Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASLARIDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHGA OID XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBALARINING QIYOSIY TAHLILI (YAPONIYA MISOLIDA)'

PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASLARIDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHGA OID XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBALARINING QIYOSIY TAHLILI (YAPONIYA MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1183
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PROFESSIONAL TA’LIM / PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONI / O‘ZBEKISTONDA VA YAPONIYADA PROFESSONAL TA’LIMNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI / FARQLI JIHATLARI TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH / TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI BOSHQARISH

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nodirov J.M., Shodmanov Q.O.

Professional ta’lim, mehnat bozoriga mos malakali mutaxassislarni tayyorlash, O‘zbekistonda va Yaponiyada professonal ta’limning huquqiy asoslari, O‘zbekiston va Yaponiya ta’lim tizimiga oid amaldagi qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekistonda va Yaponiyada professonal ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, farqli jihatlari, professional ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarishga oid tavsiyalar keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES ON THE ORGANIZATION AND MANAGEMENT OF THE EDUCATIONAL PROCESS IN PROFESSIONAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS (ON THE EXAMPLE OF JAPAN)

This article widely highlights the features and differences of vocational education in Uzbekistan and Japan, as well as recommendations for the organization and management of educational processes in vocational educational institutions. We are also talking about vocational education, the training of qualified specialists necessary for the labor market, the legal framework for vocational education in Uzbekistan and Japan, the current legislation and regulatory documents relating to the education system of Uzbekistan and Japan.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASLARIDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHGA OID XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBALARINING QIYOSIY TAHLILI (YAPONIYA MISOLIDA)»

Nodirov J.M. NamDU tayanch doktoranti NamMQI katta o'qituvchisi Shodmanov Q. O.

NamDU "Ta'lim menejmenti" kafedrasi mudiri

p.f.n., dotsent

PROFESSIONAL TA'LIM MUASSASLARIDA TA'LIM-TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHGA OID XORIJIY

MAMLAKATLAR TAJRIBALARINING QIYOSIY TAHLILI

(YAPONIYA MISOLIDA)

Annotasiya. Professional ta 'lim, mehnat bozoriga mos malakali mutaxassislarni tayyorlash, O'zbekistonda va Yaponiyadaprofessonal ta'limning huquqiy asoslari, O'zbekiston va Yaponiya ta'lim tizimiga oid amaldagi qonunchilik va me'yoriy-huquqiy hujjatlar, O'zbekistonda va Yaponiyada professonal ta'limning o'ziga xos xususiyatlari, farqli jihatlari, professional ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiyajarayonlarini tashkil etish va boshqarishga oid tavsiyalar keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: Professional ta'lim, Professional ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayoni, O'zbekistonda va Yaponiyada professonal ta'limning o'ziga xos xususiyatlari, farqli jihatlari ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarish.

Nodirov J.M. doctoral student NamSU senior lecturer NamISI

Shodmanov K. O., candidate of pedagogical sciences

associate professor Head of the Department "Management in Education"

NamSU

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES ON THE ORGANIZATION AND MANAGEMENT OF THE EDUCATIONAL PROCESS IN PROFESSIONAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS (ON THE EXAMPLE OF JAPAN)

Annotation: this article widely highlights the features and differences of vocational education in Uzbekistan and Japan, as well as recommendations for the organization and management of educational processes in vocational educational institutions. We are also talking about vocational education, the

training of qualified specialists necessary for the labor market, the legal framework for vocational education in Uzbekistan and Japan, the current legislation and regulatory documents relating to the education system of Uzbekistan and Japan.

Key words: Vocational education, educational process in vocational schools, features of vocational education in Uzbekistan and Japan, various aspects, organization of the educational process, education that controls the educational process.

Jahonda globallashuv jarayonlari sharoitida ilm-fan, texnika va madaniyat taraqqiyotining muhim omili sifatida ta'lim tizimlariga bo'lgan talabni kengaytirish, uning mazmuni, shakl va o'qitish uslublarini, ta'lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish hamda boshqarish faoliyati mexanizmlarini takomillashtirishga bo'lgan ehtiyoj yanada kuchaymoqda.

