Научная статья на тему 'BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH VA AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI.'

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH VA AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
263
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metodik tayyorgarlik / komponentlar / qobiliyat. individual qobiliyat / fikrini ilgari surish / kompetentsiya. / methodical preparation / components / skill. individual abilities / promotion of opinion / competence.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dehqonova, Mahliyo Shuhrat Qizi

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammolari tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF DEVELOPMENT AND IMPLEMENTATION OF THE TECHNOLOGY FOR IMPROVING METHODOLOGICAL TRAINING OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS.

This article explores the scientific and pedagogical problems of improving the methodological training and advanced training of primary school teachers. it summarizes the opinions of foreign and domestic researchers. the principles, theoretical and pedagogical aspects of the professional development of primary school teachers are scientifically substantiated.

Текст научной работы на тему «BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH VA AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI.»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH VA AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI.

Mahliyo Dehqonova Shuhrat qizi

Farg'ona davlat universiteti Boshlang'ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammolari tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.

Kalit so'zlar: metodik tayyorgarlik, komponentlar, qobiliyat. individual qobiliyat, fikrini ilgari surish, kompetentsiya.

ABSTRACT

This article explores the scientific and pedagogical problems of improving the methodological training and advanced training of primary school teachers. it summarizes the opinions of foreign and domestic researchers. the principles, theoretical and pedagogical aspects of the professional development of primary school teachers are scientifically substantiated.

Keywords: methodical preparation, components, skill. individual abilities, promotion of opinion, competence.

KIRISH

Olib borayotgan ilmiy tadqiqotimizning asosiy maqsadi - O'zbekistonda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini, o'quvchilarini intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirib, didaktik imkoniyatlarini, metodlarini aniqlab uni pedagogik jarayonga tatbiq etishdan iborat. Hozirgi vaqtda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari metodik tayyorgarligini takomillashtirishda, o'quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z o'rnida foydalanish bilan bir qatorda xalqaro baholash dasturlari bilan ham chambarchas bog'liq. Bu, ayniqsa, matematika fanini o'qitish jarayonida juda zarur. O'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o'z-o'zini rivojlantirish kabi asosiy

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o'z navbatida, o'qituvchining o'z fanini o'qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta'lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o'qitish va tarbiyalash jarayonini ta'lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o'z-o'zini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy jamiyatdagi tub o'zgarishlar oliy ta'limni sezilarli darajada qayta yo'naltirishni, ta'lim shakllari, vositalari va usullarini optimallashtirishni, mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirishning yangi usullarini izlashni talab qiladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI (LITERATURE REVIYEW).

Dars o'tish metodini tanlash juda muhim va ahamiyatli, zamonaviy axborot vositalari(kompyuter, proyektor..) ni qo'llash darsni a'lo darajada o'tishni xar doim xam ta'minlamaydi. Ammo ushbu vositalarsiz dars samarali bo'lmaydi degani emas, agar boshlang'ich sinf o'qituvchi dars o'tish metodikasini to'g'ri tanlasa bitta mel bilan ham samarali dars o'tishi mumkin. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi shunday bo'lishi kerakki, qo'lidagi bor narsalardan foydalanib zo'r qilib darsni tashkil qila oladigan bo'lishi lozim. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish muammosi bo'yicha o'tkazilgan ilmiy ishlar tahlili quyidagi vazifalarni bajarilishini o'z ichiga oladi.

Tavsiyalar:

- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning individual qobiliyatlari va imkoniyatlariga yo'nalganlik hisobiga matematika fanini o'qitishning ijtimoiylashuv jihatlarini amalga oshirishni yo'lga qo'yish;

- ham mazmuni, ham faoliyat metodlariga ko'ra oliy ta'lim muassassalari matematika o'qitish metodikasi fanini o'qitishda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini o'quvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish xamda boshlang'ich sinf matematika fanini o'qitish kursi o'rtasida o'zaro chambarchas aloqani shakllantirish.

