Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI'

BOSHLANGʻICH TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

16
145
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / boshlang‘ich / raqamli texnologiya / o‘qitish / sifat / bilim / ko‘nikma

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Onaxon Mannapovna Jabborova, Dinoraxon Turg‘Unboy Qizi Saparbayeva

Maqolada boshlang‘ich ta’limda raqamli texnologiyalarning ahamiyati masalasi to‘g‘risida fikr yuritilgan va tavsiyalar taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI»

g

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING

AHAMIYATI

Onaxon Mannapovna Jabborova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori o .j abborova@mail .ru

Dinoraxon Turg'unboy qizi Saparbayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 3 bosqich talabasi saparboyevadinoraxon@gmail .com

Maqolada boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalarning ahamiyati masalasi to'g'risida fikr yuritilgan va tavsiyalar taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, boshlang'ich, raqamli texnologiya, o'qitish, sifat, bilim, ko'nikma.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining ta'limga oid vazifalari ijrosi jarayonida boshlang'ich ta'limni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega [1]. Bunda o'qitishning turli shakllari, vositalari va metodlaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Shu jihatdan boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalasi bugungi ehtiyojlarning hosilasidir. Mazkur o'rinda ana shu masalaning tahliliga e'tiboringizni tortamiz.

Raqamli texnologiya mazmuni. Pedagogika fanida o'tgan asrning 90-yillaridan boshlab axborot-kommunikatsion vositalarga asoslangan o'qitish texnologiyalarini ishlab chiqish tajribasi yuzaga kelgan [2]. Bunda asosiy e'tibor o'qitish mazmunini yangilash, qulay vositalardan foydalanish va o'zlashtirish metodikasini takomillashtirishga qaratilganligini eslatib o'tish joiz. Shu ma'noda raqamli texnologiya mazmunida quyidagilar muhim o'rin tutadi:

1) kompyuter o'quv-texnik vositasiga tayangan o'qitish va o'zlashtirish materiallarini tayyorlash;

2) o'qitishning axborot-kommunikatsion didaktik ta'minotini ishlab chiqish;

ANNOTATSIYA

October 20, 2023

g

3) o'qitish jarayonida mavjud texnik imkoniyatlardan oqilona foydalanish;

4) ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilarning o'quv-texnik vositalardan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirib borish.

Mazkur asoslar raqmli texnologiya mazmunini tashkil etadi. Bunda raqamli tushunchasini o'quv materiallarini kompyuterli dastur asosida tayyorlash va uzatish nazarda tutilishini eslatib o'tish joiz [3]. Shu sababli keyingi paytlarda ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish masalasiga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Bundan maqsad ta'lim tizimida sifatli ko'rsatkichlarga erishish va o'zlashtirish jarayonini takomillashtirishdan iborat.

Raqamli texnologiyalar turlari. Boshlang'ich ta'limda qo'llanishi lozim bo'lgan raqamli texnologiyalarning bir necha turlari mavjud. Bu borada raqamli texnologiyalarning eng asosiy quyidagi turlarini eslatib o'tish joiz:

1) kompyuterli dasturga asoslangan o'qitish raqamli texnologiyasi;

2) elektron-modulli texnologiya;

3) masofaviy ta'lim texnologiyasi;

4) mustaqil ta'lim texnologiyasi;

5) individual yondashguv texnologiyasi;

6) Internet ta'limi texnologiyasi;

7) milliy portallar texnologiyasi;

8) mohir pedagoglarning shaxsiy texnologiyasi.

