INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOSINING PEDAGOGIK
ZARURIYATI Abduraxmonova N.N.
Guliston davlat universiteti, Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 1-bosqich tayanch
doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7444773 Annontatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini o'quvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish mavzusining mohiyati va metodika tayyorgarlik tushunchasining mazmuni, o'qituvchini metodik jihatdan mahoratli bo'lib yetishishida zarur bo'luvchi omillar va pedagogik zaruriy shart-sharoitlar haqida kerakli manbalar nazariy jihatdan o'rganilgan.
Kalit so'zlar: oliy ta'lim, metodika, intellektual, salohiyat, rivojlanish, mustaqil fikr ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ НЕОБХОДИМОСТЬ ПРОБЛЕМЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. В данной статье сущность темы совершенствования методической подготовки будущих учителей начальных классов для интеллектуального развития учащихся и содержание понятия методической подготовки, факторы, необходимые учителю для становления методической грамотности и необходимые педагогические условия необходимые ресурсы изучаются теоретически.
Ключевые слова: высшее образование, методология, интеллектуал, потенциал, развитие, самостоятельное мышление.
PEDAGOGICAL NECESSITY OF THE PROBLEM OF IMPROVING METHODICAL TRAINING OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS Abstract. In this article, the essence of the topic of improving the methodological preparation offuture elementary school teachers for the intellectual development of students and the content of the concept of methodological preparation, the necessary factors and pedagogical prerequisites for the teacher to become methodologically skilled. necessary resources about the conditions are studied theoretically.
Keywords: higher education, methodology, intellectual, potential, development, independent thought.
Oliy ta'lim tizimini takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilashni ta'minlashda moddiy omillar bilan bir qatorda, talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish darajasi, salohiyati ham muhim ahamiyatga kasb etadi. Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo'yicha tegishli yondashuvlarni aniqlash maqsadida talabalarga ta'lim tarbiya berishda bir nechta dasturlarni tahlil qilib, shular asosida xozirgi kunga qadar olib borilayotgan metodik faoliyatlarga alohida e'tibor qaratamiz.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi boshlang'ich ta'lim o'quvchilarining intellektual fikrlay olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, o'zini-o'zi anglash salohiyatini shakllantirishi, moddiy borliq go'zalliklarini his eta olishga o'rgatishi, boshqalar fikrlarini tushunishini, shaxsiy fikrlarini og'zaki va yozma bayon eta olish hislatlarini shakllantirishga erishishi lozim. "Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati ma'no-mazmuni va uning dolzarbligidan kelib
2114
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
chiqib, unga quyidagicha izoh keltirish mumkin: birinchidan, yangi ta'lim tizimi, barkamol avlod kadrlarni tayyorlashdagi o'zgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo'lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bog'liqligidir; ikkinchidan, ta'lim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi; uchinchidan, ta'lim inson shaxsining intellektual-ma'naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarish va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlashga qaratilgan harakatlar yig'indisi bo'lib, ma'rifat hamda bilim berishni anglatadi; to'rtinchidan, fan jamiyatining ijtimoiy institutlaridan biri bo'lib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shaklidir. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, ma'naviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi" [3].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi "Matematika ta'limi va fanlarni yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4387-son qarori[2], 2020 yil 7 maydagi "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida" PF-4708-sonli Farmoni[4], 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5712-son Farmoni [1] hamda dissertatsiya mavzusiga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar ushbu dissertatsiya ishining nazariy asoslalari hisoblanadi.
Ta'lim sohasini isloh qilishni, avvalambor, boshlang'ich ta'limdan boshlash zarur. Zero, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang'ich sinflarda eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo'yilishi darkor. Shu zaruratdan, maktab ta'limini, o'rta maxsus ta'lim tizimini, shu bilan birga oliy ta'limni ham tubdan isloh qilish rejalashtirilgan .
Ta'lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishda moddiy omillar bilan bir qatorda, bo'lajak boshlang'ich cinf o'qituvchilarni o'quvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarni o'quvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bugungi kun davr talablariga muvofiq kelajak avlod kadrlarini tayyorlashni davrning o'zi taqozo etmoqda.
