Научная статья на тему 'KIMYO FANINI O‘QITISHDA FANLARARO BOG‘LANISH'

KIMYO FANINI O‘QITISHDA FANLARARO BOG‘LANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
509
219
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fanlararo asinxron bog‘lanish / dars / tabiiy fanlar / muammoli vaziyatlar / samaradorlik / integratsiya / sintez / uzviylik / global / jarayonida / infratuzilmasini / aloqadorlik / межпредметная асинхронная связь / урок / естественные предметы / проблемные ситуации / эффективность.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yaxshiyev Sherali Baxtiyorovich

Dars jarayonida fanlararo aloqadorlikni samarali amalga oshirish o‘quvchilarni yangi o‘quv materiallarini qabul qilishga tayyorlash, fanlararo, mavzulararo bog‘lanishni amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, shuningdek, har bir darsni rejalashtirish va ularni mohirona o‘tkazish o‘qituvchidan chuqur va puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida dars samaradorligini orttirishga xizmat qiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕЖПРЕДМЕТНАЯ СВЯЗЬ В ПРЕПОДАВАНИИ ПРЕДМЕТА ХИМИИ

В статье письменной речи иностранного языка идёт о том, что для планирования каждого урока и мастерского их проведения, а также эффективного осуществления межпредметных связей в процессе занятий требуется подготовка учащихся для освоения новых учебных материалов, осуществление межпредметных и межтематических связей, создание проблемных ситуаций, которые требуют от учителя глубокой и тщательной подготовки, что в свой очередь послужит повышению качества урока.

Текст научной работы на тему «KIMYO FANINI O‘QITISHDA FANLARARO BOG‘LANISH»

Yaxshiyev Sherali Baxtiyorovich,

Toshkent viloyati Chirchiq shahar 3-chi son umumiy o'rta ta'lim maktabi kimyo fani o'qituvchisi

KIMYO FANINIO QITISHDA FANLARARO BOGLANISH

UO'K: 372.854 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_5_8

YAXSHIYEV SH.B. KIMYO FANINI OQITISHDA FANLARARO BOG LANISH

Dars jarayonida fanlararo aloqadorlikni samarali amalga oshirish o'quvchilarni yangi o'quv materiallarini qabul qilishga tayyorlash, fanlararo, mavzulararo bog'lanishni amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, shuningdek, har bir darsni rejalashtirish va ularni mohirona o'tkazish o'qituvchidan chuqur va puxta tayyorgarlik ko'rishni talab qiladi. Bu esa o'z navbatida dars samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.

Tayanch so'z: fanlararo asinxron bog'lanish, dars, tabiiy fanlar, muammoli vaziyatlar, samaradorlik, integratsiya, sintez, uzviylik, global, jarayonida, infratuzilmasini, aloqadorlik.

ЯХШИЕВ Ш.Б. МЕЖПРЕДМЕТНАЯ СВЯЗЬ В ПРЕПОДАВАНИИ ПРЕДМЕТА ХИМИИ

В статье письменной речи иностранного языка идёт о том, что для планирования каждого урока и мастерского их проведения, а также эффективного осуществления межпредметных связей в процессе занятий требуется подготовка учащихся для освоения новых учебных материалов, осуществление межпредметных и межтематических связей, создание проблемных ситуаций, которые требуют от учителя глубокой и тщательной подготовки, что в свой очередь послужит повышению качества урока.

Ключевые слова и понятия: межпредметная асинхронная связь, урок, естественные предметы, проблемные ситуации, эффективность.

YAKHSHIEV SH.B. INTER-SUBJECT COMMUNICATION IN TEACHING THE SUBJECT OF CHEMISTRY

Increasing effective interdisciplinary engagement in lessons, making interdisciplinary contacts, creating problem situations, it is necessary to preparing students for effective acquisition of new teaching materials, and due way planning and conducting each lesson thoroughly teacher training. All that activity is aimed to increasing the effectiveness of lessons.

Keywords: asynchronous interdisciplinary communications, lesson, natural sciences, problem situations, efficiency.

