Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOIK ASOSLARI'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1652
158
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kommunikativ kompetentlik / bo’lajak o’qituvch / muloqot / oliy ta’lim. / communicative competence / future teacher / communication / higher education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ahmedov Akmaljon Yusufovich, Egamberdiyev Oyatillox Alisher O’G’Li

Ushbu maqolada kommunikativ kompetentlik, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalari, muloqot qilishda uchta o’zaro bog’liq kommunikativ, interfaol va pertseptiv komponentlarning birligi o’qituvchining kasbiy kommunikativ kompetentliligi, kommunikativ o’zini o’zi takomillashtirish, oliy pedagogika ta’limining o’quv mashg’ulotlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL BASES OF IMPROVING COMMUNICATIVE COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS

In this article, the issues of communicative competence, the development of professional competence of future teachers, the unity of the three interrelated communicative, interactive and perceptual components in communication, the teacher's professional communicative competence, communicative self-improvement, higher pedagogy training sessions.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOIK ASOSLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOIK ASOSLARI Ahmedov Akmaljon Yusufovich

Farg'ona davlat universiteti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi Egamberdiyev Oyatillox Alisher o'g'li

Farg'ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6653657 Annotatsiya. Ushbu maqolada kommunikativ kompetentlik, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalari, muloqot qilishda uchta o'zaro bog'liq kommunikativ, interfaol va pertseptiv komponentlarning birligi o'qituvchining kasbiy kommunikativ kompetentliligi, kommunikativ o'zini o'zi takomillashtirish, oliy pedagogika ta'limining o'quv mashg'ulotlari.

Kalit so'zlar: kommunikativ kompetentlik, bo'lajak o'qituvch, muloqot, oliy ta'lim. PEDAGOGICAL BASES OF IMPROVING COMMUNICATIVE COMPETENCE

OF FUTURE TEACHERS Abstract. In this article, the issues of communicative competence, the development of professional competence of future teachers, the unity of the three interrelated communicative, interactive and perceptual components in communication, the teacher's professional communicative competence, communicative self-improvement, higher pedagogy training sessions.

Keywords: communicative competence, future teacher, communication, higher education. ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы коммуникативной компетентности, развития профессиональной компетентности будущих педагогов, единства трех взаимосвязанных коммуникативных, интерактивных и перцептивных компонентов в общении, профессиональной коммуникативной компетентности педагога, коммуникативного самосовершенствования, учебных занятий по высшей педагогике.

Ключевые слова: коммуникативная компетентность, будущий учитель, общение, высшее образование.

KIRISH

Hozirgi kunda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish dolzarbmasalalardan biridir. Bu haqda Respublikamiz ta'lim muassasalarida bo'lajak pedagogning kommunikativ kompetentligi uning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar u bilan muloqotga kirishishning samarali mexanizmlarini tatbiq etishning me'yoriy asoslari yaratilgan.

Bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o'ziga xos o'rin tutadi. Ayniqsa ta'limni modernizatsiyalash bilan bog'liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bo'lajak o'qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda. Kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli

xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proektiv o'quvlar guruhlarini kiritish lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko'p jihatdan o'rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta'siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Pedagog kadrlarning kasbiy mahorat i sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish"1 kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu ijtimoiy jarayonlarda, kasbiy muloqot saviyasini oshirishga sharoitlar yaratadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ -2909-son "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. 6 qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari hamda mazkur masalaga oid boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalari B.S.Abdullaeva, A.A.Abduqodirov, G.Abduraimova, Sh.Abduraimov, B.R.Adizov N.N.Azizxodjaeva, S.Bazarova, U.Sh.Begimqulov, R.H.Djuraev, R.G.Isyanov, Sh.Q.Mardonov A.Maxmudov, D.Mamatov, N.A.Muslimov, O.Musurmonova, U.N.Nishonaliev, S.Nishonova N.Ortiqov, M.Ochilov, B.X.Rahimov, O'.Q.Tolipov, O.To'raqulov, U.To'raqulov, D.Sharipova Sh.S.Sharipov, A.A.Xalikov, N.G'.Egamberdieva, M.Qodirovlar tadqiqot ishlarida yoritilgan Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari tadqiqotchilari L.S.Vigotskiy, P.Ya.Galperin V.V.Davidov, N.V.Kuzmina, Ye.N.Linov, I.Ya.Lerner, A.K.Markova, N.D.Nikandrov S.L.Rubinshteynlar tomonidan o'qituvchi kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik jihatlari o'rganilgan. Yevropa mamlakatlarid o'qituvchilar kommunikativ kompetentligini rivojlantirish masalalari M.Buber, L.Botcheva, R.Boyatzis, F.Delamare, A.Disterveg, J.Dyui A.Maslou, Jan Piaje, K.Yasperslar tomonidan tadqiq etilgan.