Shu bilan birga, olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish masalalariga B.S.Abdullaeva, A.Sadikova, M.Toshpulatova, Yu.Jabborova, N.Muxitdinova, Z.T.Nishonova, G.Mamatova, N.V.Kuzbmina, M.I.Lukbyanova, A.K.Markova, N.V.Matyash, Ye.M.Pavlyutenkov va boshqalar alohida to'xtalib o'tgan. B.S.Abdullaeva o'z ilmiy ishlarida boshlang'ich sinf o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish, ta'lim vositalarini rivojlantirish, matematik tafakkurni rivojlantirish borasida o'quvchilar savodxonligini oshirishga oid ishlarni tahlil qilgan [5].
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida metodik tayyorgarlikni takomillashtirishda zamon talablaridan kelib chiqib yondashish muximdir. Bunda o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini oshirish uchun, ularda zarur pedagogik bilimlar (o'qituvchi mehnati, uning pedagogik faoliyati xususiyatlari, muloqot, shaxs to'g'risida, o'quvchilarning psixik
2115
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
rivojlanishlari, ularning yosh xususiyatlari to'g'risidagi psixologiya, pedagogik ma'lumotlar), ko'nikmalar (etarlicha yuqori darajada bajarilgan xatti-harakatlar) shakllantirish lozim.
Ilmiy adabiyotlar tahlil shuni ko'rsatdiki, zamonaviy ruhiy-pedagogik ilm-fanda tadqiqotlarning ikkita mustaqil yo'nalishi: intellektul rivojlangan maktab o'quvchilari o'qituvchisining psixologiyasi va o'qituvchini intellektul rivojlangan o'quvchilar bilan ishlashga tayyorlash alohida ajratiladi.
O'quv jarayonidagi didaktik vaziyatlar (o'qituvchining xulqini belgilovchi, uning o'z-o'ziga bahosi, didaktik qiziqishlari darajasini ifodalovchi, o'qituvchining motivatsiyasi, o'z mehnatining ma'nosini anglash bilan bevosita bog'liq uning o'quvchiga, hamkasblariga, o'ziga munosabatlari barqaror tizimi), o'qituvchilarning o'z fanlari haqida chuqur bilimga egaligi kabi ko'nikmalar shakllantirilishi zarur. Har bir pedagogning motivatsion sohani rivojlantirishi ya'ni maqsad qo'ya olishi, qiziqishlarini to'g'ri taqsimlay olishi, shaxsiy motivlarini qamrab oluvchi psixologik sifatlar majmui malakaga aylantirilishi lozim.
A.K.Markova boshlang'ich sinf o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini "mustaqil va mas'uliyatli ishlashga imkon beruvchi psixik holat, inson mehnatining natijalaridan iborat bo'lgan, insonning ma'lum mehnat vazifalarini bajarish qobiliyati va ko'nikmasi" [9] sifatida e'tirof etadi. O'qituvchi kasbi ijodiy yondashuv talab etadigan kasb va o'qituvchi o'quvchining intellektini rivojlantirish bo'yicha ulkan imkoniyatlarga ega. Maktab o'quvchilarida intellektni intellektual fikrlovchi o'qituvchilar rivojlantirishi lozim. Biroq bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisini o'quvchilarda ijodkor shaxsni rivojlantirish bo'yicha ishlari samarali kelishini ta'minlovchi metodik bilimlar bilan qurollantirish o'qituvchilarni kasbiy-pedagogik tayyorlashning juda muhim va istiqbolli qismi sanaladi.
G.L.Lukankin bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisini metodik tayyorlash amaliy yo'naltirilgan bo'lishi kerakligi haqida fikrni qo'llab quvvatlaydi. Bunda olim boshlang'ich sinf o'qituvchisini tayyorlash masalasini hal etishda talabalar o'qiydigan fanlar sonini oshirish yo'lidan emas, balki ta'lim va bo'lajak o'qituvchining mustaqil ishlarini samarali tashkil etishni individuallashtirish yo'lidan borish kerakligini, ya'ni ommaviy, yalpi ta'limdan individual yondashuvni kuchaytirish zarurligini qayd qiladi[8].