Kirish. Kimyo fanining mazmuni inson va tabiat aloqadorligi, atrofdagi muammolarni o'rganuvchi turli o'quv fanlariga oid bilim-lar uzviyligi va integratsiyani aks ettirmog'i lozim, bu esa kimyo faniga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi o'zgarishlarga olib keladi. Bu bilimlar o'ziga xos sintez, kimyo faniga oid bilimlar majmui sifatida namoyon bo'ladi. Ular tafakkurning tizimli va ehtimolli uslubi sifatida tafsiflanishi kimyoviy bilimlarning ajralib turadigan xususiyatlari sirasiga kiradi.

Ayni uzviylik asosida tashkil etilgan inte-gratsiya tabiatni ilmiy bilish, inson faoliyat-ini o'rganish, tinchlik uchun kurash bo'yicha global masalalarning yechimini topishda kimyo fanining o'rnini samarali tarzda belgilab ber-ish mumkin. Natijada, bu barcha maktab o'quv jarayonlaridagi maxsus bilimlar bilan umumiy-madaniy bilimlar o'rtasidagi o'zaro nisbatning uzviylik asosida o'zgarishiga olib keladi.

Shu asnoda, uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya kimyo fani ta'limini mazmunining asosiy mexanizmi sifatida namoyon bo'ladi1.

Dolzarbligi. Kimyoni biologiya va fizika bilan bog'lab o'qitishda tabiatda sodir bo'layotgan jarayonlarni kuzatish, ularning mohiyatini anglash, fanlararo aloqadorlikka doir muammoli savol-topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yurit-ish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammosi sanaladi.

Maqsad. Maktab ta'limidagi tabiiy fanlar o'quvchilarga dunyoning hozirgi ilmiy man-zarasini ochib beradi. Shu bois tabiat haqi-dagi fanlar o'quvchi dunyoqarashining tabiiy-ilmiy asosini tashkil etadi. Fanlararo aloqadorlik o'quvchilarning umumlashgan ilmiy tushuncha-larini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Bilimlar integratsiyasi ta'limga o'zgacha yondashishni taqozo qiladi. Chunonchi, o'quv materialini umumlashgan tizimda bayon qilish, ta'lim-tarbiya jarayonida muammoli, modulli, shaxsga yo'nalgan texnologiyalardan foydalan-ish zarurligini ko'rsatadi.

O'qitish jarayonida fanlararo bog'lanishni amalga oshirish moddiy va ma'naviy olamni tadqiq qiluvchi turli fanlarning o'zaro hamkorligi

1 Суравегина И. Теория и практика формирования ответственного отношения школьников к природе в процессе обучения биологии: Автореф. дисс. ... докт. пед. наук. - М., 1986. - С. 35.

ular rivojining tabiiy jarayoni va o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantiruvchi omil sifatida nazarda tutish zarur2.

Ta'lim tizimida fanlararo aloqadorlik muhim pedagogik muammodir. Bu sohada ko'plab olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan-lar. Jumladan, I.D.Zverev qarashlarida fanlararo bog'lanish o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, mustaqilligini oshiradi. Shuning-dek, ularning fanlarga bo'lgan qiziqishini rivojlantirish bilan birga mehnat ko'nikma va mal-akalarini shakllantirishga katta yordam beradi3. YU.P.Fedulov fanlararo aloqalarni o'qitish prin-sipi deb hisoblaydi, unga ko'ra, yangi dasturiy materialni o'rganish o'quv fanlari mazmunini hisobga olgan holda, tashkil etilishi kerakligini o'z ilmiy-tadqiqot ishlarida ifodalab bergan.

N.A.Loshkareva fanlararo aloqadorlik-bu ob'ektiv dunyo hodisalarining aloqalari, o'zaro bog'liqligi bilimlarda aks etadi, ya'ni atrofdagi voqelikning muhim qonuniyatlaridan birin-ing ta'lim jarayonida aks etishi deb hiso-blaydi. Yuqoridagilarga qo'shimcha ravishda siz ko'pincha uchinchi ta'rifni topishingiz mumkin: fanlararo aloqalar - o'quv dasturlari, darsliklar va metodikalarning o'zaro izchilligi.

E.Minchenkovning so'zlariga ko'ra, dastlabki ikkita ta'rif sub'ektlararo aloqalarning u yoki bu funksional xususiyatlarini ochib beradi. Uchinchi tarifga kelsak, uni qoniqarli deb bo'lmaydi, chunki u "bog'lanish", "o'zaro bog'liqlik" iboralarini "mustahkamlik", "kontakt" sinonimlari bilan almashtiradi.

