Научная статья на тему 'NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FAN – TA’LIM – ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TA’MINLASH MASALALARI'

NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FAN – TA’LIM – ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TA’MINLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
60
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Integratsiya / fan / ta’lim / ishlab chiqarish / innovatsiya / hamkorlik / ilmiy salohiyat / nodavlat tashkilotlari / reyting.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — F.S.Irisqulov

Maqolada oliy ta’lim muassasalarining fan va ishlab chiqarish sohalari bilan integratsiyasi natijasida samarali natijalarga erishish hamda nodavlat oliy ta’lim muasssasalaridagi integratsya jarayonini tashkil etish mexanizmlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FAN – TA’LIM – ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TA’MINLASH MASALALARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

NODAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TA'MINLASH MASALALARI

F.S.Irisqulov

Namangan muhandislik-qurilish instituti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10156109

Annotatsiya. Maqolada oliy ta'lim muassasalarining fan va ishlab chiqarish sohalari bilan integratsiyasi natijasida samarali natijalarga erishish hamda nodavlat oliy ta'lim muasssasalaridagi integratsyajarayonini tashkil etish mexanizmlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Integratsiya, fan, ta'lim, ishlab chiqarish, innovatsiya, hamkorlik, ilmiy salohiyat, nodavlat tashkilotlari, reyting.

Abstract. The article reveals the mechanisms of achieving effective results as a result of the integration of higher education institutions with the fields of science and production, as well as the organization of the integration process in non-state higher education institutions.

Keywords: Integration, science, education, production, innovation, cooperation, scientific potential, non-governmental organizations, rating.

Аннотация. В статье раскрываются механизмы достижения эффективных результатов в результате интеграции высших учебных заведений со сферами науки и производства, а также организация интеграционного процесса в негосударственных высших учебных заведениях.

Ключевые слова: Интеграция, наука, образование, производство, инновации, сотрудничество, научный потенциал, неправительственные организации, рейтинг.

KIRISH.

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan yangilash, xalqaro standartlar darajasida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining sohaga oid ko'plab farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilingan bo'lib, ular tom ma'noda ta'lim tizimida o'zgarish va yangilanishlarni amalga oshirishda asos bo'lib xizmat qilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyul kungi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3151-son Qarori, 2017 yil 7 fevral kungi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-sonli Farmoni, 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni va 2022 yil 28-yanvar kungi "2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60-sonli Farmonlarida Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko'rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash nazarda tutilgan. Hususan, ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risidagi Qonunning 4-moddasida, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo'nalishlari sifatida «ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishning uzviy bog'liqligini ta'minlash hamda undan manfaatdorlikni oshirish» ham ko'rsatib o'tilgan. Ushbu qonunning 17-moddasi, «Oliy ta'lim muassasalarida ilmiy faoliyat yuritish» bandida oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

tegishli yo'nalishlarda ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishlari shart etib belgilangan. MUHOKAMA.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 iyul kungi "Ma'muriy islohotlar doirasida oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-200 sonli Qarorida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, oliy ta'lim muassasalarini Xalqaro reyting tashkilotlariga kirishni ta'minlash bo'yicha quyidagi bir qator vazifalar keltirilgan, jumladan:

oliy ta'lim dasturlari yetakchi oliy ta'lim muassasalari bazasida xalqaro tashkilotlarning ta'lim sohalari reytingida yuqori 200 talik ro'yxatiga kirgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining dasturi asosida qayta ishlab chiqish;

professor-o'qituvchilar yuklamasi o'quv va ilmiy faoliyatga, o'quv jarayonlari esa talabalarda mustaqil ta'lim olish ko'nikmasini rivojlantirishga yo'naltirish;

kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4 yilda ta'lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o'tkazish;

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tan olingan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining amaldagi ro'yxatida birinchi 1000 talikka kirgan oliy ta'lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilish kabi vazifalar keltirilgan[2].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 iyul kungi PQ-200 sonli Qarorida nodavlat oliy ta'lim muassasalari 2024 yil 1 yanvaridan boshlab:

reyting davlat va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari bo'yicha umumiy aniqlanishi; so'nggi besh yil davomida reytingda birinchi 10 talik o'rinni egallagan oliy ta'lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinishi; 2025 yil 1 yanvardan boshlab:

nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo'yicha kvota ularning reytingdagi o'rniga muvofiq ajratilishi;

oliy ta'lim tashkilotlarining ta'lim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yo'lga qo'yilishi. 2023/2024 o'quv yilidan boshlab:

talabaning ta'lim yo'nalishiga mos startap loyihasini hamda rasionalizatorlik g'oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etilishi ko'zda tutilgan.

Bugungi kunda globallashuv sharoitida dunyoda tezkor o'sishga yo'naltirilgan ko'plab yondashuvlar jamoaviy uyg'unlashuvni talab etmoqda. Taraqqiyot va yuksalishlarni ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvisiz, innovatsion jarayonlarsiz tasavvur etish qiyin.

Yuqorida xukumatimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlardan ko'rinib turibdiki, inson manfaatlariga yo'naltirilgan har bir soha ta'lim, fan va ishlab chiqarishining hamkorligi hayotiy jarayonlarda o'zaro uzviy birlikda rivojlanadi.

