Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA MATEMATIKANI O'RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Norboyeva Sayyora Murodovna
Guliston davlat universiteti katta o'qituvchisi Rajabova Munisa Aminboy qizi, Toshpo'latova Dilnura G'ofur qizi
GulDU Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari
Mazkur tadqiqot jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematik amallarni o'tgatish jarayonidagi pedagogik texnologiyalarning zamindorligi beqiyos asoslab berildi.
Kalit so'zlar: matematika, texnologiya, kasbiy metod, innovatsiya, mahorat.
АННОТАЦИЯ
В ходе данного исследования доказана значимость педагогических технологий в процессе обучения учащихся начальной школы математическим действиям.
Ключевые слова: математика, технология, профессиональный метод, инновации, мастерство.
O'quvchida darsga bo'lgan qiziqishni oshirishda, mustaqil fikrga ega bo'lishida, faol, bilimli shaxsni kamol toptirishda pedagogik texnologiyalarning dars jarayonida qo'llanishi katta ahamiyat kasb etadi. Ta'limning mazmunini yangilaydi. Hozirgi zamon o'qituvchisi o'z mehnati jarayonida ilg'or usullarni o'z darslarida qo'llashi o'qituvchidan katta mahorat va malaka talab etadi. Bunday o'qituvchilar darsga yangicha yondashib, o'quvchilarning mustaqil ishlariga imkon yaratishi kerak. Ya'ni dars jarayonida o'quvchilarning mustaqil ishlariga e'tibor berilishi lozim. Barcha mustaqil ish o'zida ijodiy elementlarni mujassamlashtiradi, o'quvchilarni ta'limiy muammo bilan yuzma- yuz qo'yadi, har xil yechimlarning bittasini anglash imkonini beradi. O'quvchilarning, asosan, o'qish va imlo savodxonligi bilan bog'liq ko'nikmalarini shakillantirishga qaratilgan 1-2-sinflardagi mustaqil ishlardan farqli o'laroq 3-4-sinflardagi mustaqil ishlar imlo savodxonligiga erishshishdan tashqari tashabbuskorligi va ijodiy iqtidorlarni o'stirish, fikr-mulohazalarni erkin bayon qilishga o'rgatishi, faolligini oshirishi, dunyoqarashini shakllantirishi bilan ham muhim ta'lim-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarning shu jarayondagi faoliyati zamirida o'quv faolligi turadi. Faollik esa bilimlarni chuqurroq egallashga,
ANNOTATSIYA
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ma'naviy-axloqiy dunyoqarashni shakillantirishga yo'l ochadi. Mavjud bilimlarni o'zlashtirish inson ma'naviy kamolotining asosini tashkil qiladi..
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'qituvchida pedagogik mahorat yuqori bo'lsa, o'quvchilarga innovatsion yondashuv bilan va zamonaviy tarzda dars o'ta oladi. Pedagogik innovatsiya bu: bo'lajak mutaxassislarni yangicha ishlashga tayyorlash; avvalgi egallangan bilimlar asosida sifat o'zgarishlarga erishish; yuqori samaradorlikka yangicha yondashuv. Pedagogik innovatsiya quyidagi yo'nalishlarda bo'lmog'i lozim: boshlang'ich ta'limda milliy istiqlol g'oyasi asoslarini joriy qilishning innovatsion usullari;boshlang'ich ta'limni takomillashtirish va rivojlantirishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash;boshlang'ich ta'limda informatsion texnologiyalarni joriy etish;boshlang'ich ta'limga oid zamonaviy o'quv adabiyotlarni yaratish;Innovatsiya bu - yangicha ishlash. Pedagogik innovatsiyada boshlang'ich ta'limni rivojlantirishning jahon ta'limi andozalaridagi zamonaviy talablarni e'tiborga olgan holda Boshlang'ich sinflarda matematik amallar bajarishda o'quvchilarning har biriga ta'lim olishda keng imkoniyatlarni yaratib, har birining yuqori natijaga erishishlarini rag'batlantirish va shu orqali o'quv- bilim jarayonining farqli tashkil etilishini ta'minlash uchun da'vat etilgan.