D.I.Yunusova o'zining doktorlik dissertatsiyasi ishida bo'lajak matematika o'qituvchisining rivojlanishidagi ta'lim-tarbiya jarayoniga moslashish imkoniyatini beruvchi innovatsion faoliyatga tayyorgarlik matematika o'qituvchisi innovatsion faoliyat mazmunini, pedagogika oliy ta'lim muassasasida o'qitiladigan matematika fanlari bilan uzluksiz matematik tayyorgarlik mazmuni uzviyligini, mutaxassislik fanlarini o'qitishning innovatsion muhiti, maxsus integrativ kurs, pedagogik amaliyot asosida talabalarda innovatsion pedagogik faoliyat motivatsiyasi, bu faoliyatga nazariy va amaliy tayyorgarlikni shakllantirish masalalariga aloxida to'xtalib o'tgan[11].
Sh. S. Sharipovning o'z ilmiy ishlarida kreativ axborot muhitida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash muhim ekanligini va metodik tayyorlangan o'qituvchilar innovatsion rivojlangan bo'ladi va ta'lim siyosatining yangi yo'nalishlariga ham moslashuvchan bo'lishini ta'kidlab o'tadi. Olim ilmiy ishlarida tahsil oluvchini qanday o'qitish yemas, balki qanday o'qishga o'rgatish kerak, degan g'oyani ilgari surgan[12].
N.L.Stefanova o'z tadqiqot ishida talabalar - bo'lajak matematika o'qituvchilarini metodik tayyorlash mazmunini yoritib bergan. Muallifning fikricha, unga nafaqat o'quv fani bo'yicha bilimlar balki ushbu bilimlar qo'llaniladigan turli faoliyat turlari ham kiritilishi lozim.
2116
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Shuningdek, kasbga tayyorlashning metodik tizimi N.L.Stefanova tomonidan matematika o'qitish jarayonini amalga oshirishning nazariy asoslari, haqiqiy bilimlari va metodlarini o'zlashtirishga yo'naltiruvchi maxsus tashkil etilgan ta'lim sifatida ko'rib chiqiladi. Kasbga metodik tayyorlash holati haqida yakuniy natijalari bo'yicha ham, uni shakllantirishda mavjud muammolar bo'yicha ham olim o'z mulohazalarini keltirgan[10].
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik tayyorgarligiga talablar o'zgarishi ikkita asosiy ta'lim paradigmasi: xususan, shaxsga yo'naltirilgan yondashuvda namoyon bo'luvchi insonparvarlik va ta'limning ijtimoiylashuvi bilan belgilash mumkin.
M.E.Jumaevning fikricha, "bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning matematik-metodik tayyorgarligi - matematikada ilmiy izlanishning metodologiyasi va tarixi, gumanitar yo'naltirilgan boshlang'ich matematika ta'lim komponenti sifatida o'quvchilarda izlanuvchan matematik faoliyati shakllanishini nazarda tutgan" [7].
B.S.Abdullaeva ilmiy ishlarida quyidagi mulohazalar keltirilgan: "Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy salohiyati va ma'lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim metodikasini bilishi boshlang'ich ta'lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida zaruriy ko'nikmalarni shakllantirish, boshlang'ich ta'lim sifat samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, o'qitishning zamonaviy vositalarini amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq"[5].
Bugungi kunda innovatsion axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga integratsiya qilishga qiziqish ortib bormoqda. Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash, o'quvchilarga o'rganayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topib, mustaqil bajarib-o'rganib, xulosa chiqarish va tahlil qilish imkoniyatlarini beradi. Bunday pedagogik jarayonda o'qituvchi o'quvchilarni har tomonlama barkamol shaxs sifatida bilim olishiga texnologiyalarning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga e'tibor bermog'i lozim.
Mazkur mulohazalar albatta bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirishda zamonaviy yondashgan holda o'quvchilarni tayyorlashga o'rgatishda o'z samarasini beradi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirishda albatta fanlararo integratsiyaga alohida e'tibor qaratish aloxida axamiyatga yega.
