Научная статья на тему 'MATEMATIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FANLARARO INNOVATSION BOG‘LANISHNING AHAMIYATI'

MATEMATIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FANLARARO INNOVATSION BOG‘LANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
231
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktab / fanlararo aloqadorlik / tirishqoq / talabchan / izlanuvchan / integratsiya. / school / interdisciplinarity / diligent / demanding / search / integration.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — S. Nishonova

Maqolada matematika fanini boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘rgatish masalalari yoritilgan. Fanlararo bog‘lanish va bu bog‘lanishda fanlarning turiga qarab metodlarning tanlashi, matematika fani va uning yondosh fanlar bilan bog‘lanishiga e’tibor beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF INTERDISCIPLINARY INNOVATIVE COMMUNICATION IN THE ORGANIZATION OF MATHEMATICS LESSONS

The article deals with the teaching of mathematics in connection with other subjects. Attention is drawn to interdisciplinarity and the choice of methods depending on the type of science, in connection with which the science of mathematics and its connection with related sciences.

Текст научной работы на тему «MATEMATIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FANLARARO INNOVATSION BOG‘LANISHNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MATEMATIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FANLARARO INNOVATSION

BOG'LANISHNING AHAMIYATI Nishonova Sevara Bahrom qizi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 1-umumta'lim maktabi ikkinchi toifali matematika va

informatika fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7393444

Annotatsiya. Maqolada matematika fanini boshqa fanlar bilan bog'lab o'rgatish masalalari yoritilgan. Fanlararo bog'lanish va bu bog'lanishda fanlarning turiga qarab metodlarning tanlashi, matematika fani va uning yondosh fanlar bilan bog'lanishiga e 'tibor beriladi.

Kalit so'zlar: maktab, fanlararo aloqadorlik, tirishqoq, talabchan, izlanuvchan, integratsiya.

ЗНАЧЕНИЕ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНОЙ ИННОВАЦИОННОЙ СВЯЗИ В ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ МАТЕМАТИКИ

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы преподавания математики в связи с другими предметами. Обращается внимание на междисциплинарность и выбор методов в зависимости от типа науки, в связи с чем на науку математику и ее связь со смежными науками.

Ключевые слова: школа, междисциплинарность, прилежный, требовательный, поиск, интеграция.

THE SIGNIFICANCE OF INTERDISCIPLINARY INNOVATIVE COMMUNICATION IN THE ORGANIZATION OF MATHEMATICS LESSONS

Abstract. The article deals with the teaching of mathematics in connection with other subjects. Attention is drawn to interdisciplinarity and the choice of methods depending on the type of science, in connection with which the science of mathematics and its connection with related sciences.

Keywords: school, interdisciplinarity, diligent, demanding, search, integration.

Bugungi kunning asosiy talabi malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat. Biz ta'lim tarbiya berayotgan o'quvchilar tirishqoq, talabchan, izlanuvchan va yangilikka intiluvchan bo'lmas ekan biz kelajakka ildam qadam tashlay olmaymiz. Buning uchun hozirgi zamon yoshlari yaratuvchan, ijodkor shaxslar bo'lmog'i lozim. Bu ko'nikma va malakalarni o'quvchilar umumiy o'rta talim maktablaridayoq o'rganishlari lozim.

Fanlararo aloqadorlikning mazmuni va materiallar hajmi maktab matematika kursida o'quv dasturiga qarab aniqlanadi. Har bir fan o'qituvchisining u yoki bu fanning o'zaro bog'likligini o'quvchilarga tushuntirish va undan o'quv jarayonida oqilona foydalanish o'qitish mazmunini oshirishga olib keladi.

O'quvchilarimizning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ularning har tomonlama barkamol, bilimdon shaxslar bo'lib yetishishida fanlararo boglanish ya'ni uzviylikni taminlash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Chunki fanlararo aloqadorlikni ta'minlangan holda darsni tashkil qila olgan o'qituvchi o'quvchilarga o'zining faniga bo'lgan qiziqishini oshiribgina qolmay, balki shu fanlarni yaxshi o'zlashtirishga ham yordam beradi.