Mazkur raqamli texznologiyalar turlaridan maktab muhiti va imkoniyatlariga asosan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Misol uchun, bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablari zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta'minlangan. Shu sababli boshlang'ich ta'limda kompyuterli dasturga asoslangan o'qitishning raqamli texnolorgiyasidan foydalanish qiziqarliligi, tezkorligi va samaradorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Buning uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak bo'ladi:

a) mavzularning kompyuterli variantlarini tayyorlash;

b) kompyuterli variantlarni o'quvchilarga taqdim etish va ulardan foydalanish bo'yicha mexanizmlarini yaratish;

v) vertual aloqa vositasida o'quvchilarga tegishli mavzular bo'yicha bilim va ko'nikmalar berish;

g) tayyorlangan o'quv materiallarini animatsion va multimediyali tasvirlarga boy tarzda taqdim etish;

d) o'quvchilarning o'zlashtrish jarayonini nazorat qilish metodikasini belgilab qo'yish.

October 20, 2023

g

g

Bunday yondashuv boshlang'ich ta'lim o'quv fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o'qitish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalarning o'ziga xos imkoniyatlaridan biri o'quv materiallarini yangilab borish mavjudligidir. Shu sababli keyingi paytlarda ta'limning barcha turlarida raqamli texnologiyalardan foydalanishga asosiys e'tibor qaratilmoqda.

2023-2024 o'quv yilidan boshlab boshlang'ich sinflarda Informatika fani o'qitila boshlandi. Bu o'quv fani o'quvchilarning kompyuter savodxonligi, ma'lumotlar bilan ishlash ko'nikmasi va texnik vositalardan foydalanish madaniyatini shakllantirishda muhim o'rin tutmoqda [4]. Shu sababli mazkur fanni o'qitish jarayonida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining raqamli texnologiyalardan foydalanish mahorati bo'yicha qo'shimcha mashg'ulotlar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati.

Boshlang'ich ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish muhim amaliy ahamiyatga ega. Bunday ahamiyatning asosiylari quyidagilardan iborat:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarini bilim olishga qiziqtirish;

2) o'quv materiallarini boshlang'ich sinf o'quvchilariga mos ravishda turli vositalar asosida tayyorlash;

3) boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'qituvchi kitobi uchun yangi metodik tavsiyalarni taqdim etish;

4) boshlang'ich ta'limda o'qitish jarayonini yangilab borish;

5) o'qitish jarayoniga xorijiy mamlaktlarning tajribalarini joriy etish;

6) mahoratli boshlang'ich sinf o'qituvchilarining individual tajribalarini ommalashtirish;

7) boshlang'ich ta'lim sifatini raqamli texnologiyalar asosida yuksaltirish.

Shu sababli boshlang'ich ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo'llash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish joiz:

a) boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish;

b) boshlang'ich ta'limda samara beradigan raqamli texnologiyalarni saralash va uning majmuini amaliyot uchun taqdim etish;

v) bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'nikmasini tarkib toptirish;

g) Abdulla Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy

rivojlantirish va metodikalarga o'rgatish milliy tadqiqot insitutida

October 20, 2023

g

g

amaliy faoliyatdagi boshlang'ich sinf o'qituvchilarining raqamli texnologiyalardan foydalanish bo'yicha mahoratini oshirib borish.

Bunday yondashuv boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish mexanizmlarini tarkib toptiradi.

Shunday qilib boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish o'qitish mazmunini yangilaydi, vaositalarini takomillashtiradi va o'quvchilarning o'zlashtirish jarayonini kuchaytiradi. Buning uchun oliy pedagogik ta'lim jarayonida boshlang'ich ta'limda raqamli texnologiyalarini qo'llash monitoringini amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki mamlakatimiz umumiy o'rta ta'lim maktablari hududlardagi oliy pedagogik ta'lim muassasalariga biriktirilgan. Bunday imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerak.

REFERENCES

1. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. // www. Ziyonet.uz

2. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug'at. - Toshkent, 2009

3. Jabborova O., Saparbayeva D. BOshlang'ich ta'limda mustaqil ta'limni tashkil etish metodikasi. - Chirchiq, 2023

4. Bordovskaya N., Rean A. Pedagogika. - Sankt-Peterburg, 2001

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.