V.N.Maksimova fanlararo aloqalar zamonaviy fanlar integratsiyasi sharoitida o'quv fanining mazmuni va strukturasini shakllantirishda xilma-xillik ob'ektiv manbalardan biri hisoblaydi.

E.O.Turdiqulovning tadqiqot ishlarida tabiiy fanlarni integratsiyalab o'qitish muammosi ish-lab chiqilgan bo'lib, u olam haqidagi bir butun-likni tashkil etishi nazarda tutilishi, ta'lim integratsiyasi fanlararo bog'lanishning yuqori dara-jasi, bir butun integrallashgan bilimlarni yarat-ishga imkon beradigan vositasi ekanligi qayd etilgan, tabiiy fanlar bo'yicha olgan bilimlarining ongli bo'lishi va chuqur o'zlashtirilishiga olib

2 Зверев И.Д. Экология в школьном образовании. - М.: «Знание», 1988. - С. 96.

3 Nishonboeva M.G. Biologiya darslarida ekologik tarbiya. - T.: «O'qituvchi», 1992. - 27-b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 5 (126)

keladi. Bunda tabiat va jamiyat, ularning o'zaro bog'liqligi, tabiat qonuniyatlari haqidagi ilmiy bilimlarning yaxlit tizimi tarkib topadi. Tabiat haqidagi biologiya, fizika, kimyo fanlarining o'zaro aloqadorligi asosida darslarni tashkil qil-ish maqsadga muvofiqligi ta'kidlangan1. Keyingi yillarda fanlar o'rtasidagi fanlararo bog'lanishni integratsiya atamasi bilan yuritish odat tusiga aylangan.

Fanlararo integratsiya quyidagi tarkibiy qismlarga ajratilgan:

- ob'ektga doir integratsiya - bir ob'ektning turli fanlardagi timsollari bir mavzu, bo'lim yoki kurslarga kiritiladi;

- tushunchaga oid integratsiyada umumiy tushunchalar mazmunni ochib beradigan mavzu yoki kurslar qamrab olinadi;

- nazariyaga oid integratsiyada - fizika va biologiyadagi nazariyalar umumiy holatda o'rganiladi;

- metodologik integratsiyada - ilmiy bil-ishning alohida metodlariga oid integratsiyani amalga oshirish ko'zda tutiladi;

- muammoli integratsiyada fanlararo muammolar qamrab olinadi va hal etish yo'llari ishlab chiqiladi;

- faoliyatga oid integratsiyada muammoni hal etish yuzasidan munozara o'tkazish, kichik guruhlarda ishlash, fanlararo tadbirlar rejasini tuzish, loyihalar tayyorlash kabilar ko'zda tuti-ladi;

- amaliy integratsiyada ahamiyatga molik bo'lgan jarayonlar asosida texnik mahsulotlarni yaratish nazarda tutiladi.

Maktab o'quvchilarida mustaqil fikrlash ko'nikmasini rivojlantirishda o'quv jarayonida fanlararo aloqadorlik mexanizmidan foydalan-ish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Shun-ing uchun kimyo fanini biologiya va fizika fanlari bilan uzviylik asosida o'rgatish asosiy maqsad-imiz. O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlik asosida muayyan ko'nikma va malakalar shakllan-tiriladi, jumladan:

1. O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlik hodisasi murakkab va serqirra didaktik jarayon-dir.

2. Fanlararo aloqadorlik - ta'lim jarayoni va uning barcha o'qitilish shaklida didaktik

1 Turdikulov E.O. Fizika va ekologik ta'lim. - T.: «O'qituvchi», 1992. - 228-b.

shart-sharoitlarni takomillashtiruvchi didaktik hodisadir.

3. O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta'minlashda mazmunan bir-biriga yaqin o'quv fanlarining materiallari nihoyatda talabchanlik bilan muvofiqlashtiriladi.