2030 yilgacha mo'ljallangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti "Barqaror Taraqqiyot Dasturi"ning inklyuziv, adolatli va sifatli ta'limni ta'minlash va hayot davomida ta'lim olishni rag'batlantirishga qaratilgan maqsadlari - jahon tajribasini o'rganish asosida ta'lim tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda zamonaviy ta'lim tendensiyalari asosida kasbiy ta'lim tizimini isloh qilish bo'yicha keng qamrovli ishlar olib borilib, uning samaradorligini oshirish orqali malakali kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Aynan, bugungi kunda yoshlarda professional ta'lim, o'quvchi-yoshlarda kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish, professonal ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish masalasi eng dolzarb masalalardan biriga aylandi.

Bugungi kunda hamkorlikka asoslangan holda ta'lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish strategiyalari, ta'lim-tarbiya tizimining konseptual xususiyatlari va modernizasiyalashning asosiy yo'nalishlari, ta'lim-tarbiya tizimi rivojlanishining zamonaviy islohotlari, ta'lim-tarbiya jarayonlari tizimining qiyosiy tahlillari va dinamikasiga hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqotlarni o'rganish alohida e'tiborga molikdir.

Shu jihatdan ilg'or tajribalarni almashish orqali ta'limning tashkiliy-pedagogik jarayonidagi va boshqarish faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, yangicha yondashuv, texnologiya va tamoyillarni ishlab chiqish va rivojlantirish zaruratini izohlaydi. [14;15]

Mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar rivojlangan mamlakatlar bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshirilmoqda. O'zbekiston

Respublikasi va Yaponiya o'rtasidagi do'stlik, strategik sherikchilik va hamkorlik to'g'risidagi qo'shma bayonot asosida o'zaro tajriba almashinuvning yanada chuqurlashtirilishi va kengaytirilishi natijasida O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi ikki tomonlama ta'limiy munosabatlarning muayyan huquqiy asosi yaratildi. [9]

O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmat lari imkoniyatlarini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha vazifalarni amalga oshirishda o'zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirish" kabi vazifalar belgilangan [8]. Bu borada O'zbekiston va Yaponiya umumta'lim va professional ta'lim tizimlarini modernizasiya qilishning asosiy tamoyillarini tahlil qilish, ta'lim tizimini rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish muhim o'rin tutadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi hamda 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-sonli "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmonlari,

2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi,

2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorlari, 2020 yil 7 avgustdagi 466-sonli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus, professonal ta'lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 394-son "Mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari, 2020 yil 23 sentyabrda tasdiqlangan 637-son O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish faoliyatini takomillashtirishning huquqiy asoslari hisoblanadi. [2;3;5;7]

Mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning nazariy, ilmiy va amaliy jihatlari A.X.Abdullayev, Z.Abduqudusov, Z.E.Azimova, M.S.Alimov, M.Axmedova, M.A.Baxronov, M.G.Djurayev, U.Inoyatov, R.B.Siddikov, R.N.Tolipov, I.S.Fayzullayeva, A.A.Yuldashev, M.Quronovlar tomonidan tadqiq qilingan.

Rahbar va pedagog kadrlarning boshqaruv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini rivojlantirish, shu bilan birga kasbiy faoliyatga tayyorlash bilan bog'liq muammolar respublikamiz olimlaridan R.Ahliddinov, R.X.Jo'rayev, U.Inoyatov, Sh.Qurbonov, E.A.Seytxalilov, S.T.Turg'unov, D.T.Akmalovalar o'zlarining tadqiqot ishlarida ta'limni boshqarishni takomillashtirish muammolarini tadqiq etishgan. [12;13]

Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) mamlakatlarida professional ta'limni rivojlantirish bo'yicha V.G.Karmanov, P.F.Anisimov, G.F.Tkach, V.Demina, S.Ya.Batbishev, A.Suvorova, A.Belyayeva, T.Yu.Lomakinalar tadqiqotlar olib borganlar.

Rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimlari tahlillari R.S.Jones, N.Koyama, Sh.Murata, J.Simone, G.I.Kneller, J.W.Hallarning tadqiqotlarida o'z aksini topgan. [14;15]

Tahlillarga asoslanib aytish mumkinki, yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning nazariy, ilmiy va amaliy jihatlari, muammolari va istiqbollariga oid ilmiy izlanishlar olib borilgan bo'lsada, professional ta'lim tizimlarining qiyosiy tahlillari alohida tadqiq etilmagan.

O'zbekiston va Yaponiya professional ta'lim tizimlarini tahlil qilish hamda Yaponiyaning ilg'or tajribasidan milliy mentalitetimiz, urf-odat, milliy qadriyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish ta'lim-tarbiya jarayonlarini yangi bosqichga ko'tarish uchun xizmat qiladi.

