Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARINI INTEGRATSIYA USULLARIDA TASHKIL QILISH'

ONA TILI DARSLARINI INTEGRATSIYA USULLARIDA TASHKIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
343
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
INTEGRATSIYA / ONA TILI / INNOVATSIYA / FANLARARO ALOQADORLIK / ADABIYOT / MATEMATIKA / INTEGRATSION TA'LIM

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yusupova A.M.

Hozirgi globallashuv sharoitda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlashda har tomonlama kamol topgan yuksak ma’naviyatli, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini chuqur egallagan shaxsni tarbiyalab yetishtirish, uning ilmiy dunyo qarashini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada ona tili darslarini samaradorligini oshirish, shuningdek, ona tili darslarini o‘qitish jarayonida integratsiyalashgan darslarda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash masalalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IN METHODS OF INTEGRATION OF MOTHER LANGUAGE LESSONS ORGANIZATION

In the current context of globalization, it is important to develop the country's economy, to bring up a person with a high level of spirituality, modern management mechanisms, to form his scientific worldview, to ensure its integration into the world community. This article discusses the issues of increasing the effectiveness of mother tongue lessons, as well as ensuring interdisciplinary links in integrated lessons in the process of teaching mother tongue lessons.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARINI INTEGRATSIYA USULLARIDA TASHKIL QILISH»

UDK 81-13

Yusupova A.M.

2- bosqich magistranti Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti

ONA TILI DARSLARINIINTEGRATSIYA USULLARIDA TASHKIL

QILISH

Annotatsiya: Hozirgi globallashuv sharoitda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta'minlashda har tomonlama kamol topgan yuksak ma'naviyatli, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini chuqur egallagan shaxsni tarbiyalab yetishtirish, uning ilmiy dunyo qarashini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada ona tili darslarini samaradorligini oshirish, shuningdek, ona tili darslarini o'qitish jarayonida integratsiyalashgan darslarda fanlararo aloqadorlikni ta'minlash masalalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlari: integratsiya, ona tili, innovatsiya, fanlararo aloqadorlik, adabiyot, matematika, integratsion ta 'lim.

Yusupova A.M.

2nd stage master

Alisher Navoi University of Uzbek Language and Literature

IN METHODS OF INTEGRATION OF MOTHER LANGUAGE LESSONS ORGANIZATION

Annotatsion: In the current context of globalization, it is important to develop the country's economy, to bring up a person with a high level of spirituality, modern management mechanisms, to form his scientific worldview, to ensure its integration into the world community. This article discusses the issues of increasing the effectiveness of mother tongue lessons, as well as ensuring interdisciplinary links in integrated lessons in the process of teaching mother tongue lessons.

Keywords: integration, mother tongue, innovation, interdisciplinary, literature, mathematics, integrated education.

Bugungi kunda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy mohiyati ta'lim mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan-texnika taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratlashuvi, axborot maydonining kengayib borishi kabi omillar o'quvchilaming shaxsiy xususiyatlariga, jumladan, idrok eta olish, tasavvur va fikrlash, aqliy qobiliyatlarining rivojlanishiga olib keldi.O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta'lim sifatining

oshirilishiga jiddiy ta'sir ko'rsatib, ta'limni modernizatsiyalash, innovatsion o'qitish imkoniyatlarini kengaytiradi. Hozirgi kunda ta'lim tizimiga kiritilayotgan pedagogik texnologiya jarayonida ham innovatsiyalar va integratsiyalarning yorqin misolidir.So'nggi yillarda respublikada integratsion ta'limni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida Qonun"i, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'lim mazmuni bilan shaklini bosqichma bosqich takomillashtirish ko'zda tutilgan. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning 70 foizi ta'lim tizimida integrativ xarakterdagi o'quv dasturla r va darsliklar bilan ishlamoqdalar. Umumta'lim fanlarini o'qitishga zamon talablari asosida yondashish, ta'limda eng ilg'or texnologiyalarni qo'llash davr talabiga aylandi. Ta'lim jarayonini yangi mazmun va yangi shaklda yo'lga qo'yishda integrativ yondashuv talab etiladi.