4. O'rganilayotgan materialning ilmiy va amaliy darajasini oshirishga harakat qilinadi.

5. O'zaro aloqador bilimlar didaktik birlik sifatida yaxlitlashti riladi;

6. O'quvchilar ongida barqaror va tizim-lashtirilgan bilimlarni singdirish yo'llari ko'rsatiladi.

O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlik ta'lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlariga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi, ya'ni o'quv materialining mazmuni, o'qitish metodlari va texnik vositalar ushbu jarayonga muvofiq holda tanlanadi.

O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni ilmiy jihatdan asoslash, uning metodologikdidaktik infratuzilmasini vujudga keltirish, ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan innovat-sion pedagogik texnologiyalardan foydalan-gan holda o'quv fanlarining o'zaro aloqador-ligini ta'minlash lozim. O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta'minlash bo'yicha amalga oshiriladigan faoliyatning samaradorligi asosan o'quv fanlari o'qituvchilarining ijodiy izlanish-lari va faoliyatlarining mazmundorligiga ham bog'liqdir. Tabiiy fanlarni, jumladan, Kimyo, biologiya va fizika fanlarini birlashtiruvchi tush-unchalar materiya, uning harakat shakllari, tash-kiliy darajasi, hujayraviy tuzilishi muhim ahamiyatga ega. Bu fanlarni o'qitishda fanlararo aloqadorlikni tizimli amalga oshirish «Tabiat-inson-texnika-jamiyat» yaxlitligi o'quvchilarning anglab olishlariga zamin hozirlaydi. Buning asosida o'quvchilarda tabiat haqida tizimli va yaxlit tushuncha hosil bo'lib, unda hamma narsa o'zaro aloqadorlikda, shuningdek, modda va energiya aylanishi asosida o'z-o'zini doimiy yaratishi va takomillashtirish jarayonlarini amalga oshiradi2.

Demak, yerdagi hayot uchun normal biofizik va biokimyoviy sharoit saqlanadi. Shu asosda fanlararo aloqadorlik ta'lim jarayonida hozirgi zamon fanlarida yuz berayotgan xususiyat-

2 Turdikulov E.O. Fizika va ekologik ta'lim. - T.: «O'qituvchi», 1992. - 228-b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 5 (126)

lar: integratsiya, ijtimoiylashuvning mazmun-mohiyatini tushunishga zamin tayyorlaydi.

Ilmiy yangiligi. Kimyo fanini o'qitishda biologiya va fizika bilan bog'lab o'qitish ya'ni asinxron (vertikal) fanlararo aloqadorlikni yo'lga qo'yishdan iborat.

Izlanish ob'ekti. Tabiiy fanlarni bog'lab o'qitish orqali o'quvchilarda ilmiy tafakkurni tarkib toptirishda, avvalo, ta'lim mazmuni muhim o'rin tutadi. Ta'lim mazmuni uch o'quv fanining uyg'unligi va uzviyligi aso-sida o'quvchilarning avval o'zlashtirgan bilimi, ko'nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo'llash orqali yangi bilim, ko'nikma va malaka-larni egallashga zamin tayyorlaydi.

Tadqiqotning ob'ekti: Kimyoni biologiya va fizika bilan bog'lab o'qitishni nazarda tutgan holda, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quv rejasi, har uchala o'quv fanlarining dasturlarini mazmunan maqsadga muvofiq tahlil qilish, ular o'rtasidagi uzviylik, ya'ni gori-zontal va vertikal bog'lanishlarni aniqlash, o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyat-larini e'tiborga olgan holda, muammoga oid masala ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llash orqali o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllan-tirish zaruriyati vujudga keldi.

Tadqiqotning predmeti: Umumiy o'rta ta'lim maktablarida dars jarayonida o'quvchilarining fanlararo aloqadorligini samarali amalga oshirish, o'quvchilarni yangi o'quv materiallarini qabul qilishga tayyorlash, fanlararo, mavzulararo bog'lanishni amalga oshirish, muammoli vazi-yatlarni yaratish, nutq madaniyatini shakllanti-rish, shakl, metod va vositalaridir.

Qo'llaniladigan uslub. Kimyo fanini fanlararo aloqadorlikda o'qitish jarayonida tan-langan ta'lim mazmuni maqsadga muvofiqlik darajasiga ko'ra o'qitish shakllari bo'lgan dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida foydalanish bo'yicha saralanadi.

