Научная статья на тему 'TALABALARDA MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ISHLASH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH'

TALABALARDA MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ISHLASH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
197
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mustaqil ta’lim / o’quv dasturi / ko’nikma darajasi / elektron konspekt. / Independent Education / Training / skill level / electronic synopsis.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursunova, S.I., Choriyeva, Hulkar Bahodir Qizi

Ushbu maqolada talabalarda mustaqil ta’lim jarayonida ishlash ko’nikmalarini shakllantirish borasida ma’lumotlar hamda innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to’liq mosligini ta’minlash o’z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMING STUDENTS WORKING SKILLS IN THE PROCESS OF INDEPENDENT STUDY

In this article, information on the formation of working skills of students in the process of independent education, as well as the creation of an innovative educational environment, ensuring its full compliance with international standards, is reflected.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ISHLASH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

TALABALARDA MUSTAQIL TA'LIM JARAYONIDA ISHLASH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

S.I.Tursunova

Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi Choriyeva Hulkar Bahodir qizi Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi 2-bosqich magistranti

Ushbu maqolada talabalarda mustaqil ta'lim jarayonida ishlash ko'nikmalarini shakllantirish borasida ma'lumotlar hamda innovatsion ta 'lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to'liq mosligini ta'minlash o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim, o'quv dasturi, ko'nikma darajasi, elektron konspekt.

In this article, information on the formation of working skills of students in the process of independent education, as well as the creation of an innovative educational environment, ensuring its full compliance with international standards, is reflected.

Keywords: Independent Education, Training, skill level, electronic synopsis.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2909-sonli hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi «Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-289-son qarorlarining mohiyati tadbiq etilmoqda.

Ushbu qarorlarda Oliy ta'lim tizimida o'z yo'nalishlari bo'yicha dunyoning yetakchi ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatish, o'quv jarayoniga ilg'or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida malakadan (stajirovka) o'tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar samarali darajada olib borilayapti.

Hayotimizning barcha sohalari kabi ta'lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Innovatsion ta'lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to'liq mosligini ta'minlash yoshlarimizni bugungi tez o'zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 3 martdagi «02/35-03/03-32-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida 2023 yil 23 mart kuni Termiz davlat pedagogika institutida xorij professor-o'qituvchilar bilan hamkorlikda «Pedagogik ta'limning hozirgi dolzarb masalalari» nomli ilmiy amaliy vebinar tashkil etildi. Vebinarda Shadrinsk davlat pedagogika universiteti (Rossiya) professor-o'qituvchilari filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.A.Nikanorov, pedagogika fanlari doktori, professor L.I.Ponomaryova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent О.V.Кrejevskix, Qo'shimcha ta'lim va xalqaro faoliyat bo'limi boshlig'i, psixologiya fanlari nomzodi dotsent O.V. Kalinina, Maxsus pedagogika va maxsus psixologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodiy dotsent I.A.Alekseyev, Psixologik yordam markazi rahbari, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent O.A.Samilovalar, Termiz davlat pedagogika institutidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor pedagogika fanlari dotsenti O.X.Qodirova, Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi dotsent D.R.Shabbazova, Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi professor-o'qituvchisi S.I.Tursunova, Biologiya va uni o'qitysh metodikasi kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi dotsent X.K.Jumaev, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sh.N.Berdiyeva, Rus tili va adabiyoti kafedrasidan Z.A.Avliyaqulov, N.A.Xoliqov, T.Yu.Abzairov, R.X.Usarov, B.R.Imamqulov, R.Navbatova, M.B.Arabova kabi professor-o'qituvchilar va talabalar faol ishtirok etdi. Vebinarda yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqinchiga ko'tarish, qo'shimcha aloqalarni ta'minlash, professor-o'qituvchilar bilan ilmiy uslubiy adabiyotlar tayyorlash va xorijda talablar almashinuvini yo'lga qo'yish masalalari haqida so'zlar yuritildi. Albatta, bunday vebinarlar mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish uchun yana bir qadam bo'ldi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Davlat ta'lim standarti talabiga binoan bilimlarni mustaqil ravishda izlanib o'rganish vazifasi hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biridir. Shu sababli fanlarning nazariy asoslarini amaliy ko'nikma darajasida o'zlashtirish bo'lishda mustaqil ta'limning roli beqiyosdir. O'quvchilarga mustaqil ta'limni bajarish yuzasidan fan o'qituvchilari tomonidan metodik tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ta'lim turlari - rang-barang va turli electron ko'rinishlari - fan o'qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi.

O'quvchilar sinf xonalarida o'qituvchilarning ma'ruzasini tinglaydilar. Sinfxonasidan tashqarida o'quvchi darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifasi sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

mavzularni kengroq o'rganish maqsadida qo'shimcha adabiyotlarni o'qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo'yicha testlar yechadi.

Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

O'quvchilarda mustaqil ta'limning tashkil etish vazifalari quyidagilardan iborat:

1. yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o'zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lish;

2. kerakli ma'lumotlarni izlab topish, o'rganishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;

3. axborot manbalari va manzillaridan samarali foydlanish;

4. o'quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash;

5. elektron o'quv adabiyotlar va ma'lumotlar bilan ishlash;

6. internet tarmog'idan maqsadli foydalanish;

7. berilgan topshiriqlarning ratsional yechimini belgilash;

8. ma'lumotlar bazasini tahlil etish;

9. topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;

10. o'quv xonalarida mustaqil holda ilmiy axborotlarni ola bilish;

Amaliy mashg'ulotlarda mustaqil bajarish uchun berilgan amaliy topshiriq va mustaqil ishlarni mashg'ul o'qituvchi va guruh o'quvchilari o'rtasida himoya qila bilish hisoblanadi. Mustaqil ta'limni tashkil etishda o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo'nalish sanaladi.

