TA'LIM TIZIMIDA XORIJ TAJRIBASINI QO'LLASH AHAMIYATI
Nasiba Madreymova madreymova.nasiba1993@mail .ru O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali
Annotatsiya: Bu maqolada oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini ta'minlash muammosi va yechimi, bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini ta'minlash va nazorat qilishda xorij tajribalari asosida oshirish bo'yicha takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: Ta'lim, tarbiya, innovaciya, pedagog, talaba.
THE SIGNIFICANCE OF FOREIGN EXPERIENCE IN THE EDUCATIONAL SYSTEM
Nasiba Madreymova madreymova.nasiba1993@mail .ru Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article presents the problem and solution of ensuring the quality of training of specialists in higher educational institutions, proposals for improving the quality of education in higher educational institutions today, based on foreign experience.
Keywords: Education, upbringing, innovations, teacher, student.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 5 maydagi PQ-3697 sonli "Faol tadbirkorlik va innovacion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida" Qarori va 2018 yil 7 maydagi PQ-3698 sonli "Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovaciyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi qarorida fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi integraciyani kuchaytirish lozimligi keltirilib, hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalari amaliyotida jahon tajribasini joriy etish o'ta muhimligi ta'kidlangan.[1]
Oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini ta'minlash muammosi har doim eng muhim dolzarb masalalardan biri bo'lib kelgan. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o'tish bilan ishlab chiqarish korxonalaridagi mulkchilikka bo'lgan munosabat va talablarning o'zgarishi hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash pedagoglar, talabalar va ota-onalar, shuningdek, jamiyatning hamma tizimlariga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.
Shuning uchun oldimizda turgan asosiy vazifalaridan bin, bu ta'lim sifatini ta'minlash va uni mazmunini boyitish va zamonaviy innovacion va pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish, jahon tajribasini qo'llashda uning samarasini oshirish va ta'lim sifatini ta'minlash bilan bogliqligini doim ustivor yo'nalishligini bilishimiz kerak. [2]
Demak, bugungi kunda sifatni ta'minlashning yo'nalishlaridan biri bu oliy ta'lim muassasalarida nafaqat mamlakat ichkarisida, balki xorijiy mamlakatlar bilan shakllanishi albatta eng taraqqiy etgan ta'lim usullarni tadbiq etishni taqozo etadi. Buning asosida video konferenciyalar, masofaviy ta'lim turlarini amalga oshirish mumkin. Onlayn rejimida o'tkaziladigan bunday faol muloqot jarayonida, ikki tomondagi olimlar o'rtasida dolzarb muammolar bo'yicha baxs-munozaralar, ularning yechimlari, ma'lum bilim sohalari bo'yicha tajriba almashish kabi vazifalar amalga oshirilishi lozim.
Etirof etish kerakki, rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim mamlakat ichki siyosatiga faol ta'sir etadigan ijtimoiy jarayondir. Shu tufayli yurtimizda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta'minlashga ajratilayotgan mablaglar miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Shu bilan birga respublikamizda ta'lim tizimida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish va ularni natijaviyligini ta'minlash bu borada ta'lim tizimi sifatini nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo'llash zaruratini keltirib chiqaradi.
Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini ta'minlashni va nazorat qilishni xorijiy tajribalar asosida oshirish, mazkur mavzu dolzarbligi va bugungi kunda zaruratini ko'rsatadi. Kadrlar raqobatbardoshligini ta'minlash uchun o'qitishni yangi zamonaviy ta'lim texnologiyalarga moslashtirish, zamonaviy metodlarni va tamoyillarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishda xorijiy tajribalar bugungi kunda zarur bo'ladi. Bugungi kunda oliy ta'lim sifatini ta'minlash va modernizaciyalashtirishda avvalombor, zamonaviy o'quv-metodik ta'minotni shakllantirish masalasi paydo bo'ldi. Shu sababli davlatimiz tomonidan oliy ta'lim oldiga qo'yayotgan masalalarni ijobiy hal etish uchun zamoaviy o'quv-metodik ta'minotni yaratish dolzarb masala bo'lib turibdi.