Kimyo fanini tabiiy fanlar bilan bog'lab o'qitishda o'quvchilar tomonidan kimyo o'quv fani dasturlari va DTS bilan me'yorlangan muayyan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish, ularni tarbiyalash va ilmiy dunyo qarashini shakllantirish jarayoni o'qitishning turli shakl, usul va vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Dastur talablarini amalga oshi-radigan o'qitish shakli bo'lgan dars, darsdan va

sinfdan tashqari mashg'ulotlardan o'z o'rnida va samarali foydalanish lozim. Mazkur o'qitish jarayoni kimyoni o'qitish shakllari tizimini tashkil etadi1.

Asinxron (vertikal) bog'lanish deganda, o'quv fanlari mavzulari dastur va o'quv rejasi asosida avvalgi sinflarda o'zlashtirilgan bilim-lardan foydalanish orqali sinflararo bog'lanish tushuniladi. Masalan, VIII sinf «Anorganik kimyo» darsligidagi «Atom yadrosi tarkibi», «Energetik pog'onachalar", «Biogen element-lar va ularning tirik organizmlardagi ahami-yati», «Atom elektron qavatlarining tuzilishi» mavzulari bilan, «Biologiya (sitologiya va gene-tika asoslari)», IX sinfda «Tiriklikning tuzil-ish darajalari», «Prokariot hujayralar», "Eukariot hujayra», «Biomolekulalar», «Moddalar almash-inuvi», «Energiya almashinuvi», mavzularini yoki VII sinf «Anorganik kimyo» darsligidagi, «Atom molekular ta'limot. Atom va molekulalarn-ing mavjudligi», «Kislorodning kimyoviy xos-salari, uning biologik ahamiyati va ishlati lishi», «Suvning tabiatda tarqalishi. Uning tirik orga-nizmlar uchun ahamiyati» mavzulari bilan, «Odam va uning salomatligi», VIII sinfda «Odam organizmining hujayraviy tuzilishi», «Qon va uning vazifasi», «Tayanch - harakatlan-ish tizimining tuzilishi» mavzularini, VII sinf «Fizika» o'quv darsligidagi «Erning tortishish kuchi ta'sirida jismlarning harakati», «Ishqalan-ish kuchi», «Potensial energiya», «Kinetik energiya» mavzulari bilan o'zaro bog'lab tushuntirish misol bo'ladi.

Olingan natijalar. Ta'lim jarayonida fanlararo aloqadorlik o'z-o'zidan emas, balki o'qituvchining kasbiy, ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik tayyorgarligi orqali hamda uning mohi-yatini chuqur anglash asosida samarali amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun o'qituvchi o'zi dars beradigan fanini chuqur va puxta bilib qolmasdan, balki unga yaqin fanlararo bilimlar-dan xabardor bo'lishi lozim. Bunga bilimlarning alohida turlari va ular o'rtasidagi aloqadorlikni egallashga yordam beradi.

Asosiy qism. Quyida kimyo fanini o'qitishda biologiya va fizika bilan bog'lab o'qitishda asinxron (vertikal) fanlararo aloqadorlikni

1 Azizxo'jaeva N.N. O'qituvchi tayyorlashning pedagogik texnologiyasi. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2000. - 52 b.

yo'lga qo'yishga oid dars ishlanmasi keltirilmo-qda1.

Darsning mavzusi: Polisaxaridlar (Kimyo, X sinf)2.

Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarni kimyoni biologiya va

fizika bilan bog'lab o'qitishda fanlararo alo-qadorlik mazmundagi

bilimlarning o'ziga xos xususiyatlari va ahamiyati bilan tanishtirish. Fanga oid kompe-tensiya 1: fanlararo bilimga ega bo'lish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Kimyoni biologiya va fizika bilan bog'lab o'qitishda fanlararo aloqadorlikni shakllantirish orqali o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Ta'limga oid kompetensiya 4: fanlararo alo-qadorlik mazmunida ko'nikma va malakalarni shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O'quvchilarning umumiy va xususiy kimyoviy, biologik va fizik tushunchalarini, darslik va qo'shimcha o'quv adabiyotlari ustida ishlash. Fanga oid kompetensiya 3: mustaqil fikr yurit-ish ko'nikmalari.

