Научная статья на тему 'YANGI OʻZBEKISTON: YANGI TA’LIM TIZIMI VA YANGICHA YONDASHUVLAR TA’LIM TARAQQIYOTI ASOSI. OLIY TA’LIM TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIM'

YANGI OʻZBEKISTON: YANGI TA’LIM TIZIMI VA YANGICHA YONDASHUVLAR TA’LIM TARAQQIYOTI ASOSI. OLIY TA’LIM TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIM Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3544
481
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
oliy ta’lim / yoshlar / vazirlik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nasiba Madreymova

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI OʻZBEKISTON: YANGI TA’LIM TIZIMI VA YANGICHA YONDASHUVLAR TA’LIM TARAQQIYOTI ASOSI. OLIY TA’LIM TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIM»

YANGI O'ZBEKISTON: YANGI TA'LIM TIZIMI VA YANGICHA

YONDASHUVLAR TA'LIM TARAQQIYOTI ASOSI. OLIY TA'LIM TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIM

Nasiba Madreymova madreymova.nasiba1993@mail .ru O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: oliy ta'lim, yoshlar, vazirlik

NEW UZBEKISTAN: NEW EDUCATIONAL SYSTEM AND NEW APPROACHES BASIS OF EDUCATIONAL DEVELOPMENT.

DEVELOPMENT OF HIGHER EDUCATION: PROBLEM AND SOLUTION

Nasiba Madreimova madreymova.nasiba1993@mail .ru Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the reforms implemented in the field of development of the higher education system of the Republic of Uzbekistan.

Keywords: higher education, youth, ministry

Ma'lumki, bugungi kunda mamlakatimizda har bir sohada keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'z navbatida, mazkur islohotlarning salmoqli qismini ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tashkil etmoqda. So'nggi yillarda ta'lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, oliy ta'lim tizimida islohotlar va amaliy chora-tadbirlar judayam keng ko'lamli amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimda takidlaganlaridek: Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug' istiqboli, birinchi navbatda ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq. 1

Mutaffarkir olim Abu Nasr Farobiyning fikricha "Ta'lim - degan so'z xalqlar va shaharliklar o'rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o'rtasidagi

1 Sh.M. Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan

I icOE^^^^HI 771 http://oac.dsmi-qf.uz

tug'ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so'zdir. Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi. Farobiyning ta'lim-tarbiya yo'llari, usullari vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go'zal fazilatlar ikki yo'l -ta'lim va tarbiya yo'li bilan hosil qilinadi. Ta'lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug'ma fazilat - nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta'lim so'z va o'rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo'ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko'nikmalarni qay darajada o'rganganligiga qarab paydo bo'ladi, deb ko'rsatadi.

Farobiy ta'limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa, tarbiyada ma'naviy - axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.

O'zbekiston Respublikasining 30 yoshgacha bo'lgan aholisi butun aholining 60 foizini tashkil etadigan noyob demografik holatga yuz tutish arafasida2 Shunday ekan yoshlarning ongini, manaviyatini, salohiyatini, madaniyatini, bilim darajasini shakllantirmay turib biz kelajagimizga istiqbolimizga nazar tashlay olmaymiz. Bu bo'yicha qator qonunlar qarorlar chiqarilayotgani hech kimga sir emas. O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 30 yilga mo'ljallangan konseptsiya va ta'lim to'g'risidagi bir qancha qaror va qonunlarning qabul qilinishi yoshlarimizning kelajagini o'ylab, davlatimiz rivojini o'ylab amalga oshirilayotgani bejiz emas.

Yurtimizda bugungi kunda eng dolzarb muammo va yechimlarni qamrab olgan 30-yilgacha mo'ljallangan konseptsiyaning qabul qilinishi va amalga oshirilishi yurtimizda ta'lim sohasida ulkan o'zgarishlar amalga oshishiga olib keladi. Ta'lim sifati O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi oliy ta'lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son "Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.

Kontseptsiya O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo'nalishlari, vazifalari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan

2 https://www.unicef.org

I icclT^^^^H 772 http://oac.dsmi-qf.uz

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasida : Oliy ta'lim tizimining joriy holati va mavjud muammolar, Oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo'nalishlari,

Oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish , ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, oliy ta'lim muassasalarida ilmiy - tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish ilm-fanning innovattsion infratuzilmasini shakllantirish, ma'naviy - ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar ta'sirchanligini oshirish, yuqori malakali mutaxxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish, oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta'minlash, moddiy - texnik ta'minotini mustahkamlash, oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, oliy ta'lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta'minlash, konseptsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar xususida keng qamrovli masalalar qamrab olingan.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2019 yil respublikada 114 ta oliy ta'lim muassasasi mavjud bo'lib, ulardan 93 tasi mahalliy hamda 21 tasi xorijiy oliy ta'lim muassasasi va ularning filiallari hisoblanadi. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan OTM lar sonini ochiqladi. Qayd etilishicha, bugungi kunda O'zbekistonda 159 ta jumladan, Toshkent shahrida 72 ta, hududlarda 87 ta oliy ta'lim muassasasi mavjud.Shundan universitet 28 ta, institutlar 47 ta, akademiya 3 ta, konservatoriya 1 ta, filial 26 ta, xorijiy OTM va uning filiallari 30 ta, nodavlat OTM 24 ta. 59 Bundan ko'rinib turibdiki bugungi kunda ta'lim tizimidagi ijobiy o'zgarishlar sezilarli darajada o'sgan. Davlat oliy ta'lim muassasalari tegishliligi bo'yicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan: Xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari soni so'nggi 3 yilda ikki barobar oshgan.2020-2021- o'quv yili boshida respublika bo'yicha 20 ta xorijiy oliy ta'lim tashkiloti faoliyat yuritgan. 3 Bu ma'lumotlar esa ta'lim tizimimiz uzviyligi to'g'ri yo'lga qo'yilganini ko'rsatib turibdi. Davlat oliy ta'lim muassasalari tegishliligi bo'yicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilishi- oliy ta'limda kadrlar sifatini oshirish, har bir yo'nalish bo'yicha yetuk mutaxassislarning tayyorlanishi nazarda tutilgan. Xorijiy oliy ta'lim muassasalarining so'ngi 3 yilda 2 barobar o'sishi ham buning isbotidir.

Bu oliy dargohlarning ko'lami yildan-yilga o'sib borayotgani va mamlakatimizning rivojiga hissa qo'shadigan turli yo'nalishlarda kadrlar tayyorlayotgani bugun hech kimga sir emas. Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga 329 ta ta'lim yo'nalishi va 582 ta magistratura mutaxassisligi kiritildi. 2019-2020 o'quv yilida 59

1 https://daryo.uz

ta oliy ta'lim muassasasida sirtqi ta'lim, 10 ta oliy ta'lim muassasasida kechki ta'lim shakli joriy etildi. Respublika oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha 410 ming, magistratura mutaxassisligi bo'yicha esa 13 ming nafarni tashkil qilib, so'nggi 3 yilda 1,7 baravarga oshdi.

Talabalarning 54,8 foizi gumanitar va pedagogik, 25,2 foizi ishlab chiqarish-texnik, 5,2 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xo'jaligi, 4,4 foizi sog'liqni saqlash va ijtimoiy taminot, 4,5 foizi xizmat ko'rsatish bilim sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha tahsil olmoqdalar.

Magistratura talabalarining 40,8 foizi gumanitar va pedagogik, 23,3 foizi ishlab chiqarish-texnik, 13,3 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xo'jaligi, 13,5 foizi sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot, 3,2 foizi xizmat ko'rsatish bilim sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil olmoqdalar. 2019-2020 o'quv yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani tashkil etdi va o' tgan yilga nisbatan 18 foizga, 2016 yilga nisbatan esa 92 foizga oshdi. Respublikaning 16 ta oliy ta'lim muassasasida 2018-2019 o'quv yilidan boshlab xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo'lga qo'yildi.

So'nggi 3 yilda oliy ta'lim muassasalarining 1611 nafar professor-o'qituvchisi xorijiy oliy ta'lim muassasalarida stajirovka o'tashi va malaka oshirishi ta'minlandi. Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy ta'lim va ilmiy muassasalar magistratura mutaxassisligiga 112 nafar, doktoranturasiga 51 nafar yoshlar ta'lim olishga qabul qilindi.

"El-yurt umidi" jamg'armasi orqali 46 nafar professor-o'qituvchining Kanada, Buyuk Britaniya va Italiya davlatlarida stajirovka o'tashi ta'minlandi. 2017-2019 yillarda ta'lim jarayoniga 1154 nafar xorijlik yuqori malakali pedagog xodim va olim jalb etildi (AQShdan 94 nafar, Yevropa mamlakatlaridan 445 nafar, Osiyo mamlakatlaridan 299 nafar, MDH mamlakatlaridan 316 nafar). Oliy ta'lim muassasalarida fan doktori ilmiy darajasiga ega professorlarning bazaviy lavozim maoshlari 2016 yilga nisbatan 3,2 baravarga oshirildi. 4

Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini ta'minlashni va nazorat qilishni xorijiy tajribalar asosida oshirish, mazkur mavzu dolzarbligi va bugungi kunda zaruratini ko'rsatadi. Kadrlar raqobatbardoshligini ta'minlash uchun o'qitishni yangi zamonaviy ta'lim texnologiyalarga moslashtirish, zamonaviy metodlarni va tamoyillarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishda xorijiy tajribalar bugungi kunda zarur bo'ladi. Bugungi kunda oliy ta'lim sifatini ta'minlash va modernizasiyalashtirishda avvalombor, zamonaviy o'quv-metodik ta'minotni shakllantirish masalasi paydo bo'ldi. Shu sababli davlatimiz tomonidan oliy ta'lim

4 O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2-bob.

Ywz^^m 774

oldiga qo'yayotgan masalalarni ijobiy hal etish uchun zamoaviy o'quv-metodik ta'minotni yaratish dolzarb masala bo'lib turibdi.

