Научная статья на тему 'CHET TILLARNI O'QITISH METODIKASIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH MASALALARI'

CHET TILLARNI O'QITISH METODIKASIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

8
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tafakkur-verbal / interferensiya / transpozitsiya / lingafon / I nnovatsiyon yondashuv / zamonaviy axborot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zarnigor Farhodjon Qizi Sherqo’ziyeva

Ushbu maqolada chet tilini o‘qitish metodikasida qo‘llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so‘z boradi. Ushbu qo’llanma Chet tillarini o‘qitishda axborot texnologiyalarning qulayliklari va unga bo‘lgan ehtiyojlarni (ingliz tili misolida) til o‘rganishda texnologiyalarning ahamiyati,texnologiyaga bo‘lgan ehtiyoj, innovatsiyon usullarda maktab,oliy ta’limlarda yangicha yondashuv va ta’lim sohasini zamonbob tarizida olib borish hamda mazkur metodlarni qo‘llash borasida fikr-mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARNI O'QITISH METODIKASIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH MASALALARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

CHET TILLARNI O'QITISH METODIKASIDA INNOVATSION YON-DASHUVLAR VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH MA-

SALALARI

Zarnigor Farhodjon qizi Sherqo'ziyeva

FarDU talabasi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada chet tilini o'qitish metodikasida qo'llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so'z boradi. Ushbu qo'llanma Chet til-larini o'qitishda axborot texnologiyalarning qulayliklari va unga bo'lgan ehtiyojlarni (ingliz tili misolida) til o'rganishda texnologiyalarning ahamiyati,texnologiyaga bo'lgan ehtiyoj, innovatsiyon usullarda maktab,oliy ta'limlarda yangicha yondashuv va ta'lim sohasini zamonbob tarizida olib borish hamda mazkur metodlarni qo'llash borasida fikr-mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Tafakkur-verbal, interferensiya, transpozitsiya, lingafon,I nno-vatsiyon yondashuv, zamonaviy axborot,

ABSTRACT:

This article talks about the types of modern methods used in foreign language teaching methodology and their use. This guide describes the convenience and needs of information technology in teaching foreign languages (in the example of English), the importance of technology in language learning, the need for technology, schools in innovative ways, a new approach and education in higher education. Opinions on conducting the field in a modern way and applying these methods are given.

Keywords: Thought-verbal, interference, transposition, language, innovative approach, modern information,

KIRISH

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng, istiqlolning ilk yillaridanoq O'zbekiston demokratik hayot qurishga kirishdi. Iqtisodiyot ham muhim ahamiyat kasb etdi. Amalga oshirilgan islohatlar salmog'i yildan yilga kerak bo'lsa kundan kunga ortdi. Faqat tub islohatlar emas balki boshqa javhalarda jumldan ta'lim tizim-ida ko'plab o'zgarishlar sodir bo'ldi. Ayniqsa chet tillarini o'rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko'plab sharoitlar yaratilib berildi berildi. Bundan asosiy maqsad yoshlarning bilim saviyasini oshirish,chet tiliga bo'lgan qiziqishiniyanada oshirish. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, "Hozirgi paytda xorijiy tillarni

April 23-24, 2024

294

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda.O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish,shakllanishi,bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik,yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.Ta'lim jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi.Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari,interaktiv metodlar,innovatsion texnologiyalarning o'rni va ro'li benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagogikmahoratiga oid bilim,tajriba va interaktiv metodlar o'quvchitalabalarning bilimli,yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

Muhokama va natijalar:

Chet tillarini o'rganish azaldan mavjud emas. Tarixga nazar tashlar ekanmiz; chet tillarini (ingliz, rus, ispan, fransuz, nemis) tillarini o'rganish mustaqillik yillari-dan so'ng unga talab kuchaya boshlagan. Hozirgi kunda chet tiliga mamlakatimizda ahamiyat juda kuchli respublikamizda G'arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, fransuz) tillari va Sharq (arab, turk, urdu, fors, xitoy, hind) tillari o„qitilmoqda. Ular ta'lim muassasalarining o„quv rejalaridan o„rin olgan. chet tili muallimi axborot texnologiyalarini bilishi va uning metodika fani yutuqlarini puxta o„zlashtirish orqali o„quvchining to'plagan til tajribasi me'yorini aniq bilishga va uni yanada takomil-lashtirishga erishadiMamlakatimiz mustaqillikka erishgach, chet tillarini o'rganishga bo'lgan talab va qiziqish oshdi. O'quvchi-yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratib berildi. Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda, ta'lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirilmoqda. Xususan, chet tilini o'rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud. Til o'rganish va o'qitishda innovatsion texnologiyalar kata ahamiyatga ega. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o'rganishning har bir aspectida (reading, writing, listening, speaking) qo'l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o'rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o'quvchi bir vaqtning 165 o'zida so'zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so'z boyligi va uning ma'nolariga e'tibor berishi talab qilinadi. Ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o'quvchilar ham axborot - kommu-nikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rgatish va o'rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan:-kompyuterlardan foydalanganda o'quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko'rishi ham eshitishi mumkin; — chet tilidagi radio eshit-tirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; — ancha

April 23-24, 2024

295

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

ichirchiaäavlaLBSdagogika-aniv£rsitei^—^^^^ai^i^^isiäi^is^akiikääiäg^^iämsss^^

an'anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish; -i CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o'quvchilarning chet tilini o'rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo'lishini ta'minlaydi. Ma'lumki, darsning turli xil o'yinlar asosida o'tilishi o'quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko'nikmalarini oshirish va kuchli bo'lishlarini ta'minlaydi.

