Научная статья на тему 'BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI TARBIYA FANINI O’QITISHGA METODIK TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH'

BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI TARBIYA FANINI O’QITISHGA METODIK TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
281
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tendensiya / integratsiya / kompetensiya / modifikatsiya / tolerantlik / ijtimoiy ong / mafkuraviy immunitet / tendency / integration / competence / modification / tolerance / social consciousness / ideological immunity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D. Novshadbekova

Ushbu maqolada integratsion yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarni “Tarbiya” fanini o'qitishga metodik tayyorlashga yo'naltirilgan didaktik vaziyatlar mazmuni, prinsiplari, pedagogik-psixologik imkoniyatlari takomillashtirilgan, shuningdek, integratsion yondashuv asosida o'quvchilarni tarbiyaviy-axloqiy bilimlarini takomillashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning didaktik, psixologik xususiyatlari, mazmuni va vositalari jamlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE METHODOLOGICAL PREPARATION OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR TEACHING THE SUBJECT UPBRINGING

In this article, the content, principles, pedagogical-psychological possibilities of didactic situations aimed at methodical preparation of future teachers for teaching "Education" on the basis of an integrative approach are improved, as well as on improving the educational and moral knowledge of students on the basis of an integrative approach. didactic, psychological characteristics, content and tools of the oriented pedagogical process are summarized.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI TARBIYA FANINI O’QITISHGA METODIK TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI TARBIYA FANINI O'QITISHGA METODIK TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH Novshadbekova Dilnura Zafarbek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7126028

Annotatsiya. Ushbu maqolada integratsion yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarni "Tarbiya" fanini o'qitishga metodik tayyorlashga yo'naltirilgan didaktik vaziyatlar mazmuni, prinsiplari, pedagogik-psixologik imkoniyatlari takomillashtirilgan, shuningdek, integratsion yondashuv asosida o'quvchilarni tarbiyaviy-axloqiy bilimlarini takomillashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning didaktik, psixologik xususiyatlari, mazmuni va vositalari jamlangan.

Kalit so'zlar: tendensiya, integratsiya, kompetensiya, modifikatsiya, tolerantlik, ijtimoiy ong, mafkuraviy immunitet

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ К ПРЕПОДАВАНИЮ ПРЕДМЕТА

ВОСПИТАНИЕ

Аннотация. В данной статье совершенствуются содержание, принципы, педагогико-психологические возможности дидактических ситуаций, направленных на методическую подготовку будущих учителей к преподаванию «Воспитание» на основе интегративного подхода, а также на совершенствование учебных и нравственных знаний учащихся. На основе интегративного подхода обобщены дидактические, психологические характеристики, содержание и средства ориентированного педагогического процесса.

Ключевые слова: тенденция, интеграция, компетенция, модификация, толерантность, общественное сознание, идеологический иммунитет.

IMPROVING THE METHODOLOGICAL PREPARATION OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR TEACHING THE SUBJECT UPBRINGING

Abstract. In this article, the content, principles, pedagogical-psychological possibilities of didactic situations aimed at methodical preparation of future teachers for teaching "Education" on the basis of an integrative approach are improved, as well as on improving the educational and moral knowledge of students on the basis of an integrative approach. didactic, psychological characteristics, content and tools of the oriented pedagogical process are summarized.

Keywords: tendency, integration, competence, modification, tolerance, social consciousness, ideological immunity

KIRISH

Jahonda ta'lim sohasidagi innovatsion rivojlanish tendentsiyalariga mos ravishda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish, tarbiyalanuvchilarda ijtimoiy tajribani shakllantirishning innovatsion usullariga ustuvorlik berishga e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, oliy ta'lim va umumta'lim muassasalarining tarbiyaviy imkoniyatlarini integratsiyalash orqali bo'lajak o'qituvchilarni tarbiya fanini o'qitish sifatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Jumladan, YUNESKOning 2030 yilgacha bo'lgan "Barqaror