Hozirgi davrda pedagogikada inson dunyoqarashi masalalari tubdan ko'rib chiqilmoqda insonning ijtimoiy hayotdagi holati o'zgarmoqda va o'sib kelayotgan avlod ta'lim-tarbiyasi qayta baholanmoqda, bu esa mazkur jarayonlar sub'ektlarining o'zaro munosabati ham o'zgarishiga olib kelmoqda. Pedagog va tarbiyalanuvchilarning o'zaro munosabatining insonparvarlik aspektlari bugungi kunda I.Kantning har bir insonga o'z maqsadlariga erishish va o'zining boshqalar uchun bir vositaga aylanishiga yo'l qo'ymaslikni ifodalovchi qat'iy majburlamaslik formulasiga asoslanadi.

Pedagogik muloqotni tashkil etishda faqat pedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqish mumkin emas, aslida aynan ular faoliyatning asosida bo'lishi tabiiy. Muloqotning bunday holatida amal qilish xususiyati shunga olib keladiki, o'qituvchi u bilan doim o'z fikri, ya'ni faqat "o'zinigina" talabini bayon qilish orqali muloqotga intiladi. Bolalar bilan muloqotda

"o'zinigina" talabini bayon etish orqali emas, balki "bolalardan" fikr olish, ularning qiziqishlari, intilishlarini nazarda tutib, muloqot qurish muhim, shunda bola o'z qiziqish va o'z olami bilan pedagogik maqsadlar radiusida bo'ladi.

Muloqot qilishda uchta o'zaro bog'liq kommunikativ, interfaol va pertseptiv komponentlarning birligi sifatida uch tomonlama yondashuv alohida ahamiyat kasb etadi (G.M.Andreeva, A.A.Bodalev, B.D.Parigin). Bunda muloqotning kommunikativ tomoni o'zida o'quvchilarning axborotni uzatish, o'zaro ta'sir qilish interfaol tashkiliy jihatini, pertseptiv jihati esa, ularning bir-birini idrok etishi hamda shu asosda o'rnatilgan o'zaro tushunish va hissiy aloqani namoyon etadi. O'qituvchining kommunikativ qobiliyatlari turli tushunchalar bilan: "pedagogik mahorat", "malakaviy tavsif", pedagogik ta'lim nazariyasida o'qituvchiga kasbiy-professional asoslangan talablar turli tushunchalar bilan ifodalangan: "pedagogik mahorat", "malakaviy tavsif', "shaxsning professiogrammasi", "professional tayyorlik", "kasbiy-professional kompetentlik" bilan ifodalangan.

Umuman olganda, yuqorida sanab o'tilgan, bir hodisani tavsiflovchi pedagogik toifalar alohida mazmuniy jihatlariga ega va turli kontekstlarda qo'llaniladi. "Kommunikativ kompetentlik" tushunchasi bilan yaqin aloqador bo'lgan - "shaxsning kommunikativ yadrosi" tushunchasi mavjud. «Kommunikativ yadro» tushunchasi yaqinda paydo bo'lgan va ilmiy tadqiqot ishlarida zamonaviy psixolog A.A.Bodalev tomonidan birinchi marta qo'llanildi.

Shaxsning kommunikativ yadrosi psixologik hodisa sifatida ko'rib chiqilishi har bir insonda muloqotni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi asos mavjud. Bunday asos har qanday katta yoshli insonlarda, bolalar shaxsida ham mavjud bo'lib, kommunikativ yadrosiga shaxsiy xususiyat va sifatlar kirishi mumkin.