Chet tilini o'rgatishda o'rganuvchining salohiyat va darajasi yoshidan kelib chiqqan holda bosqichma bosqich o'rgatish yaxshi natija beradi.Bunda o'quvchilar l.boshlang'ich bosqichda o'qitish, 2 o'rta bosqichda o'qitish, 3yuqori bosqichda o'qitish asosida guruhlarga bo'linadi. Har bir bosqich uchun o'qituvchi tomondan maxsus faol dastur ishlab chiqiladi.Ta'limning faol usullari nafaqat o'quv jarayonida o'quvchilarni faol fikrlashga va amaliy faoliyatga undashga yordam beradi, balki ijobiy o'qitish motivatsiyasini shakllantirishga, ijodiy qobiliyatlarni ochib berish va rivojlantirishga yordam beradi, o'quv materialini yuqori samaradorlik bilan o'zlashtirishga yordam beradi. Darsning har bir bosqichi uchun nafaqat o'qituvchi, balki o'quvchilar uchun ham samarali bo'lgan faol metodlardan foydalanish kerak.Ularning ba'zilari bilan tanishib chiqishingizni maslahat beraman, deyarli bar-cha texnikalar harakatchan ekanligini va nafaqat chet tili darslarida, balki boshqa o'quv fanlarida ham qo'llanilishi mumkinligini ta'kidlamoqchiman.l.Tashkiliy bos-qich."Karusel" ("Merry Go Round") Ushbu texnika xayoliy fikrlash, xotiradan foyda-lanishga imkon beradi. Birinchi talaba o'qituvchidan kartani oladi va shu so'z bilan assotsiatsiyalarni nomlaydi. Karta o'qituvchiga qaytguncha zanjir bo'ylab uzatiladi. Har bir talaba o'z fikrlarini tez sur'atlarda ifoda etish imkoniyatiga ega.Ushbu bosqichda talabalar o'tgan materialni "eslab qolishadi". Gapirish qobiliyatini rivojlan-tirish uchun dars davomida "Intellektual isinish" tamoyilidan foydalanish mumkin.

Xulosa

Demak, o„quvchilarning til tajribasi chet til o„rganishga g„ov bo„lishi (salbiy ta'sir — interferensiya) yoki yordam berishi (ijobiy ta'sir — transpozitsiya) kuza-tiladi. Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda axborot texnologiyalar chet tillarini ahamiyati transpozitsiya ya'ni ijobiy taraflari juda ko'p, faqat internetdan to'g'ri foydalanish va undan dars samarasini oshirishda zaruriyat tug'iladi. Interferensiya ya'ni salbiy jihatini olib qaraydigan bo'lsak, ustozlar o'quvchilarga qaraganda, innovatsion texnologiyani ulardan yaxshiroq bilish lozim. Sababi shundaki, o'quvchilarga to'g'ri yo'nalishda ta'lim berish lozim. Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar va o'yinlar o'quvchida bilimga ishtiyoq uyg'otadi. O'quvchi darslarga puxta hozirlik

April 23-24, 2024

296

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

ko'rishga intiladi. Bu esa o'quvchilarni ta'lim jarayonining sub'yektlariga aylanti-radi.Chet tilini o'qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samara-si yuqoridir. Ta'lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o'quvchilar ma'lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so'zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Chet tilini o'rganishga ehtiyoj yuqori bo'lgan bir davr-da, ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo'lishiga olib keldi. Innavatsion ta'lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta'lim jarayonida to'g'ri va unumli foydalanilganidadir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi . 8 янв. 2018

2. Jalolov J. Chet tili o'qitish metodikasi. 2012, b-67

3. Отабоева, М. Р. Chet tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion

4. "Chet til o'qitish metodikasida zamonaviy metodlar" Zayniddin Sanaqulov

5. Отабоева, М.Р. Chet tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М.Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодой ученый. — 2017. — №4.2 (138.2). — С. 36-37. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 27.04.2020)

6. Bekmuratova U. B. "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil Отабоева, М. Р. Chet tilini o'qitishda zamonaviy inmvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi;

7. Jamol Jalalov "Chet tillarni o'qitish metodikasi nashriyot-matbaa uyi Toshkent 2012.

8. Bekmurotova U.B. "Ingliz tilini o'qitishda Innavatsion texnalogiyalardan foydalanish" mavzusida refarat.2012.

9. O. Hoshimov, I.Yoqubov."INGLIZ TILINI O'QITISH METODIKASI" sharq nashriyoti 2003.

10. Xodjiyev.M,Qahharov.M Chet tillarni o'qitish metodikasi.Fan va texnalogiya 2013

297

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.