Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINING BILIM MALAKASINI TALIS XALQARO DASTURI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINING BILIM MALAKASINI TALIS XALQARO DASTURI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

471
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TALIS / xalqaro / dastur / boshlang„ich / ta‟lim / о„quvchilar / malaka / takomillashtirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Onaxon Mannapovna Jabborova, Nazokat Tashbadalovna Umarova

Maqolada boshlang„ich sinf о„quvchilarining bilim malakasini TALIS xalqaro ta‟lim dasturi asosida takomillashtirish masalasi tо„g„risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINING BILIM MALAKASINI TALIS XALQARO DASTURI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING BILIM MALAKASINI TALIS XALQARO DASTURI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini TALIS xalqaro ta'lim dasturi asosida takomillashtirish masalasi to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: TALIS, xalqaro, dastur, boshlang'ich, ta'lim, o'quvchilar, malaka, takomillashtirish.

Mamlakatimiz ta'lim tizimining boshlang'ich bosqichida zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish jarayoni kechmoqda [1]. Chunki boshlang'ich ta'lim undan keyingi ta'lim bosqichlari uchun eng muhim pog'ona hisoblanadi. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarining malakasini takomillashtirish va unda TALIS xalqaro dasturiga aoslanish zaruriyat bo'lib turibdi [2]. Buning uchun mazkur dastur asosida o'quvchilar malakasini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish muhimdir. Bu o'rinda e'tiboringizni ana shunday metodikalardan biri tahliliga tortamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini TALIS xalqaro dasturi asosida takomillashtirish metodikasi muhim ahamiyatga ega. Unga ko'ra, o'quvchilarning o'quv fanlari kesimida bilim egallashi va o'zlashtirgan bilimlari asosida ijodiy yondashuvini tarkib toptirish muhim o'rin tutadi va uni o'quvchilarning bilim malakasini takomillashtirish metodikasi deb ataymiz. Bunda TALIS xalqaro dasturining quyidagi qoidalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) o' quv fanlarini turkumlashtirib o' qitish;

2) o'quvchilarning qiziqishiga ko'ra muayyan fanlar

Onaxon Mannapovna Jabborova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, (PhD)

Nazokat Tashbadalovna Umarova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

KIRISH

bo'yicha chuqurlashtirilgan bilim berish;

April, 2023

3) turli mustaqil topshiriqlar asosida o'quvchilarning bilim, malakasini aniqlash.

O'quv fanlarini turkumlashtirib o'qitish YUNESKOning ta'lim dasturlariga kiritilgan. Unda asosiy e'tibor aniq va tabiiy fanlarni chuqurlashtirib o'qitishga qaratiladi. Ayniqsa, Matematika va Tabiatshunoslik o'quv fanlarini boshlang'ich sinflarda chuqurlashtirib o'qitish tajribasi Germaniya, Fransiya va Amerika ta'lim tizimida o'ziga xos tajribaga ega. Shu jihatdan mamlakatimiz boshlang'ich sinf o'quvchilariga mazkur tabiiy fanlardan tashqari Atrofimizdagi olam kabi o'quv fanlarini chuqurlashtirib o'qitish ularning bilim malakasini kutilgan darajada yuksaltirish imkonini beradi. Shuningdek, milliy ta'lim tizimimiz xususiyatlaridan kelib chiqib boshlang'ich sinf o'quvchilariga Ona tili va o'qish savodxonligi, Texnologiya, Tasviriy san'at hamda Musiqa madaniyati o'quv fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o'qitish ularnining nafaqat bilim malakasini balki ijdodiy layoqatini ham kutilgan darajada rivojlantiradi [3]. Ta'kidlash lozimki, bizning yondashuvimizga ko'ra, boshlang'ich sinf o'quv fanlarini quyidagicha turkumlashtirib o'qitish an'anasining tarkib topa boshlaganligi muhim yondashuv hisoblanadi:

a) gumanitar fanlar turkumi (Ona tili va o'qish savodxonligi, Texnologiya, Tasviriy san'at, Musiqa madaniyati, Jismoniy tarbiya o'quv fanlari);

b) aniq fanlar turkumi (Matematika);

v) tabiiy fanlar turkumi (Atrofimizdagi olam, Tabiatshunoslik o'quv fanlari).

Mazkur o'quv fanlarini shu tariqa turkumlashtirib o'qitish boshlang'ich sinf o'quvchilarining TALIS xalqaro dasturi asosida bilim malakasini yanada chuqurlashtirish imkonini beradi.

Buning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini TALIS xalqaro dasturi talablari asosida baholash imkoniyatlari kengayadi. Hozirgi zamon mamlakatimiz maktab ta'limida qo'shimcha mashg'ulotlarni tashkil etish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarining muayyan qiziqishlarini hisobga olgan holda o'quv fanlari bo'yicha qo'shimcha mashg'ulotlar tashkil etish ularning bilim malakasini rivojlantirishga hizmat qiladi. Bu borada Toshkent viloyatining bir qator maktablari o'ziga xos tajribalarga ega ekanligini eslatib o'tish joiz. Unda Matematika kabi o'quv fani o'qituvchilari ko'p hollarda qo'shimcha mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlaydi. Aynan mana shunday tajribalardan foydalanish TALIS xalqaro dasturi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini baholashda aniqlik va xolislik tamoyillariga asoslanishni keltirib chiqaradi.

