Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARI UCHUN YANGI AVLOD DARSLIKLARINI YARATISHDA ABDURAUF FITRATNING PEDAGOGIK TA'LIMOTIDAN FOYDALANISH'

OLIY TA’LIM MUASSASALARI UCHUN YANGI AVLOD DARSLIKLARINI YARATISHDA ABDURAUF FITRATNING PEDAGOGIK TA'LIMOTIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
39
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maqsad

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.A.Abdujalilova

Davlatimiz rahbari joriy yilning 28-fevral kuni “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmonini qabul qildi. Mazkur Davlat dasturida Taraqqiyot strategiyasida belgilangan 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalga joriy etish maqsadi doirasida “yangi avlod darsliklarini o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalari, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish”ga yo‘naltirilgan tarzda tayyorlash belgilangan. Ushbu vazifaning ijrosini ta’minlash jarayonida birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitratning pedagogik ta’limotidan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARI UCHUN YANGI AVLOD DARSLIKLARINI YARATISHDA ABDURAUF FITRATNING PEDAGOGIK TA'LIMOTIDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

OLIY TA'LIM MUASSASALARI UCHUN YANGI AVLOD DARSLIKLARINI YARATISHDA ABDURAUF FITRATNING PEDAGOGIK TA'LIMOTIDAN

FOYDALANISH SH.A.Abdujalilova

Associate professor, phd Chirchik State Pedagogical University https://doi.org/10.5281/zenodo.10011475 Davlatimiz rahbari joriy yilning 28-fevral kuni "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi"ni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" davlat dasturida ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmonini qabul qildi. Mazkur Davlat dasturida Taraqqiyot strategiyasida belgilangan 2026-yilga qadar o'quv dasturlari va darsliklarni ilg'or xorijiy tajriba asosida to'la qayta ko'rib chiqib, amalga joriy etish maqsadi doirasida "yangi avlod darsliklarini o'quvchilarning kommunikativ ko'nikmalari, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash va tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish"ga yo'naltirilgan tarzda tayyorlash belgilangan. Ushbu vazifaning ijrosini ta'minlash jarayonida birinchi o'zbek professori Abdurauf Fitratning pedagogik ta'limotidan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'quvchilarning kommunikativ ko'nikmasi tarkibini muloqat, munosabat va muomala, tanqidiy va kreativ fikrlashini ularning mustaqil va ijodiy fikrlashga ega bo'lish, hamkorlikda ishlashini jamoada o'zini tutish va jamoaparvar bo'lish hamda tadqiqotchilik ko'nikmasini ilmiy izlanishga layoqat malakalari tashkil etadi. Shu sababli yangi avlod darsliklarini yaratishda ularning mazmuniga ana shu ko'nikmalarni tarkib toptirish singdirilishi kerak. Bu borada Fitratning pedagogik ta'limotidan o'ziga xos asoslar, nazariy yondoshuvlar va metodikalar bayon qilib o'tilgan. Jumladan, uning "Oila" asarida o'quvchilarning mayl (instinkt) tuyg'ularini shakllantirish vositasida ularning muloqat, munosabat va muomala ko'nikmalarini tarkib toptirish masalasi tahlil qilib berilgan. Unda mayl o'quvchilarning his-tuyg'ularini to'g'ri rivojlantirish vositasida yuzaga kelishi va bunda o'quv adabiyotlarining muhim manba bo'lishi ta'kidlab o'tilgan. Shu jihatdan mazkur yondoshuvda boshlang'ich sinflarda o'qitilayotgan "Tarbiya" o'quv fani bo'yicha yangi avlod darsligini tayyorlashda metodik foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki mayl boshlang'ich sinf o'quvchilarini bilim va tarbiya jarayoniga olib kirishning eng muhim vositasi bo'lib, u mazkur bosqich o'quvchilarida rivojlanish jarayonida bo'ladi. Demak ushbu tuyg'uni rivojlantirishga yo'naltirilgan "Tarbiya" o'quv fani darsligining yangi avlod variantini tayyorlash bilan boshlang'ich sinf o'quvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini maqsadli shakllantirishga erishishi mumkin.

Hozirgi zamon yangi avlod darsliklariga qo'yilayotgan talablardan biri bo'lgan tanqidiy va kreativ ko'nikmasining asoslari to'g'risida Fitratning "Najot yo'li" asarida muhim nazariy va metodik qarashlar o'z ifodasini topgan. Fitratning fikricha, tanqidiy (mustaqil) va kreativ (ijodiy) fikrlash ko'nikmasiga ega bo'lish uchun inson o'zi yashayotgan zamonning holatini yaxshi bilishi, yaxshi va yomonni farqlay olishi, haqqoniy va yolg'on ma'lumotlarni aniqlay bilishi kerak. Shu ma'noda umumiy o'rta maktablarida o'qitilayotgan "Ona tili va savodxonligi", "Adabiyot", "Tarix" kabi fanlar bo'yicha yangi avlod darsliklarini yaratishda o'quvchilarda ana shu ko'nikmalarni shakllantirish nazarda tutilishi kutilgan samarani beradi. Negaki qayd etilgan ko'nikmalar o'quvchilarning mustaqil va ijodiy firklash ko'nikmasini egallab, zamonaviy shaxslar bo'lib yetishi uchun asos bo'ladi.

