Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING LEKSIKOGRAFIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH INNOVATSIYASI'

BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING LEKSIKOGRAFIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH INNOVATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / leksikografiya / ko„nikma / boshlang„ich / o„quvchi / shakllantirish / yondashuv / malaka.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Onaxon Mannapovna Jabborova

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografik ko'nikmalarini shakllantirishning innovatsiyasi to'g'risida fikr yuritilgan va muallifning mazkur masala bo„yicha individual tavsiyalari taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING LEKSIKOGRAFIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH INNOVATSIYASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING LEKSIKOGRAFIK KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH INNOVATSIYASI

Onaxon Mannapovna Jabborova

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Chirchiq davlat pedagogika universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografik ko'nikmalarini shakllantirishning innovatsiyasi to'g'risida fikr yuritilgan va muallifning mazkur masala bo'yicha individual tavsiyalari taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, leksikografiya, ko'nikma, boshlang'ich, o'quvchi, shakllantirish, yondashuv, malaka.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются новации формирования лексикографических умений учащихся начальных классов и представлены отдельные рекомендации автора по этому вопросу.

Ключевые слова, инновация, лексикография, навык, новичок, обучающийся, формирование, подход, навык.

ABSTRACT:

The article discusses the innovation of forming the lexicographic skills of primary school students and presents individual recommendations of the author on this issue.

Keywords: innovation, lexicography, skill, beginner, learner, formation, approach, skill.

"0'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesi qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga doir Davlat dasturida yoshlarning ko'nikmalarini keng ko'lamli tarkib toptirish va ularni amaliy faoliyatga tayyorlash bo'yicha sifatli ko'rsatkichlarga erishish vazifalari qo'yilib, amalga oshirilmoqda[1]. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografik ko'nikmalarini shakllantirish innovatsiyasi bo'yicha aniq yondashuvlarni belgilab olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu o'rinda e'tiboringizni ana shu masalaning tahlili va individual tavsiyalariga tortamiz.

283

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Leksikografik ko'nikmalar innovatsiyasi xususiyatlari. Innovatsiya - ta'lim va tarbiya jarayonida ta'lim oluvchilarni yangiliklar, yangi ma'lumotlar va yangi ko'nikmalar bilan qurollantirish jarayonidir[2]. Shu jihatdan leksikografik innovatsiyalar xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1) Ona tili bo'yicha boshlang'ich sinf o'quvchilarining so'z boyliklarini yangicha shakllarda tarkib toptirish;

2) Boshlang'ich sinf o'quvchilarining xorijiy tillar bo'yicha so'z boyliklarini yangi tizimlar asosida shakllantirish;

3) Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozma va og'zaki nutqini yangicha yondashuvlar asosida uyg'un tarkib toptirish.

Mazkur lingografik ko'nikmalar innovatsiyasiga asoslanish boshlang'ich sinf o'quvchilarining til o'rganish ko'nikmalarini va ulardan foydalanish malakalarini talab darajasida tarkib toptirish imkonini beradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografik ko'nikmalarini shakllantirish innovatsiyasi. Bugungi kunda mamlakatimizda 7 tilda ta'lim jarayoni amalga oshirilmoqda. Shuningdek, boshlang'ich sinflarda ingliz, fransuz va rus xorijiy tillarini o'qitishga alohida e'tibor berilmoqda. Mazkur masalalar boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografik ko'nikmalarini shakllantirish innovatsiyasini belgilab olishni taqozo etadi. Shu jihatdan bu masalada quyidagilarga asoslanish kutilgan samarani berishini ta'kidlab o'tish lozim:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarida ona tiliga muhabbat ruhini tarkib toptirish va shu ruhga tayangan holda leksikografik ko'nikmalarini shakllantirish innovatsiyasi;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarini "lug'at daftari" yuritishga ko'niktirish va undan butun ta'lim jarayonida foydalanishga yo'naltirish innovatsiyasi;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'quv fanlarining atamalarini ona tili va xorijiy tillardagi muqobillari bilan qurollanish ko'nikmasini tarkib toptirish innovatsiyasi;

4) boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'zlashtirgan leksikografik ko'nikmalardan amaliyotda foydalanish malakasini shakllantirish innovatsiyasi.

