Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING SIFATLI O‘ZLASHTIRISHIDA LEKSIKOGRAFIYA IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH'

BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING SIFATLI O‘ZLASHTIRISHIDA LEKSIKOGRAFIYA IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksikografiya / boshlang'ich / o'quvchi / sifat / o'zlashtirish / imkoniyat / foydalanish / ko'rsatkich / ko'nikma.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Onaxon Mannapovna Jabborova, Gulhayo Temirqul Qizi To‘rayeva

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining sifatli o'zlashtirishida leksikografiya imkoniyatlaridan foydalanish masalasi tahlil etilgan va mualliflarning tavsiyalari taqdim qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING SIFATLI O‘ZLASHTIRISHIDA LEKSIKOGRAFIYA IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING SIFATLI O'ZLASHTIRISHIDA LEKSIKOGRAFIYA IMKONIYATLARIDAN

FOYDALANISH

Onaxon Mannapovna Jabborova

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Gulhayo Temirqul qizi To'rayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada bosЫang'ich sinf o'quvchilarining sifatli o'zlashtirishida leksikografiya imkoniyatlaridan foydalanish masalasi tahlil etilgan va mualliflarning tavsiyalari taqdim qilingan.

Kalit so'zlar: leksikografiya, boshlang'ich, o'quvchi, sifat, o'zlashtirish, imkoniyat, foydalanish, ko'rsatkich, ko'nikma.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется вопрос использования возможностей лексикографии в качественном овладении учащимися начальных классов, а также представлены авторские рекомендации.

Ключевые слова: лексикография, новичок, ученик, качество, освоение, возможность, использование, показатель, навык.

ABSTRACT

The article analyzes the issue of using the possibilities of lexicography in qualitative mastering of elementary school students, and the authors' recommendations are presented.

Keywords: lexicography, beginner, student, quality, mastery, opportunity, use, indicator, skill.

"0'zbekiston-2030" strategiyasida qo'yilgan vazifalarning ijrosi jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining sifatli o'zlashtirishiga erishish va uning ko'rsatkichlari bo'yicha maqbul imkoniyatlarni ta'minlash muhim hisoblanadi[1]. Shu jihatdan mazkur masalada pedagogik ta'lim va o'quv fanlarining

287

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

imkoniyatlaridan keng foydalanish dolzarb bo'lib turibdi. Bu o'rinda e'tiboringizni boshlang'ich sinf o'quvchilarining sifatli o'zlashtirishda leksikografiya imkoniyatlaridan foydalanish masalasi talqiniga tortamiz.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining sifatli o'zlashtirish ko'nikmasi xususiyatlari. Ta'lim sifati keng qamrovli tushuncha bo'lib, unda umumiy o'rta ta'limning sinflar kesimi xususiyatlariga mos ravishda bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish darajasiga e'tibor berish muhim o'rin tutadi[2]. Shu ma'noda boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim va ko'nikmalarini sifatli o'zlashtirishi mezonlari quyidagilar bilan baholanadi:

1) bilim va ko'nikmalarni og'zaki tarzda o'zlashtirish bilan xotira ko'nikmasiga ega bo'lish;

2) boshlang'ich ta'lim o'quv fanlari asoslarini yozma tarzda o'zlashtirish bilan fikrlash ko'nikmasiga ega bo'lish;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim va ko'nikmalarining o'zlashtirish ko'rsatkichlarida sifatli mezonlarning ustuvor bo'lishini ta'minlashda amaliyot omillarini egallashiga erishish.

Mazkur masalalar boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim va ko'nikmalarini sifatli o'zlashtirish xususiyatlarini tashkil qiladi. E'tibor berilsa, bunda bilim va ko'nikmalar asoslarini yozma va og'zaki shaklda o'zlashtirish bilan xotira, fikrlash hamda amaliyot omillarini egallash ustuvor hisoblanadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining sifatli o'zlashtirish ko'nikmasiga erishishda leksikografiyaning imkoniyatlari. Leksikografiya - bu boshlang'ich ta'limning "Ona tili" va "O'qish savodxonligi" o'quv fanlari vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozma va og'zaki so'z boyligini tarkib toptirish hamda rivojlantirish vositasidir[3]. Shu jihatdan bu borada leksikografiyaning quyidagi imkoniyatlaridan foydalangan holda boshlang'ich sinf o'quvchilarining sifatli o'zlashtirish ko'nikmasini rivojlantirish mumkin:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozuv malakasini to'g'ri tarkib toptirish bilan ularning mustaqil fikrlash va ijodiy yondashish ko'nikmalarini talab darajasida tarkib toptirishga erishish imkoniyati;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish malakasini oqilona tarkib toptirish bilan ularning xotira va mustaqil faoliyat ko'nikmalarini talab darajasida rivojlantirishga erishish imkoniyati;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozma va og'zaki savodxonligini tarkib toptirishda ularning so'z boyligini rivojlantirish imkoniyati;

