Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GUMANITAR FANLARNI INTEGRATSION О‘QITISH TEXNOLOGIYASI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GUMANITAR FANLARNI INTEGRATSION О‘QITISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

36
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / boshlang„ich / fan / gumanitar / integratsiya / о„qitish / texnologiya / omil. / education / primary / science / humanities / integration / teaching / technology / factor.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zuxra Umarova, Sabina Abdusamatova

Maqolada boshlang„ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion о„qitish texnologiyasi tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY OF INTEGRATED TEACHING OF HUMANITIES IN PRIMARY CLASSES

The article analyzes the technology of integrated teaching of humanities in primary classes.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GUMANITAR FANLARNI INTEGRATSION О‘QITISH TEXNOLOGIYASI»

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 | Issue 4 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

BOSHLANG'ICH SINFLARDA GUMANITAR FANLARNI INTEGRATSION

O'QITISH TEXNOLOGIYASI

Maqolada boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: ta'lim, boshlang'ich, fan, gumanitar, integratsiya, o'qitish, texnologiya, omil.

TECHNOLOGY OF INTEGRATED TEACHING OF HUMANITIES IN

PRIMARY CLASSES

The article analyzes the technology of integrated teaching of humanities in primary classes.

Keywords: education, primary, science, humanities, integration, teaching, technology, factor.

O'zbekistonda boshlang'ich ta'lim maktabgacha va ta'limning keyingi bosqini o'zaro bog'lovchi bo'g'in hisoblanadi. Shu sababli keyingi paytlarda boshlang'ich ta'limning vazifalarini yanada aniqlashtirish va uni takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda [1]. 2017 yilga qadar boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarga alifboni o'rgatishdan iborat edi va bu vazifa to'liq maktabgacha ta'lim bosqichiga o'tkazildi. Shu jihatdan boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'limning birinchi va asosiy bosqichi hisoblanadi. Aynan boshlang'ich ta'limda o'quvchilarni ta'limnng keyingi bosqichlariga tayyorlash vazifasi amalga oshiriladi. Bularning barchasi boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasi omillarini aniqlab olish zaruriyatini ko'rsatadi.

Zuxra Umarova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti (PhD)

Sabina Abdusamatova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

April, 2023

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasining eng muhim omillari quyidagilardan iborat:

1) yangi o'quv adabiyotlarining yaratilayotganligi;

2) o'qitishning yangi metodlari ishlab chiqilayotganligi;

3) boshlang'ich ta'limga xalqaro ta'lim dasturlarining joriyo etilayotganligi

[2].

1. Yangi o'quv adabiyotlari omili. Mazkur omil muhim ahamiyatga ega bo'lib, unda boshlang'ich sinflarda "Ona tili va o'qish savodxonligi", "Tasviriy san'at", "Musiqa madaniyati" va "Jismoniy tarbiya" gumanitar fanlarini integratsion o'qitish uchun tayan vazifasini bajaradi. Shu jihatdan yangi o'quv adabiyotlarining yaratilyotganligi va ularda mavzularning o'zaro bog'liqligiga e'tibor berayotganligi muhim hisoblanadi. Shuningdek, yangi o'quv adabiyotlari yangicha asosdagi metodikaga, ya'ni o'quvchilarni faoliyatga tayyorlashga uslubisha asosan yaratilmoqda. Shu sababli yangi o'quv adabiyotlari boshlang'ich sinflarda integratsion o'qitishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasida yangi o'quv adabiyotlari omili muhim ahamiyatga ega. Chunki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son "2022-2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha Milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoniga binoan boshlang'ich sinf o'quv adabiyotlari yangi metodikaga asosan tayoyrlanib amaliyotga kiritildi. Bu yangi metodikaning asosini mavzularning o'zaro mantiqiy bog'liqligi, o'quv fanlarining metodik jihatdan uyg'unligi va darsliklar matnlarining amaliyotga yo'naltirilganligi tashkil etadi. Shu sababli mazkur metodikaga asosan boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasi bo'yicha yangi o'quv adabiyotlari omiliga tayanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Mazkur masala nazariy va metodik jihatdan muhim ahamiyatga egadi. Buning uchun oliy pedagogik ta'lim jarayonida ana shu metodikani chuqur o'zlashtirish va unga asosan boshlang'ich sinflarda gum anitar fanlarni integratsion o'qitish maqsadga muvofiq bo'ladi.