"Integratsiya" so'zi lotincha integration - tiklash, to'ldirish, "integer" butun so'zidan kelib chiqqan. Integratsiya g'oyasi XVIII asrning yigirmanchi yillarida ingliz olimi G. Spenser tomonidan fanga kiritilgan. Integratsiya muammosini hal etish borasida olimlar birmuncha ishlarni amalga oshirganlar. Rivojlangan davlatlarda ta'lim mazmunini integratsiyalash borasida muhim va dolzarb ishlar amalga oshirilgan. Angliya, Yaponiya, Vengriya, Gong Kong davlatlarda ta'lim mazmunini integratsiyalashga erishilgan. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma'naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o'ringa ega bo'lib, uni samarali tashkil etish o'quvchida ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi.Fanlararo aloqa va integratsiyaning maktablarda o'qitish va tarbiyalashdagi ahamiyati juda ko'p pedagog olimlar tomonidan ko'rib chiqilgan. Ta'lim integratsiyasi o'quvchi faoliyatiga, bu faoliyatning samaradorlik ko'rsatkichi muntazam ortib borishiga yo'naltirilgan, uning bosh maqsadi bilimlarni samarali o'zlashtirishdangina iborat emas, aksincha, bilimlarni o'quvchi eng qulay, oddiy tushuncha va tasavvurlardan murakkabga tomon boruvchi izlanish-intilishlari asosida uzluksiz o'zlashtirilishini ko'zda tutadi. Oddiy mavzular asta-sekin murakkablashib, ma'lumot, tushuncha, tasavvurlar shaklidan yaxlit, mujassam bilim va malakaga aylanib boradi. Bu bilim hamda malakalardan o'quvchilar zarur vaziyatlarda muayyan hayotiy muammoni hal qilishda bemalol foydalanish layoqati tarkib toptiriladi. Integratsiyaning ta'lim sistemasida muhimligini birinchilardan bo'lib mashhur pedagog - I.F. Gerbart tushuntirib bergan. U ta'limda integratsiyani qo'llashning to'rtta yo'nalishini sanab bergan. Bular quyidagilar:

- Aniqlilik;

- Asotsiatsiyaviylik;

- Tizim;

- Metod.

Integratsiyaning birinchi va ikkinchi yo'nalishlari bilim olishga yo'naltirilgan bo'lib, ikkinchi va uchinchi yo'nalishlari eski bilimlar va yangi bilimlarni bir- biri bilan uzviy bog'lash demakir. I.F Gerbart bu yo'nalishlar