4) boshlang'ich sinf o'quvchilarining umumiy ko'nikmalarini rivojlantirishda so'z ustida ishlash ko'nikmasining imkoniyati.

288

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

Shu tariqa leksikografiya yozuv, o'qish, so'z boyligi hamda so'z ustida ishlash ko'nikmasini kutilgan darajada shakllantirishi bilan boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim va ko'nikmalarini tarkib toptirishda sifatli ko'rsatkichlarga erishish imkonini beradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtirish sifatiga erishishda leksikografiya imkoniyatlaridan foydalanish shakllari. Mamlakatimiz boshlang'ich ta'lim bosqichida ta'lim va tarbiyaning har qanday an'anaviy va noan'anaviy shakllaridan foydalanish imkoniyatlari mavjud[4]. Shu ma'noda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtirish sifatiga erishishda noan'anaviy leksikografiyaning quyidagi shakllari imkoniyatlaridan foydalanish maqsad ga muvofiq bo'ladi:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarining notanish matnlarni o'qish va tushunish ko'nikmasini chuqurlashtirilgan tarzda shakllantirish shakli;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarini boshlang'ich ta'limning aniq, tabiiy va gumanitar o'quv fanlari atamalari bilan yuksak darajada qurollantirish shakli;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarini so'zlar mazmunini tez tushunish va ulardan o'rinli foydalanish ko'nikmasini tarkib toptirish shakli;

4) boshlang'ich sinf o'quvchilarini tashabbus va layoqat ko'nikmalarini rivojlantirish bilan ularning savodxonlik darajasini yuksaltirish shakli.

Bu shakllardan leksikografiyaning amaliy mashg'ulotlari vositasida foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu sababli Ona tili va O'qish savodxonligi o'quv fanlarining belgilangan amaliy mashg'ulotlarida ko'proq boshlang'ich sinf o'quvchilarining notanish matnlar bilan ishlash hamda ularning yozma va og'zaki ko'nikmalarini uyg'un tarkib toptirish bilan boshlang'ich ta'limda o'zlashtirishning sifat ko'rsatkichlariga erishish mumkin.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografiya imkoniyatlaridan foydalangan holda bilim va ko'nikmalar asoslarini sifatli o'zlashtirish masalasida Buyuk Britaniyaning Ingliz tilini o'qitish metodikasida yaxshi tajribalar mavjudligini eslatib o'tish joiz[5]. Bu metodikaga ko'ra, dastlab boshlang'ich sinf o'quvchilarining ingliz tili bo'yicha yozma va og'zaki ko'nikmalari shakllantirilib, keyin ularda matn ustida ishlash va notanish matnni tahlil qilish malakalari tarkib toptiriladi. Buning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarida bilim va ko'nikmalarni sifatli o'zlashtirish ko'rsatkichlari tarkib topadi. Mana shunday tajribalardan foydalangan holda mamlakatimiz boshlang'ich ta'limida sifatli o'zlashtirish omillarini belgilab olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtirishida sifatli ko'rsatkichlarga erishish uchun leksikografiyaning ilmiy va metodik imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Bunda mamlakatimiz

289

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

boshlang'ich ta'limida o'qitilayotgan Ingliz tili o'quv fanining o'qitish metodikasi va tajribasidan foydalanish hamda u asosda milliy metodik shakllarni ishlab chiqish kutilgan samarani beradi. Mazkur masalalarning asoslari bilan oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik qurollantirish masalasi ham dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish joiz.

REFERENCES

1. "0'zbekiston-2030" strategiyasi. // www.ziyonet.uz

2. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug'at. - Toshkent, 2009

3. Коллектив авторов. Лексикография. - Москва, 2014

4. Jabborova O., Umarova Z. Boshlang'ich ta'lim diagnostikasi. - Toshkent, 2023

5. Бонк Н., Котик Г., Лукьянова Н. Учебник английского языка. - бишкек, 2001

290

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.