Bakhtiyarov Shadiyar Bakhtiyarovich,
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti yetakchi ilmiy xodimi
UZLUKSIZ TALIM TIZIMIGA RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASH MASALALARI
UO'K: 338.01.575(1) DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_2_1
BAKHTIYAROV SH.B. UZLUKSIZ TA LIM TIZIMIGA RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASH MASALALARI
Maqolada globallashuv sharoitida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda uzluksiz ta'limning o'rni va ahamiyati o'rganilgan. Uzluksiz ta'limning bugungi kundagi mazmun-mohiyati, uni tashkil etish shakllari va tamoyillari hamda respublikada uni isloh etish tendensiyalari tahlil qilingan va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tayanch so'z va tushunchalar: uzluksiz ta'lim, "uzluksiz ta'lim" konsepsiyasi, raqobatbardosh kadrlar, ta'lim shakllari, hayot davomida ta'lim olish, innovatsion jamiyat, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash.
БАХТИЯРОВ Ш.Б. ВОПРОСЫ ПОДГОТОВКИ КОНКУРЕНТОСПОСОБНЫХ КАДРОВ ДЛЯ СИСТЕМЫ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
В статье исследуется роль и значение непрерывного образования в подготовке конкурентоспособных кадров в условиях глобализации. Проанализировано содержание и сущность непрерывного образования на сегодняшний день, формы и принципы его организации и направления его реформирования в республике и выработаны рекомендации.
Ключевые слова и понятия: непрерывное образование, концепция «непрерывное образование», конкурентоспособные кадры, формы обучения, непрерывное обучение, инновационное общество, подготовка конкурентоспособных кадров.
BAKHTIYAROV SH.B. ISSUES OF TRAINING COMPETITIVE PERSONNEL FOR CONTINUOUS EDUCATION SYSTEM BAKHTYAROV SHADYAR BAKHTYAROVICH
The role and importance of continuous education in the preparation of competitive personnel in the conditions of globalization is studied in the article. The content and essence of continuous education today, the forms and principles of its organization and the trends of its reform in the republic were analyzed and recommendations were developed.
Key words and concepts: continuous education, the concept of «continuous education», competitive personnel, forms of education, lifelong learning, innovative society, competitive personnel training.
Kirish. Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta'lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta'limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta'limning barcha turlariga bo'lgan munosabat o'zgardi. Ta'lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e'tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo'lgan inson hisoblanadi. SHunday ekan, hozirgi davrda ta'lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol' o'ynaydi. Jahon iqtisodiyotida globallashuv va keskin raqobatchilik kuchayib borayotgan sharoitda insonning oldingi davrdagi butun hayot uchun ta'lim olish emas, balki butun hayoti davomida uzluksiz ta'lim olish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Ba'zi bir manbalarga ko'ra, ta'limning uzluksizligi to'g'risidagi ilk g'oyalarni ba'zi bir G'arb tadqiqotchilari hatto Suqrot, Aflotun, Aristotel' va Senekanning insonning doimiy ravishda ma'naviy takomillashuvi haqidagi diniy-falsafiy tasavvurlarida va ilmiy asarlaridan hamda bunga o'xshash g'oyalarni muqaddas islom dinimizda ham uchratishimiz mumkin. Uzluksiz ta'lim g'oyasining paydo bo'lishi o'z navbatida, bir tomondan pedagogik konsepsiya sifatida, boshqa tomondan esa, amaliyotning natijasida paydo bo'lgan. Umuman, bugungi kun tushunchasidagi kattalar ta'limi rivojlanishi XIX asrdagi sanoat inqilobi natijasida fan, texnika, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o'zgarishlar oqibati bilan bog'liq.
Ilmiy muammoni qo'yilishi. Ta'limni uzluksizligi to'g'risidagi ilk g'oyalarni ba'zi bir G'arb tadqiqotchilari hatto Suqrot, Aflotun, Aristotel va Senekanning insonning doimiy ravishda ma'naviy takomillashuvi haqidagi diniy-falsafiy tasavvurlarida va ilmiy asarlaridan hamda bunga o'xshash g'oyalarni muqaddas islom dinimizda ham uchratishimiz mumkin. Uzluksiz ta'lim g'oyasining paydo bo'lishi o'z navbatida, bir tomondan pedagogik konsepsiya sifatida, boshqa tomondan esa, amaliyotning natijasida paydo bo'lgan.
Umuman, bugungi kun tushunchasidagi kattalar ta'limi rivojlanishi XIX asrdagi sanoat inqilobi natijasida fan, texnika, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o'zgarishlar oqibati bilan bog'liq.