Ta'lim sifati va ta'lim samaradorligi jamiyatda hayot sifatini ko'rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat umumiy va kasbiy ta'limga qanchalik ko'p mablag' sarflasa va natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga javob bersa, hayot sifati shunchalik yuqori bo'ladi.

Ta'lim samaradorligini belgilashda eng optimal qarorlar qabul qilish yuqori ta'lim sifatga erishishni talab etadi. Mamlakatimizning hozirgi davrdagi rivojlanish bosqichida oliy kasbiy ta'lim globallashuv jarayonlari davrida mamlakatning milliy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy xavfsizligini ta'minlashga qodir bo'lgan shaxslarning shakllanishidagi, insoniyatning universallashuvi va postindustrial axborot jamiyatiga o'tishidagi asosiy vositalardan biri bo'lib hisoblanadi. Shu bilan birga hozirgi kundagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi asoratlari davom etayotgan bir pallada oliy ta'lim jamiyatni birlashtirishning, yagona ijtimoiy-madaniy makonni saqlab qolish, ijtimoiy nizolar va etnomilliy ziddiyatlarni yengib o'tishning eng muhim salohiyatli omili sifatida olib qaralishi lozimdir. Yangicha ta'lim tizimlarining shakllanishi tendensiyalari aniq ravshan turibdiki, hozirgi zamon jamiyatining umumiy rivojlanishi tendensiyalar bilan belgilanadi.[3]

Ta'lim sifati an'anaga ko'ra o'qitishning va ilmiy tadqiqotlarning OTM darajasidagi tabiiy elementi va olimlarning kasbiy faoliyatidagi ajralmas bir bo'lagi bo'lib sanaladi. Hozirgi kunda oliy ta'lim sifatini oshirish butun dunyoda ta'lim tizimidagi eng muhim va asosiy masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham oliy ta'lim sifatini baholashdagi yondashuvlarni tadqiq qilishga ehtiyoj tugiladi.

Shunga ko'ra, oliy ta'lim sifatini ta'minlash turli oqibatlarga va xususiyatlarga ega bo'ladi. Oliy ta'lim sohasidagi turli tadqiqotchilar ta'lim sifatini ta'minlashning adekvat(mos) tizimini ishlab chiqishda har doim ilg'or tajribalarga tayanadilar. Ta'lim sifatini ta'minlash "jangovar harakat qoidalari" deb talqin qilinishi mumkin bo'lgan aniq oqibatlarga ega bo'ladi. Shu bilan birga tashqi intensiv nazorat zaruratini pasaytiradigan ta'lim xizmatlari sifatining shaffofligi borasidagi "yozilmagan qoidalar" ham mavjuddir.

Xulosa qiladigan bo'lsak, oliy ta'lim sifatini ta'minlash borasida shu paytgacha mavjud bo'lgan milliy va xorijiy tajribalar shuni ko'rsatadiki, hozirgi paytda OTMlarda alohida, tizimsiz tarzda o'tkaziladigan islohotlar va innovatsiyalar samarasiz bo'lib, bu ko'pincha oliy ta'lim sohasidagi umumiy samaradorlikka putur yetkazadi. Shuning uchun oliy ta'lim sifatini oshirish bo'yicha shu paytgacha to'plangan xorijiy tajribalarni milliy ta'lim tizimi yutuqlari bilan o'zaro uyg'unlashtirgan holda ham faqat majmuaviy, tizimli va bir butun tarzda amalga oshirish mamlakatimizda oliy ta'lim sifatini yangi bosqichga ko'tarishi shak-shubhasizdir. Aqliy rivojlanishning barcha sohalarida shaxs ijtimoiy munosabatlar

I ícclT^^^^H 775 http://oac.dsmi-qf.uz

o'zgaradi. Bu jarayonda o'quv faoliyatining yetakchi roli kichik maktab yoshidagi o'quvchining boshqa tadbirlarga faol qo'shilishini istisno etmaydi, uning davomida bolaning yangi yutuqlari yaxshilanadi va mustahkamlanadi. L.S.Vigotskiyning ta'kidlashicha boshlang'ich maktab yoshining o'ziga xos xususiyati shundaki, faoliyatning maqsadlari asosan bolalar uchun kattalar tomonidan belgilab beriladi.

Yangi O'zbekistonda oliy ta'lim sohasidagi islohotlar bugungi kunda o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Bu islohotlar bugun allaqachon natijasini ham ko'rsatyapti. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar ta'lim tizimimizdagi ijobiy natijalar ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yanada keng ko'lamda davom etayotganligidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.M. Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan.

2. https://www.unicef.org

3. https://daryo.uz

4. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2-bob

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.