2. Yangi metodlar omili. Boshlang'ich ta'limda o'qitishning yangi metodlarini muntazam ishlab chiqish jarayoni ham kechmoqda. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilar bilan individual ishlash, amaliy to'garaklar imkoniyatlaridan foydalanish va o'quvchilarning mustaqil ishlashi uchun keng imkoniyatlar berishga qaratilmoqda. Shu sababli bu metodika boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitishning muhim omillaridan hisoblanadi. Misol uchun, o'quvchilar bilan indlividual ishlash ularga

April, 2023

369

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 I Issue 4 I 2G2

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

gumanitar fanlarni chuqurlashtirib o'qitish imkonini beradi va bunda qo'shimcha ma'lumotlarni berish muhim hisoblanadi.

Boshlang'ich sinflarda gutanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasida yangi metodlar omili muhim o'rin tutadi. Bunday yangi metodikani aniqlash uchun tajribali boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini o'rganish, boshlang'ich ta'lim metodikasi bo'yicha yaratilayotgan yangi tadqiqotlardan xabardor bo'lish va yangidan qabul qilinayotgan ta'limga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar mazmunini o'zlashtirib borish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun oliy pedagogik ta'lim jarayonida haftalik pedagogik amaliyot imkoniyatlaridan yoki to'garaklar mexanizmlaridan foydalanish, ular vositasida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ko'nikmalarini tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega. Bunda talabalarning faol bo'lishi taqoza etiladi.

3. Xalqaro ta'lim dasturlari omili. Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitishda xalqaro ta'lim dasturlari qoidalaridan ham foydalanish muhim omillardan hisoblanadi. Bu borada TIMSS va PISA xalqaro ta'lim dasturlari o'quv fanlarini o'zaro bog'liqlikda o'qitish bo'yicha muhim metodik tavsiyalarga ega. TIMSS xalqaro ta'lim dasturi Matematika o'quv fanini o'qitishda mazkur fanga kiruvchi geometriya, trogonometriya va algebra fanlarining mavzularini uyg'unlashtirilgan tarzda qabul qilishga asosiy e'tiborni qaratadi. Shu sababli keyingi paytlarda boshlang'ich sinflar uchun Matematika darsligi yangidan tayyorlanib, unda ta'kidlangan fanlarning mavzulari bo'yicha dastlabki tushunchalar berish nazarda tutildi. PISA xalqaro ta'lim dasturi o'quvchilarning matnni o'qib tushunish ko'nikmasini shakllantirishda mustaqil ta'lim imkoniyatlaridan keng foydalanishni tavsiya etadi. Shu ma'noda mazkur dasturdan foydalangan holda boshlang'ich sinf gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

E'tibor berilsa, boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitishning muhim ilmiy omillari mavjud. Mazkur omillardan oqilona foydalanish kutilgan samarani beradi.

Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasining ana shu omillari amaliy jihatdan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun keng imkoniyatlarni beradi. Bu omillarni o'zlashtirish va o'zlashtirganlarni tajriba-sinovlardan o'tkazish maqsadga

muvofiq bo'ladi.

April, 2023

Umuman boshlang'ich sinflarda gumanitar fayenlarni integratsion o'qitish texnologiyasi omillarini o'zlashtirish uchun talabalarning faolligi, shaxsiy tashabbuskorligi va amaliy harakatchanligi katta ahamiyatga ega. Shu sababli bu masalada oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilariga tushunchalar berish maqsadga muvofiq bo'ladi [3].

Kezi kelganda ta'kidlash joizki, bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablari muhim imkoniyatlarga ega. Bunday imkoniyatlarning asosiylari quyidagi omillar bilan belgilanadi:

a) maktablarning zamonaviy jihozlanganligi;

b) professional boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mavjudligi;

d) boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim olishga qiziqishi talab darajasida ekanligi.

XULOSA

Maktablarning zamonaviy jihozlanganligi omili boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion shaklda o'qitish uchun keng imkoniyatlarni beradi. Misol uchun, maktablardagi zamonaviy kompyuter vositalari asosida o'quv fanlarini o'zaro bog'liqlikda o'qitish amaliy jihatdan samarali hisoblanadi va bunda o'quvchilarrning faolligiga erishish muhim ahamiyatga ega.

Professional boshlang'ich sinf o'qituvchilari omilidan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bu omil boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitishning eng muhim asoslaridan biri bo'lib, undan oqilona foydalanish taqoza etiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim olishga bo'lgan qiziqishi bu boradagi amaliy omillardan biridir. Chunki o'quvchilarning qiziqish darajasi o'quv fanlarini o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Mazkur omil ham boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish shakllarini tanlashda muhim o'rin tutadi.

Shunday qilib boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasi omillari nazariy va amalshiy xususiyatlarga egaligi bilan muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. // www.ziyonet.uz.

2. Jabbrova O., Umarova Z., Boboxodjayeva L. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi. -Toshkent, 2021

3. Umarova Z. Boshlang'ich sinflarda pedagogik konfliktlarni bartaraf etish texnologiyasi. -Toshkent, 2021

April, 2023

371

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.