Darsni jihozlash: Mavzuga oid ko'rgazma vositalari, tarqatma va didaktik materiallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: «Aql charxi»3.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. Salomlashish, navbat-chi axboroti, o'quvchilarni darsga tayyorlash.

II. O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning o'zlashtirgan nazariy bilimi, amaliy ko'nikma va malakalarini nazorat qil-ish va baholash.

III. O'tilgan mavzuni mustahkamlash.

O'quvchilar o'quv materiallarini mustaqil

holda darslik va qo'shimcha adabiyotlar yor-damida o'rganadilar.

IV. Yangi mavzuni o'rganish. O'qituvchi, o'quvchilarni «Aql charxi» metodi bilan tan-ishtirib, muayyan tayyorgarlik ishlarini olib boradi. So'ngra yangi mavzu bo'yicha qisqacha

1 Tolipova J.O., G'afurov A.T. Biologiya o'qitish metodikasi. Bakalavriat ta'lim 3. yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma. - T.: «Iqtisod-Moliya», 2007. - 224-b.

2 I.Sh. Ismatov. Kimyo. 10-sinf umuta'lim maktablari uchun darslik. - Toshkent: 2022. - 98 b.

3 N.G'. Raxmatullayev, H.T.Omonov, Sh.M.Mirkomilov. Kimyo o'qitish metodikasi. - Toshkent: "Iqtisod-Moliya". -2013.

ma'lumot berib, unda «Polisaxaridlar» (kimyo, X sinf) mavzusini o'quvchilarga tushuntirishida dastlab polisaxaridlar asosi monosaxaridlarning tarkibidan bir molekula suvning chiqishi hiso-biga aktiv qism hosil qiladi va buning hisobiga ko'p marotaba takrorlanib yuqori molekulyar massaga ega bo'lgan polisaxaridlar yani kraxmal, sellulozani hosil qiladi. Buni tirik organizmning tuzilishi bilan bog'lab hayotning molekula dara-jasi asosida biologik molekulalar - DNK, RNK, ATF, oqsillar, uglevodlar, faoliyatida namoyon bo'lishi. Bu moddalar qaysi turga mansubligidan qat'i nazar barcha, tirik organizmlar hujayralari uchun umumiy tuzilishga ega.

Yuqori molekulalar moddalar - oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar biopolimerlar hiso-blanadi. Biopolimerlar monomerlarning o'zaro birikishidan hosil bo'ladi. Polimerlar ikki guruhga bo'linadi. Bir xil tipdagi monomer-lardan tuzilgan polimerlar (glikogen, kraxmal) gomopolimerlar, har xil tipdagi monomerlar-dan tuzilgan polimerlar (oqsillar, nuklein kislotalar) geteropolimerlar deyiladi.

Demak, tarkibida uglerod, vodorod va kislo-rod tutuvchi kislorodli organik birikmalarga uglevodlar sinfi deb nomlanuvchi, tabiatda keng tarqalgan bir qator birikmalar ham kiradi. Uglevodlar deyarli barcha mevalar, poliz ekin-lari (qovun, tarvuz) uzum, qand lavlagisi, sha-karqamish, asal, sut, kartoshka, bug'doy, sholi hamda g'alladoshlar oilasiga mansub o'simliklar, paxta, o'simliklarning yog'ochligi (tanasi) tarkibiga kiradi.

Demak, siz bilan biz iste'mol qilayotgan qand va qand mahsulotlari, kraxmal (kartoshka, guruch, un) hamda kraxmal asosida tayyorla-nadigan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, kundalik turmushimizda foydalaniladigan selly-uloza (paxta, kanop) dan tayyorlangan buyumlar barchasi uglevodlardir.

Dars jarayonida fanlararo vertikal bog'lanishni amalga oshirish maqsadida mavzu-larni IX sinf «Fizika»darsligidagi «Suyuqlikning xossalari» mavzusi o'zaro bog'lab unda gazlar-dan farqli ravishda suyuqliklarda molekulalar deyarli bir-biriga tegib turadi. Shuning uchun ular orasida o'zaro tasir kuchlari gaz moleku-lalari orasidagi ta'sir kuchlariga nisbatan katta bo'ladi. Suyuqlik molekulalari orasidagi tortish-ish kuchi molekulalarni bir-biridan uzoqlashib

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 5 (126)

ketishiga yo'l qo'ymaydi. Shu tariqa, gazlardan farqli ravishda suyuqliklar o'z hajmini saqlaydi.

