Научная статья на тему 'RESPUBLIKAMIZDA KADRLAR TAYYORLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN STRATEGIYA'

RESPUBLIKAMIZDA KADRLAR TAYYORLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN STRATEGIYA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
900
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yangi avlod o‘quv adabiyotlari / modulli texnologiyaga asoslangan ta’lim tizimi / kredit modul tizimi / shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim / modulli ta’lim texnologiyalari. / educational literature of a new generation / education system based on modular technologies / credit modular system / student-centered education / modular educational technologies.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdumannonov Bekzod Maxsudovich

Ushbu maqolada 2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalarida islohotlar, yangilanishlar va zamon talablaridan kelib chiqib sifat darajasida juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘layotganligi, jumladan oliy ta’lim tizimida, shuningdek o‘quv jarayonida ham kuzatilmoqda. O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, bu jarayonda zamonaviy xorijiy o‘quv adabiyotlaridan foydalanish, oliy ta’limning yangi malaka talablaridan kelib chiqib, ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish shular jumlasidandir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article states that in 2019-2022, in all spheres of activity of the Republic of Uzbekistan, in accordance with the reforms, updates and requirements of the time, there are significant changes at a qualitative level. This is observed in the system of higher education, as well as in the learning process. Creation of a new generation of educational literature, the use of modern foreign educational literature in this process, the use of advanced pedagogical technologies in the educational process, based on the new qualification requirements of higher education, the creation of all conditions for self-study of students.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKAMIZDA KADRLAR TAYYORLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN STRATEGIYA»

RESPUBLIKAMIZDA KADRLAR TAYYORLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN STRATEGIYA

Abdumannonov Bekzod Maxsudovich

SamISI "Menejment" kafedrasi assistenti e-mail: b.abdumannonov1982@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu maqolada 2019-2022 yillarda O'zbekiston Respublikasining barcha sohalarida islohotlar, yangilanishlar va zamon talablaridan kelib chiqib sifat darajasida juda katta o'zgarishlar sodir bo'layotganligi, jumladan oliy ta'lim tizimida, shuningdek o'quv jarayonida ham kuzatilmoqda. O'quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, bu jarayonda zamonaviy xorijiy o'quv adabiyotlaridan foydalanish, oliy ta'limning yangi malaka talablaridan kelib chiqib, ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash, talabalarning mustaqil ta'lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish shular jumlasidandir.

Kalit so'zlar: yangi avlod o'quv adabiyotlari, modulli texnologiyaga asoslangan ta'lim tizimi, kredit modul tizimi, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, modulli ta'lim texnologiyalari.

Annotation: This article states that in 2019-2022, in all spheres of activity of the Republic of Uzbekistan, in accordance with the reforms, updates and requirements of the time, there are significant changes at a qualitative level. This is observed in the system of higher education, as well as in the learning process. Creation of a new generation of educational literature, the use of modern foreign educational literature in this process, the use of advanced pedagogical technologies in the educational process, based on the new qualification requirements of higher education, the creation of all conditions for self-study of students.

Keywords: educational literature of a new generation, education system based on modular technologies, credit modular system, student-centered education, modular educational technologies.

Kirish. Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining pasayib ketishini oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish hamda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar ko'rilmoqda, tegishli islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 8-oktabrdagi PF-5847-sonli "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish nazarda tutilgan[1].

O'quv adabiyotlarining tarkibi, tuzilishi va mazmunini uzluksiz takomillashtirib borish mana shu chora-tadbirlardan biridir.

O'quv adabiyotlarning yangi avlodlarini yaratish bo'yicha ham respublikamizda sezilarli darajada ishlarni amalga oshirilishi uchun, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning qarorlari qabul qilingan, "yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta'lim muassasalarining ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv, o'quv - metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot - resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish"[2].

Ushbu fikrlarga asoslangan holda aytish o'rinliki, talabalarga ta'lim va tarbiya berish jarayonida ham yangicha yondashuvlar ishlab chiqish, modulli texnologiyaga asoslangan ta'lim bo'yicha dars berish, mavjud dars berish texnologiyalarining tarkibini va mazmunini takomillashtirib borish hamda bu borada xizmat qiluvchi pedagog kadrlarning malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish davr talabiga aylanmoqda. Bu borada oliy o'quv yurtlari professor - o'qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning «Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to'g'risida» 2019 yil 27-avgustdagi PF-5789-son Farmoni qabul qilindi[3].

Xorijiy mamlakatlarda olib borilayotgan ta'lim tizimidagi jarayonlar[4],[5] keltirilgan. Shuningdek, mamlakatimizda ta'lim tizimiga oid siyosat, ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasi sifatida 2020 yil 23-sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunni keltirish mumkin.