- metodika kursini amaliy yo'nalganligiga e'tiborni kuchaytirib, pedagogik va metodik amaliyotdagi aloqalar, qisman qidirish, qidirish va tadqiq qilish tusidagi topshiriqlarni joriy qilish hisobiga bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning matematika o'qitish metodikasini o'rganish samaradorligini oshirish;

- axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematik o'rganishida uzviylikni amalga oshirishga bo'lajak

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash, bu boshlang'ich matematika kursidagi masalalarni rivojlantirishni ko'rsatadi;

- bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini o'quvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini, o'quvchilarni intellektual rivojlanishga tayyorlash;

- boshlang'ich sinf o'qituvchilarini to'garak, olimpiada, musobaqlar kabi faoliyat shakllarini yo'lga qo'yishga layoqatli shaxs darajasiga yetkazish.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish uchun yuqorida qayd etib o'tilgan barcha nazariy asoslar, fikrlarni inobatga olib, ta'lim jarayonida ta'lim mazmuni, o'rgatish, o'rganish bir-biri bilan uzviy aloqada shuning uchun ulardan hech birini e'tibordan chetda qoldirmaslik lozim.

TAHLIL VA NATIJALAR(ANALYSIS AND RESULTS)

Bugungi kunda innovatsion axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga integratsiya qilishga qiziqish ortib bormoqda. Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash, o'quvchilarga o'rganayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topib, mustaqil bajarib-o'rganib, xulosa chiqarish va tahlil qilish imkoniyatlarini beradi. Bunday pedagogik jarayonda o'qituvchi o'quvchilarni har tomonlama barkamol shaxs sifatida bilim olishiga texnologiyalarning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga e'tibor bermog'i lozim. Mazkur mulohazalar albatta bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirishda zamonaviy yondashgan holda o'quvchilarni tayyorlashga o'rgatishda o'z samarasini beradi.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirishda albatta fanlararo integratsiyaga alohida e'tibor qaratish aloxida axamiyatga ega. Demak, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning metodik tayyorgariligi ustida ishlash jarayonida talabalarga nafaqat ilmiy bilimlar berish bilan cheklanib qolmay o'rganilgan bilimlarni amaliy jarayonda qo'llay olish ko'nikma va malakalarini ham shakllantirib borilishiga aloxida axamiyat berish lozim.

Xususan, boshlang'ich ta'lim fanlarini amaliy o'rgatish, muntazam va izchil o'rgatish, namunalar va maxsus mashqlar asosida o'rgatish, turli xatolarning oldini olish va ularni to'g'rilash orqali bajarish kabi o'z ustida ishlovchi amaliy vazifalarni bajarish orqali singdirib borish muhim xisoblanadi. O'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, barcha o'quv fani dasturidagi mavzularni puxta o'zlashtirilishiga yordam beradigan, mustaqil fikr yuritish, fikrini erkin ifodalash, boshqalar fikrini tinglash, mulohaza yuritish, ulardan eng muhimlarini ajrata olish, o'z fikrini ilgari surish, uni dalillash, umumlashtirish va xulosalashga o'rgatish, o'qituvchining til materialidan foydalanishga qiziqish

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

uyg'otish, unda amalda foydalanish ehtiyojini yuzaga keltirish hozirgi kun talabi sifatida o'rganilmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI (RESEARCH METHODOLOGY).

Bir tomondan, pedagogika va boshlang'ich ta'lim metodikasi fakulteti talabalarining umuminsoniy qadriyat sifatidagi matematik bilimlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondira oladigan, jamiyat ehtiyojlarini qondira oladigan t a'lim tizimini yaratish zarur. Izlanishlar shuni ko'rsatadiki, o'quvchilarning ob'ektlarni birlashtirish va almashtirish qobiliyatini rivojlantirish boshlang'ich maktabdan boshlash ancha samaralidir.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining fanlarni o'qitish jarayonidagi vazifalari quyidagilar:

- fan-o'quvchini fikr yurita olishga undashi kerak;

-o'zgalar fikrini anglashga o'rgata olishi muxim;

- o'z fikrini og'zaki hamda yozma ravishda ravon bayon qila olishga yo'naltirishi;

- ta'lim falsafasi va tarixi tomonlama kompetentli bo'lishi va fan doirasida mustahkamlangan bilim, ko'nikma, malaka tushunchalariga izoh bera olish zarur.

