Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIM INNOVATSION TA’LIM TIZIMINING ASOSI'

PROFESSIONAL TA’LIM INNOVATSION TA’LIM TIZIMINING ASOSI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1593
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
professional ta’lim / pedagogik tajriba / innovatsiyalar / ta’lim tizimi / zamonaviy qiyofa / duol ta’lim / iqtisodiy jarayonlar / yangicha yondashuv / o‘qitish texnologiyasi / elektron ta’lim resurslari / innovatsion / raqamlashtirilgan ta’lim texnologiyalari. / professional education / pedagogical experience / innovations / education system / modern image / dual education / economic processes / new approach / teaching technology / e-learning resources / innovative / digital lim technologies

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ma’ruf Olimovich Muqimov

Uzluksiz professional ta’lim ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanganligi sababli ham xorijda sinovdan o‘tgan ta’limning jozibadorligini ta’minlash prinsiplari amaliyotga joriy etiladi. Ushbu maqolada professional ta’lim mutaxasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Since continuing professional education is based on the principle of voluntariness, the principles of ensuring the attractiveness of education tested abroad are also put into practice. In this article, professional education is the basis for training professionals

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIM INNOVATSION TA’LIM TIZIMINING ASOSI»

PROFESSIONAL TA'LIM - INNOVATSION TA'LIM TIZIMINING ASOSI

Uzluksiz professional ta'lim ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanganligi sababli ham xorijda sinovdan o'tgan ta'limning jozibadorligini ta'minlash prinsiplari amaliyotga joriy etiladi. Ushbu maqolada professional ta'lim - mutaxasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosi

Kalit so'zlar: professional ta'lim, pedagogik tajriba, innovatsiyalar, ta'lim tizimi, zamonaviy qiyofa, duol ta'lim, iqtisodiy jarayonlar, yangicha yondashuv, o'qitish texnologiyasi, elektron ta'lim resurslari, innovatsion, raqamlashtirilgan ta'lim texnologiyalari.

Since continuing professional education is based on the principle of voluntariness, the principles of ensuring the attractiveness of education tested abroad are also put into practice. In this article, professional education is the basis for training professionals

Keywords: professional education, pedagogical experience, innovations, education system, modern image, dual education, economic processes, new approach, teaching technology, e-learning resources, innovative, digital lim technologies.

Bugun voyaga yetayotgan navqiron avlodni intellektual salohiyatli, zukko qilib tarbiyalash, ularga puxta bilim berish mutaxassislarning yuksak bilim darajasiga bevosita bog'liqdir. Barchamizga ma'lumki, XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, dunyoning g'oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o'zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu esa ta'lim tizimida tub islohotlar qilishni talab etayapti desak mubolag'a bo'lmaydi. Xozirgi kunda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning moddiy texnik bazasi mustaxkamlanib, ta'lim sifati yuqori bosqichga ko'tarilib borilayotgan bir vaqtda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimi ham yo'lga qo'yildi.

Ma'ruf Olimovich Muqimov

Jizzax davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

February, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kunda ta'lim sohasida iolib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar barcha ta'lim muassasalarining yangicha zamonaviy qiyofasini ko'zlamoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 6 sentyabrda "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni qabul qilinganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Mazkur Farmon O'zbekiston tarixida yangi professional ta'lim tizimini tashkil etishga asos bo'ladi. Ushbu farmon yuzasidan 2020 yil 24 yanvarda davlatimiz rahbari o'z Murojaatnomasida "Joriy o'quv yilidan boshlab, mutlaqo yangi professional ta'lim tizimi yo'lga qo'yilib, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar tashkil etiladi" deb mazkur tizimning ahamiyatini yana bir bor alohida ta'kidlaganlari barcha kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning yangi zamonaviy qiyofada faoliyat yuritishlariga turtki bo'ldi.

NATIJALAR

Professional ta'lim muassasalari boshqaruv hamda pedagog kadrlarining kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional ta'lim sifatini ta'minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishning asosini tashkil etadi. Professional ta'lim tizimining maqsadi va talabi — professional ta'lim muassasalarida o'qigan yoshlar aniq ish o'rniga, o'z kasbi bo'yicha zarur bilim va ko'nikmaga ega bo'lishi shartligidadir. Ayni vaqtda ushbu tizim oldida o'quv adabiyotlari, kitob va darsliklar, elektron ta'lim resurslari, innovatsion, raqamlashtirilgan ta'lim texnologiyalarini to'liq yangilash, ochiq elektron resurslar tarmog'iga ulash, o'quv adabiyotlarini xorijiy davlatlardan olib kelish, qayta ishlas h, chop etish va tarqatish, kelajak kutubxonalari va auditoriyalarini yaratish muhim vazifa etib belgilangan. Farmonga muvofiq, professional ta'lim muassasalari maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi toifalarga ajratildi:

• Birinchi toifa — ta'limning Xalqaro standart tasniflagichining 3-darajasiga mos keluvchi dasturlar asosida 9-sinf bitiruvchilari tarkibidan yoshlarning professional ta'lim olishini ta'minlaydigan 340 ta kasb-hunar maktabi.