Buning uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish lozim.

Jumladan,

-xalqaro tajriba doirasida ta'lim-tarbiya jarayonlarini yaxlit pedagogik tizim sifatida o'ziga xos xususiyatlari, turli yondoshuvlar, rivojlantirish strategiyalari va umumiy tendensiyalarini aniqlashtirish;

O'zbekiston va Yaponiya professional ta'lim-tarbiya jarayonlarini modernizasiya qilishning asosiy tamoyillarini o'rganish va tahlil qilish;

O'zbekiston professional ta'lim tizimining hozirgi holatini o'rganish asosida Yaponiya tajribasining ilg'or yutuqlaridan foydala nish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Yaponiyada XIX-XX asr oxirlarida ta'lim tizimidagi beshta muhim islohotlar bo'lib o'tdi. 2002 yilda ta'lim sohasida yangi islohotlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar o'quvchilarning shaxsiy faoliyatiga, ta'limning uzluksizligi va integrasiyalashuviga o'z hissasini qo'shdi. Ta'limda teng imkoniyat - Yaponiyadagi ta'lim falsafasining zamonaviy tamoyillardan biridir. Ta'limning maqsadi etib bitiruvchilarga ijtimoiy moslashuv muammolari bilan shaxsiy kurashish imkonini beradigan samarali sharoitlarni ishlab chiqishdan iborat, deb belgilandi.

O'zbekiston va Yaponiya ta'lim tizimiga oid amaldagi qonunchilik va me'yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinganda, huquqiy jihatdan qonunchilik bazasi boy, degan xulosaga kelindi. Har ikki mamlakatda ham davlat darajasida o'xshash

qonunchilik bazasi bor ekanligi aniqlandi. Birinchidan, ta'limning ustuvorligi, ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchilarning huquq va erkinliklarini ta'minlaydigan davlat yoki markaziy miqyosdagi qonunla r. Ikkinchidan, ta'limning istiqboldagi rivojlanishi strategiyasi va ustuvorliklarini ko'rsatadigan ta'lim dasturlari hujjatlari. [14;15]

So'nggi o'n yillikda amalda bo'lgan Yaponiya professional ta'lim tizimiga quyidagi tendensiyalar xosdir:

- har bir shaxsning hayoti davomida uzluksiz ta'lim tizimini yaratish;

- professional ta'lim tizimiga moliyaviy, moddiy va intellektual investisiyalar kiritilishini kengaytirish;

- professional ta'lim bilan shug'ullanadigan mutaxassislarni tayyorlash yo'nalishini tubdan mustahkamlash va kengaytirish;

- innovasion ta'limga o'tish hamda ta'lim mazmunining yanada muvozanatga erishishi;

- oliy ta'lim muassasalari boshqaruvida ularning mustaqilligini kengaytirish;

- yangi axborot texnologiyalari asosida noan'anaviy oliy ta'lim muassasalarini tashkil etish (texnik, texnologik universitetlar, qisqa muddatli ta'lim bo'yicha oliy ta'lim muassasalari).

Yapon professional ta'limining o'ziga xos xususiyatlaridan biri yetakchi professional ta'lim muassasalari, ish beruvchilar va tashkilotlar o'zaro hamkorligining yuqori darajada ekanligidir.

Ko'pgina korporasiya va kompaniyalarning o'z kollejlari mavjud bo'lib, ular ta'lim muassasalariga mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj yuzasidan ma'lumot beradilar, professional ta'lim muassasalari esa ana shu talabga asosan sifatli darajada aniq yo'nalishdagi mutaxassislarni tayyorlaydilar va shu orqali ularni o' zlariga jalb etadilar.

Nazariy tadqiqotlar ustida ish olib boradigan ta'lim muassasalaridan farqli ravishda kasb-hunar kollejlarining maqsadi - talabalarga foydali amaliy ta'lim berishdir.

Sanoat tarmoqlarining ehtiyojlariga javoban, ular keng qamrovli mashg'ulotlarni olib boradilar. Inson taraqqiyoti omili kasb-hunar kollejlariga bog'liq bo'lgan juda ko'p sohalar mavjud. O'quv dasturlarining tarkibiy qismlari eksperimentlar va amaliy mashg'ulotlarga qaratilgan. Yaponiya mamlakati "malakalarga (qualifications)" asoslanadi va ko'plab kasbiy malakalar beradigan tizim mavjud.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ushbu talablarga javob berish yoki imtihonlarni topshirish orqali o'zlarining asosiy maqsadlaridan biri sifatida ish o'rinlari egallashga harakat qiladilar.

