Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI UCHUN YANGI SHAKLDAGI ZAMONAVIY O‘QUV ADABIYOTLARI YARATISH MASALALARI'

PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI UCHUN YANGI SHAKLDAGI ZAMONAVIY O‘QUV ADABIYOTLARI YARATISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

189
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / pedagogika / texnologiya / uzluksiz ta’lim / elektron ta’lim / raqamli ta’lim

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Utkirjon Maxamadalievich Alijonov

Ta’limning samaradorligiga erishishda o‘quv adabiyotlari ta’minotning sifati muhim ahamiyatga ega ekanligi ma’lum. Maqola professional ta’lim muassasalari uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishda uzviylikka amal qilish muammosiga bag‘ishlangan. Maqolada professional ta’lim muassasalarini yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilish ta’minlashning bosqichlari, e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muammolar haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI UCHUN YANGI SHAKLDAGI ZAMONAVIY O‘QUV ADABIYOTLARI YARATISH MASALALARI»

ISSN: 2181-1Э85 ISI: 0,967 I Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

PROFESSIONAL TA'LIM MUASSASALARI UCHUN YANGI SHAKLDAGI ZAMONAVIY O'QUV ADABIYOTLARI YARATISH MASALALARI

Utkirjon Maxamadalievich Alijonov

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional ta'limni o'quv-me'yoriy va metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i, iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa

doktori (PhD), dotsent

Ta'limning samaradorligiga erishishda o'quv adabiyotlari ta'minotning sifati muhim ahamiyatga ega ekanligi ma'lum. Maqola professional ta'lim muassasalari uchun yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratishda uzviylikka amal qilish muammosiga bag'ishlangan. Maqolada professional ta'lim muassasalarini yangi avlod o'quv adabiyotlari bilish ta'minlashning bosqichlari, e'tibor qaratish lozim bo'lgan muammolar haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, pedagogika, texnologiya, uzluksiz ta'lim, elektron ta'lim, raqamli ta'lim.

Известно, что качество снабжения учебной литературой имеет важное значение в достижении эффективности образования. Статья посвящена о проблеме соблюдения согласованности при создании учебной литературы нового поколения для профессиональных учебных заведений. В статье говорится об этапах обеспечения профессиональных образовательных учреждений знаниями учебной литературы нового поколения, проблемах, на которые следует обратить внимание.

Ключевые слова: Образование, педагогика, технологии, непрерывное образование, электронное обучение, цифровое образование.

It is known that the quality of the supply of educational literature is important in achieving the effectiveness of education. The article is devoted to the problem of compliance with the consistency in the creation of a new generation of educational literature for vocational schools. The article talks about the stages of providing professional educational institutions with knowledge

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

of educational literature of a new generation, the problems that should be paid attention to.

Keywords: education, pedagogy, technology, continuing education, electronic education, digital education.

Bugungi kunda yangi ta'lim paradigmasi professional ta'lim muassasalari o'qituvchilari bilim, ko'nikma va malakalarini - o'qitishning axborot berish darajasidan shaxs shakllanishidagi rivojlanishini boshqarish darajasiga ko'tarishdan iborat. Bu jarayonda yangi o'quv adabiyotlarini yaratishning alohida o'rni bo'lib, u ta'lim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarishda yetakchi vosita hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2019 yil 6 sentyabr PF-5812-son Farmoni asosida 3 yillik majburiy ta'lim shaklida bo'lgan kasb-hunar kollejlari negizida ta'limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg'unlashgan yangi boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta'lim dasturlari joriy etilgan ta'lim muassasalari tashkil etildi.

Ushbu tizim xalqaro standartlarga mos tashkil etilganligi xalqaro tashkilotlar tomonidan ham yuqori baholandi. Tizimga bo'lgan ishonch hamda uni rivojlantirish borasida hozirgi kunda ko'plab xorijiy hamkorlar bilan bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, YuNESKO, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Osiyo taraqqiyot banki, Shveysariyaning O'zbekistondagi elchixonasi Helvetas Uzbekistan tashkilotlari bilan professional ta'lim tizimida xalqaro tajribalar asosida kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda respublikamizdagi 330 ta kasb-hunar maktablarida, 166 ta kollejlar va 208 ta texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida bo'lgan jami 394,1 ming nafar o'quvchi-yoshlar kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta'lim shakllari bo'yicha tahsil olmoqda.