Birinchi navbatda oliy ta'lim tizimining barcha bosqichlarida ilmiy tadqiqot universitetlari modeliga o'tish va ilmiy tadqiqot kirib borish faoliyatlarini alohida e'tibor bilan kuzatishimiz lozim. AQSHning tadqiqotchilik universitetlari hozirgi kunda yirik loyihalarini amalga oshirmoqdalar. Ular turli fondlar va byudjet tomonidan moliyalashtirilgan bo'lib turli xil ishlab chiqarish korporasiyalari bilan yaqindan bog'langan. Atroflarida turli biznes-inkubatorlar, infratuzilma majmualarini birlashtirgan. Mazkur infratuzilma majmualarining mavjudligi innovasion tizimning innovasion mahsulotlari va texnologiyalarni innovasion tizim va fanning

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

uyg'unlashuvi doirasida boshqa sohalar va yo'nalishlarga tatbiq etish imkoniyatlarini beradi. Amerika modelining alohida ahamiyat beradigan tomonlaridan biri shuki, ularda "g'oyalar fabrika"si, ya'ni maxsus ilmiy tadqiqot va analitik tahlil faoliyati bilan bog'liq tashkilotlarining mavjudligidir. Bunday tashkilotlar XX asrning 40-50 yillarida AQSHda vujudga kelgan bo'lib, hozirgi kunda ularni soni bir necha mingdan ortiq. Ular ilg'or mutaxassis va tadqiqotchilarning innovasion mahsulotlarini mehnat bozori va ishlab chiqarishga taqdim etadilar. Eng muhimi, bu tashkilotlar mutlaq mustaqil tashkilotlar hisoblanadi.

Ushbu sxemada respublikamizda faoliyat olib borayotgan nodavlat oliy ta'lim universitetlar tomonidan fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash uchun berilayotgan na'munaviy sxema keltirilgan. Ushbu sxemada universitet raxbariyati boshchiligida ishlab chiqarish korxonalari bilan innovasion hamkorlikni muvofiqlashtirish tuzilmasini ko'rishimiz mumkin.

Ishlab chiqarish bilan innovasion hamkorlikni muvofiqlashtirish na'munaviy tuzilmasi.

Ushbu sxemadan ko'rinib turibtiki universitet talabalarini raqobatbardosh kadrlar bo'lib yetishishlari hamda universitet professor-o'qituvchilarini ilmiy salohiyatlarini oshishida avvalambor xar bir kafedra o'ziga tegishli fanlar yo'nalishida tarmoq korxonalarini aniqlab olishlari va ular bilan hamkorlik shartnomalari tuzishlari kerak bo'ladi.

Bunda har bir kafedra (yoki bir nechta turdosh kafedralar) o'z ilmiy salohiyati va ilmiy potensialini hisobga olgan holda unitar korxona yoki ma'suliyati cheklangan jamiyat tuzishlar va kelajakda hamkor tashkilotlar bilan ilmiy loyihalar, xo'jalik shartnomalari asosida hamkorlikda ishlarni tashkil etishlari kerak bo'ladi.

Kafedralar hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan davlat yoki tarmoq korxonalari mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan ilmiy loyihalar kafedra ilmiy solahiyati oshishiga olib keladi. Bu albatta nodavlat oliy ta'lim muassalarini salohiyati, ilmiy potensialini oshishiga olib keladi. XULOSA.

Xulosa qilib aytgan Ishlab chiqarish bilan innovasion hamkorlikni muvofiqlashtirish orqali quyidagi quyidagi faoliyatlar jamlanadi:

Mutaxassislik kafedralarida ta'lim, fan va ishlab chiqishning korporativ xamkorligi

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

mexanizmining ishlashini va axborot almashinuvi;

Barcha kafedralar bo'yicha fundamental, amaliy, innovasion va tijoratlashtirish loyihalarini shakllantirilishini va amalga oshirilishi;

Innovasion g'oyalar va ilmiy-texnik ishlanmalar bilan Respublika yarmarkalariga tayyorgarlik ko'rish va faol ishtirok etishni;

Ishlab chiqarish tashkilotlari bilan xo'jalik shartnomalari tuzish va ularni bajarilishi nazoratini;

Soha vazirliklari, ishlab chiqarish korxonalari, Respublika Fanlar Akademiyasi institutlari bilan hamkorlik jarayonlarini;

Sohalar bo'yicha ilmiy maktablar kesimida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanishini;

Ilmiy tadqiqot ishlarining natijalarini ishlab chiqarish va o'quv jarayoniga tadbiq etishni hamda ilmiy-tadqiqot monitorigini olib borish jarayonlari.

REFERENCES

1. Осло Р. Рекомендации по сбору и анализу данных по инновациям/Организация экономического сотрудничества и развития, Статистическое бюро Европейских обществ.-3-е изд.; пер. на русский язык, 2-е изд., испр //М.: Центр исследований и статистики науки. - 2010.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 iyul kungi "Ma'muriy islohotlar doirasida oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-200 sonli Qarori.

3. Kuysinov O.A. Developing Professional-Pedagogical Creativity of Future Professional Education Teachers based on Competencial Approach. Eastern European Scientific Journal. -Germany, 2018. №4. R.257-263.

4. Kuysinov O.A. Improving the methodologies of raising the effectiveness of continuous education on the basis of ensuring content consistency. «Actual problems of modern science, education and training» Electronic Journal. July, 2021-7/1. ISSN 2181-9750. KHOREZMSCIENCE.UZ. P. 4-8

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.