Xususan, Sh.S.Abduraimov o'z ilmiy izlanishida shunday fikrlarni keltiradi: "Integratsiya, fanlararo aloqadorlik, o'zaro aloqadorlik, uzviylik kabi tushunchalar pedagogikada keng ko'llanilsa-da, biroq ko'plab o'qituvchilar ularni deyarli bir xil tushuncha deb tushunadilar. Holbuki, bu tushunchalar ma'no jihatdan bir-biridan farq qiladi. So'nggi vaqtlarda predmetlararo aloqadorlik va integratsiya munosabatlarini talqin etish borasida yangi qarashlar kelib chiqmoqda. Pedagog kadrlarni tayyorlash va fanlar integratsiyasini amalga oshirishda umumkasbiy va ixtisoslik fanlar blokidan o'rin olgan fanlarning ulushi aloxida axamiyatli. Bo'lajak o'qituvchilarning fanlar integratsiyasi bo'yicha o'zlashtiradigan nazariy bilimlari, fanlararo bog'lanishlarni amalga oshirish ko'nikmalarini shu fanlarni o'rganish jarayonida egallab boradilar. Umumkasbiy fanlar blokidagi psixologiya va pedagogika fanlarini o'qitishda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kasbiy sifat va kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismlarini shakllantirishga e'tiborni qaratish, yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka erishishi orqali ilmiy-metodik tayyorgarlikka asos yaratishni nazarda tutish zarur. Fanlarni o'qitishda kasbga yo'naltirish, fanlar integratsiyasini amalga oshirish va talabalarning ilmiy tayyorgarligini ilmiy metodik tayyorgarlik bilan uyg'unlashtirish, matematika va
2117
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
umumkasbiy fanlar bilan integratsiyasini amalga oshirish orqali talabalarda muayyan bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish va bog'liq ravishda metodik tayyorgarlikning tarkibiy qismlari bo'lgan g'oyaviy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy, ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga poydevor tayyorlanadi"[6]
Ushbu mualliflar tomonidan ilgari surilgan fikr va mulohazalarni qo'llashda albatta bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida zamonaviy bilimlarni egallashda, axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishda, pedagogik mahoratini oshirishda, xalqaro tajribalardan foydalangan holda o'quvchilar bilimlarini baholashda intellektual qobiliyatlarini shakllantirishlari lozim.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini o'quvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishda avvalambor, o'quvchilarni intellektual rivojlantirish matematika fani bilan ko'proq bog'liqligini inobatga olgan holda, bo'lajak o'qituvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirish ham muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Demak, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning metodik tayyorgariligi ustida ishlash jarayonida talabalarga nafaqat ilmiy bilimlar berish bilan cheklanib qolmay o'rganilgan bilimlarni amaliy jarayonda qo'llay olish ko'nikma va malakalarini xam shakllantirib borilishiga aloxida axamiyat berish lozim. Xususan, boshlang'ich ta'lim fanlarini amaliy o'rgatish, muntazam va izchil o'rgatish, namunalar va maxsus mashqlar asosida o'rgatish, turli xatolarning oldini olish va ularni to'g'rilash orqali bajarish kabi o'z ustida ishlovchi amaliy vazifalarni bajarish orqali singdirib borish muhim xisoblanadi. O'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, barcha o'quv fani dasturidagi mavzularni puxta o'zlashtirilishiga yordam beradigan, mustaqil fikr yuritish, fikrini erkin ifodalash, boshqalar fikrini tinglash, mulohaza yuritish, ulardan eng muhimlarini ajrata olish, o'z fikrini ilgari surish, uni dalillash, umumlashtirish va xulosalashga o'rgatish, o'qituvchining til materialidan foydalanishga qiziqish uyg'otish, unda amalda foydalanish ehtiyojini yuzaga keltirish hozirgi kun talabi sifatida o'rganilmoqda.