Materiallar va usullar. O'zbekistonda ta'lim - tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy tamoyillaridan biri bu "shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi" bo'lib, u mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat, shuningdek, modulli o'qitish texnologiyasining asosini belgilab beradi. Shundan kelib chiqib, ta'limning yangi modeli zaminida quyidagilar yotadi:

• ta'limning har bir shaxsga yo'naltirilganligi va tizimli yondashuv, ta'lim sub'ektlari munosabatlarini demokratlashtirilishi va insonparvarlashtirilishi;

• ta'limda talabalar rolini o'zgarishi, ular o'quv faoliyatini mustaqil olib boruvchi ta'lim jarayonining teng huquqli sub'ektlari;

• ta'limda o'qituvchining rolini o'zgarishi, ya'ni u mustaqil o'quv faoliyatining tashkilotchisi, talabalarning jonkuyar maslahatchisi va yordamchisi;

• talabalar bilimi, ko'nikmasi, intilishlariga qarab ularni to'g'ri yo'lga yo' naltirib turuvchisi;

• ta'limning usullari va vositalarining o'zgarishi[6].

Tahlil va natijalar. Birinchidan, muammoli vaziyatlar, faol ijodiy-tadqiqiy faoliyatni yaratishga asoslangan, masalalar echimini qidirish va echish, bilimlarni

amalda qo'llashga yo'naltirilgan faol va interfaol usullar an'anaga aylanmoqda. Ikkinchidan, jamoa va guruhlarda ishlash keng qamrovli ta'lim shakliga nisbatan ko'paymoqda. Uchinchidan, axborot texnologiyalari ta'limning an'anaviy vositalari bilan bir qatorda keng qatorda qo'llanilmoqda, o'quv materiallari talabalar tomonidan bilimlarni mustaqil ravishda o'zlashtirish uchun foydalanilmoqda[7].

O'qituvchi muammolarni aniqlashga, qarorlar qabul qilishga qodir va ularni amalga oshishiga ma'sul menejerga aylanmoqda. U nafaqat o'z pedagogik faoliyatini balki, talabalar faoliyatini ham prognozlashtiradi, loyihalashtiradi va rejalashtiradi, ya'ni qo'yilgan ta'lim maqsadini amalga oshirish va o'quv faoliyatining rejalashtirilgan natijalariga erishish bo'yicha samarali faoliyat tizimi va mazmunini ishlab chiqadi.

Xulosa. O'tkazilgan nazariy va amaliy izlanishlar natijasida maxsus fanlarni modulli o'qitish talabalarning bilim olish imkoniyatini, ijodiy qobiliyatini va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishda ijobiy samara berishi aniqlandi. Modulli metodika asosida o'qitishda maxsus fan tarkibidagi modullar orasidagi uzviylikni ta'minlashga, o'qitishni jadallashtirish, o'quvchilarning o'zlashtirishini muntazam nazorat qilishga va baholashga, qiziqtirish asosida amaliy faoliyatga o'rgatishga, imkon beradi.

O'quv materialini bosqichma-bosqich o'qitish orqali fanni samarali o'zlashtirishga erishiladi.

"O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonda "Pespublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish va oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish" belgilab berildi. Shuningdek, 2030 yilga qadar respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 o'quv yilining o'zida 33 ta oliy ta'lim dargohini kredit-modul tizimiga o'tkazish ko'rsatib o'tildi1.

Kredit - modul tizimi, bu - ta'limni tashkil etish jarayoni bo'lib, o'qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o'lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim - talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o'ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim.

Bu ta'lim o'qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda

tutadi.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning o'ziga xos jihati ta'lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni. www.lex.uz.

Modulli ta'lim texnologiyalari. Ta'lim oluvchini shaxs sifatida mustaqil fikrlashga undaydigan o'qitish texnologiyalaridan biri bu - modulli o'qitish texnologiyasidir.

Modulli o'qitish texnologiyasi maxsus iqtisodiy fanlarni o'qitishda talabalarda bilim va ko'nikmalarni shakllantiradi va yaxshi natija beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21-apreldagi PQ-2909-sonli "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori. www.lex.uz.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-avgustdagi «Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to'g'risida»gi PF-5789-son Farmoni.www.lex.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni. www.lex.uz.

4. Bernardo Mueller. Why public policies fail: Policymaking under complexity. Available online at www.sciencedirect.com. ScienceDirect HOSTED BY Economia 21 (2020) 311-323.

5. ZhijieZheng, Chien-YuHuang, YibaiYang. Patent protection, innovation, and technology transfer in a Schumpeterian economy. https://doi.org/10.1016/j.euroecorev. 2020.103531. European Economic Review. Volume 129, October 2020, https://www.sciencedirect.com.

6. Muslimov N.A, Usmonboyeva M., Mirsoliyeva M. "Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik" moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua. T.: 2016 y. 53-bet.

7. Исмоилов Б., Эргашева С. Повышение эффективности преподавания за счет использования инновационных технологий в преподавании экономических наук. Ученый XXI века международный научный журнал. №4-1(63), апрель 2020 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.