Professional ta'lim muassasalarining axborot-resurs markazlarida bugungi kunda 6, 4 mln donadan ortiq kitob fondi mavjud. Shundan, 2,5 mln donadan ortiq darslik va o'quv qo'llanmalari va 3,9 mln donadan ortig'i badiiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy adabiyotlarni tashkil etadi.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

May, 2023

Professional ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini yuqori saviyada tashkil qilish uchun davlat ta'lim standarti hamda xalqaro ta'lim standartlariga javob beradigan yangi shakldagi zamonaviy o'quv adabiyotlari yaratish va o'quvchilarga yetkazib berish masalasi dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda ta'lim muassasalarida foydalanish uchun tavsiya etilgan o'quv hamda elektron o'quv adabiyotlarning tahlili o'z yechimini kutayotgan masalalardan biriga aylanmoqda. Sababi yangi o'quv tizimini shakllantirishda o'quvchilarni eng so'nggi ma'lumotlar bilan tanishtirib borish talab etiladi. Bundan tashqari iqtisodiyot tarmoqlaridagi o'zgarishlar va texnologik yangilanishlar hamda mehnat bozorida bitiruvchiga qo'yilayotgan talablarning o'zgarib borishi natijasida o'quv adabiyotlarni doimiy yangilab borish taqozo etilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o'rtasida ta'lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021 yil 31 avgustdagi PQ-5241-son qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalari o'zlariga biriktirilgan texnikumlarni o'quv-metodik materiallar (o'qitish materiallari to'plamlari, didaktik materiallar, praktikumlar, texnologik xaritalar, elektron resurslar, xorijiy o'quv-ilmiy va boshqalar) bilan ta'minlash ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalari vazirligi tomonidan tasdiqlangan Professional ta'lim muassasalari uchun o'quv adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish, yetkazib berish hamda ta'lim muassasalarda foydalanishga qo'yiladigan talablarni belgilash tartibi bilan professional ta'lim muassasalarini yangi o'quv adabiyotlar bilan ta'minlashning huquqiy asoslari yaratildi. Bunda, o'quv adabiyotlarga bo'lgan ehtiyojlarni aniqlash, yangi o'quv adabiyotlarni yaratish uchun professor-o'qituvchilardan iborat mualliflar jamoasini shakllantirish, chop etish hamda o'quvchilarga foydalanishi uchun topshirish jarayonlarni qamrab oladi.

Professional ta'lim muassasalarida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarda o'qitiladigan umum kasbiy va maxsus fanlar bo'yicha yangi o'quv qo'llanmalarni yaratishda shaffoflik ta'minlash maqsadida vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali tanlovlar orqali mualliflar tanlab olindi.

Kasb-hunar maktablari o'quvchilari uchun yaratiladigan 58 nomdagi o'quv qo'llanmalarga 145 nafar, texnikumlar uchun 58 nomdagi o'quv qo'llanmalarga 185 nafardan ortiq oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, professional ta'lim muassasalari pedagog kadrlari hamda soha mutaxassislari tanlovda ishtirok etdi. Yangi yaratiladigan 117 nomdagi o'quv qo'llanmalari Pedagogik innovatsiyalar, professional ta'lim

May, 2023

164

boshqaruv hamda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining soha mutaxassislari va ekspertlari aniqlagan g'olib mualliflar (jamoasi) tomonidan yangi o'quv reja va dasturlar asosida mazkur o'quv qo'llanmalarni yaratish ishlari olib borilmoqda.

NATIJALAR

O'quvchilarni ta'lim jarayonida yangi ma'lumotlardan foydalanishi, to'liq o'quv adabiyotlar bilan ta'minlash darajasini oshirib borish maqsadida, tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar bo'yicha 143 nomda 2,8 ming nusxada, jumladan 2021 yilda 65 nomda, 1,4 ming nusxada, 2022 yilda 78 nomda 1,4 ming nusxada o'quv adabiyotlar chop etilib, o'quv jarayoniga joriy etildi.

Professional ta'lim muassasalarida o'qitiladigan mutaxassisliklar va kasblaridagi fanlar bo'yicha 2023 yil yakuniga qadar 117 nomda 60 601 nusxada yangi o'quv adabiyotlar bosqichma-bosqich nashr etilib ta'lim muassasalariga yetkazib beriladi. Kasb va mutaxassisliklarning o'quv rejasida belgilanadigan fanlar bo'yicha 2030 yilga qadar yangi o'quv adabiyotlar bilan ta'minlanish dastur ishlab chiqilgan.