Demak, «Kimyo»dagi polisaxaridlar orga-nizm va ularning faoliyatida, shuningdek, orga-nizm uchun muhim hisoblanadi. «Kimyo» dagi polisaxaridlar bilan o'zaro bog'lab, unda polisaxaridlar tabiatning oliy mahsuli bo'lgan inson, qolaversa boshqa jonzotlar uchun muhim ahamiyatga ekanligi e'tirof etiladi. So'ngra «Fizika» darsligidagi suyuqlikning xossalari haq-ida to'xtalib unda suyuqlik molekulalari ora-sidagi tortishish kuchi molekulalarni bir-biridan uzoqlashib ketishiga yo'l qo'ymasligi hayotning molekula darajasi biologik molekulalar - DNK, RNK, ATF, oqsillar, uglevodlar suv ya'ni suyuq-lik molekulalari muhitida namoyon bo'lishi haqida ilmiy tushunchalar beriladi. Mazkur bog'lanishlarda mantiqiy tushunchalar borligi qayd etiladi.

V. Yangi mavzuni qayta ishlash. Fanlararo aloqadorlik mazmunida.

VI. O'quvchilarni rag'batlantirish va baho-lash. Mavzu yuzasidan savol-javob, o'quv bahsi uyushtirish.

VII. Uyga vazifa. X sinf «Kimyo» darsligidagi « Polisaxaridlar » mavzusi X sinf biologiya darsligidagi «Uglevodlar va lipidlar» mavzusini yoki IX sinf «Fizika» darsligidagi «Suyuqlikning xossalari» mavzularini fanlararo vertikal bog'lanish mazmunida o'qib kelish.

Dars jarayonida fanlararo aloqadorlikni sama-rali amalga oshirish o'quvchilarni yangi o'quv materiallarini qabul qilishga tayyorlash, fanlararo, mavzulararo bog'lanishni amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, shuningdek, har bir darsni rejalashtirish va ularni mohirona o'tkazish o'qituvchidan chuqur va puxta tayyor-garlik ko'rishni talab qiladi. Bu esa o'z navbatida dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Kimyoni o'qitishda fanlararo asinxron (vertikal) bog'lanishni nafaqat dars jarayonida balki, darsdan tashqari (har xil to'garaklarda, olimpiada, konferensiya va boshqalar bo'yicha) mashg'ulotlarda ham samarali yo'lga qo'yish mumkin.

Olingan natijalar. Kimyoni biologiya va fizika bilan bog'lab o'qitish jarayonida ta'lim mazmunining o'zgarishi o'qitish metod-lari, yo'llari va vositalarini samarali tanlashni taqozo etadi. Shu asnoda integratsion bilim-

larni egallash o'quvchilarning ilmiy dunyoqa-rashini shakllantirishga imkoniyat yaratadi.

Xulosa. Ta'lim jarayonida fanlararo aloqa-dorlik ta'minlangan sharoitda o'quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faol-liklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni turli o'quv predmetlari bo'yicha o'quv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta'minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tush-unish lozim. Jumladan:

Dars jarayonida o'quvchilarda fanlararo asinxron aloqadorlikda shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi hozirga qadar olib borilgan tadqiqot ishlarini tahlil qilish asosida aniqlandi.

1. Tabiiy fanlarni fanlararo aloqadorlikda tanlangan ta'lim mazmuni maqsadga muvo-fiqlik darajasiga ko'ra o'qitish shakllari bo'lgan dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida foydalanish nazarda tutildi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Maktab kimyo darslarida fanlararo aloqa-dorlik mazmunida tanlangan o'quv materiallari-dan foydalanish o'quvchilarning fanga bo'lgan munosabatlari, qiziqishiga zamin yaratib, nati-jada o'quvchilarda ilmiy dunyo qarashni shakllantirish va rivojlantirishni kafolatlaydi.

3. Dars jarayonida kimyoni biologiya va fizika bilan bog'lab fanlararo aloqadorlik mazmunida kompetensiya asosida dars ishlanmalari ishlab chiqildi.