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE б UIF-2G22: 8.2 | ISSN: 2I8I-3337

rivojlanish" dasturida belgilab qo'yilgan amaliy vazifalarni bajarishda boshlang'ich sinf yoshidagi o'quvchilarni tarbiya fanini o'qitishda ularni tartib-intizomga o'rgatish va rivojlantirishga qaratilgan sifatli ta'lim xizmatlarini tashkil etish dolzarb vazifa sifatida belgilab qo'yilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Dunyoda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish va bu borada tarbiyaga integratsion yondashuv asosida o'quvchilarda tarbiyaviy kompetentsiyani tarkib toptirishning innovatsion-pedagogik modellarini ishlab chiqishga oid ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, maqbul diagnostik vositalarni modifikatsiyalash orqali o'quvchilarning axloqiy tarbiyalanganligini tashxis etishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish, bolalarni dastlabki odob-axloq qoidalariga o'rgatish, ularga amalga qilish ko'nikmalarini shakllantirishda integrallashgan mashg'ulotlar asosida metodik ta'minotini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Respublikamizda «uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo'lini davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash» , shu bilan birgalikda umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, tarbiyaviy ishlarga oid talab yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rgatish, ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash hamda oliy ta'lim tizimida faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish ustuvor vazifa sifatida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Yurtimizda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga tayyorlash metodikasini doimiy o'zgarib borayotgan sharoitda ilg'or xorijiy tajribalarni o'rgangan holda, boshlang'ich ta'limda o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasini, didaktik asoslarini ishlab chiqish, pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni va tuzilmasi, takomillashtirish mezonlari va shakllanganlik darajalari, shakl, metod, vositalari, modeli, o'qitish sifatining samaradorligini oshirish, nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi yangilanish, ma'naviy yuksalish davrida har tomonlama yetuk, bilimdon, ijodkor yoshlarni tarbiyalash hozirgi kunning asosiy talablaridan biridir.

TADQIQOT NATIJALARI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2G2G-yil б-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF^IG8-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2G2G yil б-iyuldagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida «Tarbiya» fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 422-son qarori umumta'lim muassasalari o'quvchilarining yoshiga xos psixo-fiziologik jihatlarini hisobga olgan holda ularda umuminsoniy qadriyatlar va barkamol ma'naviyatni, sog'lom muhitni chuqur singdirish, o'quvchilarni vatanparvarlik, insonparvarlik, tolerantlik ruxida tarbiyalash, umumta'lim muassasalari tasarrufidagi ma'naviy va tarbiyaviy ishlarni yangicha ko'rinishda tashkil etishga qaratilganligini ko'rishimiz mumkin.

Yuqoridagi qarorga muvofiq umumta'lim muassasalarida «Vatan tuyg'usi», «Odobnoma», «Dunyo dinlari tarixi» hamda «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fanlarini birlashtirib yagona «Tarbiya» fani 1 - 9- sinf o'quvchilarida 2G2G/2G2I o'quv yilidan boshlab, IG - II-sinf o'quvchilarida esa - 2G2I/2G22 o'quv yilidan boshlab o'quv soatlariga ajratilgan asosiy soatlar doirasida ketma-ketlikda amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Tadqiqot ishlarimizni olib borish va izlanishlarimiz natijasida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini "Tarbiya" fanini o'qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Tarbiya azal-azaldan millatimizga, ongimizga, qalbimizga singib kelgan, millatimizning o'ziga xosligini ko'rsatib beradigan, o'zbek oilalarining boshqa millat oilalaridan ajratib turadigan, ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelayotgan sifatlardan biri sanaladi. Millatimizga xos bo'lgan hech bir jarayon yo'qki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lmagan. Shu o'rinda pedagog va psixolog olimlar, xalq nomoyondalari Sharq mutafakkirlari, yozuvchi va shoirlar, qo'yingki tadqiqot ishimizga aloqador bo'lgan adabiyotlarning aksariyati bilan tanishib chiqildi. Mavjud adabiyotlarning bir qismi o'rganilib, tahlil qilindi.