Yangi avlod darsliklari uchun qo'yilayotgan navbatdagi talablardan biri o'quvchilarda hamkorlikda ishlash, ya'ni tengdoshlari, ustozlari va jamoatchilik bilan birgalikda hamkorlik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

qilish, jamoaparvar bo'lish hamda faollik intilish malakalarini shakllantirishdir. Bu masalada Fitratning "Munozara" asarida o'ziga hos nazariy, didaktik va amaliy tavsiyalar majmui tahlil qilib o'tilgan. Uning fikricha, hamkorlikka intilish va jamoaparvar bo'lish uchun odamlarni to'g'ri tushunish, kechirimli bo'lish va faollikka o'rganish taqazo etiladi. Shu jihatdan "Musiqa madaniyati", "Tasviriy san'at", "Chizmachilik va grafika" o'quv fanlari bo'yicha yangi avlod darsliklarini tayyorlashda o'quvchilarning ana shu ko'nikmalarini shakllantirish va sinflar vositasida rivojlantirib borishni hisobga olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki mana shu o'quv fanlari mazmuni va metodikasi o'quvchilarning hamkorlikni o'rgani, jamoa bilan ishlash va tashabbuskor bo'lish kabi ko'nikmalarni tarkib toptirishga yo'naltirilgan.

Mamlakatimiz yangi avlod darsliklarini yaratishda qo'yilayotan talablardan birini o'quvchilarda tadqiqotchilik ko'nikmasini shakllantirishdir. Buning uchun o'quvchilarning tushunish layoqatini rivojlantirish, ilmiy izlanishlarga o'rgatish, mustaqil ishlash va fikrini ravon bayon qilish malakalarini tarkib toptirish taqazo etiladi. Shu ma'noda mazkur ko'nikmalar to'g'risida Fitratning "O'quv" darsligida muhim tavsiyalar berib o'tilgan. Pedagog olimning fikricha, ta'lim oluvchi yosh avlod atrof-muhitni, tabiatni va Vatan manzaralarini o'rganishi, o'ziga xos izlanishlar olib borishi va kuzatuvlarni amalga oshirishi muhim hisoblanadi. Misol uchun, pedagog ushbu darsligida "Fasllarni kuzatish" jadvalini taqdim qilgan. Bunday yondoshuvlardan "Tabiatshunoslik", "Biologiya", "Geografiya", "Inson anatomiyasi" o'quv fanlari bo'yicha yangi avlod darsliklarini tayyorlashda didaktik materiallar sifatida foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

E'tibor berilsa, Fitratning pedagogik ta'limotida hozirgi zamon yangi avlod darsliklarini tayyorlashda foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega ma'lumotlar, fikrlar, tavsiyalar va yondoshuvlar mavjud. Bundan tashqari, uning "Munozara", "Hind sayyohi", "Oila", "Najot yo'li" asarlarida ta'lim oluvchilarning hisob-kitob, demografik tahlil, geometrik o'lchovlar kabi masalalar bo'yicha muhim fikrlar va ma'lumotlar berib o'tilgan. Ulardan "Matematika", "Geometriya", "Informatika" o'quv fanlari bo'yicha yangi avlod darsliklarini tayyorlashda maqsadga muvofiq bo'ladi.

Fitrat o'z pedagogik asarlarida rus, turk, yapon, fransuz, ingliz, olmon va belgiya tillarida yaratilgan adabiyotlardan juda ko'p ma'lumotlar keltiradi, ushbu xalqlarning madaniy hayoti, qadriyatlari va ruhiyatining eng muhim jihatlarini bayon qilib o'tadi. Shu jihatdan uning bu merosidan "Chet tili", "Ma'naviyat asoslari" o'quv fanlari bo'yicha yangi avlod darsliklarini tayyorlashda unumli foydalanish nazariy va metodik jihatdan samarali hisoblanadi.

Eslatib o'tish joizki, o'tgan asrning birinchi choragida Fitrat o'zbek ta'lim tizimini yangicha asoslarda tashkil etish va barchani savodxon qilish ishlarida faol ishtirok etib, Maorif vaziri sifatida ham faoliyat yuritgan. Shu sababli uning pedagogik ta'limotida va ilmiy asarlarida o'quv fanlarining yangi asoslari bo'yicha manbalar, ma'lumotlar va yondoshuvlar o'z ifodasini topgan. Ushbu omil uning pedagogik merosidan hozirgi zamon darsliklarini tayyorlashda foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki u har bir masalaga ilmiy, nazariy, metodik va o'z zamonidagi xorijiy mamlakatlarning pedagogik tajribasidan kelib chiqib yondoshgan.

Yangi avlod darsliklarini yaratishda Fitrat kabi pedagoglarimizning merosidan oqilona foydalanishimiz bu borada zamonaviy o'quv adabiyotlariga ega bo'lishning muhim omillaridan biridir.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE

TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi o'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida.T.:28.02.2023. PF-27-son.

2. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 2-jild.-T.: "Ma'naviyat".2000.-206 b.

3. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 3-jild.-T.: "Ma'naviyat".2003.-255 b.

4. Abdujalilova Sh.A. Barkamol avlod tarbiyasi va qadriyatlar// Ta'lim tizimida yosh avlodni ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlash tizimi. Ilmiy to'plami.-Toshkent. 2010.-B. 128-131

5. Abdujalilova Sh.A. Talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda pyedagogik texnologiyalarning o'rni //Academic research in educational sciences (ARES)" volume 1 | issue 4 | 2020. ISSN 2181-1385. scientific journal impact factor (sjif) 2020.-P. 804-808

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.