Yuqorida qayd etilganidek, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish borasida bir qancha vazifalar ajratib ko'rsatiladi. (1.2-rasm)
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining fanlarni o'qitish jarayonidagi vazifalari quyidagilar:
- fan-o'quvchini fikr yurita olishga undashi kerak;
-o'zgalar fikrini anglashga o'rgata olishi muxim;
- o'z fikrini og'zaki hamda yozma ravishda ravon bayon qila olishga yo'naltirishi;
- ta'lim falsafasi va tarixi tomonlama kompetentli bo'lishi va fan doirasida mustahkamlangan bilim, ko'nikma, malaka tushunchalariga izoh bera olish zarur. Mazkur vazifalarni boshlang'ich sinf o'qituvchilarida shakllantirilishi bevosita o'quvchilarni kelajakda bilimli va intellektual rivojlangan kadrlar bo'lib yetishida o'z samarasini ko'rsatadi.
2118
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
A.
ta'lim jarayonini tashkil etuvchi o'quvchi va o'qituvchi shaxsiga o'quv faoliyati sub'ekti sifatida yondashish;
o'qituvchi va o'quvchining ta'lim jarayoniga ijodiy yondashuvini o'sti^ib rivojlantirib borish;
J_
o'qituvchilarning fanlarni o'qitishni takomillashtirilgan an'anaviy va noan'anaviy shakl, metod va vositalaridan foydalanish ko'nikmasi va malakasini oshirish;
dars loyihasining har bir bosqichi ustida ishlashni o'rgatish;
o'quvchilarning fanlarni amaliy o'zlashtirishlari uchun mashq
topshiriqlarini bajarish, ta'lim usullarini rivojlantirish;
\
o'quvchilar faoliyatini, o'zlashtirish darajasini doimiy o'rganib borish, natijalarini tahlil qilish, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralarini belgilay olishni singdirib borish.
1.1-rasm. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini
takomillashtirishning vazifalari
Boshlang'ich sinf o'qituvchilari xar bir o'quvchilarni psixologiyasini bilishi zarur, chunki asosiy ob'ekt bu o'quvchi. O'qituvchi darsga kirganda bu o'quvchi bilan qanday gaplashish zarurligini, qaysi metoddan foydalanib ta'lim berish yo'lini, ta'limni qanday berganimizda o'quvchi yengil qabul qila oladi degan bir nechta savollarga javob olish uchun xam bo'lajak o'qituvchilar bola psixologiyasini bilishi lozim.Chunki, boshlang'ich sinf o'quvchilari o'yinqaroq bo'ladi, bu vaziyatda boshlang'ich sinf o'qituvchilari dars o'tish metodikasini tanlaganda turli xil o'yinlarni tanlashi, o'yin qandaydir ta'lim berishi lozim, shuning uchun ham ta'limiy o'yinlardan foydalanib darsni tashkil qilishb, o'quvchilarni darsga qiziqtirishi lozim. Yuqori sinf o'quvchilari jamiyatga kirishishga tayyorlanayotgan jarayonda, bu jarayonda o'quvchilarni guruhda ishlatib ta'lim beriladigan bo'lsa, o'quvchilar bir-biriga qiziqib rivojlanadi. Yuqori sinfda dars metodikasini tanlashda o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatishga qaratilgan usullardan foydalanish lozim.
Dars o'tish metodikasini tanlash juda muhim va ahamiyatli, zamonaviy axborot vositalari(kompyuter, prorektor..) ni qo'llash darsni a'lo darajada o'tishni xar doim xam ta'minlamaydi. Ammo ushbu vositalarsiz dars samarali bo'lmaydi degani emas, agar boshlang'ich sinf o'qituvchi dars o'tish metodikasini to'g'ri tanlasa bitta mel bilan ham samarali dars o'tishi mumkin. Boshlang'ich sinf o'qituvchi shunday bo'lishi kerakki, qo'lidagi bor narsalardan foydalanib zo'r qilib darsni tashkil qila oladigan bo'lishi lozim.
Olib borayotgan ilmiy tadqiqotimizning asosiy maqsadi - O'zbekistonda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini o'quvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirib, didaktik imkoniyatlarini, metodlarini aniqlab uni pedagogik jarayonga tatbiq yetishdan iborat.