"Uzluksiz ta'lim" konsepsiyasi birinchi marta YUNESKOning 1965 yildagi forumida taniqli nazariyotchi P. Langrand tomonidan o'rtaga tashlanib sezilarli darajada nazariy va amaliy rezonansga sabab bo'ldi va natijada o'tgan asrning 60 yillari oxiriga kelib mazkur ibora ilmiy tahlilning maxsus predmetiga aylandi. Uzluksiz ta'limni xalqaro darajada o'rganishning ustuvorliklari o'z ichiga ta'lim tizimining uzluksizligini ta'minlovchi uzluksiz kasbiy ta'lim, qo'shimcha ta'lim, kattalar ta'limi, aholining himoya qilinmagan qatlami ta'limini va iqtisodiy modellarni qamraydi1.
Uzluksiz ta'lim tizimining rivojlanishi, uning o'ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishga sezilarli darajada hissa qo'shgan MDH olimlaridan S.G.Vershlovsiy, N.V.Vasilenko, S.M. Vishnyakova, V.I.Ilina, O.M. Nikandrov, V.I. Podobeda va boshqalarning nomlarini keltirib o'tish mumkin.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda uzluksiz ta'lim borasida bir-biridan farqlanuvchi bir necha nuqtai nazarlarni uchratish mumkin. Ulardan eng ko'p uchraydiganlari: "uzluksiz ta'lim-butun hayot davomida egallaydigan ta'lim", "uzluksiz ta'lim -kattalar uchun ta'lim", "uzluksiz ta'lim - bu uzluksiz kasbiy ta'lim" kabi iboralar qo'llanilsa, jahon pedagogikasida uzluksiz ta'lim bir nechta atamalar bilan izohlanib ular ichida "davom etuvchi ta'lim", "hayot davomida o'qish", "doimiy o'qish" iboralari keng qo'llaniladi.
Tadqiqot metodologiyasi. Uzluksiz ta'lim tizimiga raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalarini ilmiy mushohada, abstrakt-mantiqiy, qiyosiy va tizimli tahlil, tizimli yondashuv, analiz va sintez, tarixiylik tamoyillari asosidagi usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar. O'tkazilgan tahlillarga ko'ra, davlat uchun uzluksiz ta'lim har bir shaxsning kasbiy va umumiy rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni ta'minlash borasidagi ijtimoiy siyosatning yetakchi sohasi hisoblansa, jamiyat uchun esa, uzluksiz ta'lim ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning muhim sharti, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini tezlashtiruvchi hamda uning kasbiy va madaniy salohiyatini oshirib boruvchi mexanizm hisoblanadi. Jahon hamjamiyati uchun uzluksiz ta'lim xalqaro
1 Аношкина В.Л., Резванов С.В. Образование. Инновация. Будущее. 2001. Раздел. 3. Стадии становления концепции непрерывного образования. URL: sbiblio.com/ biblio/archive/ resvanov_obrasovanie/
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 2 (123)
hamkorlik asosida milliy madaniyatlarni va umuminsoniy qadriyatlarni saqlash, rivojlantirish va o'zaro boyitish usuli hisoblanadi.
Umuman olganda, uzluksiz ta'lim shaxs va jamiyatning mos ehtiyojlari davlat va jamiyat institutlari va tashkiliy ta'minlovchi tizim orqali shaxsning butun hayoti davomidagi ta'lim (umumiy va kasbiy) salohiyatining o'sish jarayoni bilan kechadi.
Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, kreativ, ma'naviy boy shaxsni shakllantiruvchi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oldinda borishlik uchun zarur sharoitlar yaratadi. Ta'limning turlariga o'z navbatida maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar, oliy, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish va maktabdan tashqari ta'limni kiritish mumkin.
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin jahon hamjamiyatining teng huquqli subyekti va ajralmas bir qismi sifatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishini, strategik rivojlanish, jahon hamjamiyatiga qo'shilishni ta'minlaydigan demokratik kuchli huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda.
2020 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun1 va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi2 mamlakatda ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashning huquqiy asoslarini yaratdi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo'lgan bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan
1 Y3ÖeKMCTOH Pecnyö^uKacuHMHr 2020 miM 23 ceH-Tflöpgaru "Tat.m/iM TyFpucuga"m YPK.-637-coh K,OHyHiu // KoHyH x,y**a™apu Mat.nyMOT.napM muMmm 6a3aciM, 24.09.2020 i., 03/20/637/1313-coh; KoHyHm^MK Mat^y-MOT^apu muMmm 6a3acM, 21.04.2021 i., 03/21/683/0375-coh, 12.10.2021 i., 03/21/721/0952-coh
2 Kagp^ap Taiep^am muMmm gacTypii // Y36eKMCTOH Pecny6^MKacM O^ui Ma^uci/muHr Äx60p0TH0Macu, 1997 i., 11-12-coh, 295-Mogga; Y36eKMCTOH Pecny6^MKacu KOHyH xy^^aT^api Tyn^aMM, 2007 i., 15-coh, 150-Mogga; 2013 i., 41-coh, 543-Mogga.
rivojlanish, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqi ro'yobga chiqariladi.
Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo'li bilan boshqarib boriladi. O'zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta'lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg'or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo'lib, uning rivojlanish omillaridan biridir.
O'tgan yillarda ta'lim tizimini isloh qilish jarayonida respublikamizda mustahkam huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik baza yaratildi, bu intellektual salohiyati yuqori va barkamol yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashning mazmunini yangilashga ko'maklashdi. Mustaqillik yillarida respublikamizda ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlari darajasiga ko'tarildi. Biroq, o'tkazilgan tahlillar maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko'rsatmoqda3. Shu bilan birga, umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko'rsatdi4.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta'lim tizimidagi holatni o'rganish natijalariga ko'ra, bir qator oliy ta'lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta'lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o'quv adabiyotlari bilan ta'minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Oliy ta'lim tizimida o'z yo'nalishlari bo'yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatish, o'quv
3 Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 30 сентябрдаги "Мактабгача таълим тизими бошкарувини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари т^рисида"ги ПФ-5198-сон Фармони. -https://lex.uz/docs/3362886
4 Узбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 25 январдаги «Умумий урта, урта махсус ва касб-хунар таълими тизимини тубдан такомиллаштириш чора- тад-бирлари туFрисида»ги ПФ-5313-сон Фармони. - https:// lex.uz/docs/3523206
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 2 (123)
jarayoniga ilg'or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida stajirovkadan o'tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti1.
Tahlillarning ko'rsatishicha, oxirgi yillarda o'qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko'rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo'lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo'layotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan yetarli darajada bog'lanmagan.
Aholi turli toifalarini "Hayot davomida ta'lim olish" prinsipi bo'yicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo'lib qolishiga olib kelmoqda2.
Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o'zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o'quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o'quv- uslubiy va ilmiy adabiyotlar hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida samarali o'zaro hamkorlik va o'zaro foydali integratsiyaning yo'qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
Respublikamiz ta'lim tizimi amaliyotidagi mavjud muammolar hisobga olingan holda hamda ilg'or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar
1 Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги "Олий таълим тизимини янада ривож-лантириш чора-тадбирлари тyFрисида"ги ПК.-2909-сон карори. - https:||lex.uz|docs|3171590
2 Узбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 25 январдаги «Умумий 7рта, 7рта махсус ва касб-х,унар таълими тизимини тубдан такомиллаштириш чора- тад-бирлари тyFрисида»ги ПФ-5313-сон Фармони. - https:||
lex.uz|docs|3523206
tayyorlash uchun shart-sharoitlarni yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi «Umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5313-sonli farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmonning qabul qilinishi mavjud kasb-hunar kollejlarining moddiy- texnika bazasidan oqilona va maqsadli foydalanishni ta'minlash, malakali va mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, aholi bandligini ta'minlash va umuman uzluksiz ta'lim tizimini yanada rivojlantirish borasidagi muhim qadamlardan biri bo'lib hisoblanadi (1-rasm).
Sababi jahon va mamlakatimizda ro'y berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlar va innovatsion o'zgarishlarning rivojlanishi mos ravishda jamiyatda ta'lim jarayonlarini modernizatsiyalashni talab etadi. Uzluksiz ta'lim butun ta'limdagi o'zgarishlarni shakllantiruvchi tizim sifatida, mehnat bozorida mutaxassislarning malakasi va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanishini belgilovchi va umuman iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanish darajasini oshiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Uzluksiz ta'limning rivojlanishi shuningdek, ilmiy-texnik jarayonlar, ITTKIni joriy etish va innovatsion o'zgarishlar bilan izohlanadi.
Innovatsion jamiyatning o'ziga xos xususiyati o'zida har xil yosh kategoriyasidagi insonlar bilimini doimiy tizimli ravishda to'ldirib borish va kengaytirishni ta'minlaydigan hayot davomida va bosqichma-bosqich jarayondan iborat bo'lgan uzluksiz ta'lim hisoblanadi3. Uzluksiz ta'limning maqsadi bilimlar iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish bo'g'inining ajralmas bo'g'ini sifatida insonning o'zgarishlarga va iqtisodiyotni modernizatsiyalashga, kasbiy hayot, madaniyat,
3 Ахмедов А.Э., Смольянинова И.В., Шаталов М.А. Система непрерывного образования как драйвер совершенствования профессиональных компетенций|| Профессиональное образование и рынка труда. 2016. №3. С.26-28.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 2 (123)
2-rasm. O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimi1.
jamiyat va hokazolarga moslashish qobiliyatini mustahkamlash sifatida namoyon bo'ladi2.