4. Fanlararo aloqadorlikni shakllantirishning tarkibiy qismlari va rivojlantirish tamoyillari aniqlandi.

5. Biologiyani fizika va kimyo bilan o'qitishda fanlararo aloqadorlikni shakllantirish mazmunidagi o'quv materiallari didaktik tamoy-illardan foydalanib tanlandi.

6. Ta'limda fanlararo aloqadorlikni amalga oshirishga doir tegishli metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish bugungi kunning muhim pedagogik muammo-lardan biri ekanligi ta'kidlab o'tildi.

7. Biologiyani fizika va kimyo bilan bog'lab fanlararo aloqadorlikni shakllantirishda o'qitishning barcha shakllari: dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarda samarali va o'rinli foydalanish ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilishi nazarda tutildi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 5 (126)

Tavsiyalar:

1. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tabiiy fanlarni fanlararo aloqadorlikda o'qitishda o'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini fanlararo shakllantirish bo'yicha ishlab chiqilgan ilmiy tadqiqot natijalaridan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish.

2. Tabiiy fanlarni fanlararo aloqadorlikda o'qitishda o'quvchilarning psixologik xususiyat-lari, didaktik tamoyillar asosida hamda o'qituvchi pedagogik mahoratiga bog'liqligi ko'rsatilgan holda, integratsion bilimlarning chuqur va pux-taligini ta'minlash mumkinligini aniqlash.

3. Kimyo darslarida o'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini fanlararo shakllantirishda interfaol usullardan samarali foydalanish uyg'unligini yaratish.

4. Pedagog xodimlarni qayta tayy-orlash va malakasini oshirish institutlarida o'quvchilarda fanlararo aloqadorlikka oid bil-imlarni keng qamrovli shakllantirish borasida o'qituvchilarning ilmiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish.

5. Darslarni integratsiyalash asosida tashkil etishning o'ziga xos xususiyati - mashg'ulotlar pedagogga dars mazmunini boshqarish, o'quvchilarga olam bir butun ekanligi tuyg'usini shakllantirish imkoniyatini beradi.

6. Darslarni integratsiyalash tizimini naz-ariy-metodik jihatdan takomillashtirish, ta'lim jarayoniga innovatsion yondashuvga doir didaktik materiallar yaratish lozim.

Jumladan:

- o'qituvchilar tomonidan berilayotgan bilimning o'quvchilar tomonidan qay darajada o'zlashtirilayotganligini doimiy nazorat qilib borish;

- ta'lim jarayonida o'quvchi shaxsi ma'na-viyatini shakllantirishda uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash;

- o'quvchilarning psixologik xususiyatla-rini hisobga olgan holda integratsiyalash-gan darslarni shakllantirishga qaratilgan mashg'ulotlar tashkil etish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Суравегина И. Теория и практика формирования ответственного отношения школьников к природе в процессе обучения биологии: Автореф. дисс. ... докт. пед. наук. - М., 1986. - С. 35.

2. Зверев И.Д. Экология в школьном образовании. - М.: «Знание», 1988. - С. 96.

3. Nishonboeva M.G. Biologiya darslarida ekologik tarbiya. - T.: «O'qituvchi», 1992. - 27

b.

4. Turdikulov E.O. Fizika va ekologik ta'lim. - T.: «O'qituvchi», 1992. - 228 b.

5. Azizxo'jaeva N.N. O'qituvchi tayyorlashning pedagogik texnologiyasi. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2000. - 52 b.

6. Tolipova J.O., G'afurov A.T. Biologiya o'qitish metodikasi. Bakalavriat ta'lim 3. yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma. - T.: «Iqtisod-Moliya», 2007. - 224 b.

7. I.Sh.Ismatov. Kimyo. 10-sinf umuta'lim maktablari uchun darslik. - Toshkent: 2022. -98 b.

8. N.G'.Raxmatullayev, H.T.Omonov, Sh.M.Mirkomilov. Kimyo o'qitish metodikasi. -Toshkent: "Iqtisod-Moliya", 2013.

9. G'afurov A. va boshqalar. Biologiya. 10-sinf umuta'lim maktablari uchun darslik. - T.: «SHarq», 2017. - 50 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.