Hozirgi vaqtda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari metodik tayyorgarligini takomillashtirishda, o'quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z o'rnida foydalanish bilan bir qatorda xalqaro baholash dasturlari bilan ham chambarchas bog'liq. Bu, ayniqsa, matematika fanini o'qitish jarayonida innovatsion
2119
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
yondashuv sifatida xalqaro baholash dasturi asosida o'qitishga asoslangan metodikaning yangi shakl, vositalaridan foydalanishda yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bugungi kun bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilariga faqatgina tayyor bilimlarni beribgina qolmay, ularga elektron-axborot resurslardan foydalanishni va xalqaro baholash dasturlari asosida o'quvchilar savodxonligini baholashga o'rgatish muhim masalalardan hisoblanadi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish muammosi bo'yicha o'tkazilgan ilmiy ishlar tahlili quyidagilar vazifalar bajarilishini o'z ichiga oladi.
Tavsiyalar:
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning individual qobiliyatlari va imkoniyatlariga yo'nalganlik hisobiga matematika fanini o'qitishning ijtimoiylashuv jihatlarini amalga oshirishni yo'lga qo'yish;
- ham mazmuni, ham faoliyat metodlariga ko'ra oliy ta'lim muassassalari matematika o'qitish metodikasi fanini o'qitishda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini o'quvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish xamda boshlang'ich sinf matematika fanini o'qitish kursi o'rtasida o'zaro chambarchas aloqani shakllantirish.
- metodika kursini amaliy yo'nalganligiga e'tiborni kuchaytirib, pedagogik va metodik amaliyotdagi aloqalar, qisman qidirish, qidirish va tadqiq qilish tusidagi topshiriqlarni joriy qilish hisobiga bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning matematika o'qitish metodikasini o'rganish samaradorligini oshirish;
- axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematik o'rganishida uzviylikni amalga oshirishga bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash, bu boshlang'ich matematika kursidagi masalalarni rivojlantirishni ko'rsatadi;
- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini o'quvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini o'quvchilarni intellektual rivojlanishga tayyorlash;
- boshlang'ich sinf o'qituvchilarini to'garak, olimpiada, musobaqlar kabi faoliyat shakllarini yo'lga qo'yishga layoqatli shaxs darajasiga yetkazish.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish uchun yuqorida qayd etib o'tilgan barcha nazariy asoslar, fikrlarni inobatga olib, ta'lim jarayonida ta'lim mazmuni, o'rgatish, o'rganish bir-biri bilan uzviy aloqada shuning uchun ulardan hech birini e'tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Xulosa qilib aytganda, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgariligini takomillashtirish jamiyat rivojining zaruriy sharti hisoblanadi.
REFERENCES
1. 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF- 5712-sonli Farmoni
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi "Matematika ta'limi va fanlarni yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
2120
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4387-son qarori
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5847-son Farmoni
4. 2020 yil 7 maydagi "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqiotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-4708- sonli Farmoni
5. Abdullayeva B.S va b Boshlang'ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish-Toshkent.: OOO "Jahon print",2011,146- b.
6. Abduraimov Sh.S. Kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlash sifatini ta'minlashda tarmoqlararo amaliy integratsiya. Monografiya. -Toshkent: Navro'z, 2014. - 120 b
7. Jumayev M.E., „Matematika o'qitish metodikasidan praktikum"- Toshkent.: O'qituvchi, 2004, 328 bet.
8. Луканкин Г.Л. Высшая математика для экономистов. Курс лекций. 2009г
9. Маркова А.К., Матис Т.А. Формирование мотивации учения. М.: изд-во «Педагогика». 1990. С.34-56
10. Stefanova N. L. Volkova T. S.,Matematika o'qituvchisini tayyorlashning tuzilishi va mazmuni, uning fan kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan. - 2014 yil
11. Yunusova D.I. Bo'lajak matematika o'qituvchisi metodik tayyorgarligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari. Darslik. Tafakkur qanotlari. 2018
12. Sharipov Sh.S. O'quvchilar kasbiy ijodkorligi uzviyligini ta'minlashning nazariyasi va amaliyoti: Pedag. fan. d-ri. ... diss. avtoref. -T.: 2012. -B. 46
2121