Ta'lim sifati va ta'lim samaradorligi jamiyatda hayot sifatini ko'rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat umumiy va kasbiy ta'limga qanchalik ko'p mablag sarflasa va natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga javob bersa, hayot sifati shunchalik yuqori bo'ladi.
Ta'lim samaradorligini belgilashda eng optimal qarorlar qabul qilish yuqori ta'lim sifatga erishishni talab etadi. Mamlakatimizning hozirgi davrdagi rivojlanish bosqichida oliy kasbiy ta'lim globallashuv jarayonlari davrida mamlakatning milliy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy xavfsizligini ta'minlashga qodir bo'lgan shaxslarning shakllanishidagi, insoniyatning universallashuvi va postindustrial axborot jamiyatiga
o'tishidagi asosiy vositalardan biri bo'lib hisoblanadi. Shu bilan birga hozirgi kundagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi asoratlari davom etayotgan bir pallada oliy ta'lim jamiyatni birlashtirishning, yagona ijtimoiy-madaniy makonni saqlab qolish, ijtimoiy nizolar va etnomilliy ziddiyatlarni yengib o'tishning eng muhim salohiyatli omili sifatida olib qaralishi lozimdir. Yangicha ta'lim tizimlarining shakllanishi tendenciyalari aniq ravshan turibdiki, hozirgi zamon jamiyatining umumiy rivojlanishi tendenciyalar bilan belgilanadi.[3]
Ta'lim sifati an'anaga ko'ra o'qitishning va ilmiy tadqiqotlarning OTM darajasidagi tabiiy elementi va olimlarning kasbiy faoliyatidagi ajralmas bir bo'lagi bo'lib sanaladi. Hozirgi kunda oliy ta'lim sifatini oshirish butun dunyoda ta'lim tizimidagi eng muhim va asosiy masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham oliy ta'lim sifatini baholashdagi yondashuvlarni tadqiq qilishga ehtiyoj tugiladi.
Shunga ko'ra, oliy ta'lim sifatini ta'minlash turli oqibatlarga va xususiyatlarga ega bo'ladi. Oliy ta'lim sohasidagi turli tadqiqotchilar ta'lim sifatini ta'minlashning adekvat(mos) tizimini ishlab chiqishda har doim ilgor tajribalarga tayanadilar. Ta'lim sifatini ta'minlash "jangovar harakat qoidalari" deb talqin qilinishi mumkin bo'lgan aniq oqibatlarga ega bo'ladi. Shu bilan birga tashqi intensiv nazorat zaruratini pasaytiradigan ta'lim xizmatlari sifatining shaffofligi borasidagi "yozilmagan qoidalar" ham mavjuddir.
Xulosa qiladigan bo'lsak, oliy ta'lim sifatini ta'minlash borasida shu paytgacha mavjud bo'lgan milliy va xorijiy tajribalar shuni ko'rsatadiki, hozirgi paytda OTMlarda alohida, tizimsiz tarzda o'tkaziladigan islohotlar va innovaciyalar samarasiz bo'lib, bu ko'pincha oliy ta'lim sohasidagi umumiy samaradorlikka putur yetkazadi. Shuning uchun oliy ta'lim sifatini oshirish bo'yicha shu paytgacha to'plangan xorijiy tajribalarni milliy ta'lim tizimi yutuqlari bilan o'zaro uygunlashtirgan holda ham faqat majmuaviy, tizimli va bir butun tarzda amalga oshirish mamlakatimizda oliy ta'lim sifatini yangi bosqichga ko'tarishi shak-shubhasizdir. Aqliy rivojlanishning barcha sohalarida shaxs ijtimoiy munosabatlar o'zgaradi. Bu jarayonda o'quv faoliyatining yetakchi roli kichik maktab yoshidagi o'quvchining boshqa tadbirlarga faol qo'shilishini istisno etmaydi, uning davomida bolaning yangi yutuqlari yaxshilanadi va mustahkamlanadi. L.S.Vigotskiyning ta'kidlashicha boshlangich maktab yoshining o'ziga xos xususiyati shundaki, faoliyatning maqsadlari asosan bolalar uchun kattalar tomonidan belgilab beriladi.
