Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI'

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

12727
680
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI»

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH USULLARI

Mashkura Muxtor qizi Sayliyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika insituti talabasi

Ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. O'quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o'stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O'qituvchi darsda boshqaruvchi o'quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog'i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko'p qirrali samara keltiradi. Boshlang'ich ta'lim umumta'lim maktablarining bosh bo'g'ini bo'lgani sababli ana shu jarayonda o'quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko'proq e'tibor berish lozim. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mas'uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo'ygan o'quvchilarni maktab hayotiga ko'niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo'l ochib beradilar. Bolalarning o'qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang'ich sinf o'qituvchilarining vazifasi mas'uliyatli ekanligini ko'rsatadi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga ko'ra o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo'lib, bu o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir. Ta'lim tizimida innovatsion deyilganda ta'lim maqsadi va mazmuniga yangilik kiritish , yangicha yondashish , pedagog va talabaning hamkorligidagi faoliyatini tashkil etish, pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish jarayoni, ta'limning uslub, shakl, va vositalarining majmuasi tushuniladi. Boshlang'ich sinfda ta'lim jarayonida o'quvchilarning o'qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o'quvchilarni ta'lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o'qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda ko'proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o'yin mashqlardan foydalanib, darslar o'tish yaxshi samara beradi. Ko'proq atrof-muhit bilan bog'lab o'tilgan mashg'ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash,

bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko'nikmasini rivojlantiradi. Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o'ziga xosligi shundaki, ular o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O'qitish jarayoni o'qituvchi hamda o'quvchilar faoliyatini o'z ichiga oladi. O'qituvchining faoliyati o'quv materialini bayon qilish, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e'tiqodini shakllantirish, o'quvchilarning mustaqil mashg'ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. "Baliq skeleti" texnologiyasi Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o'quvchilar o'rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo'lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo'llari yozib boriladi. Masalan, yo'l harakati darslarida "Yo'l qoidalari" mavzusida "Svetofor nima uchun kerak?" muammosi qo'yilsa, bolalar o'z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi " yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo'nalishlarini belgilab berdi. " Kadrlar tayyorlash milliy dasturi " da ta'limni tubdan isloh qilishning asosiy yo'nalishlari ko'rsatib berildi. Unda " Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart - sharoitlar yaratadi", deb ko'rsatilgan. Shuningdek, dasturda : "Ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o'quv - uslubiy majmualarini yaratish va o'quv - tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta'minlash "

umumiy o'rta ta'limning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi. Darhaqiqat, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogic texnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi. Bugungi davr axborot uzatish hajmi va tezligi jihatlaridan chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog'idan faol foydalanishi bilan xarakterlanadi. Multimedialardan va animatsiyalardan keng foydalanish o'quvchilarni darslarga bo'lgan qiziqishi va bilim saviyasini oshiradi. O'quvchilarga kompetensiyalarni har bir dars ko'lamida puxta singdirib borishimiz kerak. Bunda biz o'qitishda yangi ped texnologiyalardan,innovatsion g'oyalardan, interfaol uslublar vakreativ yondashuvlardan o'rinli ravishda o'z vaqtida foydalana bilishimiz lozim. O'quvchilar biz yaratgan innovatsiyalar orqali yetarli bilim egallaydi,deb o'ylayman. Men o'z ish faoliyatim davomida ko'pgina innovatsion g'oyalardan,turli xil didaktik o'yin mashqlardan keng ko'lamda foydalanaman. Oddiygina yaratgan o'yin mashqimiz ham o'quvchi

uchun juda qiziqarli va esda qolarli bo'ladi.Men o'qish darslarida ayniqsa, "Yosh aktyorlar", "Quvnoq quyonchalar", "Bu meniki", "Charxpalak", "Zanjir", "Davom ettir", "Maqollar zanjiri", "Sinkveyn" metodi, "Venn diagrammasi", "Zig-zag" texnologiyasi, "Topib o„qi" kabi usul va ta'limiy mashqlardan ko„p foydalanaman. Bu albatta,ko'pincha kreativ fikrlashdan kelib chiqadi.

REFERENCES

1. Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Ta'lim muassasalarida multimedia exnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (Uslubiy qo'llanma)- Qarshi: 2011.

2. Tolipov O„., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. -T.:Fan 2006

3. Babayeva D. Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi. TDPU. 2018.

4. Internet ma'lumotlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.