalari bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi va bunda ta'lim beruvchilarning faoliyatiga ustuvor munosabatda bo'linadi. Shu ma'noda ota-onalar yoki ularni o'rnini bosuvchi shaxslarning ta'lim tizimidagi tarbiya strategiyasiga aralashuvi cheklangan.

Xorijiy tajribalar pedagogik strategiyalari rang-barangligi bilan ajralib turadi. Shu sababli bu strategiyalarni qiyosiy o'rganish va ulardan foydalanishning yagona hamda tipiklashgan innovatsion metodikasini ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi.

Xorijiy tajribalardan foydalanishning pedagogik strategiyasi mexanizmlari. Boshlang'ich ta'lim metodikasini oliy va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan bu masalada quyidagilarga tayanish muhim imkoniyatlarni berishini ta'kidlab o'tish lozim:

a) xorijiy tajribalardan foydalanishning qo'shma ta'lim mexanizmidan foydalanish (chunki bugungi kunda xorijlik pedagoglarning mamlakatimiz ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotganligini eslatib o'tish joiz);

b) xorijiy tajribalardan foydalanishning mamlakatimiz Pedagogikasi tajribasida innovatsion yondashuv bo'lgan 4+2 o'qitish asosidagi mexanizmdan foydalanish;

v) xorijiy tajribalardan foydalanishning Chirchiq davlat pedagogika universiteti tajribasidan o'tgan o'qitishning klaster mexanizmidan foydalanish.

g) xorijiy tajribalardan foydalanishning amaliy faoliyatdagi tajribali o'qituvchilar individual metodikasi mexanizmidan foydalanish.

Bu mexanizmlarga asoslanish xorijiy tajribalardan foydalanishning samarali pedagogik strategiyasiga ega bo'lishga olib keladi. Shu ma'noda xorijiy tajribalardan foydalanishning qo'shma ta'lim mexanizmi boshlang'ich sinf o'qituvchilari va o'quvchilarining ko'nikmalarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish imkonini beradi.

Xorijiy tajribalardan foydalanishning 4+2 o'qitish mexanizmi asosida boshlang'ich ta'lim metodikasi samaraligiga erishish mumkin. Chunki bu mexanizm bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini nazariya va amaliyot uyg'unligi asosida tarkib toptirish imkonini beradi.

Xorijiy tajribalardan foydalanishning klaster mexanizmi umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich sinf o'qituvchilari, shu maktablar biriktirilgan oliy pedagogik ta'lim muassasalari mutaxassislari va ilmiy muassasalarning hamkorligiga asoslanadi. Bunda boshlang'ich sinf o'qituvchilari xorijiy tajribalardan foydalanish amaliyotini amalga oshiradi, oliy pedagogik ta'lim muassasasi mutaxassislari ilmiy maslahatchi sifatida ishtirok etadi va ilmiy muassasalarning pedagogik olimlari esa mazkur jarayonining ekspertizasi vazifasini bajaradi. Buning natijasida xorijiy tajribalardan foydalanishning yaxlit tizimiga ega bo'linadi.

Mamlakatimizda indiviudal tajribalarga ega bo'lgan boshlang'ich sinf o'qituvchilari amaliy faoliyat yuritmoqda. Shu sababli boshlang'ich ta'limni o'zlashtirish ko'rsatkichlari zamonaviy talablarga javob beradi. Mazkur mexanizmdan foydalangan holda boshlang'ich ta'lim metodikasini innotvasion taomillashtirish keng imkoniyatlarni berishini alohida ta'kidlash lozim.

Xorijiy tajribalardan foydalanish pedagogik strategiyalarining ahamiyati. Oliy va umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich ta'lim bosqichi hamkorligida xorijiy tajribalardan foydalanishning pedagogik strategiyasiga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu masalada quyidagilar muhim o'rin tutadi:

a) boshlang'ich ta'lim jarayonida xorijiy tajribalardan foydalanishda milliy qadriyatlar ustuvorligiga tayanish;

b) xorijiy tajribalardan foydalanish pedagogik strategiyalarini amaliyotga joriy etishda tajriba-sinov ishlaridan foydalanish;

v) xorijiy tajribalardan foydalanish metodik strategiyalarining amaliy samaradorligini monitoring qilib borish;

g) xorijiy tajribalardan foydalanish pedagogik strategiyalari bo'yicha istiqbolli dasturga ega bo'lish.

Bunday yondashuv muhim amaliy imkoniyatlarni berishi bilan ahamiyatga egadir. Shu sababli mazkur masala bo'yicha maxsus pedagogik tadqiqot ishlarini amalga oshirish, innovatsion metodikalarni shakllantirish va amaliyot tajriba-sinovidan o'tkazish tizimini tarkib toptirish dolzarb bo'lib turibdi. Mazkur masalalar bo'yicha oliy pedagogik ta'lim muassasalari va ilmiy-

tadqiqot muassasalarining mutaxassislari ishtirokida yagonalashtirilgan loyiha tadqiqotlarini o'tkazib borish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shunday qilib boshlang'ich ta'lim metodikasini innovate sion takomillashtirishda xorijiy tajribalardan foydalanishning pedagogik strategiyalarini o'rganib borish va ulardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston-2030" strategiyasi. // www.ziyonet.uz

2. Djurayev R.X. va boshq. Pedagogik atamalar lug'ati. - Toshkent, 2008

3. Jabborova O., Umarova Z., Boboxodjayeva L. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya. - Toshkent, 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.