Научная статья на тему 'XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA O‘QUV-ILMIY KOMPLEKSNI TASHKIL ETISH'

XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA O‘QUV-ILMIY KOMPLEKSNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oliy ta'lim / ilmiy tadqiqot institutlari / xorijiy tillar / fan / o‘quv-ilmiy kompleks / innovasion faoliyat / amaliy tadqiqotchilik / Oliy ta'lim / ilmiy tadqiqot institutlari / xorijiy tillar / fan / o‘quv-ilmiy kompleks / innovasion faoliyat / amaliy tadqiqotchilik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xayrullayeva Nargiza Qudratullayevna

Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishda tashkil etilayotgan o‘quv-ilmiy komplekslarning ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash, mamlakatni innovatsion rivojlanishidagi ahamiyati, samaradorligi va istiqbollari haqidagi masalalar to‘g‘risida ma'lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishda tashkil etilayotgan o‘quv-ilmiy komplekslarning ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash, mamlakatni innovatsion rivojlanishidagi ahamiyati, samaradorligi va istiqbollari haqidagi masalalar to‘g‘risida ma'lumotlar berilgan.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA O‘QUV-ILMIY KOMPLEKSNI TASHKIL ETISH»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA O'QUV-ILMIY KOMPLEKSNI

TASHKIL ETISH

Xayrullayeva Nargiza Qudratullayevna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Roman-german tillari katta o'qituvchisi, Mustaqillik 54, Mirzo Ulug'bek tumani, Toshkent, Ozbekiston irene-bella@rambler.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.13194591 Annotasiya: Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o'qitishda tashkil etilayotgan o'quv-ilmiy komplekslarning ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi aloqani mustahkamlash, mamlakatni innovatsion rivojlanishidagi ahamiyati, samaradorligi va istiqbollari haqidagi masalalar to'g'risida ma'lumotlar berilgan

Kalit so'zlar: Oliy ta'lim, ilmiy tadqiqot institutlari, xorijiy tillar, fan, o'quv-ilmiy kompleks, innovasion faoliyat, amaliy tadqiqotchilik.

1 KIRISH

Bugungi kunda dunyo tajribasi oliy ta'lim muassasi nafaqat ta'lim berish bilan balki, ilmiy tadqiqot markazi sifatida ham faoliyat olib borishi zarurligini ko'rsatayapti. Ilmga va ilmiy tadqiqotga asoslangan ishlanmaga bo'lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Taraqqiyot ilm bilan hamqadam bo'lgandagina poydevori mustahkam davomiy bo'ladi. Mamlakatimizda Oliy ta'lim muassasalarida innovasion faoliyatni rivojlantirish to'g'risida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hay'at yig'ilishining qarorlari va ularning ijrosi bilan bog'liq ishlar iqtisodiyotni ilmiy darajada barqaror rivojlanishi va uni zamon talablari darajasida modernizasiyalashda alohida ahamiyatga ega.

Bu o'z navbatida Oliy ta'lim muassasalarining joylarda mahalliy hokimiyat bilan hamkorliklarini yo'lga qo'yishni taqozo etadi. Oliy ta'lim muassasalarida (keyingi o'rinlarda-OTM deb yuritiladi), bu xorijiy tillarni o'qitish uchun yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash imkonini beradi.

2 ASOSIY QISM

Oliy ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o'qitishda yuqori malakali va raqobatbardosh malakali kadrlar tayyorlashni, shuningdek, innovasion g'oyalar va texnologiyalarning qudratli manbaini shakllantirishni talab qilmoqda:

- Ko'pchilik yo'nalishlarda zaiflashgan tarmoqli ilmiy-tadqiqot institutlari tizimini yangi sifat darajada almashtirishga qobiliyatli bo'lgan, asosan fanlararo yo'nalishlardagi innovatsion, amaliy tadqiqotchilik tarmog'ini rivojlantirish zarur. Bu oliy ta'lim muassasalarida, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va akademik fan o'rtasidagi bilimlar transferini shakllantirilishini ta'minlaydi.

- Mamlakat taraqqiyotining innovasion yo'li, xorijiy tillarni o'qitishda jiddiy faollashtirishni, tegishli innovasion tuzilmalar tuzish amaliyotini kengaytirish mexanizmlarini amalga oshirishni taqazo etadi.

Innovatsiya-texnologik modernizatsiya tamoyillarni belgilaydiki, bu talablariga mos keluvchi mutaxassislarni tayyorlashning yangicha sifatini ham talab qiladi. Yangi kadrlar ertangi kun texnologiyalari bilan ishlashga yo'naltiriladilar. Ularning tayyorlanishi OTM professor-o'qituvchilarini va talabalarini yetakchi tadqiqotlarga jalb qilib ular bilan birga talabalarning bunday ishda shaxsiy ishtiroklarini amaliyotda qo'llash zarur. Shunday qilib oliy ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o'qitish jamiyatning barqaror rivojlanishida asosiy bo'g'inni egallaydi. Shuning uchun OTM yo'nalishlari, ilmiy tadqiqot va ta'lim muassasalarining metodik markazi sifatida aks etishi kerak.