Mazkur vazifalarni boshlang'ich sinf o'qituvchilarida shakllantirilishi bevosita o'quvchilarni kelajakda bilimli va intellektual rivojlangan kadrlar bo'lib yetishida o'z samarasini ko'rsatadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari xar bir o'quvchilarni psixologiyasini bilishi zarur, chunki asosiy ob'ekt bu o'quvchi. O'qituvchi darsga kirganda bu o'quvchi bilan qanday gaplashish zarurligini, qaysi metoddan foydalanib ta'lim berish yo'lini, ta'limni qanday berganimizda o'quvchi yengil qabul qila oladi degan bir nechta savollarga javob olish uchun xam bo'lajak o'qituvchilar bola psixologiyasini bilishi lozim.Chunki, boshlang'ich sinf o'quvchilari o'yinqaroq bo'ladi, bu vaziyatda boshlang'ich sinf o'qituvchilari dars o'tish metodikasini tanlaganda turli xil o'yinlarni tanlashi, o'yin qandaydir ta'lim berishi lozim, shuning uchun ham ta'limiy o'yinlardan foydalanib darsni tashkil qilishb, o'quvchilarni darsga qiziqtirishi lozim. Yuqori sinf o'quvchilari jamiyatga kirishishga tayyorlanayotgan jarayonda, bu jarayonda o'quvchilarni guruhda ishlatib ta'lim beriladigan bo'lsa, o'quvchilar bir-biriga qiziqib rivojlanadi. Yuqori sinfda dars metodikasini tanlashda o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatishga qaratilgan usullardan foydalanish lozim.

XULOSAVA TAKLIFLAR(CONCLUSION/RECOMMENDATIONS).

Bo'lajak boshlang'ich maktab o'qituvchisining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish muammosining dolzarbligi zamonaviy ta'lim tizimida quyidagilar o'rtasida qarama-qarshiliklar mavjudligi bilan bog'liq:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

- boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kichik yoshdagi o'quvchilarning dastlabki tasavvurlarini shakllantirish metodikasi bilan ta'minlash zarurati va bu muammoning etarli darajada rivojlanmaganligi.

Biz ushbu qarama-qarshiliklarni hal qilishni tadqiqot muammosini hal qilish kontekstida ko'rib chiqamiz: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy kompetentsiyasini shakllantirishning nazariy va uslubiy shartlarini aniqlash.

Zamonaviy maktabning ta'lim tizimidagi muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat uchun bo'lajak o'qituvchi o'quvchilarga matematik bilimlarni o'rgatish jarayonida faktlar, qonunlar, usullar va ma'lumotlar tuzilmalarini tushunishni kafolatlaydigan etarli miqdordagi matematik bilimga ega bo'lishi kerak. Matematika bo'limlari, amaliy masalalarni malakali yechish imkonini beruvchi yuqori darajada shakllangan ko nikma va malakalar. Topshiriqlar va shu bilan bir qatorda boshqa fanlarni o'zlashtirishda matematik savodxonlik bilimining muhim ahamiyatga ega:

- amaliyotda qo'llash, turdosh fanlarni o'rganish, uzluksiz ta'lim uchun zarur bo'lgan fan bo'yicha bilimlarni shakllantirish;

- talabalarga mavhum xarakterdagi bilimlarni o'zlashtirishdan aniq ko'rinish shakllariga o'tishni ta'minlaydigan faoliyatni amalga oshirish usullarini o'rgatish;

- talabalarning ilmiy nazariyalarni qurish tamoyillari, dunyoning ilmiy manzarasi, zamonaviy fan, texnika va iqtisodiyotdagi o'rni haqida g'oyalarini rivojlantirish. Xulosa qilib aytganda, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgariligini takomillashtirish jamiyat rivojining zaruriy sharti hisoblanadi.

REFERENCES

1. Farkhodovich, T. D. kizi, DMS., & kizi, AUY.(2022). Critical Thinking in Assessing Students. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 267-271.

2. Qizi, DMS va Qizi, RGX (2022). IKKI RAQAMLI SONLARNI QO'SHISH VA AYIRISHNI O'RGANISH USULLARI MAKTABDA. Gospodarka va Innovacje. , 22 , 61-67.

3. Qizi, D. M. S., & Qizi, R. G. X. (2022). МЕТОДЫ ИЗУЧЕНИЯ СЛОЖЕНИЯ И ВЫЧИТАНИЯ ДВУЗНАЧНЫХ ЧИСЕЛ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ. Gospodarka i Innowacje., 22, 61-67.

4. Qizi, DMS va Qizi, RGX (2022). IKKI RAQAMLI SONLARNI QO'SHISH VA AYIRISHNI O'RGANISH USULLARI MAKTABDA. Gospodarka va Innovacje. , 22 , 61-67.