O'zbekistonda oliy ta'lim, xalq ta'limi tizimini takomillashtirish asosi O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni xisoblanadi. U yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo'lgan, ijodiy va ijtimoiy faol, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil holda harakat qila oladigan, kelajakka qaratilgan vazifalarni qo'ya olish va ularni yechishga qodir bo'lgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. Har qanday jamiyatda bo'lganidek, respublikamizning taraqqiyotida bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.

O'quvchilarning o'quv ijodiy tayyorgarlik tizimida mutaxassislik, ixtisoslik yoki umumkasbiy o'quv fanlaridan chuqur bilim va malakalarga ega bo'lishda mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarining shakllanganligi asosiy rol o'ynaydi. Mustaqil ta'lim olish ko'nikmalariga ularning o'quv adabiyotlari bilan mustaqil ishlash, mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarish va bajargan mustaqil topshiriqni o'qituvchi va guruh o'quvchilari oldida himoya qila bilish kabi bilim va malakalari kiradi.

O'quvchilarning mustaqil ta'lim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish. O'quvchilarning mustaqil o'quv faolligini shakllantirishning yagona usuli, ularning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

mustaqil o'quv faoliyati bilan shug'ullanishlarini tashkil etish va boshqarish xisoblanadi. O'quvchilarda ijodiy tayyorgarlik jarayonida mustaqil ta'limni tashkil etish uzluksiz va uzviy amalga oshirilmog'i lozim. Bizningcha, bu yo'nalishda yuqori natijaga erishish ta'lim jarayonida, xususan ma'ruza va amaliy ijodiy mashg'ulotlarida o'quvchilarda o'rganilgan o'quv materialini mustahkamlashga qiziqish xosil qilish, o'quv axborotlar sig'imini darslik va qo'shimcha adabiyotlardan mustaqil holda o'qish asosida kengaytirishga ishtiyoq xosil qilishga asoslanadi. Bo'lajak mutaxassislarning har tomonlama yetuk, bilimli, mustaqil fikrlayoladigan, izlanuvchan kadrlar bo'lib yetishishini ta'minlash, ularni o'z ustida ishlashga yo'naltiruvchi yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarning o'quv ijodiy tayyorgarlik tizimida mutaxassislik, ixtisoslik o'quv fanlaridan chuqur bilim va malakalarga ega bo'lishda mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarining shakllanganligi asosiy rol o'ynaydi. O'quvchilarda ijodiy tayyorgarlik jarayonida mustaqil ta'limni tashkil etish uzluksiz va uzviy amalga oshiradi.

O'quvchi elektron o'quv adabiyotlar va ma'lumotlar bilan ishlay oladi.

Mustaqil ta'limni tashkil etish orqali, har tomonlama yetuk, bilimli, mustaqil fikrlay oladigan, izlanuvchan avlodni shakillantiramiz.

Abu Nasr Forobiyning e'tiroficha, inson bilimlarni o'zlashtirar ekan, tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo'lgan ma'lumotlarni o'zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: "Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko'radi, o'z bilimlarining chinligini aniqlaydi"*. Mutafakkir insonning bilimlarni o'zlashtirishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: "Ilmlar ko'pdir. Ular zamoni iqbolli bo'lib, turli fikr va xotiralar ularga qo'shilib borsa, ko'payadi. Odamlarning ilmlarga rag'bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o'sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko'payishiga sabab bo'ladi"*.

Abu Ali ibn Sino esa bilimni chuqur o'zlashtirish donishmandlik ekanligini aytadi: "Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o'rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo'ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo'ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiqoydin bo'lsayu, isbotlar chinakamiga bo'lsa, u holda bunga hikmat -donishmanlik deyildi".

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" ("Saodatga boshlovchi bilim") asari ta'bir joiz bo'lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

kamolotini ta'minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi to'g'risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo'lish ezgu ishlar tantanasini ta'minlovchi garov bo'lib, uning yordamida hatto osmon sari yo'l ochiladi: Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur, Bilim tufayli, go'yo ko'kka yo'l topiladi. Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to'qqiz-o'n asr vaqt o'tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq bo'ldi.O'quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va vositalari bo'lib, ular sirasida ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy-g'oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahsmunozaralar, ma'ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida o'quvchilarni fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik o'yinlari samarali sanaladi.

Shunday qilib, mustaqil ishlarni bajarishdan maqsad ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ijodiy fikrlashini oshirishdan va o'quvchilarda kriyativlikni rivojlantirishdan iborat. Demak, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kishidan ko'p mehnat, malaka mustaqil fikrlashni talab qiladigan murakkab, sermashaqqat faoliyat sohasidir.

REFERENCES

1. J.G.Yoldoshev Zamonaviy dars. Malaka oshirish; muammolar, izlanishlar, yechimlar. A.Avloniy nomidagi XTXQTMOM.-T.; 2017yil.

2. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma.-T.; 2013yil.

3. S.I.Tursunova, Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirish. Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi, (matn).

4. Турсунова, С. (2022). Методика обучения русскому языку младших школьников. Общество и инновации, 3(8/S), 179-186.

5. Турсунова, С. И. Педагогические основы национализации школьного образования. ТГПИ. 2022 год.

6. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz «ЧЕЛОВЕК И ВОСПИТАНИЕ - ВОПРОС ОБЩЕСТВА» Турсунова Саида Исаковна Термезский государственный педагогический институт. преподаватель кафедры Начального образования https://doi.org/10.5281/zenodo.6569077

7. T.Yu.Abzairov, Nolingvistik fakultet talabalarini maktabda rus tilini o'qitishga tayyorlashni shakllantirish. Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, (matn).

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.