Tajribalar shuni ko'rsatdiki, ta'lim tizimida ta'lim sifatini oshirishning asosiy bo'g'ini - o'quv adabiyotlar bilan ta'minlanishi bilan bir qatorda, sohaga oid turli adabiyotlar, o'quvchilarning qiziqishlari, internet yangiliklari va hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan elektron adabiyotlar ham o'quvchining kasbiy shakllanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Shulardan kelib chiqib, elektron adabiyotlar yaratish va undan foydalanish imkoniyatini yaratish hozirgi zamon talablaridan biriga aylandi. Elektron qo'llanmalar didaktikaning asosiy tamoyillarini ishonchli va yuqori darajada joriy qilish imkonini beruvchi, samarali o'qitish vositasi hisoblanadi. Elektron qo'llanmalarni yaratishda zamonaviy texnologiyalarga tayangan holda, o'quvchilar uchun o'rganish usullarini keng joriy qilish borasida ular quyidagilarni o'z ichiga oladi: animatsiya, ko'p darajali va ko'p variantli topshiriqlar, gipermatnlar va hokazo. Bular foydalanuvchilarning turli doiralari uchun elektron qo'llanmalar mazmuniy qismining adaptivligini ta'minlaydi.

MUHOKAMA

Shu o'rinda aytish joizki, elektron adabiyotlarning farqli xususiyatlari va afzalliklari mamlakatimiz ta'lim muassasalariga kirib kelayotgan zamonaviy kompyuterlar asosida ta'lim muassasalarini axborotlashtirishga intilish jarayoni ta'limda elektron adabiyotlar uchun yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Elektron adabiyotlarni yaratishda

May, 2023

165

ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

asosiy tamoyillarga amal qilish, ularga qo'yiladigan didaktik, texnik-texnologik, ergonomik, estetik va talablarga rioya qilish tavsiya etiladi.

Professional ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlashda ta'lim sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, o'quvchilar bilimini oshirish asosiy komponentlardan bir sifatida yangi yaratilayotgan o'quv adabiyotlar ta'minlanishi hisoblanadi.

Bu borada, o'quvchilarning zamonaviy texnologiyalar asosida bilimlarini oshirishga xizmat qiladigan yangi adabiyotlarni, ta'lim kontentlarini yaratish, ta'lim muassasalarini metodik ta'minotini mustahkamlash borasida quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirish lozim bo'ladi.

professional ta'lim muassasalarining o'quvchilariga 2030 yilgacha o'quv adabiyotlar bilan ta'minlash dasturi asosida yangi o'quv adabiyotlar bosqichma-bosqich ta'minlash;

oliy ta'lim muassasalari tomonidan professional ta'lim muassasalariga o'quv-metodik materiallari va elektron resurslar bilan ta'minlashni kuchaytirish;

professional ta'lim muassasalarining xorijiy til fani o'qituvchilarini bepul o'quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash;

o'quvchilarni adabiyotlar, o'qitish materiallari to'plamlaridan elektron foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida mobil ilova yaratish;

xalqaro moliya instituti homiyligida Pedagogik innovatsiyalar institutida ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi o'quvchilar uchun brayl yozuvidagi o'quv adabiyotlarni chop etish uchun tipografiya ochish;

professional ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi o'quvchilarni o'quv, badiiy adabiyotlar, turli ixtisoslik va yo'nalishlardagi adabiyotlar bilan ta'minlab borish.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, professional ta'lim muassasalarini yangi avlod darsliklari bilan ta'minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Professional ta'lim tizimi uchun yangi adabiyotlarni yaratilishida uning zamonaviyligi, eski adabiyotlardan farqlanishi, xorijiy adabiyotlarga mosligi, zamonaviy texnologiyalar asosida yangilab borilishiga hamda o'quvchilar tomonidan o'zlashtirish imkoniyati yuqoriligiga alohida e'tibor berilishi lozim.

Professional ta'lim muassasalariga qo'yiladigan yagona talab sifatli va bilimli kadrlarni yetishtirib berish bo'lib, bu holatda o'quvchilarni sifatli o'quv adabiyotlari bilan ta'minlab borish oldimizdagi asosiy muhim vazifalardan biri

XULOSA

bo'lib qoladi.

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

REFERENCES

1. Siddiqova S.G'. Elektron ta'lim resurslarining yangi avlodi: tahlillar, arxitektura, innovatsion sifatlar // Ta'lim, fan va innovatsiya. Ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. 2019; №1. - B. 91-95.

2. Olimov Q.T. Elektron darsliklar yaratishning uslubiy asoslari.// Kasb-hunar ta'limi.- 2004.- № 1.-B. 69-72.

3. Olimov Q.T. Modulli texnologiya asosida o'quv adabiyotlarini yaratish // Kasb-hunar ta'limi.-2004.-№6-27 b

4. Olimov Q.T., Mirzaxmedov.B.M. Kasb-hunar ta'limi tizimida maxsus fanlardan o'quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish muommolari. // Uzluksiz ta'lim.-2004.-№5.-B. 22-26.

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.