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko'rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-
1 Узбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 25 январидаги «Умумий урта, урта махсус ва касб-хунар таълими тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари туFрисида»ги ПФ-5313-сонли Фармони асо-сида муаллиф томонидан ишлаб чикилди.
2 Никитенко Л.И. Самостоятельная работа в системе
индивидуального образовательного маршрута студента // Устойчивое развитие науки и образования. 201б. №3. С.39-43.
tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan oliy ta'lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o'quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo'yicha Oliy ta'lim tizimini 2017-2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi3 tasdiqlandi.
Ta'lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak
3 Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 27 июлдаги "Олий маълумотли мутахассислар тай-ёрлаш сифатини оширишда иктисодиёт сох,алари ва тармокларининг иштирокини янада кенгайтириш чора-тадбирлари т^рисида"ги ПК.-3151-сон карори. - https:// lex.uz/docs/3286194
darajaga ko'tarish, shuningdek uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o'quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi.
Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda erishilgan sur'atlar oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning bir bosqichli tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg'or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy ta'lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda1.
Respublikada ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta'lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash barobarida ularni zamonaviy o'quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli choralar ko'rilmoqda. Ta'lim sohasini isloh etish borasida 2016-2018 yillarning o'zida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasiga doir yetmishdan ortiq farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi. Ushbu g'oyat muhim huquqiy hujjatlar mamlakatimizda ta'lim tizimini tom ma'noda sifat jihatdan tubdan o'zgarish va yangilanishlar jarayonlari uchun asos bo'ldi.
Xulosa va takliflar. Olib borilgan tahlillarga ko'ra xalqaro standart klassifikatsiyaga muvofiq uzluksiz ta'limni tashkil etishning asosiy shakllari quyidagicha taqsimlanadi:
o'z ichiga institutsional ta'lim tashkilotlarini oluvchi rasmiy ta'lim (maktablar, kollejlar, universitetlar va boshq.);
norasmiy ta'lim, rasmiy ta'limga taalluqli bo'lmagan har qanday ta'lim faoliyatini tavsiflaydi. Shuni ta'kidlash zarurki, mazkur ta'lim shakli o'z
1 Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 16 февралдаги "Олий укув юртидан кейинги таъ-лим тизимини янада такомиллаштириш туFрисида" ги ПФ-4958 сон Фармони. - https://lex.uz/docs/3119699
oldiga ta'lim oluvchilarni attestatsiyalashni maqsad qilmaydi;
ma'lumot beruvchi (informativ) ta'lim o'zida uzluksiz ta'limning bir muncha innovatsion shaklini namoyon qiladi. Bunday shaklga misol tariqasida mustaqil ta'lim (shaxsiy darajada) yoki ish joyida yoki oilada (guruh darajasida) bo'lishi mumkin.
Hozirgi davrda zamonaviy ta'lim ehtiyojlariga javob beradigan uzluksiz ta'limning roli va ahamiyatini yangicha qarash va anglash talab etiladi.
Uzluksiz ta'lim ijtimoiy talablarga javob berishi lozim bo'lib, ular aynan quyidagicha2:
- an'anaviy ta'lim tizimining eng yaxshi an'analari bilan yangi ta'limni tashkil etishning jahon tajribasi va ilmiy texnologiyalarini birlashtirish;
- egiluvchan va bashorat qilinuvchanlik;
- darajalar, turlar, fan mazmuni, insonlar va davlatning ta'limga bo'lgan ehtiyojlari, aralash tarmoqlar integratsiyasi;
- zamonaviy asosiy kompetentlik va ko'nikmalarning rivojlanishi;
- innovatsionlik.
Uzluksiz ta'lim bugungi global iqtisodiyot sharoitida har bir insonning butun hayoti davomida rivojlanib borishining asosini namoyon etuvchi sifatidagi innovatsion ta'lim modelining eng muhim konsepsiyalaridan biri hisoblanadi.