April, 2023

319

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan barcha umumta'lim maktablarida amaliy to'garaklar faoliyati yo'lga qo'yilgan. Bunday to'garaklarda turli topshiriqlarni mustaqil bajarish, applikatsiya va konstruksiyalar ishlash amalga oshirilmoqda [4]. Shu jihatdan bunday to'garaklar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini qo'shimcha topshiriqlar bajarish bilan rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Chunki o'quvchilar mustaqil topshiriqlarni bajarish jarayonida darsliklar bilan ishlaydi, o'zlarining imkoniyatlari doirasida ma'lumotlar to'playdi. Natijada ularning bilimdonlik ko'lami kengayadi. Bu hol TALIS xalqaro dasturi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilari bilim malakasini baholashda muhim omil hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

E'tibor berilsa, boshlang'ich sinf o'quchilarining bilim malakasini baholash ana shunday metodika asosida amalga oshirilsa kutilgan samarani beradi. Bu o'rinda bir vazifani alohida ta'kidlash lozim. Unga ko'ra, boshlang'ich sinf o'quvchilari o'zlashtirgan bilimlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish dolzarb bo'lib turibdi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich sinf o'quvchilari umumiy ma'noda bilim darajasi bo'yicha qoniqarli ko'rsatkichlarga ega. Biroq ularning ko'pchiligida o'z bilimlaridan foydalanish ko'nikmasi yetishmaydi. Shu sababli o'quvchilar turli ishlanmalar yaratishga yo'naltirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Negaki, bunday ishlanmalarni yaratish jarayonida ular o'z bilimlaridan foydalanadi va nitajada bilim darajasidan foydalanish ko'nikmasi rivojlanib boradi.

TALIS xalqaro dasturining baholash tadqiqotlarida ishtirok etadigan jahon mamlakatlari o'quvchilarning bilim darajasini baholash bo'yicha turli tajribalarga ega. Misol uchun, Amerika Qo'shma Shtatlarida va Germaniya Respublikasida o'quvchilarning bilim darajasi 100 ballik shkala asosida baholanadi. Rossiya Federatsiyasi va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga kiruvchi mamlakatlarda esa o'quvchilarning bilim malakasi 5 baho shkalasi asosida baholanadi. Bunda ballik shkalaning afzalligini ta'kidlab o'tish lozim. Chunki unda o'quvchilarning bilim darajasi foiz hisobida aniqlanadi. TALIS xalqaro dasturi ham aynan ballik shkala asosida o'quvchilarning bilim malakasini darajasini baholaydi.

O'rganishlar shuni ko'rsatadiki, ko'pchilik mutaxassislar TALIS xalqaro dasturi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini baholashga cho'chib munosabatda bo'lishadi. Aslida esa bunday baholash quyidagi ikki imkoniyatni beradi:

birinchidan, boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilimdon ekanligi namoyon bo'ladi;

April, 2023

320

ikkinchidan, boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajasi halqaro miqyosda targ'ibot qilinadi.

Bunday yondashuv TALIS xalqaro dasturi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini har chorakda baholab borish muhim ahamiyatga ega ekanligini namoyon qiladi. Chunki baholash ma'lumotlari asosida qaysi o'quv fanlarini chuqurlashtirib o'qitish indikatorlariga ega bo'linadi. Bugungi kunda boshlang'ich ta'limning Ona tili va o'qish savodxonligi hamda Texnologiya o'quv fanlari mashg'ulotlarini yanada kuchaytirish o'quvchilarning TALIS xalqaro dasturi talabalariga mosligini keltirib chiqaradi. Chunki xalqaro dasturlarda, jumladan, TALIS xalqaro dasturida asosiy e'tibor o'quvchilarning Savodxonlik va Texnologik ijodkorlik masalalariga qaratiladi. Shu sababli bizningcha, boshlang'ich sinf o'quvchilarining hozirgi bilim darajasini amaliy mashg'ulotlar vositasida kuchaytirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

TALIS xalqaro dasturi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim, malakasini baholash va takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan bunday xalqaro dasturlar asosida ishlash va ta'lim yutuqlarini baholash nisbatan yangi yondashuv bo'lganligi uchun bu borada eng avvalo tashkiliy metodikani tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega. Bunday metodikani bizning yondashuvimizga ko'ra, quyidagicha shakllantirish mumkin:

a) TALIS xalqaro dasturi qoidalari asosida boshlang'ich sinf darsliklarini takomillashtirish;

b) ushbu xalqaro dastur asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini baholashning mezonlarini tarkib toptirish;

v) mazkur xalqaro dastur asosida olingan ma'lumotlar asosida boshlang'ich ta'lim mazmunini va metodikasini kuchaytirish.