Mehnat vazirligi ularni qo'llab-quvvatlashda transformasion markazlar orqali mahoratlarni tekshirish tizimini olib boradi.

Yaponiyada inson salohiyati, avvalo, ta'lim sohasini imkon qadar rivojlantirishga azaldan alohida e'tibor qaratib kelingan.

Mutaxassislar yapon ta'lim tizimining natijasi sifatida mamlakatda yuqori malakali kadrlar tayyorlanayotganligi va fan-texnika yutuqlarining shiddat bilan amaliyotga tatbiq etilayotganligini izohlaydilar. Ta'lim sohasidagi ulkan natijalarga va unga bog'liq ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga erishish, milliy g'oyalarni izlashda ma'naviy yetuklik, yetakchilik, vatanparvarlik kabi yuqori darajadagi vazifalar muhim ahamiyat kasb etdi.

Bugungi kunda Yaponiyadagi erishilayotgan yuqori ko'rsatkichlar sababini quyidagi xususiyatlarda ko'rishimiz mumkin:

- ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bevosita ta'lim tizimlarida faoliyat olib borib, ta'lim muassasalari faoliyati natijalariga ularning mas'ulligi va to'g'ridan-to'g'ri javobgarligi bilan ilmiy yangiliklar amaliyotga tezkor tatbiq etilayotganligi;

- yapon ta'lim tizimida xususiy sektor hajmining ortishi, ushbu xususiyat boshqa sohalardagi kabi raqobat muhitining rivojlanganligini ta'minlaydi;

- kollej va universitetlar bilan bir qatorda kichik mutaxassislarni tayyorlaydigan texnika kollejlari, kollej maqomiga ega boshqa o'quv yurtlari, ochiq va sirtqi universitetlar ham mavjudligi xususiyati;

- xalqaro xususiyatlarning mavjudligi, barcha ta'lim muassasalarida imtihon va test sinovlari ingliz tilida yapon tili bilan bir xil darajada amalga oshirilishi va taraqqiy etgan Yevropa davlatlari tajribalari til orqali yanada tezroq o' zlashtirilayotganligidir;

- o'quv dasturlarining har yili yangilanishi va takomillashtirilishi xususiyati, fan yo'nalishlaridagi zamonaviy yangiliklar, o'zgarishlarning o'quv dasturlarida aks ettirilishi ta'lim mazmunining yildan-yilga mazmun mohiyati jihatidan takomillashib borayotganligini ko'rsatadi;

- ta'lim tizimi bosqichlari jarayonlaridagi nazorat imtihonlari talablarining yuqoriligi va keskin choralar ko'rilishi xususiyatlari o'quvchilarda mas'uliyat hissining oshilishiga sabab bo'ladi.

Uzluksiz ta'lim tizimining eng muhim jihatlaridan biri - uning barcha bosqichlari o'rtasidagi fanlararo uzviylik va uzluksizlikni ta'minlashdan iboratdir. Ta'limda integrasiya, uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash masalasi bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. [7;10]

Hozirgi bosqichda O'zbekistonda mavjud sababli professional ta'lim bitiruvchilari boshqa mutaxassislar toifasiga qaraganda ish bilan ta'minlanish imkoniyatlarini kamroq egallamoqda.

Bizning fikrimizcha, ushbu muammoni bartaraf etish bo'yicha rivojlangan xorijiy davlatlar (AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya) tajribalarini tadqiq qilish, ijobiy tomonlarini ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish faoliyatiga tadbiq etish zarur.

O'zbekiston va Yaponiya ta'lim tizimining farqli jihatlari:

- O'zbekiston Respublikasida Oliy ta'lim, fan va inoovasiyalar vazirligi oliy va professional ta'lim muassasalarining rivoji uchun javobgar hisoblanadi;

- Yaponiyada ta'lim tizimini boshqarish ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi (MEXT) tomonidan amalga oshiriladi.

- O'zbekistonda bugungi kunda professional ta'lim umumiy o'rta ta'lim negizida amalga oshiriladi.

- Yaponiyada esa to'liq va to'liq bo'lmagan o'rta ta'lim negizida amalga oshiriladi.

- O'zbekistonda professional ta'lim tizimi kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlardan tashkil topgan.