Bunday yondashuv boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografik ko'nikmalarini dinamik rivojlantirib borish imkonini beradi. Chunki bugungi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilari ko'p hollarda leksikografik ko'nikmalarini so'zlarni yodlash metodikasi asosida rivojlantirib borayotganligi ma'lum. Bu an'anaviy metodika bugungi innovatsion va intensiv ta'lim sharoitida takomillashtirishga ehtiyoj sezishini eslatib o'tish joiz[3]. Shu ma'noda bu borada ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish zaruriyat bo'lib turibdi.

284

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografik ko'nikmalarini shakllantirish innovatsiyasidan foydalanish bo'yicha metodik tavsiyalar.

Bolang'ich sinf o'quvchilari har tomonlama rivojlanish jarayonida bo'lganligi uchun ularning leksikografik ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha innovatsiyalardan foydalanishga doir maqbul metodikalarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bizning yondashuvimizga ko'ra, bu borada quyidagi innovatsion metodikalarga tayanish kutilgan samarani beradi:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarining mobil aloqa vositalari va ta'lim planshetlariga ularning leksikografik ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan multimediyali materiallarni joylashtirish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarini tajribali o'qituvchilarga biriktirgan holda ularning leksikografik ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy treninglar, taqdimotlar va o'zaro muloqotlar bo'yicha qo'shimcha ta'limlarini yo'lga qo'yish;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozma va og'zaki leksikografik ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan ona tili hamda xorijiy tillarda bayonlar yozish, tahlillar tayyorlash va matnlarni tahlil qilib berish ko'nikmalarini tarkib toptirish;

4) amaliy innovatsiyalar vositasida asosiy e'tiborni boshlang'ich sinf o'quvchilarining so'zlashuv va tarjimonlik leksikografik ko'nikmalarini amaliy jihatdan shakllantirishga ustuvor darajada ahamiyat berish.

Bunday innovatsiyalardan foydalanish boshlang'ich sinf o'qituvchilarining leksikografik ko'nikmalarini hozirgi zamon talablari asosida rivojlantirib borish imkoniyatlarini beradi. Chunki jamiyatimizning hozirgi rivojlanish sharoiti va ta'lim jarayonining mavjud holati har bir egallanayotgan kompetensiyani amaliyot bilan bog'liq holda kundalik rejimda rivojlantirib borishni taqozo etmoqda[4].

Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, xorijiy mamlakatlar, jumladan, Buyuk Britaniyada boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografik ko'nikmalarini amaliy jihatdan tarkib toptirish va unda qulay hamda yangiliklarga boy innovatsiyalardan foydalanishga alohida e'tibor beriladi[5]. Shu jihatdan xorijiy tajribalarni o'rganish va ularning ilg'or yutuqlaridan foydalangan holda boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografik ko'nikmalarini shakllantirish innovatsiyalarini belgilab olish muhim amaliy samaralarni beradi.

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografik ko'nikmalarini shakllantirish innovatsiyasi bo'yicha ilmiy, amaliy va metodik tadqiqotlar majmuini yaratish dolzarb bo'lib turibdi. Buning uchun oliy pedagogik ta'lim muassasalarida til o'qituvchilarining individual kurslarini tashkil etish, talabalarning "Talabalar

285

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^^vlat^edagogjka^niviBiiiBii^^^^^^^Zlällä

Akademiyasi" tuzilmasining imkoniyatlaridan foydalanish va haftalik pedagogik amaliyot davrida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining leksikografik ko'nikmalarini rivojlantirish ishlarini yo'lga qo'yish kutilgan samarani berishini ta'kidlab o'tish lozim.

REFERENCES

1. "0'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesi qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga doir Davlat dasturi. // www.ziyonet.uz

2. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug'at. - Toshkent, 2009

3. Jabborova O. Boshlang'ich ta'limda innovatsion texnologiyalar. - Toshkent, 2023

4. Mardonov Sh. Pedagogika fanidan o'qitishning elektron-modulli didaktik ta'minotini ishlab chiqish texnologiyasi. - Toshkent, 2021

5. Kalonov M. Ta'lim sohasida O'zbekiston-Britaniya hamkorligi. // "Xalq so'zi" gazetasi, 2024 yil 21 mart soni.

286

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.