Fanlararo aloqadorlikni, tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o'quv tarbiya jarayonida aloqadorligi ortadi. Shu bilan bir qatorda o'quv fanlariga oid bilim va qiziqishlarini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. O'quv materiallaridagi mavzular bo'yicha tahlil etish yo'li bilan turli o'quv predmetlarini qaysi mavzulari bir-biri bilan aloqadorligini aniqlab, ularni tarkibiy tahlil etgan holda darslar tashkil etilsa, har bir tushunchalar dalillar va qonuniyatlar, hukum xulosalar tasavvurlari orasida aloqadorlik o'rnatiladi. Fanlararo aloqadorlikni qanday tashkil etish va undan foydalanish foydalanuvchining o'ziga bog'liq. Umumiy o'rta ta'lim fanlarining asosiy vazifasi ma'naviy yetuk shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Fan va ishlab chiqarishning bevosita integratsiyasi asosida o'quvchilarga bilim berish -hozirgi kunning juda muhim masalalaridan biri. Bunda fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish lozim.

Mamlakatimizda o'tkazilayotgan ta'lim sohasidagi islohatlar davrida fanlararo bog'lanish tizimi o'quvchilarni chuqur bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga undaydi. O'quvchi zamon talablari asosida axborot va pedagogik texnologiyalarning ta'lim tizimida o'z o'rnini egallashi natijasida katta imkoniyatlar zahirasini qisqa muddatda egallashga zamin yaratadi.

Amalda ta'lim tizimi fanning tarkibiy qismilariga asoslanadi. O'quv mavzularining mazmuni aniq sonlar hamda bir necha yondosh fanlar jumladan tabiiy fanlar bilan bog'lab o'rganish juda yaxshi samara beradi. Bunda o'qituvchi o'zi o'tayotgan mavzuni boshqa fanlar bilan bog'lab o'tishi o'quvchilarning shu darsga qiziqishiga va o'qituvchini maroq bilan tinglashga o'rgatadi. Bu jarayon o'qituvchidan ham juda katta mahorat, tajriba, bilimni va kompitentlikni talab qiladi. Bu jarayonda o'qituvchi nafaqat o'zi o'qitayotgan fanini, balki mavzuni bog'layotgan fanini ham yaxshi bilishi va bu mavzu bo'yicha o'quvchilarga qisqacha so'zlab berishi lozim. Lekin butunlay mavzudan uzoqlashib ketmasdan o'quvchilarga bu mavzuni keyinroq (yoki oldin o'tilgan bo'lsa) o'sha fanda chuqurroq o'tishini aytib o'tishi lozim.

Matematika darslarini o'qitishda ko'pchilik darslarini yondosh fanlar bilan bog'lab o'qitish o'quvchilarni darsda zerikmasdan tinglashga, mavzuni tabiat va amaliyot bilan bog'lab o'qitishga olib keladi. Bunday darslarni tashkil etish o'quvchilarda tushunchalarni va formulalarni eslab qolishga olib keladi. Masalan 6-sinfda, aylana uzunligi va doira yuzi " ni hisoblash mavzusini o'tishda o'qituvchi oddiy matematik formula va chizmalardan foydalanibgina qolmasdan, balki bu mavzuni fizika, informatika fanlari bilan bog'lab o'tsa, o'quvchilarga qiziqarli , tushunarli bo'ladi. Aylana uzunligini hisoblashda ,,Harakatga doir masalalar", fizika kursidagi yo'l kursidagi yo'l formulasi va o'lchov birliklari orasidagi munosabatlar berilsa darslar yanada qiziqarli bo'ladi.

Mutaxasislarning ta'kidlashicha matematikani yaxshi o'zlashtirgan o'quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo'ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish muhokama yoki muzokara olib borish ishlarini bosqichma-bosqich o'zida shakllantiradi, shuning uchun ham maktablarimizda bu fanning o'qitilishiga juda katta e'tibor beriladi, uni o'qitishda eng so'nggi zamonaviy metodlardan foydalanib turli xil Innovatsion usullarni qo'llab bu fanni boshqa yondosh fanlar bilan bog'langan holda hayotiy misollar yordamida o'qitilsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Dars davomida o'quvchi o'zini majburan ushlab turmasligi, balki mashg'ulotga kuchli ishtiyoq va hohish bilan kirishishi lozim. Shu maqsadga erishsakgina biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishgan bo'lamiz.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. To'xtaboyev M. To'xtaboyev A. Murakkabsan, mukammalsan, go'zalsan matematika!

2. Usmonov M.S. Matematik statistik uslublardan foydalanib interfaol elektron o'quv kursining samaradorlik darajasini aniqlash.

3. Umumta'lim fanlari metodikasi jurnali. A. Islomov. X.Abdurahmonov. "Yangi fan yangiliklarga boy" M.Mirzaahmedov.2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.