Ushbu xalqaro dastur asosida boshlang'ich sinf darsliklarini takomillashtirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dastur asosida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur dasturga asosan 2021-2022 o'quv yillarida 1va 2-sinflarda yangi zamonaviy darslik amaliyotdan o'tkazildi va 2022-2023 o'quv yilidan boshlab, 3 va 4-sinflarga mazkur darsliklar to'liq joriy etildi. Misol uchun, ana shunday zamonaviy darsliklardan biri xalqaro ta'lim dasturlari asosilda ishlab chiqilgan yangi avlod darsligi " Ona tili va o'qish savodxonligi" 1-sinf o'quv adabiyotidir [5]. Mazkur yangi avlod darsligida xalqaro ta'lim dasturlari qoidalari va xorijiy mamlakatlarning tajribalaridan o'tgan metodikaga asosan o'quv materiallari joylashtirilgan. Masalan, darslikning 9-sahifasida quyidagi mavzu bo'yicha topshiriqlar berilgan: "matnlarni ajratib ko'rsatilgan

April, 2023

321

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 I Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

qismlarning ma'nolari". Qisqa ushbu matn berilib, uni tushunish va o'zlashtirish uchun uchta savol qo'yilgan. O'quvchi ushbu savollarga mustaqil ravishda matndan javob topadi va uning javobi to'g'ri yoki noto'g'riligiga qarab matnni o'zlashtirganlik darajasi baholanadi. Bunda matndan tushunishga borish metodikasiga asoslangan. Avvalgi metodikaga ko'ra, avval tushuncha berilib, keyin matnni o'qish topshirilar edi. Shu ma'noda mazkur darslikda asosiy e'tibor boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil fikrlashi malakasini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur yangi darslik asosida o'quvchilarning bilim darajasini baholash kutilgan samarani beradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini TALIS xalqaro dasturi talablari asosida baholash mezonlarini ishlab chiqish ham muhim hisoblanadi. Shu jihatdan bu mezonlarni o'quvchilarning berilgan matnni ravon va tez o'qish, matnda berilgan mazmunni tushunish va uni tahlil qila olish, matnni yozma yoki og'zaki ravishda hikoya qilib bera olish darajalariga e'tibor qaratiladi. Buning natijasida boshlang'ich sinq o'quvchilarining bilim malakasini baholash aniq amalga oshiriladi.

TALIS xalqaro dasturi asosida yangi avlod darsliklarini joriy etish va ularning vositasida o'quvchilarning o'zlashtirganlik va bilim malakasini baholash to'g'risidagi olingan ma'lumotlardan kelib chiqilib, boshlang'ich ta'lim mazmuni va metodikasi bo'yicha rivojlantirish tavsiyalari ishlab chiqiladi. Bu tavsiyalarda o'quvchilarning bilim malakasini yanada rivojlantirish, ularga munosib ta'lim muhiti yaratib berish va o'qituvchi hamda o'quvchilar hamkorligining amaliy mexanizmlariga e'tibor qaratiladi. Buning natijasida boshlang'ich ta'lim mazmuni va metodikasini kuchaytirish bo'yicha maqsadli tadbirlar majmui tarkib topadi. Uni amalga oshirish uchun o'quvchilar va o'qituvchilarning tayyorgarligi taqozo etiladi.

E'tibor berilsa, TALIS xalqaro dasturi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini baholash bo'yicha butunlay yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish ana shular bilan belgilanadi. Bundan asosiy maqsad boshlang'ich sinf o'quvchilarining hozirgi bilim darajasini jamiyatning ehtiyojlariga mos ravishda yanada rivojlantirishdan iborat.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini o'rganish va baholash natijasida o'quv yili davomida muntazam amalga oshirib boriladigan diagnostik jarayon ham yuzaga keladi. Shu sababli mazkur masalaga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining TALIS xalqaro dasturi bo'yicha o'quvchilar malakasini o'rganish, baholash va diagnostika qilish asoslari bilan qurollantirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

XULOSA

April, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim malakasini TALIS xalqaro dasturi asosida baholash metodikasida o'quvchilarning fanlarni o'zlashtirish darajasi muhim o'rin tutadi. Ayni paytda, bu borada o'quvchilarda ijodiy yondashish ko'nikmasining ham shakllanishi mazkur xalqaro dasturning baholash tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish omili hisoblanadi.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президентининг 2020 йил 6 шябрдаги ПФ-6108-coh "Узбекистоннинг янги тараккиёт даврида таълим-тарбия ва илм-фан шхаларини ривoжлантириш чoра-тадбирлари тугрисида"ги K;арoри. // www.ziyonet.uz.

2. Междунарoдная oбразoвательная прoграмма TALIS. // www.ziyonet.uz.

3. Жаббoрoва О., Умарoва З., Бoбoхoджаева Л. БoшланFич таълим педагогикаси, иннoвация ва интеграция. - ^шкет; 2021

4. Жаббoрoва О., Очагов Ф. Бoлалар педагoгикаси. - ^шкет; 2022

5. Азимoва И., Мавлoнoва К., Kурoнoв С., Шакир Турсун. Она тили ва укиш савoдхoнлиги. 1-синф учун дарслик. Тoшкент, 2021.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.