Aynan ular oxir-oqibat, muloqot metodi va yo'nalishi boshqa tomondan, o'qituvchining kasbiy kommunikativ kompetentligining past darajasi unga professional sifatida o'zini o'zi amalga oshirishiga imkon bermaydi, oqibatda umuman, hayotdan qoniqmaslikni tug'dirishi mumkin. Mazkur umumiy va kasbiy kommunikativ kompetentlikning o'zaro ta'sirini inobatga olib, biz uning namoyon bo'lishining quyidagi mezonlarini aniqladik: birinchi mezon - umumiy kommunikativ qadriyatlar. Ularga pedagog uchun insonning qadri, muloqot jarayonining qadri, pedagog uchun an'anaviy muloqot shakllarining qadrini kiritdik; ikkinchi mezon - pedagogning shaxslararo muloqotni amalga oshirishi umumiy kommunikativ ko'nikmalari sifatida belgilandi.

Bu uning yaqin qarindosh insonlar, ishdagi hamkasblar, o'quvchilarning ota-onalari bilan aloqa o'rnatish ko'nikmasi; uchinchi mezon - o'qituvchining umumiy kommunikativ qadriyatlarni o'zining kasbiy idealiga kiritish darajasi, chunki mazkur qadriyatlarning rivojlan ish darajasi kundalik hamda pedagogik muloqotda ham katta ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, ular pedagogning bolalar bilan insonparvarlik, fasilitatorlik muloqotining o'ziga xos asosi bo'lib xizmat qiladi, uning asosida o'z mehnatining yetakchi qadriyati sifatida o'quvchiga yo'nalganlik va o'zini o'zi anglash hamda o'zini o'zi, o'quvchi shaxsining o'zgarishlari mos ravishda o'z faoliyati usullarini o'zgartirish ehtiyoji yotadi; o'qituvchida kasbiy kommunikativ malakalar mavjudligi kommunikativ kompetentligi darajasini baholashning to'rtinchi mezoniga aylandi, chunki kasbiy pedagogik muloqot uni kundalik muloqotdan farqlovchi qator xususiyatlarga ega.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'qituvchining kommunikativ kompetentligi mezonlarini aniqlash zaruriyati kommunikativ kompetentligining yuqori, o'rta, past kabi uch darajasini ajratish imkonini berdi. Kommunikativ kompetentlikning yuqori darajasi o'qituvchining o'quvchilar bilan insonparvarlik o'zaro munosabatlarining yaqqol ifodalangan yo'nalganligi bilan tavsiflanadi, ularda har ikki ishtirokchi mazkur jarayonning sub'ektlari sifatida xizmat qiladi, bunda ularni har birining shaxsi anglanadi va noyob, qaytarilmas sifatida qabul qilinadi. Bundan tashqari, o'qituvchi bolalar bilan muloqotga ehtiyoj sezadi va amaliyotda muloqotning axloqiy shakllaridan foydalanadi.

Pedagogda verbal va noverbal kommunikatsiya malakalari sezilarli darajada rivojlangan, bunda muloqotning verbal va noverbal komponentining nomuvofiqligi kuzatilmaydi. O'qituvchi o'zining psixologik-fiziologik holatini tartibga solishni biladi. Nizoli vaziyatdan chiqish sifatida hamkorlik usulidan foydalanadi.

Kommunikativ kompetentlikning o'rta darajasi o'qituvchining yetarlicha ifodalanmagan qadriyatli-kommunikativ yo'nalganliklarini nazarda tutadi. Tashqaridan insonparvar sifatida aniqlanadigan, o'quvchilar bilan munosabatlar ko'proq ijtimoiy rollarni bajarish xususiyatiga ega. Bunday o'qituvchilar bolalar bilan muloqotga alohida ehtiyoj sezmaydilar, muloqotning o'zi qat'iy chegaralangan, ko'pincha ijobiy hissi y ifodalarsiz. Bunda kasb zarurati doirasida verbal va noverbal kommunikatsiya malakalari ahamiyatli darajada rivojlangan.

O'qituvchi o'zining psixologik-fiziologik holatini tartibga solishni biladi, bunda mazkur ma'noda ma'lum hissiy beqarorlik bo'lishi mumkin. O'qituvchilarda kommunikativ kompetentlikning past darajasi ularning o'z qadriyatli yo'nalishlaridan bir yoki bir necha kommunikativ qadriyatlarni istisno etishlarida belgilandi. O'qituvchi va o'quvchining muloqoti insonparvar sifatida tavsiflana olmaydi: o'quvchilar noqulaylik his etadilar; darsning hissiy ko'rinishi ko'proq salbiy; bolalar bilan aloqa 12 mavjud emas.