O'qituvchilar va ota-onalar bolaga nima mumkinligini va nima qilib bo'lmasligini, qanday vazifalarni bajarish kerakligini, qaysi qoidalarga bo'ysinishni va hokazolarni aniqlaydilar. Bolalarga topshiriq berishda muayyan qoidalarga rioya qilish orqali amalga oshirilsa, bu qiyinchiliklardan qochish mumkin.
O'zaro hamdardlik va do'stlik paydo bo'lishi uchun mehribonlik, diqqatlilik, mustaqillik, o'ziga ishonch, halollik kabi fazilatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Asta
sekin, bola maktab haqiqatni o'rganar ekan, u sinfda shaxsiy munosabatlar tizimini rivojlantiradi. U har kimdan ustun bo'lgan to'gridan-to'gri hissiy munosabatlarga asoslanadi.[4]
Polshalik mualliflar ishlarida didaktik muvaffaqiyatsizliklar ortishi jarayonini tahlil qilish tahsinga loyiq. V.Okon o'zlashtirmovchilik vujudga kelishida uch asosiy bosqichni ajratib ko'rsatadi: didaktik muvaffaqiyatsizliklar, ikkinchi yilga qolish va chiqib ketish.
Birinchi bosqichda bilimda orqada qolish unchalik sezilmaydi, o'qishni istamaslikning dastlabki belgilari namoyon bo'ladi.
Ikkinchi bosqichda o'quvchi o'zlashtirsada, yaxshi deb hisoblanadi, lekin uning bilimida muhim kamchiliklar seziladi.
Uchinchi bosqichda dastlabki qoniqarsiz baholar paydo bo'ladi, maktabga salbiy munosabat o'qituvchilarning tavsiyalarini bajarishni istamaslik holatlari vujudga keladi.
To'rtinchi bosqichda - ikkinchi yilga o'qishga qoldiriladi. Ya.Konopniskiy didaktik muvaffaqiyatsizliklarni o'z vaqtida aniqlash uchun bilimdagi yetishmovchilikni belgilaydigan diagnostik testlar tizimini ishlab chiqdi. Chunki mualliflar faqat ikki omilning bilimdagi bo'shliq va o'qishga munosabatning o'zgarishini kuzatishadi, intellektual va irodaviy sohalardagi o'zgarish etiborga olinmaydi. Polshalik mualliflar tadqiqotlaridagi yana bir muhim xususiyat shundan iboratki, o'zlashtirmovchilik sabablarini aniqlash va didaktik muvaffaqiyatsizliklarni bartaraf etish vositalarini tanlash bo'yicha original eksperiment tashkil etish muhim hisoblanadi.
Polshalik pedagoglarning eksperimentlariga bogchalarda bolani maktabda o'qishga tayyorlash bo'yicha, o'qishda orqada qolayotgan bolalarga qo'shimcha mashgulotlar uyushtirish bo'yicha markazlar tashkil etish kabilar kiradi. Tadqiqot natijalaridan ma'lum bo'lishicha, o'quvchilar ko'proq bolgar tili, arifmetika va tarix fanlaridan orqadalar. Anketa natijalaridan ma'lum bo'lishicha, o'quvchilar materialni tushunmasliklari, tez charchashlari, diqqatni bir joyga to'plashda qiynalish, mavzuga qiziqish yo'qligi uchun qiynalishlarini ta'kidlagan. Muallifning ta'kidlashicha, ota-onalar, sinf rahbari va o'qituvchilarning birgalikdagi harakati tufayli bunday sabablarni bartaraf etish mumkin. Shunday qilib, tajribalarning ko'rsatishicha, individning o'z harakatlarining natijasini bilishi, oldida turgan vazifani yechishga undaydi, uning harakatlari to'grilanadi. Natijalarini bilmaslik esa, yo'nalishning yo'qolishiga va buning asosida o'z harakatlarining to'griligiga ishonmaslikning vujudga kelishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. T: O'zbekiston, 2017. 104 b.
2. Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'grisida Nizom (O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 9 avgustda 19-2018-son buyrugi bilan tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 26 sentabrda ro'yxatdan o'tkazilgan, ro'yxat raqami 3069).
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi - Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarida faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisidagi PQ-3775-sonli qarori.
4. Muxtorov A., Sultonov T., Mustafakulov Sh.I. Ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha xorijiy tajribalar Iqtisodiyot va innovacion texnologiyalar. 2012. 4. 9 b.