MUHOKAMA

Eng avvalo "Tarbiya" faniga to'xtalishdan oldin tarbiya tushunchasining o'zini bayon qilish lozim.

Tarbiya - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, yoshlarda halollik, poklik, burch, vijdon, olijanoblik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Tarbiya insonlarning o'ziga, oilasiga, yaqinlariga, do'stu yorlariga bo'lgan munosabatlarini tartibga solib turadigan xulq-atvor me'yorlarining (normalarining) majmuasidir. Tarbiya keng qamrovli tushuncha sifatida inson faoliyatining hamma jabhalariga ta'sir ko'rsatadi. Tarbiya hamma soha - ishlab chiqarishda, turmushda, oilada, bo'sh vaqtda ham kishilar xulq-atvorini, insoniy munosabatlarini tartibga soladi. Tarbiya ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan farq qilib, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy vazifalarni bajaradi.

Shu o'rinda aytish mumkinki, mazkur uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasidan tarbiyaning tizimli va uzviyligini ta'minlashda quyidagicha natijalar kutilmoqda:

- konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz ma'naviy tarbiya jarayonining tizimli tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilg'or innovatsion texnologiyalar asosida takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetentsiyalar bilan mustaqil hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

- oilalar, ta'lim muassasalari, mahallalar va korxonalarda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish layoqatiga ega bo'lgan yoshlarning ma'naviy kamol topishi uchun zarur bo'lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog'lom va barqaror muhit yaratiladi.

- jamiyatda jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korrupsiya, firibgarlik, ko'zbo'yamachilik, yolg'onchilik, egotsentrizm, axloqiy bo'zuqlik, oilaviy ajrimlar, mehr-oqibatning kamayishi, "ommaviy madaniyat"ga ko'r-ko'rona taqlid, loqaytlilik, begonalashuv, o'zibo'larchilik, farzand tarbiyasida mas'uliyatsizlik, oilaviy qadriyatlar inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin kamayadi. Band bo'lmagan yoshlarning hayotda o'z o'rnini topishga, kelajakka bo'lgan ishonchi oshadi. Mamlakat dunyoda raqobatbardosh, boy inson kapitaliga ega bo'ladi.

- oila, ta'lim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to'g'risida bilimlar shakllanadi, ularni o'rganish, saqlash, targ'ib qilish, o'rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-avlodga bezavol o'tib borishi ta'minlanadi.

- konsepsiyaning amalga oshirilishi jamiyatda ma'naviy-axloqiy muhitning sog'lom va barqaror bo'lishiga salmoqli hissa qo'shadi.

XULOSA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Farzandlarimizni ilm-fan va ta'lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o'z o'rnida tarbiya esa ma'naviyat bilan chambarchas bog'liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz ta'lim-tarbiyasida esa ma'naviy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga etiborli bo'laylik, aynan shu mezon bolalarimizni ma'nan, ruxan sog'lom, o'z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o'z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol bo'lib o'sib unishining asosidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining "Oliy ta'lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to'g'risida"gi nizom 2018 yil 7 mart".

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonni rivojlantirishning yangi davrida ta'lim va fanni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni.

3. Mahmud Xasaniy, "Odob va odob" T .: FA O'zbekiston Respublikasi "Fan" nashriyoti. 1994 yil

4. Ismanova N va boshqalar O'quv darsligi. 1-dars uchun darslar. GC. Toshkent. 2020

5. Ismanova N va boshqalar O'quv darsligi. 2-sinf darslik. GC. Toshkent. 2020

6. Ro'ziyeva D., Ismatova N. va boshqalar Darslik. 3-sinf darslik. Toshkent "SANO-STANDART" 2020

7. S. Matchonov, A. Sholalilov, X. G'ulomova, Sh. Sariyev, N.Z. Dolimov. - T.: 2007. - 272 b.

8. Ortiqov T. Zhzbek qishlog'i va aholisi. Toshkent. "Navro'z bekatlari" 2019. 17-18 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.