O'qituvchining xulqida muloqotning verbal va noverbal tashkil etuvchisining nomuvofiqligi mavjud. O'qituvchi ko'pincha o'zining psixologikfiziologik holatini tartibga solishni bilmaydi. Yuqorida bayon etilganidan kelib chiqib, kommunikativ kompetentlik dinamik hosila bo'lib, o'z rivojida ikki bosqichdan o'tadi: umumiy va kasbiy kommunikativ kompetentlik (bunda shaxs rivojlanishining ma'lum bosqichidan ular birgalikda mavjud bo'ladi), shuningdek, darajadan darajaga rivojlanishi mumkin.

Bu rivojlanish kommunikatsiya "tilini" o'z-o'zidan beixtiyor o'zlashtirish va o'qitish orqali sodir bo'ladi. Bunda muloqot bilan to'g'ridan-to'g'ri va bevosita aloqador bo'lgan kasb to'g'risida gap borsa, bu jarayon maxsus tashkil etilgan o'qitish va ma'lum shartlarni bajarishda mahsuldor bo'ladi deb aytish o'rinli. Avvalo, bo'lajak o'qituvchi asosli bilimlarga ega bo'lishi kerak.

Pedagogik fanlar asosida shaxsning insonparvarlashtirilgan kommunikativ yadrosi rivoji pedagogika fanlari va pedagogika fanlarining maqsadi yo'nalgan holatining izohi:

- pedagogika tarixi - pedagogik g'oyalar, nazariyalar va ta'lim tizimlarining rivojlanishini o'rganadi;

- pedagogika - ta'limning asosiy qonuniyatlarini maxsus tashkil yetilgan pedagogik jarayon sifatida o'rganadi va pedagogik bilimning barcha tarmoqlarini rivojlantirish uchun asos yaratadi, pedagogikaning umumiy tamoyillari, didaktika (ta'lim nazariyasi), tarbiya nazariyasi, ta'limni boshqarish;

- yosh davrlar pedagogikasi - turli yoshdagi inson rivojlanishining xususiyatlari va namunalarini o'rganadi, maktabgacha pedagogika, boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, androgogiya (kattalar ta'limi), gerontogogiya (qarilik pedagogikasi);

- kasbiy pedagogika - kasb ta'limi muammolarini o'rganadi, kasb-hunar maktablari pedagogikasi, o'rta maxsus kasb-hunar maktablari, oliy ta'lim, mehnat pedagogikasi; sohaviy pedagogika - muayyan faoliyat turlari (pedagogik, muhandislik, harbiy, huquqiy va boshqalar) uchun kishilarni maxsus tayyorlash qonuniyatlarini o'rganadi;

- ijtimoiy pedagogika - jamiyatning shaxs shakllanishi va rivojlanishiga ta'siri muammolarini ishlab chiqadi, oila pedagogikasi, mehnat jamoalari pedagogikasi, qayta tarbiyalash;

- korrektsion (maxsus) pedagogika - rivojlanishida jismoniy va psixofiziologik kamchiligi bo'lgan bolalar ta'lim-tarbiyasini o'rganadi, defektologiya (aqliy rivojlanishda kechikkan bolalar bilan ishlash), logopediya (nutq nuqsonlarini tuzatish ishlari), surdopedagogika (eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan ishlash), tiflopedagogika (zaif va ko'r bolalar bilan ishlash), oligofrenopedagogika (aqli zaif bolalar bilan ishlash);

- etnopedagogika - xalq va etnik tarbiyaning qonuniyatlari va xususiyatlarini o'rganadi;

- qiyosiy pedagogika - dunyoning turli mamlakatlarida ta'limni tashkil etish xususiyatlarini ochib beradi;

- xususiy (predmetli) metodika - barcha turdagi ta'lim muassasalarida aniq o'quv fanlarini o'qitishni o'rganish;

- ta'lim-tarbiya falsafasi - ta'lim mohiyatini tushunish uchun falsafiy ta'limotlarning rolini o'rganuvchi, ta'lim va tarbiya mafkurasini belgilab beruvchi pedagogikaning bir bo'limi bo'lib, ta'lim maqsadlari va ularni amalga oshirish yo'llarini belgilashdagi asosi y konseptual yondashuvlarni tahlil qiladi.