5. Farkhodovich, T. D. kizi, DMS., & kizi, AUY.(2022). Critical Thinking in Assessing Students. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 267-271.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023

6. Тоджимаматович, Дж. В. (2023). Понятие и сущность информационной безопасности - Concept and Essence of Information Security. Сеть синергии: Международный междисциплинарный исследовательский журнал, 2(4), 643647.

7. Акмалджоновна, А. З. (2021). Методы формирования навыков самостоятельного чтения у учащихся начальной школы. ACADEMICIA: Международный междисциплинарный исследовательский журнал, 11(3), 14251428.

8. Кизи, S. G. G. O. (2022). ЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ ОСНОВА И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ПРЕПОДАВАНИЯ ЗНАЧЕНИЯ СЛОВА УЧАЩИМСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ. Европейский международный журнал междисциплинарных исследований и управленческих исследований, 2(12), 117-123.

9. Dehqonova M.Sh, Axmedova U.Y., Preparation for mathematical literacy in the process of training future primary school teachers, Vol №11 pp. 714-722, https://doi.org/10.5281/zenodo.7824388

10. Ahmedova, U. Y. Q., & Axmedova, M. U. B. Q. (2021). Vatanim Surati. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 877-883.

11. Axmedova, U. (2022). On Certain Conditions Of Striking Coefficients Of Fourier Series To Zero. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 3(3), 3-8.

12. Qizi, A. U. Y., & Qizi, A. M. U. B. (2021). Research On Hydronyms and Their Importance.

13. Axmedov, O. U. B. O. G., & Qizi, A. U. Y. (2022). STEREOMETRIYA BO'LIMI VA UNING BA'ZI AKSIOMALARIDAN KELIB CHIQADIGAN NATIJALAR. International scientific journal of Biruni, 1(2), 127-133.

14. Axmedova, U. Y. Q., & Axmedova, M. U. B. Q. (2022). XALQ OG'ZAKI IJOD NAMUNALARINING BOSHLANG'ICH SINF DARSLIKLARIDA QO'LLANISHI VA ULARNING MAZMUNIY GURUHLANISHI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 345-351.

15. Samatov, B. T. (2020). The strategy of parallel pursuit for differential game of the first order with Gronwall-Bellman constraints. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(4), 15-20.

16. Тажиахматович, C. Б. (2021). ЗАДАЧА УБЕГАНИЯ ДЛЯ ДИФФЕРЕНЦИАЛЬНЫХ ИГР ПЕРВОГО ПОРЯДКА С ОГРАНИЧЕНИЕМ ГРОНУОЛЛА-БЕЛЛМАНА. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 2(6), 1-5.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

17. Ne'matov, I., & Axmedov, O. (2021). BOULE FUNCTION AND ITS INTERPRETATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 3(3), 8-12.

18. Axmedov, O. U., & Abdumannopov, M. M. (2022). GRONUOLL-BELLMAN CHEGARALANISHLI BIRINCHI TARTIBLI DIFFERENSIAL O'YIN UCHUN PARALLEL QUVISH STRATEGIYASI. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 1(10), 324-326.

19. Abdumannopov, M. M., Akhmedov, O. U., & Tokhtasinov, T. (2022). ESSENTIAL MODES FOR ACTIVATING MASTERING SUBJECTS AT SCHOOLS. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 3(12), 1-4.

20. Abdumannopov, M. M., Axmedov, O. U., To'Lqinboyev, T., & Azizov, M. (2022). MAKTAB O'QUVCHILARINING DARS MASHG'ULOTLARINI O'ZLASHTIRISHINI FAOLLASHTIRUVCHI MUHIM OMILLAR. International scientific journal of Biruni, 1(2), 165-169.

21. Muhammadsodiq, A. (2022). Game Theory as a Theory of Conflicts. International Journal of Culture and Modernity, 17, 123-126.

22. Axmedov, O. U. B. O. G., & Qizi, A. U. Y. (2022). STEREOMETRIYA BO'LIMI VA UNING BA'ZI AKSIOMALARIDAN KELIB CHIQADIGAN NATIJALAR. International scientific journal of Biruni, 1(2), 127-133.

23. Axmedova, U. Y. Q. (2023). O'QUVCHILARNING FAOLLIK DARAJASIGA KO'RA FARQLANUVCHI METODLAR, O'QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4), 336-343.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.