Chunki oliy ta'lim tizimida tayyorlangan mutaxassislar to'g'ridan-to'g'ri ta'lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlariga boradi va faoliyat yuritadi. Aynan ana shu o'rinda OTMning o'rni va ishlab chiqarishda va muassasalarda qaysi OTMda tayyorlangan mutaxassis kadrlarga ehtiyoj sezishi aniq bo'ladi. Shunga asosan OTMning moddiy texnik bazasini zamon talabalari darajasida shakllantirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning mexanizmini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Bu dolzarb masala respublikamiz Prezidentining tegishli qarorida ham o'z aksini topgan. OTMda xorijiy tillarni o'qitishda "o'quv-ilmiy kompleks"ning strukturasi va uning faoliyat mexanizmi qanday tartibda bo'lishi mumkin? Eng avvalo shuni qayd etish lozimki, jamiyatning asosini tashkil etuvchi 3 ta muhim va ulkan yo'nalishlar, ya'ni OTM, fan va ishlab chiqarish o'rtasida kuchli va zamon talablari darajasidagi simbiotik aloqani shakllantirishga e'tiborni

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, e-8 may 2004 www.in~academy.uz

qaratish kerak. Bunda ta'limdagi "o'zbek modeli"ga mos ravishda "ta'lim uchburchagi" mexanizmi shakllanadi. OTMda o'quv-ilmiy kompleks tarkiban ta'lim yo'nalishlariga mos ravishda o'quv jarayonlarini o'z ichiga olgan ilmiy laboratoriyalar, tajriba maydonlari hamda kelgusida bitiruvchilarni ishga qabul qilishi mumkin bo'lgan muassasalarni o'z ichiga oladi. OTMda olib borilgan tajribalar va rivojlangan mamlakatlarning nufuzli OTMda ta'lim jarayonini tahlil etish asosida shuni aytish mumkinki, oliy ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o'qitishda talabalarning ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatlarda ishtirok etishlari bilan bog'liq holda olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilinishi ularning olayotgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'lash imkonini beradi, ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashtiradi.

OTM bazasida "o'quv-ilmiy kompleks"larning tashkil etilishi fan va ta'lim o'rtasida integratsiyaning rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishda o'ziga xos bosqich yaratilishida muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Bunda erishilayotgan quyidagi yutuqlarni alohida qayd etish mumkin:

- OTM o'rtasida tuzilgan shartnomalar olib borilayotgan tadqiqot ishlarining samaradorligini oshishida muhim turtki bo'lib xizmat qilmoqda. Bunda OTM olimlarining yetakchilik rolini alohida qayd etish mumkin;

- Ilmiy tadqiqot institutlari xorijiy tillarni o'qitishda yetakchi olim va mutaxassislarining OTMda hamkorlikda ishlashga bo'lgan xohishlari asosida OTMdagi ilmiy salohiyatning ortganligini yuqorida qayd etilgan OTM bazasida tashkil etilayotgan "o'quv-ilmiy kompleks" monitoringi asosida ko'rish mumkin.

3 XULOSA

Xulosa o'rnida shuni qayd etish mumkinki, olib borilgan monitoring va amalga oshirilgan ishlar natijalarini tahlili asosida "o'quv-ilmiy kompleks"larni belgilangan OTMda xorijiy tillarni o'qitishni namunali tarzda tashkil etish va natijalarni ommalashtirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirish zarur. "O'quv-ilmiy kompleks" tashkil etishda ilmiy muassasalar bilan hamkorliklarini namunali tarzda yo'lga qo'yayotgan OTMning ilg'or tajribalarini aniqlash va ularni ommalashtirish bo'yicha videokonferensiya, videoseminarlar o'tkazish kerak. Ta'lim yo'nalishida o'tkazilishi rejalashtirilgan malakaviy amaliyot va mustaqil ta'lim soatlarini OTM hamda ITI bazalarida o'tkazish bo'yicha o'quv rejalariga tegishli o'zgartishlar kiritish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori 2017 yil 27 iyul'.

[2] Saodat, S. (2021). The benefits of using critical incidents in teaching languages. In Conference. Perspectives of implementing international experience in foreign languages teaching (Vol. 11, pp. 86-89).

[3] Tadjiyeva, M. D. (2024). The Use of Educational Apps as Didactic Tools in Teaching English as a Second Language. European Journal of Higher Education and Academic Advancement, 1(1), 224-228.

[4] Tajiboeva, Barno Baxadir Qizi. "PRACTICE CRITERIA IN EDUCATIONAL INNOVATIVE CHANGES." Scientific progress 4.5 (2023): 158-162.

[5] RAXMONKULOVNA, A. M. (2023, October). ESP/EAP

[6] O'QUVCHILARINING MAXSUS LUG'ATLARGA BO'LGAN EHTIYOJLARI. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 291-299).

[7] Parkhadjanovna, S. S. The importance of idioms in learning English language by Uzbek students in EFL classrooms. Журнал: Yangilanayotgan O'zbekiston yangi avlod kadrlari Umid jamg'armasi bitiruvchilari xalqaro anjumani. Номер ISBN, 978-99435904.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.