• Ikkinchi toifa — ta'limning Xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi dasturlar asosida iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, strategik muhim ahamiyatga

ega loyihalar asosida yaratiladigan yangi ish o'rinlarini malakali

February, 2022

mutaxassislar bilan to'ldirishga yo'naltirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tizimidagi 147 ta kollej.

• Uchinchi toifa — ta'limning Xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos keluvchi ta'lim dasturlari asosida oliy ta'lim tizimi bilan integratsiyalashgan, vazirlik, idora, tashkilotlar tizimida faoliyat ko'rsatadigan 143 ta texnikum.

Endilikda professional ta'lim tizimining asosiy talabi- ta'limning sifatiga qaratiladi. Buning uchun ta'lim muassasalarida yangi standartlar, yangicha o'qitish metodologiyasi, yangi darslik va adabiyotlar, pedagoglarning zamonaviy innovatsion ta'lim texnologiyalaridan doimiy foydalanishlari va baholash tizimini joriy etishlari rejalashtirilgan. Professional ta'lim tizimi tabaqalashtirilgan ta'lim dasturlari bo'yicha kadrlarni tayyorlaydi. Ishchi kasblar bilan o'rta bo'g'in mutaxassislarini tayyorlash tizimi bir-biridan to'liq ajratilib, ishchi kasblar alohida o'quv rejasi va dasturlar asosida 6 oydan 1 yilgacha bo'lgan muddatda o'qitiladi. O'rta bo'g'in mutaxassislarini tayyorlash uchun zarur muddat kamida 2 yilni tashkil qiladi. O'quvchilarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda mazkur maktablarning jozibadorligini oshirish maqsadida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab, professional ta'lim tizimiga o'tgan barcha ta'lim muassasalarida o'quvchilariga 3 mahal ovqat, stipendiya beriladi.

MUHOKAMA

Professional ta'lim muassasalaridagi qisqa muddatli kurslarda barcha yoshdagi (katta yoshdagilar ham) talabalar qabul qilinadi va o'qitiladi. Yoshlar o'qishga qabul qilingan kundan e'tiboran o'z shaxsiy biznesini boshlashi va bitirgan paytda barqaror tadbirkorlik faoliyatiga, aniq ish o'rni va daromadiga ega bo'lishi asosiy maqsad etib belgilangan. Bundan tashqari talabalarda ta'lim dasturlarida mavjud ish o'rinlariga mos kasbiy-amaliy ko'nikmalarni shakllantirish, rus, ingliz tillarini mukammal o'rgatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratiladi. Professional ta'lim jarayoniga barcha ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi, kichik biznes va tadbirkorlik, axborot kommunikatsion texnologiyalari sohalarida katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar, ish yurituvchilar, injener-texnologlar, agronom va masterlar jalb etiladi.

XULOSA

Professional ta'limning yangi tarmog'ida faoliyat

yuritadigan barcha direktorlar, direktor o'rinbosarlari, o'qituvchi-

February, 2022

pedagoglar, ishlab chiqarish ustalarini saralash, tanlash, tayinlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish, ularning maqomini belgilash va mehnatini rag'batlantirishning yangi tartiblari ishlab chiqishadi va amaliyotga tadbiq etishadi. Professional ta'lim tizimning asosiy prinsipi esa - avval ish o'rni aniq bo'ladi, ish beruvchi o'zining malaka talablarini, shu kasbning ilmini, o'qitish texnologiyasini beradi, shundan keyingina mutaxassis tayyorlanadi.

REFERENCES

1. N.M.Egamberdieva, A.U. Axmadaliev, A.B.To'raev . Pedagogikaning taraqqiyot tendensiyalari va innovatsiyalari moduli T.: Iste'dod, 2016. - 279 b

2. G.I.XASANOVA "Ta'lim jarayonida dasturlashtirilgan o'qitish texnologiyasidan foydalanishning afzalliklari" Jizzax: 2020. 420 bet. 223-225b

3. Ishmuxamedov R., Abdukodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari tarbiyachi-ukituvchilari va gurux raxbarlari uchun amaliy tavsiyalar) - T.: Iste'dod, 2010. - 1416.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni. Ma'rifat gazetasi 18.09.2019y.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.