XULOSA

Kommunikativ o'zini o'zi takomillashtirish maqsadi aniq, ammo motivlar turlicha bo'lishi mumkin. Insonparvar yo'nalgan o'qituvchi uchun kommunikativ o'zini o'zi takomillashtirish nafaqat o'zi uchun o'zini o'zi yaxshilashda, balki samarali o'zaro munosabatni amalga oshirishning asosiy sharti sifatida kechishi kerak bo'lib, bu bolalarning rivojlanishiga, ularning individualliklari va o'ziga xosliklarini saqlashga yordam beradi.

Shuning uchun kommunikativ o'zini o'zi rivojlantirishda amaliy mashg'ulotlar katta ahamiyatga egadir. Bo'lajak o'qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari amaliy yondashuv orqali kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil qilishning metodik ta'minotini ishlab chiqishni taqozo qildi.

O'quv mashg'ulotini axborot, o'zini o'zi anglash va amaliy kabi uchta blokda qurish maqsadga muvofiq. Oliy pedagogika ta'limining o'ziga xosligini bunday tushunish madaniyat va ta'lim tizimi shaxslaridan, o'qituvchidan o'z kasbiy-mutaxassisligi kompetentligini doimiy namoyon etish talab etilishi an'anaviy ta'lim tizimi mazmun-mohiyatidan izlash manbai bo'lishi mumkin.

References

1. "Таълим тугрисида"ги ^онун. УР^-637-сон. 2020-йил 23-сентябрь. https://lex.uz/

2. Узбекистан Республикаси Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги «Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тугрисида»ги П^-2909-сон ^арори. ^онун хужжатлари туплами миллий базаси. 2017

3. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги "Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича Х,аракатлар Стратегияси тугрисида"ги ПФ-4947-сон Фармони //Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда.

4. Узбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги «Узбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тугрисида»ги ПФ-5847-сон Фармони. ^онун хужжатлари туплами миллий базаси https://lex.uz/.

5. Arziqulov D.N. Kasbiy kamolatning psixologik o'ziga xos xususiyatlari. Psixol. fan.nom. diss...avtoloyihai. - Toshkent: 2002. -22 b.

6. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in the spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(7), 8547-8555.

7. Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF TRAINING STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(10), 311-317.

8. Otajonovna, K. M., & Kizi, A. K. G. (2021). Pedagogical bases of formation of innovative culture of the educator of preschool educational institution. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 457-460.

9. Otajonovna, K. M., Bakhodirovna, N. M., & Kizi, T. R. N. (2021). Pedagogical bases of the organization of methodical work in professional colleges. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1095-1098.

10. Muslimov N. va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2013. -128 b.

11. Nizomxonov S.A., Madaminov I. Pedagogning kasbiy faoliyatida axborot kommunikativ kompetentlikni oshirish yo'llari. // Zamonaviy ta'lim» jurnali, 2014, №10.

12. Yusufovich, A. A. (2022). Developing the communicative competence of future teachers is an effective measurement for self-organization. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(1), 302-304.

13. Yusufovich, A. A. (2020). ISSUES OF FORMATION OF COMMUNICATIVE COMPETENCE, WHICH IS AN INTEGRAL PART OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL TRAINING OF FUTURE TEACHERS IN THE EDUCATIONAL PROCESS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 5(7).

14. Ахмедов, А. Ю. (2020). БУЛАЖАК У^ИТУВЧИЛАРДА КАСБИЙ КОМПЕТЕНТЛИКНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ ПЕДАГОГИК ЖИХАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, (4), 778-781.

15. Ахмедов, А. Ю. (2022). БУЛАЖАК ПСИХОЛОГЛАРДА КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНТЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. Gospodarka i Innowacje., 22, 220-222.

16. Ахмедов, А. Ю. (2020). ТАЬЛИМ ЖАРАЁНИДА БУЛАЖАК У^ИТУВЧИЛАРНИ КАСБИЙ-ПЕДАГОГИК ТАЙЁРГАРЛИГИНИНГ АЖРАЛМАС ^ИСМИ БУЛГАН КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНТЛИЛИКНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 8).

17. Ахмедов, А., Эгамбердиев, А., & Сотволдиева, О. (2022). The role of pedagogical technologies in improving the quality of education. Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar, 1(1), 59-60.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.