Boshlang'ich sinflarda matematik amallar bajarishni bog'lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining ichki bog'liqligi va o'quv fanlari aro uzviylikni ta'minlashga xizmat qiladi.Matematik amallarni o'rgatishda quyidagi amallardan foydalanish mumkin. Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi, norasmiy bahs - munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati,o'quvchilar tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim - tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega. Hozirdata'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir. Barcha fan o'qituvchilari shu jumladan boshlang'ich sinf o'qituvchilari ham dars mashg'ulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko'lamda foydalanmoqdalar. Interfaol metodlarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslangan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradiHozirda keng qo'llanib kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko'p bo'lib, ularning hammasi ham boshlangich ta'limda qo'llash uchun yaroqli emas. Bunga 1-navbatda boshlangich sinf o'quvchisining o'qish, yozish tezligining kichikligi va sinfda aksariyat hollarda 30 tadan ortiq o'quvchi o'qishi bo'ladi. Interfaol metodlar nisbatan kichik auditoriyalarga (30 tagacha ) va ko'proq uzluksiz ta'lim tizimining o'rta va yuqori bo'ginlariga mo'ljallangan bo'lib, boshlangich sinflarda qo'llash tajribalari juda kam. SHuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlangich sinf matematika darslarida qo'llash mumkin bo'lganlari haqida so'z yuritamiz. Interfaol metod sinfda o'tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokama qilishda Aqliy hujum, Adashgan zanjirlar, Savol bering, Insert, BBB, Muammoli savollar, Kichik guruhlarda ishlash metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yordam beradi. Aqliy hujum texnologiyasini qo'llash bir muammoni hal qilish yo'lidan turlicha va iloji boricha ko'proq taklif, fikr - mulohazalarni yig'ishdan iborat. Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng maqulini tanlab olinadi. Bu metodni qo'llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni eslab qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo'ladi. O'qituvchi ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qog'ozga yozib boradi. Masalan: 3 - sinfda mavzuga oid quyidagi mashqni hal qilish yuzasidan hamma takliflarni yig'ish mumkin. Quyidagi shaklda nechta to'rt burchakbor? Bunda takliflar to'rtburchaklar sonini sanash usuliga oid bo'lib, ularning sonini to'g'ridan -to'g'ri aytish talab qilinmaydi. Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli avval 1 katakli, keyin 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan to'rtburchaklar sonini sanashni taklif qilish mumkin. 22 Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yig'iladi. Masalan: 1 dan 20 gacha bo'lgan barcha natural sonlar yig'indisini topish yo'li so'raladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi bo'yicha yig'indi topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik taqdirlanadi. Biz innovatsion yondashuv deganda faqatgina kompyuterda, proyektor orqali slaydlar bilan dars o'tishni tushunishimiz noo'rin.
Darslarni yangi zamonaviy metodlar, noananaviy usullarda tashkil etish ham innovatsion yondashuvning bir turi sanaladi. Bunday usullar juda samarali bo'lib, o'quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, bilim, ko'nikma va malakalarining to'g'ri shakllanishiga yordam beradi.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
REFERENCES
1. Shavkat Mirziyoyev "Erkin va farovon , demokratik O"zbekiston davlatini birgalikda barpoetamiz" Toshkent "O"zbekiston" 2016-yil
2. Matematika 3-sinf S.Burxonov, O"Xudoyorov, Q.Norqulova Toshkent "Sharq" 2019-yil
3. Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi. F.M.Qosimov, M.M.Qosimova Buxoro-2018
4. Mamarasulovna, Y. Y. (2022). BOSHLANG 'ICH SINF O ' QITUVCHILARIDA PEDAGOGIK MAHORATNI SHAKILLANTIRISHNING DOLZARB AHAMIYATI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 698-700.