Tahlillarga ko'ra, rivojlangan davlatlar amaliyotida o'zini oqlagan qo'shimcha ta'limda kutiladigan yondashuvlar balansini amalga oshirish sezilarli darajada yengil hisoblanadi, sababi unda asosan o'rta yoshdagilar tahsil olishadi. Katta yoshda ta'lim oluvchilar-yetarli darajada yuqori rivojlanish darajasidagi bir muncha muvaffaqiyatli insonlardir. Qo'shimcha ta'limning har bir yangi bosqichida umumjamiyat ahamiyatidagi maqsadga-har qanday yoshda hayotdagi muvaffaqiyati uchun har bir insondagi qobiliyat va iqtidorni rivojlantirishga sezilarli darajada tezroq erishilishi mumkin. Umuman olganda, uzluksiz ta'lim tizimi nafaqat "hayot davomida" ta'lim mexanizmi sifatida, balki iqtisodiyotning o'zgarishlariga korxona va muassasalar kadrlar salohiyatining moslashuvchanligi va safarbarligini oshirish, doimiy shaxsiy va kasbiy takomillashishning asosiy omili sifatida namoyon bo'ladi.
2 Андреева А.С. Формирование системы профессионального воспитания обучающихся в условиях непрерывного образования // Устойчивое развитие науки и образования. 2016. № 3. С.34-38.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 2 (123)
с УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ / НЕПРЕРЫВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ "Ч 9 и
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Узбекистан Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги "Таълим тугрисида"ги УРК-637-сон Конуни // Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.09.2020 й., 03/20/637/1313-сон; Конунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон, 12.10.2021 й., 03/21/721/0952-сон.
2. Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Узбекистан Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 й., 11-12-сон, 295-модда; Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами, 2007 й., 15-сон, 150-модда; 2013 й., 41-сон, 543-модда.
3. Узбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 2018 йил 5 январдаги ахборотномаси, 03/18/456/0512-сонли конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси.
4. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 16 февралдаги "Олий укув юрти-дан кейинги таълим тизимини янада такомиллаштириш туFрисида" ги ПФ-4958-сон Фар-мони. - https://lex.uz/docs/3119699
5. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги "Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари туFрисида"ги ПК-2909-сон карори. - https:// lex.uz/docs/3171590
6. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 27 июлдаги "Олий маълумотли мутахассислар тайёрлаш сифатини оширишда иктисодиёт сохалари ва тармокларининг иштирокини янада кенгайтириш чора-тадбирлари туFрисида"ги ПК-3151-сон карори. -https://lex.uz/docs/3286194
7. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 30 сентябрдаги "Мактабгача таълим тизими бошкарувини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари туFрисида"ги ПФ-5198-сон Фармони. - https://lex.uz/docs/3362886
8. Узбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 25 январдаги «Умумий урта, урта махсус ва касб-хунар таълими тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари туFрисида»ги ПФ-5313-сон Фармони. - https://lex.uz/docs/3523206
9. Узбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 25 январдаги "Умумий урта, урта махсус ва касб-хунар таълими тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари туFрисида"ги ПФ-5313-сон Фармони ва унга шарх. - http://uzlidep.uz/positionparty/82
10. Андреева А.С. Формирование системы профессионального воспитания обучающихся в условиях непрерывного образования// Устойчивое развитие науки и образования. 2016. № 3. С.34-38.
11. Аношкина В.Л., Резванов С.В. Образование. Инновация. Будущее. 2001. Раздел. 3. Стадии становления концепции непрерывного образования. URL: sbiblio.com/biblio/archive/ resvanov_obrasovanie/
12. Ахмедов А.Э., Смольянинова И.В., Шаталов М.А. Система непрерывного образования как драйвер совершенствования профессиональных компетенций// Профессиональное образование и рынка труда. 2016. №3. С.26-28.
13. Захлебаева В.В. Психолого-педагогические условия успешной социализации сфере дополнительного образования детей // Синергия. 2016. №3. С.7-12.
14. Кизин М.М. Вокальное искусство в пространстве цифровых технологий // В сборнике: Музыкальное искусство в контексте современных проблем культуры и образования. Москва, 2016. С. 215-220.
15. Никитенко Л.И. Самостоятельная работа в системе индивидуального образовательного маршрута студента // Устойчивое развитие науки и образования. 2016. №3. С.39-43.
16. Образование: сокрытое сокровище. Основные положения Доклада Международной комиссии по образованию для XXI века. - http://www.ifap.ru/library/book201.pdf.
17. Муминов А.Г. Узбекистонда таълим тизими: холати ва истикболлари. Журнал: Academic research in educational sciences, 2022, №3, 34-37 бетлар
18. Тихомирова О.Б., Кобелева Е.М. Организация национально ориентированной деятельности детей старшего дошкольного возраста в условиях ДОО как средство поликультурного образования// Синергия 2016.№4. с.14-18.