orqali integratsiyalashuv jarayoni mukammal ravishda sodir bo'ladi deb aytib o'tgan.Bilamizki, uzluksiz ta'lim tizimida ona tilini o'qitish asosiy o'rin egallaydi. XXI asr - axborot texnologiyalari asri. Ona tili darslariga noan'anaviy darslarni olib kirish va uni ta'lim mazmuniga singdirish, dars o'tishning yangi-yangi usullarini topish DTS talablarini bajarishga zamin yaratadi. Shu jihatdan olib qaraganimizda ham ta'lim tizimida ona tili darslarini boshqa fanlar bilan bog'lab o'rgatish darsning samarali bo'lishini ta'minlaydi. Ona tili darslari boshqa o'quv predmetlaridan alohida, mustaqil yashay olmaydi. Aksincha u ta'lim bosqichlarida o'rganiladigan xilma-xil o'quv predmetlari, xususan, adabiyot, matematika, fizika, informatika, texnologiya, geografiya, xorijiy tillar bilan o'zaro aloqadorlikda o'rganilsa, o'z samarasini beradi. Chunki ta'lim tizimida fanlararo aloqadorlik - integratsiya darslarini tashkil etish o'quvchilarning mavzuni tez va oson anglashiga olib keladi.Birinchi navbatda, ona tili adabiyot fani bilan bog'lab o'rgatiladi. Ona tili va adabiyot darslarini bir o'qituvchi olib borishi ularni o'zaro bog'lab aloqada o'rgatishga katta imkoniyat yaratadi. Adabiyot so'z san'ati bo'lganligi tufayli, ona tilini asosli ravishda anglamasdan turib, o'quvchilar oldida adabiyotning go' zalligi va qudratli tarbiya vositasi ekanligini namoyish qilish mumkin emas. Yuqori sinfda badiiy asarning tili o'rganilayotganda stilistik tahlil mashg'ulotlari o'tkaziladi. Stilistik tahlilda asarning g'oyaviy mazmunini ifodalovchi til vositalari aniqlanadi, muallifning so'z tanlash, gap tuzish mahorati ko'zdan kechiriladi. Masalan, Oybekning "Qutlug' qon" romani bo'yicha mustaqil mashg'ulot olib borilar ekan, o'quvchilarda yozuvchining so'z tanlash va so'zlarni o'zaro bog'lash usullari, shuningdek tinish belgilarining ishlatilishi aniqlanadi. Ona tili darslarini adabiyot bilan uyg'unlikda olib borish, o'quvchilarning badiiy-estetik dunyoqarashlarini yanada boyishiga olib keladi. Aynan ona tilida biron bir nazariy ma'lumot o'rganilayotgan bir paytda o'quvc hilarga aynan shu damda adabiyotdan o'tilayotgan hikoya, asardan parchalardan misollar topib kelish, ruboiy, g'azallardagi so'zlarni til nuqtayi nazaridan tahlil qilishga o'rgatib borilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.Davlat ta'lim standartlarida o'quv fanlari orasidagi aloqadorlik, ona tili fanining boshqa o'quv fanlarini o'rganishga ta'siri qayd etilib, "Ona tili o'qitishda o'quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini rivojlantirishda aniq fanlar yo'nalishdagi fanlarni o'rganishga ijobiy ta'sir" ko'rsatishi uqtirilgan. Maktabda ona tili va matematika darslari o'rtasidagi predmetlararo aloqani o'rnatish uchun potensial imkoniyatlar mavjud. Jumladan, ona tili darslarida matematik mavzulardagi mashqlarga o'rin berilishi, matematika darslarida o'quvchilarning til madaniyatini oshirishga doir ishlar amalga oshirilishi fanlararo uzviylikni ta'minlashda katta imkoniyatlar yaratadi. Masalan, matematika darslarida "Agar....bo'lsa, u xolda...." shaklidagi jumlalarni quyi sinflardayoq qo'llay boshlanadi va uni mantiqiy hosil bo'lishlik simvoli bilan belgilab ko'rsatiladi. Ona tili darslarida ham qo'shma gap mavzusida gapning ko'rinishi yuqoridagi shaklda bo'lishi uqtirib o'tiladi. Shu mavzuni o'qitishda "Agar uchburchakda tomonlaridan birining kvadrati uning

qolgan ikki tomoni kvadratlarining yig'indisiga teng bo'lsa, u holda uchubrchak to'g'ri burchakli bo'ladi" yoki "Agar burchaklar vertikal bo'lsa, u holda ular teng bo'ladi" shaklidagi matematik jumlalarni tahlil qilish mumkin. Bu esa ona tili o'qitish sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga ona tili fanini texnologiya fani bilan ham bog'lab o'qitish mumkin. Ona tili darslarida ayrim mavzularni o'rgatish jarayonda kasb-hunarga oid misollarni qo'llash orqali ham ona tili va texnologiya fanlarini bir-biriga bog'lash mumkin. Jumladan, turdosh otlar mavzusi o'rganilayotganda duradgorlik, tikuvchilik, pazandachilik va boshqa kasblarga doir atama va so'zlardan keng foydalanish, ularni o'quvchilarning o'zlariga topshirish, uydan yozib kelish uchun vazifa qilib berish mumkin. Bunday ishlar orqali o'quvchilar har xil kasb-hunarlar bilan tanishadilar, ulardan shu kasb-hunarga ma'lum darajada qiziqish va ishtiyoq uyg'onadi. Bundan tashqari ona tili fanining tarix, geografiya, botanika, fizika fanlari bilan ham bog'lab o'rgatish ta'lim tizimida fanlararo bog'lanishning samarali foyda beradi. Yuqoridagilarga asoslanib, xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta'lim sifatiga kuchli ta'sir ko'rsatib:

S ta'limning modernizatsiyalash, innovatsion o'qitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi;

S umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limda uzviylik va uzluksizlikning ta'minlanishida muhim omil vazifasini bajaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mavlonova R A., Raxmonqulova N. Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi - T.: 2009

2. Mavlonova R. Boshlang'ich ta'lim integrasiyasi. -T.:,2009.

3. Djurayev R. H. Ta'limda interfaol texnologiyalar. - T.: 2010

4. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. - T.: 2011

5. To'xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O'zbek tili o'qitish metodikasi. -T.: 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.