- Yaponiyada esa kichik kollejlar, texnologik kollejlar, maxsus va kasb-hunar kollejlari mavjud.

- O'zbekistonda professional ta'lim tizimida oltita yo'nalishlar asosida ta'lim beriladi: gumanitar sohalar, ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq, ishlab chiqarish va texnikaviy sohalar, qishloq va suv xo'jaligi, sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot, xizmat ko'rsatish sohasi.

- Yaponiyada esa kasb-hunar ta'limi quyidagi sakkizta yo'nalishlarda olib boriladi: texnologiya, qishloq xo'jaligi, tibbiyot, shaxsiy gigiyena va ozuqa, ta'lim va ijtimoiy ta'minot, biznes, moda va oila ta'limi, madaniyat va umumiy ta'lim[14;15].

Tahlil natijalari asosida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

- Ta'lim tizimiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va innovasion loyihalarni keng joriy etish;

- Ta'lim sohasida ijtimoiy sheriklik mexanizmini mustahkamlash va yanada kuchaytirish;

- Ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek malakali professional pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimlarini takomillashtirish;

- Ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish va o'qitish usullarini takomillashtirish;

- Ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish va ta'lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish faoliyatiga oid mexanizmlarni, texnologiyalar va yondoshuvlarni keng joriy qilish;

- Professional ta'lim jarayonini tashkil etishda axborot-kommunikasiion texnologiyalar sohasida hamda xalqaro bozorda talab katta bo'lgan mutaxassisliklar bo'yicha yirik tijorat tashkilotlarini jalb qilish;

- Ta'lim- tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etishda ta'lim-tarbiya shakllari va usullarining moslashuvchanligi va o'zgaruvchanligini ta' minlash;

- Professional ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun kasbga yaqin ma'lumotga tayyorlovchi turli qo'shimcha imkoniyatlar yaratib berish. Bunda o'quvchi tanlayotgan oliy o'quv yurtidagi kasb yo'nalishi, professional ta'lim muassasasida egallagan kasbga yaqin bo'lishi kerak;

- Professional ta'lim muassasalarining axborot ochiqligi asosida professional ta'lim sifatini baholash va doimiy jamoatchilik monitoringi mexanizmini joriy qilish, hududlarda sertifikatlashtirish va kasb-malaka toifalarini beruvchi integrallashtirilgan markazlarni ko'paytirish;

- Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish qamrovini yanada kengaytirish: xorijiy va mahalliy oliy o'quv yurtlari, nodavlat universitetlariga talabalarni o'qishga qabul qilish kvotalarini mustaqil ravishda belgilash imkoniyati bilan oliy ta'lim muassasalari sonini kengaytirish.

Yuqoridagi tavsiyalarni amaliyotga joriy qilish orqali professional ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, boshqarishning samarali modellarini ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Bu esa o'z navbatida yuqori intellektual saloxiyatli, yuksak axloqiy sifat va fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi. O'zbekiston Respublikasi referendumi. 2023 yil 30 aprel.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi 637-son Qonuni. 2020 yil 23 sentyabr.

3. Sh.M.Mirziyoyev.Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Toshkent. O'zbekiston. 2017 y.

4. Sh.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. 2016 y.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni. 2019 yil 8 oktyabr.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-sonli Farmoni 2019 yil 6 sentyabr.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni. - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 8 avgustdagi "Yaponiya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 285-son qarori. http://nrm.uz/

10. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus, professonal ta'lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 466-sonli Qarori 2020 yil 7 avgust.

11. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 394-sonli qarori. 2019 yil 13 may.

12. S.T.Turg'unov, F.X.Axmedov, Q.O.Shodmanov, N.Q.Axmedova. D.M.Otajonova. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari rahbarlari boshqaruv faoliyatining nazariy asoslari. Qo'llanma. Namangan-2012 y.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. N.Ismoilov, Q. Shodmanov. Professional ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar tahlili. Science and innovation.2022 y.

14. Xasanova G.X. O'zbekiston, Yaponiya va Janubiy Koreya kasb-hunar ta'limi tizimlarining asosiy xususiyatlari //Zamonaviy ta'lim jurnali.- Toshkent, 2018. №3. - B.23-29 (13.00.00; № 10).

15. Khasanova G.Kh. Comparative analysis of vocational education systems of Uzbe kistan and Japan // Zamonaviy fan, ta'lim va tarbiyaning dolzarb muammolari. - Urganch, 2019. №1. - P. 771-781 (13.00.00; №24).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.